Z. U. Berdinazarov " " 2022y


Download 0.68 Mb.
bet4/7
Sana12.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1191967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHI

4




60



Jami

90






Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
O’quv rejada labaratoriya ishlari ko’rsatilmagan.
2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
O’quv rejada kurs ishi (loyihasi) ko’rsatilmagan.
2.6. Mustaqil taʼlimni tashkil etish shakli va mazmuni
Magistratura talabasi mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi mumkin:
- darslik yoki oʼquv qoʼllanmalar boʼyicha fanlar mavzularini oʼrganish;
- АKTga asoslangan innovatsion oʼrgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiya, avtoreferat, maqolalar) bilan fan mavzulari va dissertatsiya mavzusi ustida ishlash;
- yangi texnikani, apparaturalarni, ilmtalab jarayonlar va texnologiyalarni oʼrgansh;
- talabaning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogʼliq boʼlgan fanlar mavzularini chuqur oʼrganish;
- interaktiv oʼqitish uslublaridan foydalanilanishni va masofaviy taʼlimni oʼzlashtirish.
Mustaqil taʼlimni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: esse, loyiha ishlab chiqish, grafik va jadvallar tuzish, slaydlarda aks ettirish, “Yoʼl haritasi” ishlab chiqish hamda taqdimot qilish, tahliliy-qiyosiy hisobotlar tayyorlash, vidiorolik, reportajlar tayyorlash, soʼrovnomalar oʼtkazish va boshqalar.
Magistrlarning mustaqil ishlari magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy-tadqiqot ishi va biriktirilga fan mavzulari bilan uzviylikda kalendar rejaga muvofiq bajariladi.
Ilmiy faoliyatning barcha turlari boʼyicha mustaqil ish topshiriqlari oʼqituvchi va rahbar tomonidan tomonidan ishlab chiqilgan rejada aks ettirilishi lozim.
3. Ilmiy faoliyat boʼyicha magistrlar bilimini baholash mezoni
Magistrlar bilimini baholash Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʼgʼrisida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilmiy faoliyat turlari boʼyicha nazoratlar ikkiga boʼlinadi:
1. Dastlabki nazorat
2. Yakuniy nazorat
Dastlabki nazoratda magistr “Ilmiy pedagogik ish” boʼyicha kalendar rejasida koʼrsatilgan vazifalarni bosqichma – bosqich bajarib boradi. Nazorat uchun ushbu vazifalar 5 guruhga ajratilgan boʼlib, har bir guruhda magistr semestr davomida bajarishi zarur boʼlgan topshiriqlar mujassamlangan (1-ilova). Magistr semestr davomida bajarilishi rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirib, uni tasdiqlovchi hujjatlarni institutning saytida magistratura boʼlimi ruknida joylashtirilgan “E-magistr tizimi”ga (http://ilmiy.bmti.uz/magistratura/login.php) kiritadi (oʼz portfoliosini shakllantirib boradi). Magistratura boʼlimi tomonidan ishlab chiqilgan jadvalga muvofiq (har bir semestrda 2 marta) magistrning faoliyati kafedrada ilmiy rahbarlar ishtirokida muhokama qilinadi, mezonlar boʼyicha elektron tizimda baholanadi. Dastlabki nazoratda magistr 80 foiz ilmiy faoliyat turlari boʼyicha topshiriqlarni bajargan boʼlsa, oʼtgan hisoblanadi. Dastlabki nazoratdan oʼtmagan talaba ilmiy faoliyat boʼyicha yakuniy nazoratga qoʼyilmaydi.
Har semestr oxirida yakuniy nazoratlar sessiyasi boshlanishiga qadar magistratura talabasi dastlabki baholashda bajargan ishlari (kalendar rejada koʼrsatilgan har bir ishning bajarilishini tasdiqlaydigan hujjatlarni elektron tizimga joylashtirish) asosida semestrdagi har bir faoliyat turlari boʼyicha yakuniy hisobot tayyorlaydi va kafedraga topshiradi. Yakuniy nazoratlar sessiyasidan oldin magistratura boʼlimi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida har bir kafedrada magistratura boʼlimi boshligʼi, fakultet dekanati vakili, kafedra mudiri, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh magistratura talabasining yakuniy hisoboti boʼyicha ularni attestatsiyadan oʼtkazadi hamda kafedra qarori va ilmiy rahbarning tavsiyasini eʼtiborga olgan holda ilmiy faoliyat turlari boʼyicha qaydnomaga magistratura talabasining yakuniy bahosini rasmiylashtiradi.
Qoniqarsiz baholangan yoki attestatsiyada qatnashmagan magistratura talabasi kreditlarni oʼzlashtirmaganligi uchun akademik qarzdor hisoblanadi va yakuniy nazoratlar sessiyasiga qoʼyilmaydi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling