Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.10.2020
Hajmi0.53 Mb.
#137878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi


joriy  tekshirishdir.  Joriy  tekshirish  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  o‘quv  dasturida  belgilangan 

ayrim  alohida  elementlarni  o‘zlashtirish  darajasini  tashhislash  imkonini  beradi.  Mazkur 

tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish 

shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning 

yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq 

belgilanadi. 



Takroriy  tekshirish  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  tekshirishning  uchinchi  bosqichi 

sanalib,  joriy  tekshirish  kabi  mavzuli  bo‘lishi  mumkin.  Yangi  mavzuni  o‘rganish  bilan  birga 

o‘quvchilar  avval  o‘zlashtirilganlarni  takrorlaydilar.  Takroriy  tekshirish  bilimlarni 

mustahkamlashga  ko‘maklashadi,  biroq  o‘quv  ishlari  bosqichini  tavsiflash,  bilimlarning 

mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari 

bilan birga qo‘llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. 

Tizimning  to‘rtinchi  bosqichi  –o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  yaxlit 

bo‘lim  yoki  kursning  alohida  mavzusi  bo‘yicha  davriy  tekshirish  hisoblanadi.  Mazkur 

tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy 

elementlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarni  o‘zlashtirish  sifatini  tashhislash.  Davriy  tekshirishning 

asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish. 

Tekshirishni  tashkil  etishda  beshinchi  bosqich  ta’lim  oluvchilarning  ta’lim  jarayonining 

barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga 

olishdir.  O‘zlashtirishning  yakuniy  hisobi  har  bir  chorak  va  o‘quv  yili  oxirida  o‘tkaziladi.  U 

olingan  baholarni  qo‘shib,  o‘rtacha  arifmetik  ballni  mexanik  tarzda  chiqarishdangina  iborat 

bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad 

bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir. 

Tekshirishdan  tashqari  nazorat  o‘z  ichiga  baholash  (jarayon  sifatida)  va  baho  (natija 

sifatida)  ham  oladi.  O‘zlashtirish  tabellari,  sinf,  guruh  jurnallari,  reyting  daftarchalari  va  shu 

kabilarda  baholar  shartli  belgilar,  kod  signallari,  xotiralash  belgilari  va  hokazolar  baho 

ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari 

(natijalari)  asos  bo‘ladi.  Bunda  o‘quvchilar  ishining  ham  sifat,  ham  miqdor  ko‘rsatkichlari 

hisobga  olinadi.  Miqdor  ko‘rsatkichlari  ko‘proq  ballar  yoki  foizlarda.  Sifat  ko‘rsatkichlari  esa 

a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi 

fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va 

hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki 

baholovchi  fikrga  yuklangan  ma’no  ekanini  unutmaslik  muhim.  Baholovchi  son  sifatida 

qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, 



 

30 


D va hokazo) ifodaga ega.   

Bahoni  amalda  egallangan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  bilan  davlat  ta’lim  standartiga 

ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat 

sifatida  tushunish  (ta’riflash)dan  ta’lim  darajasining  miqdoriy  mazmuni  kelib  chiqadi. 

O‘zlashtirish  (ta’lim  samaradorligi)  ko‘rsatkichi  B-A-T    yuz  foiz  nisbat  asosida  hisoblanadi. 

Bunda:  


B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; 

A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi; 

T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq hajmi. 

Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100 foiz – axborotni to‘liq 

o‘zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o‘rtasida bo‘ladi. Ma’dlumki, baholash 

funksiyasi  ta’lim  darajasini  qayd  etish  bilangina  cheklanmaydi.  Baho  -  pedagog  ixtiyoridagi 

o‘qish,  ijodiy  motivatsiyani  rag‘batlantirish,  shaxsga  ta’sir  ko‘rsatish  vositasi.  Aynan  xolis 

(ob’ektiv) 

baholash 

ta’sirida  o‘quvchilarda  adekvat  o‘z-o‘zini  baholash,  shaxsiy 

muvaffaqiyatlarga  tanqidiy  munosabat  yuzaga  keladi.  Shu  bois  bahoning  ahamiyati, 

vazifalarining  xilma-xilligi  o‘quvchilar  o‘quv  faoliyatining  barcha  jihatlarini  aks  ettiradigan  va 

ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi. 

O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish 

lozim: 

1)  o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 



malakalarini har tomonlama nazorat qilish; 

2)  har  bir  yakunlangan  mavzu  bo‘yicha  o‘quvchilarning  faoliyati  to‘g‘risida  xulosa 

chiqarish; 

3)  o‘rtacha  arifmetik  ma’lumotlarga  tayanibgina  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajasini 

baholamaslik; 

4)  o‘quvchilarning  mavjud  bilimlariga  aniq,  batafsil  ma’lumot  (tavsif)  berish  uchun 

ularning  bir  necha  o‘quv  yilidagi  statistik  o‘zlashtirish  ma’lumotlarga  asoslanib  tahlil 

etish.  


Nazorat  qilish  vazifasi  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarining  qanday 

darajada ekanligini aniqlashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga 

o‘tish  imkoniyatlarini  aniqlashtiradi  va  o‘qituvchining  o‘quv  metod  hamda  usullarini  to‘g‘ri 

tanlaganini  nazorat  qiladi.  Nazorat  qilish  vazifasi  o‘quv  materiallarini  o‘rganishning  maqbul 

yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir. 

Har  bir  fan  bo‘yicha  o‘quvchining  o‘quv  faoliyatini  nazorat  qilish  va  baholash  chorak 



 

31 


yoki  yarim  yillik  davomida  muntazam  ravishda  olib  boriladi  va  quyidagi  nazorat  turlari  orqali 

baholanadi: 



1)  joriy nazorat; 

2)  oraliq nazorat; 

3)  yakuniy nazorat. 

Joriy  nazorat  –  bu  o‘rganilayotgan  mavzularni  o‘quvchilar  tomonidan  qanday 

o‘zlashtirayotganini  muntazam  ravishda  dars  jarayonida  nazorat  qilishdan  iborat.  Bu  nazorat 

o‘qituvchi  tomonidan  o‘tkazilib,  o‘quvchilarning  bilim  darajasini  aniqlash  fanning  har  bir 

mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. 



Oraliq nazorat –  bu  mazkur fan  bo‘yicha o‘tilgan  (mavzular  bo‘yicha  yozma,  og‘zaki, 

test shaklida o‘tkaziladi) bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lim bo‘yicha o‘quvchilarning 

bilimlarni aniqlash. 

Yakuniy  nazorat  –  bu  nazorat  chorak  yoki  yarim  yillik  uchun  belgilangan  mavzular 

to‘liq o‘tib bo‘lingach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.  

O‘quvchilarning  faoliyatini  hisobga  olish  metodlari  og‘zaki,  yozma,  test  hamda  amaliy 

topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin. 



Og‘zaki  tekshirish.  Bu  metod  bilimlarni  nazorat  qilish  va  baholashning  ancha  keng 

tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 

Og‘zaki  tekshirishning  mohiyati  shunda  ko‘rinadiki,  o‘qituvchi  o‘quvchilarga 

o‘rganilgan  mavzuning  mazmunidan  kelib  chiqib,  ularning  o‘zlashtirish  darajasini  aniqlaydi. 

Og‘zaki  tekshirish  o‘quvchilarning  bilimlarini  tekshirishni  savol-javob  usuli  asosida  amalga 

oshiriladi.  Ushbu  usul  ayrim  hollarda  suhbat  usuli  deb  ham  atashadi.  Og‘zaki  tekshirishda 

o‘qituvchi  o‘rganilayotgan  mavzuni  alohida  qismlarga  ajratadi  va  ularni  har  biridan 

o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va 

mustahkam  bilimga  ega  bo‘lishlari  uchun  ulardan  shu  yoki  oldingi  mavzuni  butunlay  esga 

tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini 

yozma  mashqlarni  tashkil  etish  asosida  to‘ldirib  boriladi.  Masalan,  o‘quvchilarning  «Qo‘shma 

gaplar»  mavzusini  qanday  o‘zlashtirganliklarini  tekshirishda  ana  shunday  yo‘l  tutish  mumkin. 

Ular o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va 

grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga 

muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib 

hal  etiladi.  Keng  tarqalganligi  va  samarali  ekanligiga  qaramay  o‘quvchilarning  bilimlarini 

nazorat  qilish  va  baholashda  og‘zaki  tekshirish  ayrim  kamchiliklarga  ham  ega.  «Reyting» 

inglizcha  so‘z  bo‘lib,  uning  lug‘aviy  ma’nosi  inson  faoliyatidagi  ijobiy  va  salbiy  sifatlarning 



 

32 


doimiy  ravishda  o‘zgarishib  turishini  anglatadi.    Reyting  tizimi  o‘quvchilarning  bilim  sifatini 

nazorat  qilish  turi,  metodi  va  shakli  bo‘lib,  uning  yordamida  o‘quv  fani  ta’lim  standartining 

barcha  imkoniyatlari  bo‘yicha  o‘zlashtirilgan  bilimlar  sifatini  baholash  jarayonini  ta’minlab 

beradi. 


O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  baholash  mezonlari  hamma  vaqt 

bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud 

qarashlarni  umumlashtirib  aytish  mumkinki,  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 

baholash  mezonlari  har  bir  fanning  maqsad  va  vazifalari,  shuningdek,  sinf  (guruh)dagi 

o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajasiga  tayangan  holda  belgilanadi.  Shuningdek,  baholash 

mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga 

alohida-alohida  yondashiladi.  Masalan,  ximiya darsidan  baholash   mezonlariga  o‘quvchilarning 

og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish 

eta  olishlari  inobatga  olinadi.  Buni  «4»  baho  misolida  aniqlashtiramiz:  og‘zaki  javob  berish 

jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 

1)  o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa; 

2)  material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 

3)  o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolar 

yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. 

Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 

1)  masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; 

2)  topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l 

qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. 

Amalda  bilimlarni  namoyish  etishda  «4»  baho  qo‘yiladi,  quyidagi  holatlar  namoyon 

bo‘lsa:  

1)  ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa; 

2)  ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yilsa. 

Bildirilgan  fikrlarga  tayangan  holda  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  o‘quvchilarning 

bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 

1.  «5»  baho:  a)  o‘quvchi  materialni  to‘liq  o‘zlashtirib  olgan  bo‘lsa;  b)  o‘rganilgan 

mavzu  bo‘yicha  asosiy  ma’lumotlarning  mohiyatini  ochib  bera  olsa;  v)  egallangan  bilimlarni 

amalda  qo‘llay  olsa;  g)  o‘rganilgan  mavzuni  bayon  qilishda,  o‘zma  ishlarda  xatolarga  qo‘l 

qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo‘yiladi. 

2.  «4»  baho:  a)  o‘quvchi  o‘rganilgan  mavzuning  mohiyatini  bilsa;  b)  o‘qituvchining 

savollariga  qiynalmasdan  javob  bera  olsa;  v)  egallangan  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llay  olsa;  g) 



 

33 


og‘zaki  javob  berishda  jiddiy  xatolarga  yo‘l  qo‘ymasdan,  o‘qituvchining  qo‘shimcha  savollari 

bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa; 

3.   «3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish 

berishda  o‘qituvchining  aniqlashtiruvchi  savollariga  ehtiyoj  sezsa;  b)  savollarning  mantiqiy 

tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 

4.  «2»  baho:  o‘quvchi  o‘rganilgan  mavzu  haqida  tushunchaga  ega,  biroq  mavzuni 

o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.   

 

2.4. Pedagogik diagnostikaning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni  

 

Insonning  oliy  nerv  tizimi  faoliyati  haqidagi  ta’limotlarning  ko‘rsatishicha,  u  murakkab 



sub’ektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz ob’ekt (tizim)larga qaraganda o‘z-o‘zini tartibga 

solish,  tiklash,  ma’lum  holatda  saqlash  hamda  takomillashtirishda  eng  yuqori    darajadagi 

mavjudot  hisoblanadi.  O‘z-o‘zini  tartibga  solish,  takomillashtirish  insonga  berilgan    azaliy 

imkoniyatdir.  Chunonchi  u  inson  miyasi,  ma’naviy  va  aqliy  salohiyatining  ajralmas  xususiyati 

hisoblanadi.  Ammo  bu  sifat  birdaniga  ko‘zga  tashlanmay,  imkoniyat  tarzida  ruhiy,  fiziologik 

zahira shaklida mavjud bo‘ladi. 

Kelajakni ko‘ra olish insonlarga xos bo‘lib, olamning makon va zamon birligini anglash 

vositasidir.  Kelajakni  ko‘ra  bilish  insonga  avvaldan  fiziologik  jarayonlarni  qayta  qurish  va 

noqulay vaziyatlarga o‘ziga xos tarzda javob berishni ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.   

Hozirgacha harakat akseptori muayyan neyrofizologik aniqlikka ega bo‘lmay, butun miya 

faoliyati va xotira tuzilmasining mahsuli hisoblanadi. Insonda oldindan hodisalarni ko‘ra olishda 

miyaning  old  qismi  muhim  hisoblanadi.  Aynan  shu  tuzilmalar  yuksak  afferent  umumlashmalar 

va  qarorlar  qabul  qilish,  harakat  dasturini  ishlab  chiqishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  asosda 

jismlar qabul qilingan qaror va harakat dasturi asosida turli harakatlarni amalga oshiradi.  

Ammo har qanday harakatlarni bajarish miyaning doimiy nazorati ostida amalga oshadi. 

Bunday nazorat teskari afferentatsiya yoki ikkiyoqlama aloqa yordamida bajariladi.  Ikkiyoqlama 

aloqa tizimlari orqali axborot harakat  akseptoriga boradi, unda ushbu harakatning tayyor modeli, 

uni  bajarish  rejasi  hamda  yakuniy  natija  ifodalanadi.  Harakatni  bajarish  vaqtida  hissiyotlar 

muhim  hisoblanadi.  Agar  u  harakatni  bajarish  jarayonida  aniq  modelga  mos  kelsa,  insonda 

qoniqish  va  ijobiy  his-tuyg‘ular  paydo  bo‘ladi.  Olingan  harakat  natijasi  aniq  modelga  mos 

kelmasa,  salbiy  his-tuyg‘u  hosil  bo‘lib,  inson  jismi  o‘z  zahirasini  kutilgan  natijani  olishga 

yo‘naltiradi.  

Inson  o‘z-o‘zini  takomillashtirishining  turli  bosqichlarida  faoliyat  sub’ekti  sifatida  o‘z-


 

34 


o‘zini  anglash  va  boshqarishni  o‘rganadi,  o‘z  imkoniyatlari,  qobiliyatlari  hamda  nimaga 

qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u o‘zining imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga 

ega bo‘la boshlaydi. Jumladan:   

1. 


O‘z oldiga maqsad qo‘yadi, uni amalga oshirishga intiladi.  

2. 


O‘z harakatini amalga oshirish yo‘llari va vositalarini aniqlaydi. 

3. 


O‘z faoliyatini dasturlashtira oladi, maqsadga erishish yo‘llari va vositalari, uning 

natijalarini tasavvur qiladi. 

4. 

 O‘z-o‘zini hamda harakat mahsulini baholay oladi. 



5. 

Olingan natijalarga o‘zgartirish kiritadi va ularni tuzata oladi. 

6. 

O‘z-o‘zini boshqarish jarayonida o‘zaro munosabatlarni anglaydi. 



Pedagoglarni  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  jarayonida,  ularda  kasbiy  faoliyatni 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  o‘zlikni  anglashning  o‘rnini  belgilar  ekanmiz,  uni  shaxs 

tuzilishidan  (strukturasidan)  alohida  holda  o‘rganish  mumkin  emas.  Bunda  shaxs  strukturasiga 

K.K.Platonov  talqini  asosida  yondashamiz.  Bu  talqinda  quyidagi  komponentlar  ajratib 

ko‘rsatilgan: 

1.  Shaxs  qiziqishlari,  intilishlari,  ideallari,  dunyoqarashi,  e’tiqodlarining  muayyan 

maqsadga yo‘nalganligi. 

2.  Shaxs  tajribasi,  bilimlari,  ko‘nikmalari,  malakalari,  odatlari  uning  tayyorgarligini 

belgilashi. 

3.  Ayrim psixik jarayonlarning doimiy xususiyatlar diqqat, idrok, tafakkur, xotira, iroda, 

hissiyot, psixik harakatlarning mashqlar asosida rivojlanishi. 

4.  Biologik  jihatdan  belgilangan  xususiyatlar  mashq  qilish  vositasi  va  temperament, 

yosh, jinsiy xususiyatlarda namoyon bo‘lishi.  

Yuqorida keltirilgan shaxs tuzilishi komponentlari pedagogning kasbiy faoliyatiga kuchli 

ta’sir qiladi.  Bu ta’sir yo‘nalishi mazkur sifatlarning ijobiy shakllanganlik darajasi bilan ularning 

kasbiy  yo‘nalganlik  darajasiga  mos  kelishiga  bog‘liq.  O‘z  navbatida  ularning  ham  rivojlanish 

darajasi  shaxs  faoliyat  ehtiyoji  va  uning  jamiyat,  kasbdoshlari  bilan  shakllangan  munosabatlar 

tizimiga bog‘liq bo‘ladi. 

Ta’lim-tarbiyaning jamiyat va har bir kishi hayotidagi ahamiyati ortib borishi uni yanada 

takomillashtirishni taqozo qiladi. Takomillashtirish an’anaviy usul va vositalar bilan emas, balki 

yangi  pedagogik  texnologiyalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  ham  yangi  pedagogik 

texnologiyalarni tadbiq etish zaruriyati vujudga keladi.  

Yangi  pedagogik  texnologiyalar  jarayonni  takomillashtirish  imkonini  beradi.  Reyting, 

test  metodlari  ta’lim-tarbiyaning  inson  va  uning  faoliyati,  malakasini  o‘rganishda  mantiqiy, 



 

35 


insoniy qirralarini miqdoriy son va sifat jihatdan aniqlashga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. 

Chunki  taraqqiyot  qancha  tezlashsa  muayyan  sohalarni  o‘rganishga  mantiqiy  yondashuvni 

miqdoriy  aniqliklarda  o‘lchash  ehtiyoji  kuchayadi.  Pedagogikada  miqdoriy  kattaliklarning 

qo‘llanilishi uning rivojlanganligini ifodalaydi. 

Bugungi  kunda  mavjud  fanlarni  o‘rganishga  tizimli  yondashuv  qaror  topmoqda. 

Pedagogikada  pedagogik  tashxisning  oddiy  metodlari  bilan  bir  qatorda,  uning  murakkab 

shakllari va texnologiyalari tatbiq etilmoqda. 

Pedagogik tashxis endi paydo bo‘lgan, butunlay yangi bir soha emas. Inson biror faoliyat 

bilan  shug‘ullanishni  boshlashdan  oldin,  ma’lum  natijani  ko‘zlaydi,  xatti-harakatini  shunga 

muvofiq tashkil etadi. Ta’lim-tarbiya, malaka oshirishda ham inson o‘z xatti-harakatini ma’lum 

reja asosida tashkil qilib, ma’lum natijani ko‘zlaydi. Pedagogik faoliyat asrlar davomida shunday 

tashkil  qilingan.  Ammo  taraqqiyot  va  fanning  hozirgi  bosqichida  qo‘llanib  kelingan 

metodlarning  imkoniyatlari  hozirgi  zamonaviy  talabni  qondira  olmay,  sodda  bo‘lib  tuyuladi. 

Taraqqiyot taqozosi bilan paydo bo‘lgan ehtiyoj yangicha yo‘l tutish, yondashuvni taqozo qiladi.  

 “Pedagogik  tashxis”  atamasi  1968  yilda  olmon  pedagogi    K.Inmgemnpkam  tomonidan  

birinchi  marta  qo‘llanilgan.  

Hozirgi kunda pedagogik tashxis faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga mansub. 

Shuning uchun undan har kim o‘z qiziqishi va o‘rganadigan sohasiga mos ravishda foydalanadi. 

Ayrim  tadqiqotchilar  pedagogik  tashxisni pedagogikaga doir  jarayon va  muammolarni  yoritish, 

ularning  ta’sirchanligini  aniqlash  va  o‘quvchilar  o‘zlashtirishini  yaxshilash,  har  bir  kishining 

ma’lumot olish imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogik tashxisni 

o‘quv  va  bilish  jarayonini  rejalashtirish  va  bu  borada  kishilarga  maslahat  berish  tarzida  ham 

talqin qiladilar.  

Pedagogik tashxisni keng ma’noda qo‘llash: o‘quv jarayoni, o‘qutuvchilar va o‘quvchilar 

faoliyatini  tahlil  qilish,  yutuq  va  kamchiliklarni  aniqlash  hamda  ma’lum  o‘zgartirishlar  kiritish 

vositasi  sifatida  qarash  o‘tgan  XX  asrning  90  yillarida  respublikamiz  ta’lim  tizimida  keng 

qo‘llangan  edi.  Bu  ishni  professor  J.G‘.Yo‘ldoshev  boshqarib,  o‘zi  qator  ishlar  e’lon  qildi. 

Pedagogik  tashxisdan  kamchiliklarni  aniqlash,  ularning  oldini  olish,  yordam  ko‘rsatishda 

foydalaniladi.  Pedagogik  tashxis  asosida  o‘quv  jarayoni  tashkil  qilinadi,  o‘quvchilarning 

o‘zlashtirishi  bilan  ta’limning  maqsadi  hamda  tashkiliy  shakli,  shart-sharoitlarining  bir-biriga 

mosligi aniqlanadi va bu jarayonda o‘qituvchilar kasbiy mahorati, o‘rni belgilanadi. Ko‘pchilik 

hollarda  o‘quv  jarayonini  tashkil  qilish  darajasi,  o‘quvchilar  o‘zlashtirishining  pastligi, 

ta’limning  maqsadi,  mazmuni,  shakl  va  metodlarining  bir-biriga  mos  tanlanmasligi  oqibatida 

pedagoglarning  umumiy  ma’naviyati  va  kasbiy  saviyasining  zamon  talabiga  to‘g‘ri  kelmasligi  



 

36 


kuzatiladi.  

Pedagogik  tashxisning  umumnazariy  asosi  yaratilmaganligi,  go‘yoki    u  pedagogika 

oldida  turgan  masalalarni  yechishga  tez  yordam  ko‘rsatish  vazifasini  bajarayotgandek  tuyuladi. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,    zamon  o‘zgarishi,  rivoji  bilan  pedagogika  oldida  turgan 

vazifalar  ham  yangidan  paydo  bo‘laveradi.  Bunday  sharoitda  pedagogik  tashxisning  vazifalari 

ham  o‘zgaradi.  Bizningcha,  pedagogik  tashxisga  gnoseologik,  ya’ni  kishining  bilimga  bo‘lgan 

intilishi  va  shu  asosda  ayni  vaziyat  uchun  pedagogik  jihatdan  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish 

instrumenti sifatida qarash lozim. 

Pedagogik  tashxis  –  pedagogik  jarayonlarni  bilish  instrumenti  sifatida  gnosiologiyaning 

xususiy  bir  ko‘rinishi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  uni  gnoseologiya  (bilish  nazariyasi)  bilan 

tenglashtirish  ham  mumkin  emas.  Gnoseologiya  –  borliq  (tabiat  va  jamiyat)  hamda  inson  va 

tafakkurni  bilishning  umumiy    (falsafiy)  qonuniyatlarini  o‘rganadi.  Shu  jihatdan  pedagogik 

tashxis dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlari bilan qurollantirilib, nazariy-metodologik asos 

vazifasini  o‘taydi.  Pedagogik  tashxis  gnoseologiyadan  farqli  tarzda  umumiy  bog‘lanishlarni 

emas,    balki  pedagogik  jarayonlarga  xos  ayrim  holatlar  uchun  aniq  pedagogik  qaror  qabul 

qilishga  xizmat  qiladi.  Shu  jihatdan  qaraganda  pedagogik  tashxis  ko‘proq  amaliy  jihati  bilan 

namoyon bo‘ladi.  

Pedagogik tashxis bilan ilmiy tadqiqot uzviy bog‘liq, ammo ular o‘rtasida ma’lum farqlar 

ham  mavjud.  Ilmiy  tadqiqot  ancha  keng  bo‘lib,  pedagogik  tashxis  unga  bo‘ysundirilgan,  uning 

topshirig‘ini bajaradi, ayrim jihatlarini hal qilishga amaliy yordam beradi. 

Pedagogik  tashxisni  torroq,  bizni  qiziqtirgan  pedagoglar  malakasini  oshirish  jarayoniga 

nisbatan  oladigan  bo‘lsak,  bu  jarayonni  individuallashtirish,  ya’ni  aniq  bir  pedagog  ehtiyojiga 

moslashtirish,  undagi  pedagogik  mahoratning  zamon  talabiga  javob  berishi,  uning  ma’lum 

o‘lchovlarini  belgilab,  malaka  oshirish  jarayonini  xato  va  kamchiliklardan  xalos  qilish,  kurs 

tinglovchilari tarkibini belgilashda bir xil bilim, mahoratga ega bo‘lganlar uchun ta’lim maqsadi, 

mazmuni, shakl va metodlarini tanlashga erishish instrumenti sifatida qarash mumkin. 

Pedagogik tashxisni aynan shunday tushunganda uning maqsadiga mos tashxis usullarni 

qo‘llash asosida tinglovchilarning malaka oshirishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, buning 

uchun  ularning  bilish  faoliyatini  tashkil  qilish,  bu  jarayonni  qulaylashtirish  orqali  kutilgan 

natijaga  erishiladi.  Bunda  pedagogik  tashxis  yordamida  malaka  oshirish  jarayoni  tahlil  qilinadi 

va uning samaradorligi aniqlanadi. 

Tashxis  faoliyati  jarayon  tarzida  qabul  qilinib,  ma’lum  mezonlarga  rioya  etiladi.  Kurs 

rahbarlari  tinglovchilar  faoliyatini  kuzatib,  ularning  fikr-mulohazalarini  turli  yo‘llar:  suhbat, 

so‘rov  (anketa)  asosida  bilib,  kurs  mazmuni  va  maqsadi,  o‘qitish  shakllariga  o‘zgartirishlar 



 

37 


kiritadi.  Tashxislash  faoliyatini  shunday  tashkil  qilganda  nafaqat  malaka  oshirishning  mazmun 

va  shakli,  balki  didaktik  vositalar,  texnologiyalarni  qo‘llanish  darajasining  muhimligi,  didaktik 

jarayonlarga mos kelishini ham aniqlash mumkin. Bunday holatda pedagogik tashxis  didaktika 

va umuman ilmiy tadqiqot uchun xizmat qiladi.  

O‘qituvchi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ham hal qiluvchi omil 

hisoblanadi.  Uning  bu  boradagi  ishida  hal  qiluvchi  omillar:  o‘z  kasbiy  mahoratini  uzluksiz 

takomillashtirish,  mustaqil  bilim  olish    sifatini  ta’minlash,  qat’iy  intizom,  iroda  asosida  o‘z 

burchiga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 

Ammo  uzoq  yillardan  buyon  pedagogik  faoliyat  ko‘rsatish  va  rasmiy  tashkil  qilingan 

malaka  oshirish  kurslarida  ishtirok  etish  natijasida  shu  narsaga  ishonch  hosil  qildikki,  mavjud 

pedagog  kadrlar  malakasini  oshirish  tizimi  unga  qo‘yilgan  talablarni  to‘la  qondira  olmaydi. 

Pedagogning  kasbiy  mahoratini  uzluksiz  oshirish,  uni  tizimli  tashkil  qilish  malaka  oshirish 

shakllari  o‘rtasidagi  aloqadorlik  hamda  uning  yetarli  darajadagi  tayyorgarligini    ta’minlay 

olmaydi.  Pedagoglar  malakasini  oshirish  jarayonini  erkinlashtirish  uning  majburiy  shakllarini 

chegaralab,  pedagogik  jamoada  va  mustaqil  ta’lim  olish  shakl  va  muddatlarini  erkin  tanlash 

yo‘lidan  borishni  taqozo  qiladi.  Pedagoglar  malakasini  oshirish  modomiki  o‘z  xususiyatlariga 

ega pedagogik tizim ekan, u, eng avvalo, kattalar (ya’ni ta’limning ma’lum bosqichini tugallab, 

ma’lumoti haqida rasmiy hujjatga ega bo‘lgan shaxs), jamiyatda ma’lum ijtimoiy mavqega ega, 

kasbli kishilarni o‘qitish tizimi hisoblanadi.  

Ikkinchi 

tomondan 

o‘qituvchi 

faoliyatini 

refleksiv 

tashkil 

qilish                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    

o‘z-o‘zini  (“ichki”)  tashxis  qilishni  taqozo  qiladi.  Ichki  tashxis  o‘qituvchi  shaxsi  faoliyatidagi 

yutuq  va  kamchiliklarni  o‘zi  tahlil  qilib,  aniqlab,  ularni  bartaraf  qilish  uchun  chora-tadbirlarni 

ko‘rish, o‘zgartirish kiritishda namoyon bo‘ladi. 

Pedagog  kadrlar  malakasini  oshirish  tizimida  pedagogik  tashxisning  vazifasi 

quyidagilardan iborat:  

o‘qituvchilar    malakasini  oshirishning  yagona  tizimi    (O‘MOT)da  har  bir  bo‘g‘in 



(MOI - tuman metodika kabineti - maktab-o‘qituvchi)ning imkoniyatlarini aniqlash; 

har bir bo‘g‘in faoliyatidagi ijobiy va salbiy jihatlarni izlab topish; 



o‘qituvchilar  kasbiy  faoliyatini  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  pedagogik 

texnologiyalarni ishlab chiqish; 

har  bir  bo‘g‘inning  ta’sir  doirasini  aniqlab,  ular  o‘rtasida  ikki  yoqlama  aloqa 



shakllarini belgilash; 

o‘qituvchi ishining ta’sirchan mexanizmlarini topish; 



o‘quvchilar  ta’lim-tarbiyasini  takomillashtirishda  o‘qituvchi  shaxsiy  mas’uliyatini 



 

38 


oshirish;  

o‘qituvchi kasbiy darajasi uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani qayd qilish; 



pedagoglarning  psixofiziologik  xususiyatlari  bilan  ishchanligi  hamda  malakasi 

o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash; 

malaka  oshirish  tizimi  uchun  ta’limning  optimal  mazmun,  maqsad,  shakl,  metod, 



vositalarini belgilash. 

Pedagogik tashxisning muhim jihatlardan biri o‘rganilayotgan pedagogik hodisa tabiatiga 

mos  metod  yoki  metodikani  tanlashdir.  Har  qanday  ezgu-niyatlar  ham  to‘g‘ri  tanlanmagan 

metodika  asosida  barbod  bo‘lishi,  kutilgan  natijani  bermasligi  mumkin.  Pedagogik  tashxis 

metodlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

kuzatish; 



o‘z-o‘zini kuzatish; 

taqqoslash; 



tahlil qilish; 

bashoratlash; 



olingan natijalarni izohlash-sharhlash; 

so‘rov (anketa); 



og‘zaki so‘rov; 

intervyu.        



Hech  ikkilanmasdan  aytish  mumkinki,  pedagogika  fani  ilmiy  tadqiqot  metodlarining 

hammasi  ham  tashxislovchi  xarakteriga  ega.  Ular  pedagogik  jarayon,  hodisa  va  voqealar, 

pedagogik jarayon sub’ektlarining u yoki bu  jihati haqida ma’lumot berar ekan, shunga tashxis 

qo‘yadi, uni bilish, anglash, tahlil qilishga imkon beradi. Tadqiqot metodologiyasi va metodikasi 

yaxlitligida  u  yoki  bu  metod  oddiy  axborot  beruvchi  yoki  tashxislovchilik  vazifasini  bajaradi. 

Tadqiqot  maqsadiga  muvofiq  metodlar  tizimidan  metodika  shakllantiriladi.  Undan  maqsadga 

muvofiq foydalanishga ko‘ra metod turli vazifalarni bajaradi.  

 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling