dvigatelning silindrlarda yonish jarayoni
yomonlashadi va ishlatilgan
gazning zaxarlilik darajasi ortadi.
To ‘yingan bug' bosimi. Bu ko‘rsatkichlar yilning sovuq kunlarida
dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir qiladi.
Minus 30°C haroratda bu bosim 0,07MPa dan past bo‘lmasligi lozim.
Bosim bundan pasayib ketsa, gazning
ballondan uzluksiz uzatilib
turilishi buziladi. 45°C da bug
1
bosimi l ,
6
MPa
dan oshib ham
ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz ballonlari
ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljallanib hisob-lanadi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga o‘tirib,
u naychalaming kesimini toraytiradi va
rezina-texnika detallarini
yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida yonib, ishlatilgan
gazlaming zaxarlilik darajasini oshiradi. Uning massasi bo‘yicha
miqdori 0,015% dan oshmasligi lozim. Ishqorlar va erkin suv umuman
bo‘lmasligi kerak.
4.2. Siqilgan gazlar
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat
va istalgan yuqori bosimda o‘zining gazsimon holatini saqlab qoladi.
Gaz faqat o‘ta sovutilgandan keyingina suyuqlikka aylanadi.
Avtomobillarda yonilg‘i sifatida 20MPa gacha
siqilgan tabiiy gazdan
foydalaniladi. Tabiiy gaz, gaz konlaridan olinadi.
Uning asosiy
komponenti - metan
CH4
Do'stlaringiz bilan baham: