Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Shaxslararo munosabatlarni diagnostik nazorat qilish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.10.2020
Hajmi0.53 Mb.
#137878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi


2.5. Shaxslararo munosabatlarni diagnostik nazorat qilish 

 

O‘quvchilarning  shaxslararo  munosabatlarini  o‘rganish  muammosi  vaqtga  taalluqli 



bo‘lmagan,  doimiy  ravishda  dolzarb  hisoblanuvchi  muammodir.  O‘qituvchining  ta’lim-tarbiya 

ishlarini sifatli va samarali tashkil qilish sinf jamoasini naqadar yaxshi bilishi bilan belgilanadi. 

Jamoadagi  faoliyat  va  o‘sish  dinamikasini  nazorat  qilish  faoliyat  ob’ekti  sifatida  pedagogik 

nazorat  qilish,  o‘quvchi  shaxsning  rivojlanish  bosqichlarini  hisobga  olgan  holda  butun 



 

39 


jamoaning  rivojlanish  darajasi  haqida  har  tomonlama  ma’lumot  olish  va  shu  asosda  integral 

diagnostika metodi, shakli va korreksion metodika mazmunini boyitishiga xizmat qiladi. Buning 

uchun har bir o‘qituvchi nafaqat liderlar to‘g‘risida, balki sinfdoshlari chetga chiqarib qo‘yganlar 

haqida  ham,  kim  “eng  do‘stona”  kayfiyatda,  kim  “do‘stlikni  buzuvchi”  hisoblanadi,  aniq 

ma’lumotga  ega  bo‘lishi  kerak.  Bu  axborotga  tayanmasdan  turib  sinfda  samarali  tarbiyaviy 

ta’sirni amalga oshirish mumkin emas. 

Pedagogik kuzatuvlar qo‘yilgan savollarga javob berishga yordam beradi, ammo ularni son 

jihatdan,  yaxlit  holda,  integral  ifodalay  olmaydiki,  bu  oxir-oqibatda  pedagogik  innovatsiyani 

qo‘llashni chegaralab qo‘yadi. Alohida  olingan o‘quvchini va yaxlit sinf jamoasining o‘ziga xos 

xususiyatlari diagnostikasida  pedagogni o‘quvchi shaxsini va butun sinf jamoasini o‘rganishda 

xatoga  yo‘l  qo‘yish  ta’qib  etadiki,  bu  pirovard  natijada  pedagogik  ta’sirning  har  xil  bo‘lishiga 

olib  keladi.  Pedagogik  xatoning  oqibatlari  og‘ir  bo‘lishini  va  u  hatto  olis  kelajakda  ham  o‘zini 

ko‘rsatishga qodir ekanligini hisobga olgan holda o‘quvchilarni o‘rganishda pedagog tomonidan 

qo‘llanilayotgan metodlar ob’ektivlik va ishonch mezonlariga javob berishi kerak. 

Pedagogik va psixologik adabiyotda maktab sinfini psixosotsial (ruhiy ijtimoiy) jihatdan 

tavsiflaydigan,  shuningdek,  turli  sinflarni  o‘zaro  ob’ektiv  ko‘rsatkichlar  asosida  qiyoslashga 

yordam beradigan (sonli) metodlar yetarli taklif etilmaydi. 

Aniq  va  yaqqol  tasvirni  integral  ko‘rsatkichlarni  qo‘llash  bilan  maxsus  sotsiometrik 

(ijtimoiy-o‘lchov) tadqiqoti beradi. U tadqiq etilayotgan sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi shaxslararo 

munosabatlar darajasini son jihatdan baholash imkonini beradi. Dissertatsiyada taklif etilayotgan 

metodika aprobatsiyasi boshlang‘ich nazariy xulosalarning to‘g‘riligini eksperimental yo‘l bilan 

tasdiqladi. 

Umumta’lim  maktablarida  tadqiqot  ishlari  olib  borishni  rejalashtirish,  shuningdek, 

sinovga  tortilayotganlar  kontingentini  tanlash,  sotsiometrik  test  hamda  maktab  ma’muriyati  va 

o‘qituvchilar  bilan  suhbatlar  natijalari  asosida  aniqlandi.  Ma’lum  bo‘ldiki,  o‘smir  o‘quvchilar 

sinfi  shaxslararo  munosabatlarida  muayyan  va  yetarli  darajada  jiddiy  muammolar  bor  ekan. 

Ushbu  sinflar  biz  tomonimizdan  noahil,  tarqoq,  ham  yurish-turishda,  ham  o‘qishda  muammoli 

sinflar sifatida tavsiflandi. 

Maktablar  ma’muriyati  va  pedagoglar  jamoasi  bizning  shaxslararo  munosabatlarni 

pedagogik nazorat qilish uchun tuzilgan rejalarimiz, metodikamiz va nazariy modellarimiz bilan 

tanishtirildi. Keyinchalik biz tomonimizdan bu sinflar o‘quvchilari bilan tarbiyaviy tadbirlarning 

butun  bir  kompleksi  o‘tkazildi.  Natijada  o‘quvchilar  muloqotda,  sinfdoshlari  bilan  o‘zaro  bir-

birlarini  tushunishda ularning fikricha, yengib bo‘lmas to‘siqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq 

katta  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirayotganliklari  ma’lum  bo‘ldi.  Mazkur  holat  bizning 



 

40 


tanlovimizni  belgilab  berdi,  aynan  o‘smir  o‘quvchilar  sinfida  tadqiqot  olib  borish  zarurati 

borligiga ishontirdi. 

O‘smirlar  boshqa  odam  shaxsini  batafsil  tahlil  qilish  qobiliyatiga  ega.  Bu  yoshda 

kommunikativ aloqalar turli va turg‘un xarakterga ega bo‘ladi, muloqot birmuncha tez va yorqin 

hissiy  bo‘yoqlarda  ifodalangan  holda  kechadi.  Bizning  tadqiqotimiz  sohasi  sinf  jamoasi 

a’zolarining  bir-biriga  nisbatan  emotsional  kayfiyati  holatini  ijtimoiy-ruhiy  muhit  tuzilmasi 

sxemasida  ushbu  muloqot  bilan  ajratilgan  o‘ringa  muvofiq  aniqlash  hisoblanadi.  Bu  pedagogik 

faoliyat  qirralaridan  biri  sanaladi  va  o‘quv-pedagogik  faoliyatning  muvofiq  metodlari  va 

shakllariga chiqish uchun katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Agar  o‘smirlar  bir-birlari  bilan  yaxshi  munosabatda  bo‘lsalar,  ular  yanada  yaqinroq 

muloqotga  rozi  bo‘ladilar,  ya’ni  jamoa  a’zolarining  ko‘pchiligini  yaqin  do‘stlar  sifatida 

tanlashlari  mumkin.  Agar  o‘smirlar  kelisha  olmasalar,  agar  ularda  shaxsiy  kelishmovchiliklar 

bo‘lsa, u holda ular jamoaning boshqa a’zolaridan uzoqlashadi va ular bilan yaqin munosabatlar 

o‘rnatishga intilmaydi. Ya’ni shaxslararo munosabatlarning bu tizimini maxsus tuzilgan shkala 

yordamida baholash mumkin. 

Bizning  metodikamiz  asosi  qilib  E.Bogardusning  shaxslararo  muvofiqlik  shkalasi 

olingan. U respondentlarning foiz taqsimotini muloqot masofasi darajasida belgilanishi bo‘yicha 

chiqarish imkonini beradi va faqat xalqaro munosabatlarni o‘rganish uchun foydalanilmoqda. 

E.Bogardusning 

zamonaviylashgan 

shkalasi 

maktab 


sinflaridagi 

shaxslararo 

munosabatlarni  chuqur  o‘rganish  uchun  qo‘l  keladi.  Bizning  shkalamizdagi  sifat  qiymati 

E.Bogardusdagi  kabi  butun  sonlar  ballarga  emas,  birlikning  qismidagi  sonlarga  o‘tkazildi. 

Tuzgan  shkalamizdagi  ijobiy  qiymatlarni  biz  salbiylar  bilan  to‘ldirdik.  Tadqiqot  metodi 

o‘quvchilarga sinfdoshlari bilan munosabatlarni mustaqil baholashni taqozo etadi. 

Anketaning  asosiy  savoli  gap  sifatida  shakllantirilganki,  uni  guruhning  har  bir  a’zosiga 

nisbatan  mustaqil  tugatish  va  jadvalga  o‘zining  bahosini  kiritish  kerak:  "Men  bu  odamga  ... 

sifatida  ega  bo‘lishni  xohlardim?"  savoli  istak  darajasini,  go‘yo  har  bir  respondent  shaxslararo 

muloqotda o‘zi uchun belgilagan ideal istiqbolni baholashga imkon beradi.  

Son jihatdan baholash uchun psixodiagnostik shkaladan foydalanilib, unda muayyan son 

ko‘rsatkichlariga  mos  keluvchi  muloqot  masofasining  sifat  darajasi  ajratildi.  Har  bir 

respondentga to‘ldirilishi kerak bo‘lgan tayyor jadval ko‘rinishidagi anketa berildi. 

Bu  shkalada  odam  jamoaning  boshqa  a’zolariga  nisbatan  o‘zining  munosabatini  tanlab 

olishi  mumkin.  Ya’ni  har  bir  o‘quvchi,  sinfdoshlari  ro‘yxatini  olib  har  bir  familiya  ro‘parasiga 

hissiy munosabatini yoki muloqot masofasini javob raqami ko‘rinishida yozib qo‘yishi mumkin. 

Shunday  qilib,  bu  shkalada  o‘quvchi  jamoaning  boshqa  a’zolariga  nisbatan  o‘z  imkoniyatini 


 

41 


sonda aks ettiradi. Umuman biz har bir respondentning har bir sinfdoshiga munosabatining hissiy 

bahosiga  ega  bo‘ldik.  Ta’kidlash  muhimki,  respondentlarning  sinf  jamoasidagi  shaxslararo 

munosabatlar  rivojlanishi  darajasi  haqidagi  bilvosita  fikrlari  emas,  balki  istalgan  muloqot 

masofasining  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  barcha  juft  aloqalarni  ko‘rib  chiqishga  imkon  beradigan 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  baholar  olindi.  Boshqacha  aytganda,  insonni  qabul  qilmaslikning  oxirgi 

darajasi  sifatida  baholash  imkoniyati  mavjuddirki,  u  umuman  bu  dunyoda  bo‘lmasin  (shartli 

ravishda  biz  bu  variantga  son  o‘lchovida  minus  1  berdik)  xuddi  shunday  eng  yaqin 

munosabatlarning  boshqa  varianti  men  ushbu  odamni  yaqin  do‘st  sifatida  bilishni  istardim  – 

insonni qabul qilishning maksimal ijobiy holati. 

Anketada  berilgan  savolga  javobni  bilib,  sinfdagi  juft  munosabatlar  diagnostikasini 

o‘tkazish  va  ular  asosida  pedagogik  o‘quv  tarbiyaviy  ta’sir  vositalarini  tanlash  maqsadida 

pedagogik 

diagnostikaning 

tushuncha 

apparatiga 

qo‘yish  mumkin  bo‘lgan  qator 

ko‘rsatkichlarning qiymatini hisoblash mumkin. Diagnostikaga va keyinchalik davriy pedagogik 

nazoratga  o‘quvchilarning  shaxslararo  munosabatlari  darajasi  bog‘liq  bo‘ladi.  Birlamchi 

materialni  ishlash  jarayonida  birinchi  jadvalda  ko‘rsatilgan  tamoyil  bo‘yicha  respondentlar 

javoblari "sifat" shaklidan "son" shakliga o‘tkazildi. 

1. 

Son  baholari  birlik  qismida  0,25  qadam  bilan  ifodalandi.  Qadam  o‘quvchilarga 



taqdim  etilgan  anketalardagi  javoblarning  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  30-maktabda 

o‘tkazilgan  eksperimental  tadqiqotlar  vositasi  sifatida  tanlandi.  Anketalarda  o‘quvchilarga 

ularning fikrlariga, muloqot darajalariga mos keluvchi nuqtalarni qo‘yish taklif etilgandi. 

Shunday  qilib,  bizda  o‘quvchining  muloqot  masofasi  darajasini  baholash  mumkin 

bo‘lgan -1dan +1gacha kenglikdagi sifat – son shkalasi paydo bo‘ldi. Shkalaning son xarakteri 

o‘rta  qiymatini  hisoblashga  ko‘rsatkichlarni  sof  sifat  shkalasiga  nisbatan  aniqroq  va  yaxshiroq 

qiyoslashga imkon beradi. Eng uzoq masofa -1, eng yaqin masofa esa +1. 

Guruh  a’zolari  o‘zlarini  "Ular"  dan  farqli  ravishda  "Biz"  deb  qabul  qilishadi.  Bizning 

baho  modelimizda  «Biz»  tushunchasi  shaxs  bilan  guruh  o‘rtasidagi  shunday  yaqinlik  darajasi 

bilan  tavsiflanadiki,  u  nol  va  undan  yuqoridan  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo‘ladi,  ya’ni  "Menga 

ahamiyatsiz  odam"  darajasidan  "Tanish"  va  undan  yuqorigacha  "Ular"  tushunchasi  salbiy 

ahamiyatdagi  yaqinlik  darajasi  bilan  xarakterlanadi  (noldan  past),  ya’ni  "Muloqot  qilish  kerak 

bo‘lmagan notanish odam" va undan past daraja.  

Anketa  o‘tkazishdan  olingan    dastlabki  ma’lumotlarni  biz  butun  sinf  uchun  umumiy 

jadvalga  (2.3.2.)  jamladik  va  har  bir  respondent  uchun  ham  vertikal  ustun  bo‘yicha,  ham 

gorizontal  chiziq  bo‘yicha  o‘rta  va  boshqa    statistik  ko‘rsatkichlarni  hisoblab  chiqdik.  Sonli 

jadval juft munosabatlar matritsasini (qolipini) tashkil qiladi, ammo ikki tomonlama emas, balki 


 

42 


bir tomonlama, chunki biz faqat bir tomondan, bir respondentdan baho oldik. 

Ikki  tomonlama  baholashni  qo‘shish  yordamida  esa  ikki  tomonlama  munosabatlarni  ham 

baholash  mumkin  edi.  Agar  bizda  odatda  bo‘lganidek  respondentlar  soni  baholanmayotgan 

guruh  a’zolari  soniga  teng  kelsa,  u  holda  matritsa  n

2

  ko‘rinishini  olgan  bo‘ladi.  Ammo 

respondentlar o‘zlarini-o‘zlari baholamaganligi uchun haqiqatda to‘ldirilgan kataklar 1n hajmida 

oz  edi  va  shu  holatga  mos  ravishda  kataklar  bo‘sh  qoldi.  Shunday  qilib,  bizning  matritsamiz  n 

kataklarga  ega  bo‘ldi,  ammo  to‘ldirilgan  kataklar  soni  n(n-1)  bo‘ldi.  Bunday  hamma  matritsa 

umuman,  bizning  taxminimizcha  tekshirilayotgan  guruhning  ruhiy-ijtimoiy  tarkibini  yetarli 

darajada to‘liq tavsiflay oladi. 

Olingan  dastlabki  ma’lumotlar  asosida  biz  har  bir  respondent  uchun  ikki  parametr: 

proeksiya va maqom bo‘yicha o‘rtacha qiymatini hisoblab chiqdik. 

Vertikal  ustundagi  ma’lumotlar  mazkur  sub’ekt  kimni  qanday  masofaga  qo‘yganligini 

ko‘rsatdi,  ya’ni  bizga  uning  sinfdoshlariga  munosabati  proeksiyasini  berdi.  Proeksiya  bilan 

o‘quvchi  go‘yo  o‘zini-o‘zi  tavsiflaydi,  ya’ni  bu  bilan  u  sinfdoshlariga  nisbatan  qanday 

munosabatda ekanligini bildiradi. O‘rtacha qiymatdagi proeksiyalar, bizningcha, respondentning 

o‘zini ijtimoiy guruhga nisbatan faol shaxs sifatida tavsiflaydi. Proeksiya – bu, go‘yo shaxsning 

o‘z-o‘zini bilvosita "ichki" baholashidir. Ijobiy proeksiya ushbu o‘quvchining guruhga nisbatan 

ijobiy munosabatlari ustuvor ekanligini bildiradi va uning ijtimoiy plandagi pozitsiyasini ijobiy  

tavsiflaydi.  Salbiy  proeksiya  ushbu  respondentning  guruhga  salbiy  munosabatini  ustuvor 

ekanligini va uning pozitsiyasini ijtimoiy salbiy sifatida tavsiflaydi. 

Har bir o‘quvchiga biz ikkitadan o‘rtalashtirilgan ko‘rsatkich-proeksiya va maqom oldik. 

Bundan tashqari har bir o‘rganilayotgan juftlik uchun 4 tadan ko‘rsatkich baholanishi mumkin: 2 

ta ikki tomonlama maqom va 2 ta ikki tomonlama proeksiya. 

1. V da A maqomi. 

2. A da V maqomi 

3. V ga A proeksiyasi 

4. A ga V proeksiyasi. 

Olingan  ma’lumotlar  guruhning  umumiy  ruhiy-ijtimoiy  tarkibi,  shuningdek,  undagi  har 

bir  alohida  olingan  odamning  holati  haqida  tasavvur  hosil  qilishga  imkon  beradi.  Bundan 

tashqari,  biz  respondentlarning  o‘zaro  baholarini  qo‘shgan  holda  o‘zaro  munosabatlarni  ham 

baholay oldik. 

Barcha  kataklardan  olingan  o‘rtacha  qiymat  ushbu  guruhdagi  muloqotning  o‘rta 

darajadagi  masofasini  ifodalaydi.  Excel  elektron  jadvalidagi    standart  statistik  metodlar 

yordamida  biz  o‘rtacha  qiymat  va  har  bir  ustun  va  har  bir  misra  uchun  standart  og‘ish 


 

43 


ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdik. Bu o‘rinda har bir respondent uchun mos ravishda proeksiya 

va maqom darajasi qiymatini qo‘lga kiritdik.  

Proeksiya  va  maqom  ko‘rsatkichlaridan  foydalanib  biz  sinfning  xayrixoh  va  xayrixoh 

bo‘lmagan  a’zolarini,  shuningdek,  bir  qadar  yuqori  va  bir  qadar  past  maqomga  ega  bo‘lgan 

o‘quvchilarni aniqlay olamiz. 

Shunday qilib, yaratilgan metodika quyidagilarga imkon beradi: 

1.  Har  bir  respondent  uchun  maqom  va  proeksiya  bazaviy  ko‘rsatkichlarini  aniqlash 

maqsadida  konkret  o‘quv  guruhida  barcha  juft  aloqalarni  tadqiq  etish  va  bular  asosida  o‘quv-

tarbiyaviy  tadbirlarni  to‘g‘ri  tanlash  maqsadida  sinfdagi  shaxslararo  munosabatlar  darajasini 

integral baholash mumkin. 

2.  Shaxslararo  munosabatlar  holatining  dastlabki  darajasi  qiymatiga  ega  bo‘lishda  zarur 

bo‘lgan har bir aloqaning emotsional (hissiy) salmog‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, reyting baholashdan 

foydalanish. 

3.  Eng  kichik  birlikkacha  aniqlikdagi  ob’ektiv  baholashni  o‘tkazishga  imkon  beradigan 

interval  shkalani  qo‘llab  hisob-kitob  olib  borish.  Buning  natijasida  nafaqat  o‘quv  guruhlaridagi 

turli sub’ektlarni, balki turli sondagi sub’ektlarga ega bo‘lgan har xil guruhlarni o‘zaro qiyoslash 

imkoniyati tug‘iladi. 

4.  Ijobiy,  salbiy  shaxslararo  aloqalarni,  shuningdek,  ularning  jamlanmasini  baholash, 

ya’ni  sinfdagi  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonni  rejalashtirish  va  tashkil  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan 

integral ko‘rsatkichlarni berish. 

Tadqiqot  va  anketa  o‘tkazishdan  oldin  bolalar  ishning  maqsad  va  vazifalari  bilan 

tanishtiriladi.  Ularning  umumiy  mazmuni,  masalan,  quyidagi  yo‘riqnomada  berilishi  mumkin: 

Bolalar,  siz  qaerda  o‘qimang,  hamisha  atrofdagi  odamlar  bilan  muayyan  munosabatlarga 

kirishish  kerak.  Bu  munosabatlar  ko‘ngildagidek  bo‘lishi  uchun  esa,  har  biringiz  ularni  bir  xil 

baholashni  o‘rganishingiz  zarur.  Sizga  berilayotgan  topshirish  tengdoshlaringiz  bilan  o‘zaro 

munosabatni  qanchalik  to‘g‘ri  tushunishingizni  ko‘rsatadi.  Agar  siz  xohlamasangiz,  olingan 

natijalar  haqida  mendan  boshqa  hech  kim  bilmaydi.  Agar  siz  bu  natijalarni  o‘rtoqlashishni 

istasangiz,  u  holda,  bular  o‘z  navbatida,  unga  sizning  istaklaringizni  hisobga  olgan  holda 

partalarga  taqsimlashda,  ijtimoiy  foydali  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  chog‘ida,  guruhlarga 

bo‘lishda, jamoat topshiriqlarini bajarish uchun tavsiya berishda yordam beradi. 

Maktab  sinflarida  ichki  guruh  o‘zaro  aloqasining  ko‘plab  tavsifini  baholashga  imkon 

beradigan  bu  tadqiqot  ishi  o‘quvchilarda  sezilarli  qiziqish  uyg‘otdi.  Ammo  ishlab  chiqilgan 

anketa  to‘ldirish  uchun  "o‘quvchining  familiyasi  va  ismi"  deb  yozilgan  katakchaning  albatta 

bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.  Shuning  uchun  ham  anketaning  anonimligi  o‘z  kuchini  yo‘qotadi. 



 

44 


O‘quvchilarni ularning hisobotlari to‘liq "sir saqlanishi" haqida, biror-bir ma’lumotning oshkor 

bo‘lishi mumkin emasligi haqida ishontirilgandan so‘ng ular berilgan savollarga javob berishga 

rozi bo‘ldilar. O‘quvchilar tadqiqotning ilmiy xarakterda ekanligi va ular yordamida javob uchun 

berilgan savollarga aniq javob olish zarurligi haqida ogohlantirildi.  

Pedagogik diagnostika va pedagogik nazorat shaxsiy, situativ va boshqa omillar ta’siriga 

uchragan differensial, har tomonlama va o‘zaro bog‘liq jarayonlardan iborat ekan, u holda ularni 

metrologik ishonchli vositalar bilan yetarli darajada aks ettirish qiyin. Natijalarni ishlab chiqishni 

matematik  ta’minlash  sifatida  intervallar  shkalasi  qo‘llanildi,  chunki  nominal  va  tartib  shkala 

ko‘rsatkichlari  o‘rta  arifmetik  kattalikni  hisoblab  chiqishga  imkon  bermaydi,  proporsiyalar 

shkalasini  esa  bunga  qo‘llab  bo‘lmaydi,  chunki  shkalaning  ahamiyati  ma’lumotlarni  ishlash 

qulayligidan  kelib  chiqib  erkin  tanlangan.  Diagnostikaning  ob’ekt  o‘lchovi  bilan  miqdorlar 

aloqasiga  asoslangan  ayrim  statistik  metodlari  mavjud  xolos.  Bu  ob’ektlar  kattaliklarni 

taqsimlashning  qaysidir  qonuniga,  masalan,  normal  qonuniga  bo‘ysunuvchi  ob’ektlar  yoki 

proporsiyalar shkalasi bo‘yicha o‘lchov qonuniga, masalan, o‘quvchilarning bo‘yi va og‘irligiga 

bo‘ysunuvchi  ob’ektlardir.  Bu  taqsimotlarga  o‘rta  kattalikdagi  og‘ish,  dispersiya,  matematik 

kutish  va  boshqa  tamoyillar  haqida  statistik  asoslangan  tushunchalar  chiqarish  orqali  mavjud 

matematik apparatni qo‘llash mos keladi. Ushbu tamoyillar o‘lchovdagi xatolarni chiqarish bilan 

ma’lumotlarni  qayta  ishlashdagi  aniqlikni  hisobga  olib,  o‘lchov  o‘tkazish  aniqligini  belgilaydi. 

Tanlanmalar  sonining  ozligi  uchun  bizda  baholash  natijalari  o‘quvchilar  tomonidan  har  bir  

o‘quvchiga   nisbatan    munosabatlar  variantlari  taqsimotining  normal  qonuniga  mos  keladi  deb 

hisoblashga asos yo‘q. 

Shu bilan bog‘liq holda har bir sinfdagi real mavjud bo‘lgan ma’lum "og‘ishlar"  (ya’ni 

tasodifiy  og‘ishlar)  bo‘lishi  mumkin.  Bizda  shuningdek,  o‘rta  kattalik  yoki  standart  og‘ish 

asosida haqqoniylik mezonlarini  (o‘lchov aniqligini) qo‘llashga ham asosimiz yo‘q, chunki sinf 

qarama-qarshi tendensiyaga yoki sinfda mavjud bo‘lgan yagona tendensiyaga ega bo‘lgan ikkita 

ekstrem guruhga bo‘linib ketishi mumkin. Shuning uchun ham statistik metodlar bu – sonlarning 

shundayligicha  tahlili  vositasi,  ayrim  belgilarining  haqiqiy  ahamiyatini  belgilab  bermaydi. 

Shunga  qaramasdan,  o‘lchovlar  natijasi  aniqlik  va  ishonchlilik  talablariga  javob  berishi  kerak. 

Pedagogik  diagnostika rivojlanishining  hozirgi bosqichida o‘lchovlar  sifatini baholashga  imkon 

beradigan  mos  keluvchi  mezonlar sifatida mashhur  klassik  mezonlarni  qo‘llash  mumkin,  ya’ni: 

1).  Ob’ektivlik;  2)  ishonchlilik;  3)  validlik.  Ular  o‘zlari  asosida  bajariluvchi  testlar  va 

o‘lchovlarning  barcha  mashhur  nazariyalariga  to‘g‘ri  keladiki,

1

  ular,  shu  jumladan,  bizning 



modifikatsiyalashgan ijtimoiy o‘lchov tadqiqotimizga ham mansubdir. 

 

45 


UMUMIY XULOSALAR 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib,  tadqiqot  natijalariga  tayangan  holda 

quyidagicha xulosalarga kelindi: 

1. 


Pedagogika-psixologik  diagnostika  o‘qituvchidan  professional  faoliyati  jarayonida 

maxsus  tayyorgarlik  talab  qiluvchi  murakkab  sohadir.  Pedagog-psixolog  (tashhischi)  egallashi 

kerak  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  shunchalik  keng  va  murakkabki,  uning 

o‘zlashtirilishi  bilan  psixodiagnostikani  professional  pedagog-psixolog  faoliyatining  negizi 

sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.  

2. 


Diagnostik  faoliyat  o‘z  maqsadiga  ko‘ra  tashhis  (diagnoz)  yo‘nalishining  turli 

ko‘rinishlariga  ega  bo‘ladi.  Qo‘yilgan  tashhis  o‘rganilayotgan  xususiyatlarni  shakllantirishga 

yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.  

3. 


Diagnostika  yorqin  namoyon  bo‘luvchi  individual-psixologik,  psixofiziologik 

xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar 

guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.  

4. 


Diagnostik  metodni  xarakterlayotganda,  uning  o‘lchash-sinash  yo‘nalishining 

ko‘rsatgichi bilan chegaralanib qolish yetarli emas. Aks holda tushuntirish g‘olibligi eksperiment 

metodga beriladi. Haqiqatdan esa diagnostik tadqiqot o‘ziga tushuntirish elementlari, sabablarni 

ochish, nihoyat talablarga mos kelgan tavsiyalarni ishlab chiqishni o‘ziga kiritishi kerak. 

5. 

Psixodiagnostikada qo‘llaniladigan ob’ektiv metodlar xilma-xil bo‘lib, uning ko‘proq 



qo‘llaniladigan  turlariga  kuzatish,  so‘roq,  test,  eksperiment  va  modellashtirish  sinaluvchi 

faoliyati mahsuldorligini o‘rganishga oidlari kiradi.  

6. 

So‘nggi  yillarda  ko‘pgina  mutaxassisliklar  psixologiyaga  va  inson  xulq-atvoriga  bir 



qator  talablar  qo‘ymoqda.  Shu  bilan  birga  kishining  professional  layoqatini  belgilovchi  har  xil 

psixologik  sifatlarning  aniq  diagnostikasi  talab  etiladi.  Mazkur  sharoitda  psixodiagnostik 

metodlardan foydalanish kishilarning professional tayyorgarlik va tanlash jarayonlari bilan uzviy 

bog‘liqdir. Dunyoda pedagogik-psixologik diagnostik metodlarning mingdan ortiq turlari mavjud 

bo‘lib,  ulardan  samarali  foydalanish  uchun  mutaxassis  malakali  bilim  va  ko‘nikmaga  ega 

bo‘lishi kerak. Ba’zan esa umumiy metodlar chizmasini o‘zlashtirib olish ham amaliy faoliyatda 

yo‘nalish sifatida yaxshi samara berishi mumkin. 

7. 


Insonning bilish faoliyatida xayol, tafakkur, nutq va boshqa muhim psixik jarayonlar 

muhim  o‘rin  egallaydi.  Har  qanday  aqliy  faoliyat  bilishga,  tajribaga  va  ijodiy  tafakkurga 

asoslanadi.  Tafakkurning  muhim  operatsiyalari  analiz  va  sintez,  umumlashtirish  va 

mavhumlashtirish bo‘lib, har qanday aqliy faoliyatda o‘zaro bog‘lanib keladi.  



 

46 


8. 

Inson  aqliy  faoliyati  xususiyatlari  boshqa  oliy  psixik  funksiyalar,  xotira,  iroda, 

hissiyot  hamda  shaxsning  individual-psixologik  xususiyatlari  va  odatlari  bilan  chambarchas 

bog‘liq o‘ta maxsus usul hisoblanadi. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling