Zahiriddin muhammad bobur nomidaagi andijon davlat universiteti tabiy fanlar


Download 1.31 Mb.
bet1/7
Sana25.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1229048
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O zbekiston iqizil kitobi




ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIY FANLAR FAKULTETI EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO’NALISHI 2- KURS TALABASI YO’LBARSOV CHAROSBEKNING BIOEKOLOGIYA FANIDAN ‘O’ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR VA ULARNING AXAMIYATI ‘’ MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Tayyorladi : Yo’lbarsov Charosbek
Ilmiy rahbar: Mamatyusupov Azmat


ANDIJON 2023


MAVZU: O’ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR VA ULARNING AXAMIYATI
Reja:
Kirish.
I. Adabiyotlar sharxi.
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy tushuncha.
II.Asosiy qism.
2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.
2.2.Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar.
2.3.O’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida.
2.4.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish Maʼmuriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Qoʻriqxonalarda muhofaza etiladigan flora va fauno dunyosi hanuzgacha xavf ostida qomoqda. Aholining notoʻgʻri munosabati sababli tabiatdagi kamyob oʻsimlik va hayvonlar turi va soni kamayishni davom etmoqda. Yer yuzida hozirgi kunda 670 ming (shundan 500 mingi gulli oʻsimliklar) oʻsimliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud boʻlib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil boʻlishi va ularning yoʻqolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni boʻlib, yerda geologik sharoitlarning oʻzgarishiga ham bogʻliqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzilib, hayvon va oʻsimliklarning inson faoliyati taʼsirlari natijasida yoʻqolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi gʻorlarning, orollarning va kontinentlarning oʻzlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Shuning uchun ham keyingi paytda atrof-muhitni himoya qilish qilish bilan bogʻliq talablar jahon hamjamiyati tomonidan qattiq nazoratga olingan. Oʻsimlik dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan foydalanish asosan Konstitutsiya va qonunlarda oʻz ifodasini topgan tamoyillar orqali amalga oshiriladi. Ularning ijrosi esa taʼminlashi shart. Oʻzbekistonda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga soluvchi, oʻsimlik dunyosi obyektlarining huquqiy holatini oʻrnatuvchi huquqiy meʼyor ham Asosiy qonunimizning 55-moddasida oʻz ifodasini topgan. Mazkur norma asosida bir qator qonunlar qabul qilingan. „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“gi  „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“gi, „Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi, „Oʻrmon toʻgʻrisida“gi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Ayniqsa ushbu munosabatda Qizil kitobning oʻrni beqiyos. Oʻzbekiston faunasi va florasining yoʻqolib boryotgan turlari Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti tomonidan Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini kiritish yoki undan chiqarish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda ishlab chiqiladi. Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan esa Qizil kitobga turlarni kiritish va undan chiqarish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Ushbu maqolada botanika tadqiqotchilari va ekologlar yo'qolib ketish xavfi borligini aniqlagan ba'zi O'simliklar haqida so'z boradi. Bu ularning kelib chiqqan joylaridan olib tashlanishi, shuningdek, tabiiy yashash joylarining vayron bo'lishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. O'simliklar oziq-ovqat zanjirida hayotiy funktsiyalarni bajarishini va ularning yo'qolishi butun sayyoramizning atrof-muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olish kerak.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling