Z. X. A L im o V a transport vositalarida
-BO‘L IM G A Z SIM O N Y O N IL G ’IL A R
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
4-BO‘L IM
G A Z SIM O N Y O N IL G ’IL A R Mamlakatimiz yonilg‘i bazasida gazsimon yonilg‘i kattagina o ‘rin egallaydi. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil tranportida ham yildan-yilga ortib bormoqda. Gazsimon yonilg‘i boshqa yonilg‘i turlariga nisbatan qator afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud, u havo bilan osongina aralashadi (taqsimlanadi) va rostlanadi. Gaz yonilg‘ilami issiqlik berishi yuqori. Ular yonganida yuqori harorat hosil qiladi, tarkibida korroziyalovchi agressiv moddalar yo‘q. Gazsimon yonilg‘idan foydalanish juda qulay: xonalar ifloslanmaydi, chunki u yonganda qorakuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo‘lmaydi, yonish maxsullari tarkibida tirik tabiat uchun zaxarli moddalar yo‘q. Gazsimon yonilg‘i markazlashtirilgan usulda saqlanadi, bu esa foydalanish uchun qulay, individual omborxona, maxsus omborlar talab etilmaydi. Gaz magistrallaridan foydalanish, ayniqsa, qattiq va suyuq yonilg‘i zaxiralari bo‘lmagan hududlar uchun juda muhim. Gazsimon yonilg‘ilaming asosiy kamchiliklari, ulaming portlovchanligidadir. Agar xavfsizlik texnikasi hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek, tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz ustanovkalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin. Eng yuqori kaloriyali gazlar (yonganida 20000 kJ/m 3 yoki 5000 kkal/m 3 issiqlik chiqaradigan)ga tabiiy gazlar, neft gazlari, yo‘ldosh gazlar, shuningdek neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. 4.1. Suyultirilgan uglevodorod gazi Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori boMganda suyul tirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo‘ladi. Bosim bir oz 76 oshganda(l, 6 MPa dan ko‘p emas) u bug‘lanadigan suyuqlikka aylanadi. Suyultirilgan gaz asosan propan(80% atrofida) va bu- tan(20%) gazlari aralashamasidan iborat bo'ladi. Bundan tashqari, unda oz miqdorda bo‘Isa ham etan, pentan, propilen, butilen va etilen gazlari bo‘ladi. Bir birlik suyultirilgan gaz yonganda ajralib chiqadigan issiqlik katta 46 mJ/kg ga teng. Zichligi taxminan 0,524g/sm3 (20°C atrofida) bo‘lgan suyultirilgan gaz yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik 2400 mJ/m 3 dan ham ortib ketadi. Bu ko‘rsatkichni benzinga solishtirib ko‘rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan gaz yonilg‘i sifatida benzinning o'rinini to‘liq bosa oladi. 1,6 MPa ish bosimiga mo‘ljallangan, nisbatan yupqa devorli po'lat ballonlarda avtomobilning foydali nagruzkasini kamaytir- masdan yetarli miqdorda gaz saqlash mumkin. Shuning uchun suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillar benzinda ishlaydigan avtomobillar kabi yurish yo'liga ega. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling