Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Shaxsning rivojlanishida pedagogik-psixologik diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.10.2020
Hajmi0.53 Mb.
#137878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi


2.2. Shaxsning rivojlanishida pedagogik-psixologik diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish 

va o‘tkazish 

 

Tajriba  o‘tkazish  davomida  rioya  qilish  kerak  bo‘lgan  talablar  qatoriga  quyidagilarni 

kiritish mumkin: 


 

21 


1.  Sinaluvchilarga  ko‘rsatmalarni  yozma  ravishda  bir  xil  tarzda  ma’lum  qilmoqlik, 

og‘zaki shaklda berilgan taqdirda esa aynan o‘sha so‘zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi;  

2.  Biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hech qanday imkoniyat yaratmaslik; 

3.  Eksperiment  davomida  ayrim  sinaluvchilar  uchun  qo‘shimcha  tushuntirilishlar 

berilmaslik;  

4.  Turli guruhlar bilan bo‘ladigan eksperiment doimo imkon darajasida bir xil vaqtda va 

bir sharoitda o‘tkazilishi;  

5.  Barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqti bir xil belgilanishi va hokazo; 

Odatda  metodika  mualliflari  uning  o‘tkazilish  jarayoni  haqida  aniq  ko‘rsatmalar 

beradilar. 

Diagnostik  metodikalar  tadqiqot  metodlaridan  shu  bilan  farqlanadiki,  bu  metodikalar 

standartlashgan  holda  bo‘ladi.  Standartlashtirish  -  testni  o‘tkazish  va  bajarishni  baholash 

jarayonining bir xilligidir. U ikki xil tarzda izoh etiladi: eksperiment jarayoniga yakka talablarni 

ishlab  chiqish  va  diagnostik  sinovlar  natijalarini  baholashdagi  yakka  mezonni  (kriteriy) 

aniqlashdan iborat. 

Diagnostik  metodlarni  adekvat  ishlab  chiqish  uchun  eksperiment  o‘tkazish  sharoitlarini 

va  uning  natijalari  tahlilini  maksimal  darajada  standartlashtirish  lozim  bo‘ladi.  Eksperiment 

shartlarini standartlashtirishga quyidagilar kiradi: 

a) eksperimentni o‘tkazish; 

b) instruksiya; 

v) testlashtirish jarayonining tasviri. 

Diagnostik eksperimentlarni standartlashtirish jarayoni o‘tkaziladigan tadqiqotning shart-

sharoitlari, ko‘rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi. 

Metodikalarni  standartlashtirishning  yana  bir  muhim  bosqichi  diagnostik  tadqiqotning 

natijalarini taqqoslash mumkin bo‘lgan mezonlarni tanlashdan iborat bo‘ladi. (Chunki diagnostik 

metodikalarning  muvaffaqiyatli  yoki  muvaffaqiyatsiz  bajarishda  oldindan  tayyorlangan 

standartlari mavjud bo‘lmaydi). 

Umuman, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi - bu 

metodika  mo‘ljallangan  guruhdan  farqlanmaydigan  boshqa  kattaroq  sinaluvchilarda  o‘tkazish 

bilan  amalga  oshirilishidir.  Saralangan  standartlashtirishda  sinaluvchilar  guruhida  maxsus 

normalar  ishlab  chiqiladi,  bunda  ulardagi  xususiyat  berilgan  topshiriqning  nafaqat  o‘rta 

bosqichida,  balki  undan  kam  yoki  ko‘p  jihatli  bosqichida  ham  aniqlanadi.  Natijada  diagnostik 

tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin. 

Bu esa konkret sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan holatini aniqlashga imkon 



 

22 


beradi.  

Ma’lumotlarni  to‘plash  bosqichi.  Diagnostik  metodlar  yordamida  ma’lumotlar  to‘plash 

jarayoni  o‘rganilayotgan  xodisa  va  kishi  haqidagi  ob’ektiv  va  sub’ektiv  ko‘rsatkichlar  to‘plami 

bilan  tanishishdan  boshlanadi.  Barcha  mashhur  psixodiagnostik  metodikalar  mualliflari  tadqiq 

qilinayotgan  sinaluvchining  o‘tmish  va  hozirgi  hayoti  haqida  mukammal  o‘rganib  chiqishga 

katta  ahamiyat  beradilar.  Bu  bilan  tadqiqotning  asosiy  foni  yaratiladi,  tashhis  va  tahlil  uchun 

zarur bo‘lgan shaxsning umumiy obrazi elementlari belgilanadi.  

Vaholanki,  psixodiagnostik  jarayon  «tadqiqotchi-sinaluvchi»  kabi  o‘zaro  munosabat 

tizimini  yaratar  ekan,  adabiyotlarda  ushbu  tizimga  oid  daxldor  turli  o‘zgaruvchanlar  ta’sirini 

tahlil  qilishga  diqqat  qilinadi.  Odatda  vaziyatli  o‘zgaruvchanlar,  tadqiqot  va  vazifaning 

o‘zgaruvchan  maqsadlari,  tadqiqotchi  va  sinaluvchining  o‘zgaruvchanlari  ajratiladi.  Bu 

ko‘rsatkichlar  ahamiyati  katta  bo‘lsa-da,  ularning  ahamiyati  tadqiqot  o‘tkazishda,  uni  tahlil 

qilishda  va  olingan  natijalarni  qo‘llay  bilishda  inobatga  olinishi  lozim.  Ma’lumki,  testlashtirish 

jarayoniga  kuchli  ta’sir  etuvchi  hamma  omillarni  ham  nazorat  qilib  bo‘lmaydi.  Ammo 

testlashtirish  jarayoniga  tayyorgarlikda  kutilmagan  vaziyatlarni  yuzaga  kelishini  inkor  etish 

hamda ushbu jarayonni bir maromda o‘tkazishni ta’minlashdan iborat. Testdan foydalanayotgan 

psixolog,  sinaluvchi  havola  etilayotgan  topshiriq  va  vazifalarga  barcha  diqqat-e’tiborini 

yo‘naltirilganligiga, ularni hal etishda barcha kuch-quvvatlarini safarbar etishlariga to‘la ishonch 

hosil qilishi kerak.  

Fanda  psixodiagnostik  vaziyatlar  klassifikatsiyasi  yaratilgan  bo‘lib,  V.I.Drujinin  (1990) 

ushbu vaziyatlarning to‘rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi:  

1) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok etish va keyingi bosqichlarni mustaqil tanlovi (psixologik 

maslahat);  

2) tadqiqotda majburiy ishtirok etishi, ammo keyingi harakatlarda mustaqil tanlovga ega 

bo‘lishi (testni ishlab chiqishda talablarni o‘rganish); 

3)  tadqiqotda  majburiy  ishtirok  etish  va  tadqiqotdan  so‘nggi  harakat  tanlovi  bog‘lab 

qo‘yilgan (egallab turgan mavqei talablariga ko‘ra mos keluvchi testlashtirish);  

4) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok, lekin keyingi harakatlar bog‘langan (professional tanlov). 

Shuni qo‘shimcha sifatida aytish kerakki, har qanday psixodiagnostik tadqiqotlar sinaluvchilarda 

tajriba  motivini  faollashtiradi,  uni  minimal  darajaga  olib  kelish  esa  psixolog  vazifalaridan  biri 

hisoblanadi.   

Metodikalarni  tanlash  shunga  asoslanadiki,  ular  iloji  boricha  shaxsning  individual 

xususiyatlarini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lishi  kerak  bo‘ladi.  Bu  –  o‘z  o‘rnida  diagnostik  yechim  va 

tahlilning aniqligiga sabab bo‘ladi.  



 

23 


Diagnostik  vazifalarga  mos  keladigan  metodikalarni  tanlanishi,  tadqiqotni  o‘tkazilishini 

shakllantirilishi  va  olingan  natijalar  foydalanilayotgan  metodikalar  xususiyatlari  asosida 

aniqlanadigan  bo‘lishi  kerak.  «Xomaki»  baholar  standart  kattaliklarga,  aqliy  koeffitsientlarga 

aylanadi hamda «shaxs ko‘rinishi chizmasi» yaratiladi.  

Interpretatsiya  va  qayta  ishlash  bosqichi.  Psixodiagnostik  sohadagi  ko‘pgina 

mutaxassislar, tadqiqotdan olingan natijalarning miqdoriy baholanishi foydali ekanligi to‘g‘risida 

fikr  bildiradilar.  Ammo  tadqiqot  ma’lumotlarini  umumlashtirishning  qanday  yo‘llari 

ishonchliroq  bashorat  qilishga  olib  borishi  borasida  qarama-qarshi  fikrlar  ham  mavjud:  klinik-

sub’ektiv  tajribaga,  intuitsiyaga  yo‘naltirilgan,  yoki  statistik-ob’ektiv,  kriteriylarga 

yo‘naltirilganlarimi? 

Klinik  yondashuv  sifatli  tahlilga  asoslangan  holda  amalga  oshadi.  Uning  muhim 

xususiyatlari  “sub’ektiv  hukm”ga  va  professional  tajribaga  ishonch  bo‘lganligidadir.  “Sof 

holda”gi  klinik  yondashuv  haqiqiy  fikrlashdan  uzoq  bo‘lmaydi.  Statistik  yondashuv  ob’ektiv 

(miqdoriy)  ko‘rsatkichlarni,  ularning  statistik  qayta  ishlanishni  inobatga  olishni  e’tirof  etadi. 

Sub’ektiv hukmning ahamiyati minimumga olib kelinadi. Bashorat empirik jihatdan aniqlangan 

statistik  mos  kelishligi  asosida  amalga  oshadi.  Klinik  va  statistik  bashoratning  samaradorligi 

haqidagi  masala  psixologlar  tomonidan  ko‘p  marotaba  muhokama  qilingan  va  hozirgacha  ham 

munozaralar predmeti bo‘lib kelmoqda. 

Ushbu  munozaralarga  asos  solgan  P.Mil  (1954),  bu  sohada  ancha  tajribaga  ega 

bo‘lganligi  bois  shunday  xulosaga  keladiki,  statistik  bashorat  klinik  bashoratga  nisbatan 

samaraliroq  ekanligini  ta’kidlaydi.  Chunki,  psixolog  inobatga  olishi  kerak  bo‘lgan  diagnostik 

ma’lumotlar  hajmining kengayib borishi avvaliga o‘sishiga, so‘ngra esa bashoratning aniqligini 

kamayib  borishiga  olib  keladi.  Lekin  bu  klinik  yondashishlar  psixodiagnostikada  ahamiyatli 

o‘rin egallamaydi, degani emas. Shaxsni har tomonlama bog‘lanishlar va munosabatlar doirasida 

ta’riflash  vazifasi  turganda  statistik  yondashish  klinik  yondashishning  o‘rnini  bosa  olmaydi. 

Klinik yondashuvga muqobilini topish murakkab. 

Diagnostik tadqiqotlarni to‘laligicha amalga oshirishda asoslangan psixologik xulosalarni 

qilish  zarur.  Ko‘pgina  diagnostik  vaziyatlar  klinik  va  statistik  yondashuvlarning  qarama-qarshi 

taqqoslanishini emas, balki garmonik jihatdan mosligini ta’minlanishini taqozo etadi.  

Ishonchlilik.  Ishonchlilik  -  bu  jarayonning  ob’ektlarga  nisbatan  barqarorligidir. 

Diagnostik  ma’lumotlarning  ishonchliligi  va  sifati  ma’lum  darajada  tekshiruv  metodi  sifatiga 

bog‘liq bo‘ladi. Ular mos keluvchi texnik tekshiruv yordamida avvalo korreksion statik metodlar 

yordamida aniqlanadi. 

Psixodiagnostik  metodning  ishonchlilik  darajasi  uchta  shartga  bog‘liq  bo‘lib,  ular 


 

24 


quyidagilar: 

  metodning ob’ektivligi; 



  test misollarining bir xilligi; 

  tekshirilayotgan shaxs xususiyatlarining muvozanatlashganliligi; 



Metodning  ob’ektivliligi  -  bu  olingan  ma’lumotlar  va  ularning  psixodiagnostik 

interpretatsiyasini tadqiqotchiga bog‘liq emasligi. 

G.Vitslak o‘z qarashlarida metodning ob’ektivligini uchga bo‘lib o‘rganadi. 

  test o‘tkazishning ob’ektivligi; 



  tahlilning ob’ektivligi; 

  olingan ma’lumotlar interpretatsiyasining ob’ektivligi. 



Ma’lumki, turli tadqiqotchilar bir-biridan mustaqil holatda ayni psixologik metod bilan, 

bir  xil  eksperimental  sharoitda  foydalanadilar.  Ular  olingan  natijalari  solishtirilib  metodning 

ob’ektivlik koeffetsenti chiqariladi. Ammo metodning ob’ektivligini amaliy jihatdan tekshirishda 

bir  muncha  qiyinchiliklar  vujudga  keladi,  chunki  bir  xil  eksperimental  sharoitlarni  vujudga 

keltirish juda qiyindir. 

Ishonchlilik har doim ham validlikni ifodalamaydi. Ko‘pgina psixologlar shunday xatoga 

yo‘l  qo‘yishadiki,  ular  avvalo  tekshirishning  ma’lum  bir  protsedurasini  taklif  etib,  ob’ektlarni 

barqaror  farq  qila  olishga  bo‘lgan  ishonchliligi  ko‘rsatiladi-yu,  ammo  validlik  haqidagi  masala 

ochiq  qolaveradi.  Masalan,  sensor  psixofizikada  o‘rganilayotgan  sezgi  xususiyatlari  oddiy 

jismoniy stimullar bilan bir xil determinatsiyalashgani uchun validlik darajasi sezilarli ahamiyat 

kasb  etmasa,  diferensial psixometrikada  validlik  muammosining ahamiyati  keskin  oshib ketadi. 

Shuning uchun biz quyida validlikka alohida e’tiborni qaratamiz. 



Validlik.  Psixodiagnostikada  validlik  -  faoliyatni  o‘zlashtirishga  bo‘lgan  muvaffaqiyatni 

tekshirishda  test  masalalarining  ayni  shu  faoliyat  xususiyatlariga  mos  kelishini  sinab  ko‘rishda 

qo‘llaniladi. Fanda validlikning bir necha turlari farqlanadi: 

a)  Konstruktiv  validlik  -  uni  baholash  testlashtirish  ob’ektini  psixologik  tahlil  qilishni 

taqozo  etadi.  Ya’ni,  test  natijalari  ajratilgan  xususiyatni  qay  tarzda  tekshirishni  o‘rganadi. 

Masalan,  o‘zlashtirishning  diagnostik  nazoratida  mujassam  bo‘lmagan  indikatorlar  haqiqatdan 

ham o‘quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo‘qmi va hokazo. 

b)  Kriterial  validlik  -  test  natijalari  yordamida,  individning  bizni  qiziqtirayotgan  xatti-

harakat  aspektining  hozirgi  vaqtdagi  va  kelajakdagi  holati  haqida  hukm  chiqarish  mumkinmi 

yoki yo‘qmi, degan masalani aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun test natijalari tashqi 

kriteriylar bilan solishtiriladi yoki turli testlar natijalari taqqoslanadi. 


 

25 


v)  Prognostik  validlik  -  tashqi  kriteriylar  va  sinaluvchining  xulq-atvori  bashorati 

aniqlanadi. 

Metodning  validligi  -  psixodiagnostik  metodning  natijalari  ayni  o‘rganilayotgan  ob’ekt 

xususiyatlariga  mos  kelishidir.  Validlik  tushunchasini  ishonchlilik  tushunchasidan  farqini 

o‘rganilayotgan tadqiqotning “ob’ekti” va “predmeti” farqini ajratish bilan tushuntirish qulaydir. 

Psixologik-pedagogik  diagnostikaning  asosiy  tamoyillari.  Albatta,  har  bir  fan  sohasi 

o‘ziga  xos  ob’ektga  va  predmetga  hamda  ularga  mos  keladigan  tadqiqot  yoki  amaliy 

metodlariga,  o‘z  tamoyillariga  egadir.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  psixologik-

pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillarini ko‘rsatib o‘tamiz:  

1.  Diagnostika  nazariyasi  va  metodikalarining  ilmiy  asoslanganligi.  Diagnostika 

ob’ektini  yaxlit  ravishda  genetik  va  tizimli  tahlil  qilish,  ularni  modellashtirish,  qo‘llaniladigan 

metodikalar,  ko‘rsatkichlarning  ilmiy  asoslanganligi,  olingan  natijalar  va  ularning 

interpretatsiyasining  ishonchliligi,  aniqligi,  validligini  puxta  ishlab  chiqilgan  metodik  asoslarda 

ta’minlash.  Ilmiy  asoslanganlik  tomoyili  qo‘llanilayotgan  metodikalarning  etnik,  ijtimoiy 

muhitga,  shu  jumladan  diagnostika  o‘tkazilayotgan  o‘quv  yurti,  o‘quv  guruhi  va  auditoriyaga 

mosligini  talab  qiladi.  Bu  tamoyilga  amal  qilish  pedagogik-diagnostikalarni  turli  xil  yengil, 

«ko‘ziga yaxshi ko‘ringan» yoki «qo‘liga tushib qolgan» metodikalarni bilib-bilmay qo‘llashdan 

saqlaydi.  



2.  Diagnostikaning  izchilligi  va  aniq  yo‘nalganligi.  Psixologik-pedagogik  diagnostika 

boshqa  psixodiagnostik  va  pedagogik  diagnostikadan  farqli  ravishda  aniq  yo‘nalishga,  aniq 

ob’ektga  va  maqsadga  qaratilgan.  Shu  sababli  diagnostika  faoliyati  (jarayonining)  natijalari 

umumiy  xulosalar,  abstrakt  mulohazalardan  emas,  balki  aniq  shaxsga  (masalan,  talaba),  aniq 

guruhga  tegishli  bo‘lishi,  diagnostika  natijasida  aniq  xulosa  chiqarib,  kamchiliklarni  bartaraf 

qilish, yordam berishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim.  



3.  Diagnostika  shakl  va  metodlarining  optimalligi.  Qo‘llanilayotgan  metodikalar, 

talabaga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki psixodiagnostga kam kuch 

va vaqt sarflab, talaba haqida muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig‘ishga 

imkon  berishidir.  Diagnostikaning  shakl  va  metodlarining  optimalligini  ta’minlash  uchun 

psixodiagnostikada ko‘p yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga 

samarali metodlarini tanlash hamda qo‘llash zarur.  



4.  O‘rganish  ob’ekti  haqida  faktlarni  yig‘ish,  bayon  qilish  va  to‘g‘ri  yo‘lga  solishning 

birligi.  O‘rganilayotgan  ob’ekt  haqida  ma’lumotlar  yig‘ish,  ularni  pedagoglarga  ko‘rsatish  va 

diagnostika 

jarayonida 

o‘rganilayotgan 

talabaga 

yoki 


ta’lim-tarbiya 

jarayonini 

takomillashtirishda,  kamchiliklarni  bartaraf  qilishda  o‘quv  yurti  rahbarlariga,  pedagoglarga 


 

26 


ma’lum  psixologik-pedagogik  yordamlar  berish,  to‘g‘ri  yo‘lga  solish,  qo‘llab-quvvatlash 

vazifalarning birgalikda olib borilishidir.  



5.  Diagnostikaning  ketma-ketligi  va  uzluksizligi.  Diagnostikaning  bosqichma-bosqich 

amalga oshira borish, o‘quv jarayoniga, talabaning o‘zlashtirishiga halaqit berayotgan sabablarni 

ochish,  olingan  natijalardan  keyingi  bosqichlarda,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  uzluksiz 

foydalanishda yuzaga chiqadi.  



6.  Diagnostika  metodlari  va  jarayonlarining  qulayligi  va  ommabopligi.  Diagnostika 

metodlarining  oddiyligi,  amaliy  psixologlar,  pedagoglar,  o‘quv  yurti  rahbarlari,  tekshiriluvchi 

uchun  qulayligi,  ularda  diagnostikaga  nistaban  qiziqish,  intilish  uyg‘otishga  xizmat  qilishini 

ta’minlovchi tamoyildir.  



7.  Diagnostikaning  har  tomonliligi  (kompleksliligi).  Bu  tamoyil  talaba  shaxsini,  uning 

individual-psixologik  xususiyatlarini,  psixik  jarayonlarining  rivojlanganlik  darajasini,  o‘quv 

faoliyatining boshqa xususiyatlarini o‘rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar talabani 

bir  butun  holda,  har  tomonlama  o‘rganish,  ta’riflash,  yondashish  imkonini  berishda  yuzaga 

chiqadi.  Diagnostik  metodikalar  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lishi,  bir-birini  to‘ldirishi  bu 

tamoyilning asosiy talablaridan biridir.  



8.  Diagnostikaning  talaba  rivojlanishining  kelajagini,  oqibatlarini  oldindan  ko‘ra  olish 

(bashorat qilish) imkonini bera olishi. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika talabaning 

kechagi  yoki  bugungi  kundagi  rivojlanish  darajasini,  o‘quv  jarayonining  tashkil  qilganlik 

darajasini  ko‘rsatib  berish  bilan  cheklanib  qolmasligi  lozim.  Diagnostik  jarayonda 

o‘rganilayotgan  ob’ektning  “kelajagi”,  ertangi  kuni,  taraqqiyot  an’analari  ma’lum  omillar 

ta’sirining oqibatlarida ochib berilishi kerak. Shu holdagina, bashorat mohiyatidan kelib chiqqan 

holda  ta’lim-tarbiya  jarayonida  yo‘l  qo‘yilayotgan  xatolar,  talaba  taraqqiyotidagi  ko‘zga 

tashlangan  kamchiliklarni  bartaraf  qilish,  to‘g‘ri  yo‘lga  solish  imkoniga  ega  bo‘lamiz.  Shu 

sababli  psixologik-pedagogik  diagnostika  metodlarining  prognostik  bo‘lishi  eng  muhim 

talablardan biridir. 

Psixologik  testlardan  foydalanadigan  kishilar  uchun  qo‘yiladigan  maxsus  talablar. 

Psixodiagnost  o‘z  xatti-harakatini  amalga  oshirayotgan  bir  vaqtda,  quyidagi  bosqichlarga  amal 

qilishi lozim bo‘ladi. 

Birinchidan, diagnostik faoliyat ob’ekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash; 

Ikkinchidan,  diagnostika  ob’ektini  o‘rganishning  mezonlari  va  ko‘rsatkichlari 

(indikatorlari)ni belgilash; 

Uchinchidan,  diagnostik  faoliyat  vazifasini  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  metodikalarni 

tanlash; 


 

27 


To‘rtinchidan,  tanlangan  metodikalar  yordamida  ma’lumotlar  yig‘ish  (tadqiqot 

o‘tkazish); 

Beshinchidan, olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash; 

Oltinchidan, psixologik tashhis ishlab chiqish va xulosalarni chiqarish; 

Yettinchidan, psixologik bashorat ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin 

qilish); 

Sakkizinchidan, tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish. 

Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi.  

Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga: 

a) tekshiruv ob’ektining aniqlash; 

b) tekshiruv metodini aniqlash; 

v) metodni tahlil qilish; 

g) ma’lumotlar interpretatsiyasi; 

d) metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog‘liq bo‘ladi. 

Psixodiagnostika axloqiy-ma’naviy normalari.  

Psixolog  tashhischining  kodeksdagi  axloqiy-ma’naviy  normalarining  asosiy  tamoyillari 

qatoriga aytish joiz bo‘lgan omillar:  

1.  Psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati;  

2.  Ob’ektivlik,  haqqoniylik  va  o‘z  faoliyatidagi  yuqori  talablarga  rioya  qilishga 

asoslangan mas’uliyatlilik;  

3.  Jamiyatning axloqiy talablariga mos keluvchi axloqiy va xuquqiy standartlar;  

4.  Psixodiagnostning omma oldida o‘zini tuta bilishi;  

5.  Sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik;  

6.  Sinaluvchi  bilan  bo‘lgan ishonchli munosabatlar,  uni tadqiqot  xarakteridan  xabardor 

qilish;  

7.  Tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik;  

8.  Tadqiqotdagi ehtiyot choralar;  

9.  Metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlari;  

10. Diagnostik natijalarni tahlil qilish.  

 

2.3. Ta’lim mazmunida kelajak istiqbollarini tashxis (diagnostik)  qilish 

 

Ta’limni 



baholashda 

ziddiyatli 

qarashlarning 

tug‘ilishini 

buyuk 

pedagog 


Ya.A.Komenskiy  ham  ta’kidlab  o‘tgan  edi.  U  pedagoglarni  o‘zlari  ega  bo‘lgan  baholash 

 

28 


huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv 

bo‘lishiga  erishish  didaktik  tizimlarning  asosida  yotadi.Olimlarning  ta’kidlashicha, 

demokratlashgan  ta’lim  tizimida  yuzaki  (formal)  nazorat  bo‘lmasligi  lozim,  Didaktik  nazorat 

ta’limning  o‘ziga  xos  metodi  sifatida  aniq  ifodalangan  ta’lim  beruvchi,  rivojlantiruvchi 

xususiyatga ega bo‘lishi o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining 

o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va 

malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning murakkab 

shakllaridan  voz  kechishni  talab  qiladi.  O‘quvchilarning  o‘quv  mehnatini  rag‘batlantirishning 

yangi  usullarini  izlash,  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  kuch  to‘plab  borayotgan  shaxsiy  foyda  

tamoyili  yangicha  yondashuvlarni  belgilab  beradi.  Tashhislash  tizimida  baho  rag‘batlantirish 

vositasi  sifatida  bir  qator  afzalliklarga  ega.  Birinchi  navbatda,  baholovchi  fikrlar  (ballar) 

qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  tashhislash  natijalari  shaxsning  yetuklik  darajasini  belgilashga 

ko‘maklashadi,  bu  esa  raqobatli  ta’lim  sharoitlarini  yaratishda  muhim  omil  sanaladi.  Ta’lim 

(shuningdek,  nazorat)ning  ixtiyoriyligi  tamoyili  bilan  boyitilgan  baho  o‘tmishda  o‘quvchilar 

uchun majburiy bo‘lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi 

mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. 



Ta’lim  jarayonida  nazorat  va  hisobga  olishning  vazifalari.  Ta’lim  jarayonining 

muhim  tarkbiy  qismlaridan  biri  -  nazorat  va  hisobga  olishdir.    Bu  tushunchalar  o‘ziga  xos 

mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim 

jarayonining  samaradorligi  ortadi.  Buning  uchun  o‘qituvchi  o‘quvchining  o‘quv  materiallarini 

o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. 

Nazorat  tushunchasi  ta’lim  oluvchining  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  aniqlash, 

o‘lchash va baholashni anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ham ataladi.  



Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi 

va  o‘quvchilar  o‘rtasida  teskari  aloqani  ta’minlash,  pedagog  tomonidan  o‘quv  materialini 

o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida 

aniqlashni  ta’minlashdir.  Tekshirishning  maqsadi  nafaqat  o‘quvchining  bilim  darajasi,  sifati, 

shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. 

Tekshirish  tizimidagi  birinchi  bosqich  ta’lim  oluvchilarning  bilim  darajasini  oldindan 

aniqlash  hisoblanadi.  Odatda,  u  o‘quv  yili  boshida  o‘quvchilar  tomonidan  avvalgi  o‘quv  yilida 

o‘zlashtirilgan  bilimlari  darajasini  aniqlash  maqsadida  o‘tkaziladi.  Bu  kabi  tekshirish, 

shuningdek,  o‘quv  yilining  o‘rtasida  yangi  bo‘lim  (kurs)ni  o‘rganishga  kirishilganda  ham 

o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli. 

Bilimlarni  tekshirishning  ikkinchi  bosqich  har  bir  mavzuni  o‘zlashtirish  jarayonidagi 


 

29 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling