Ўз (/uzkr/post/parizh-bitimi- mamlakatimizga-nima-beradi) O‘z


Parij bitimi mamlakatimizga nima


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.12.2021
Hajmi0.7 Mb.
#183767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Parij bitimi mamlakatimizga nima beradi - Xalq so'zi

Parij bitimi mamlakatimizga nima

beradi?

MENU


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining joriy yil

25 sentyabrda oʻtkazilgan navbatdagi majlisida qator muhim qonun

hujjatlari koʻrib chiqildi. Ulardan biri — Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida

parlament quyi palatasiga kiritilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi “Parij bitimini (Parij,

2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasidir.

Majlisda qayd etilganidek, bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini

insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri, deb tan

olmoqda. Darhaqiqat, XX asrga kelib, dunyo mamlakatlarining keskin

industrial rivojlanishi, tabiat qonuniyatlariga boʻysunmasdan, uning

resurslaridan oqilona foydalanmaslik natijasida atmosferaga behisob

miqdorda issiqxona gazlari chiqarilishi iqlim oʻzgarishiga olib keldi. Bu

esa, oʻz navbatida, jahonning turli nuqtalarida yilning toʻrt faslida ham

haroratning keskin oʻzgarishiga, baʼzi yerlarda halokatli

yogʻingarchiliklar, toshqin, boʻronu toʻfon kabi ofatlarga, aksincha

boshqa joylarda qurgʻoqchilik, choʻllanish, yer degradatsiyasi, oʻrmon

yongʻinlari va boshqa ekologik muammolarga sabab boʻlmoqda.

Butunjahon meteorologiya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozirgi

kungacha global yillik oʻrtacha havo harorati 1880 yildagi darajadan

1°Cga ortgan. Oʻzbekistonda xuddi shu davr uchun oʻrtacha yillik havo

harorati 1,6°Skoʻtarilgan. Yaʼni isish jadalligi global miqyosda

kuzatilayotgan oʻrtacha surʼatdan yuqori. SababiOʻzbekiston iqlim

oʻzgarishi taʼsiriga koʻproq moyil boʻlgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Ekspertlarning xulosasiga qaraganda, iqlim oʻzgarishi ekotizimlar

holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi hududlarda ekologik

vaziyatning keskinlashuviga, yil mobaynida jazirama davr

davomiyligining ortishi va kuchayishi natijasida aholi oʻrtasida

kasalliklarning koʻpayishiga, shuningdek, boshqa tabiat hodisalari —

sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishiga olib kelishi mumkin.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ortib borayotgan global tahdidlarning

oldini olish maqsadida 2015 yil 12 dekabrda Parijda Birlashgan

Millatlar Tashkiloti (BMT)ning iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy

konvensiyasi (IOʻDK)ga bagʻishlangan konferensiyaning 21-sessiyasida

Parij bitimi qabul qilindi va 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirdi.




Hozirgi vaqtda Parij bitimini imzolagan 195 mamlakatning 180 tasi

mazkur hujjat ishtirokchisi hisoblanadi. Bitimni ratifikatsiya qilmagan

mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga ega boʻlib, ular uchun xalqaro

tashkilotlar tomonidan iqlimga doir dastur va loyihalarni

moliyalashtirishda cheklovlar qoʻllaniladi.

Ushbu bitimning maqsadi sayyoramizda global isishni industrial

rivojlanish davridagi oʻrtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi

boʻyicha 2°Sga saqlab turish hamda haroratning 1,5°Sgacha oʻsishini

cheklashga erishishdan iborat. 2050 yilga borib issiqxona gazlarining

global ajratmalarini 40 — 70 foiz kamaytirish, 2100 yilgacha esa 0 yoki

manfiy koʻrsatkichga yetkazish talab etiladi. Mamlakat 2030 yilga borib

erishishi lozim boʻlgan issiqxona gazlari ajratmalaridagi milliy

miqyosda belgilanadigan hissasini kamaytirish toʻgʻrisida IOʻDK

kotibiyatiga maʼlumot tayyorlashi Parij bitimini imzolashning majburiy

sharti hisoblanadi.

Bitimda rivojlangan mamlakatlarning taraqqiy etayotgan davlatlarga

iqlim oʻzgarishining oldini olish va unga moslashish borasidagi saʼy-

harakatlarini qoʻllab-quvvatlash majburiyati yuklatilgan. 2020 yilda

rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlari hamda ustuvorliklarini

eʼtiborga olib, moliyaviy koʻmakni 100 milliard AQSH dollariga

yetkazishga qaror qilingan.

Hozirgi vaqtda maxsus jamgʻarma umumiy qiymati 1,5 milliard AQSH

dollarilik 35 ta loyihani moliyalashtirmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston

hamda Tojikiston uchun Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Orol dengizi

havzasida iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oldini olish dasturi”

loyihasini moliyalashtirish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda (20 million

AQSH dollariga teng grant).

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2017 yil 19 aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi

Bosh qarorgohida Parij bitimini imzolagan, biroq hozirgi vaqtga qadar

ushbu bitimni ratifikatsiya qilmagan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan

BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi “Parij

bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi

qonun qabul qilinishi Oʻzbekiston uchun qator imkoniyatlarni taqdim

etadi. Xususan, energiya samaradorligi va energiya tejash boʻyicha

davlat dasturlarini amalga oshirishda iqlimiy moliyalashtirish resurslari

(asosan, grantlar)ni jalb qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini

rivojlantirish, yer-suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, salbiy

ekologik oqibatlar (Orol fojiasi, choʻllanish, qurgʻoqchilik)ga qarshi

kurashish kabilar shular jumlasidandir. Qayd etish joiz, mazkur hujjat

kecha Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan

maʼqullandi.

Parij bitimida qatnashish investitsiya resurslarini jalb qilish hamda

xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning kreditlarini

olish uchun indikator sanaladi. Mazkur bitimga muvofiq, iqlim

sohasidagi harakatlar kelajakdagi savdo kelishuvlari uchun shart

boʻlishi mumkin. Fransiya hukumati Parij bitimiga aʼzolikni Yevropa

ittifoqi savdo kelishuvlaridagi muhim element sifatida qabul qilish

taklifini bildirdi. Bu Yevropa ittifoqi Parij bitimini ratifikatsiya qilmagan

yoki uni amalga oshirmayotgan mamlakatlar bilan boshqa savdo-sotiq

qilinmasligini anglatadi.

Shu jihatlarni, eng muhimi, xalqimiz manfaatlarini, ekologik xavfsizlikni

taʼminlash maqsadi ustuvor ekanini inobatga olgan holda, Parij

bitimini ratifikatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasining umuminsoniy

qadriyatlar, hujjatda aks ettirilgan atrof-muhitni muhofaza qilish



gʻoyalariga sodiqligini koʻrsatadi. Ayni paytda bu Iqlim oʻzgarishi

toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyaga aʼzo davlatlar bilan xalqaro

hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga xizmat qiladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling