Z. U. Berdinazarov " " 2022y


2.7. Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetentsiyalari


Download 0.68 Mb.
bet5/7
Sana12.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1191967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHI

3

2.7. Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetentsiyalari
Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari boʼyicha magistratura talabasi bilishi kerak:
- oʼquv-meʼyoriy hujjatlarni va oliy taʼlim sohasiga oid noromativ-huquqiy hujjatlarni;
- dars beradigan fanning nazariy asoslarini va amliy jihatlarini;
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, oʼquv-tarbiyaviy jarayonini faollashtirish, talabalar bilimlarini baholash uslublarini;
- mustaqil oʼqishning tashkiliy va oʼquv – uslubiy taʼminoti, masofadan oʼqishning texnologiyalarini;
- oʼquv-uslubiy qoʼllanmalarni yaratish asoslarini va ulardan foydalana olishni.
Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari boʼyicha magistratura talabasi quyidagilarni bajara olishi lozim:
- turli mashgʼulotlarni oʼtkazish va mashgʼulotlar oʼtkazish rejalarini, oʼquv-meʼyoriy hujjatlarni tuzish;
- zamonaviy ilm-fan yutuqlarini talabalar tomonidan oʼzlashtiriladigan koʼrinishga keltirish va oʼquv jarayonida foydalanish;
- maʼruza matnlari, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, koʼrgazmali qurollar tayyorlash;
- kasb taʼlimida innovatsiyalardan foydalanish;
- talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va oʼquv-uslubiy taʼminotini rejalashtirishni, mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish;
- hamkasblar bilan oʼzaro munosabat va oʼzaro hamkorlikni oʼrnatish, nutq madaniyati va muloqot sanʼatiga ega boʼlish;
- tarbiyaviy ishlar olib borish va bakalavriat talabalari bilan maʼnaviy tadbirlar tashkil qilish.
Ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari boʼyicha magistratura talabasi quyidagi malakalarga ega boʼlishi lozim:
• zamonaviy samarali dars mashgʼulotini mustaqil ishlab chiqish, oʼtkazish baholash va takomillashtirish;
• maxsus fan oʼqituvchisi faoliyatini rivojlantirish va shaxsini takomillashtirish usul va vositalariga ega boʼlish orqali pedagogik mahoratni mustaqil oshirish.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling