Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

3. Ikkinchi qo'shish va ayirish.  

O'ynatiladigan 

didaktik 

o'yin: 

“Jimjitlik” 

(murakkablashtirilgan 

ko'rinishda).  



Didaktik   topshiriq: o'ngacha og'zaki sanash.  

O'yin  iopshirig'i:  o'qituvchi  ko'rsatgan  son  va  belgilarni  misolni  xayolda 

hisoblab,  doskaning  oldiga  indamasdan  borib,  son  natijasini  topib,  uni  o'chirib 

tashlash. 

1 Bu o'yin juda ko'p marta turli usullarda o'tkaziladi.  

O'qituvchi:  doskaga  oldinroq  doira  chizib,  uning  atrofiga  1  dan  10 

gachabo'lgan  „  raqamlarni  yozib,  doiraning  o'rtasiga  2  raqamini  belgisi  (bu  belgi  

qo'shish  yoki  ayirishni bildiradi)  bilan  yozib qo'ygan  bo'ladi. O'yin    uyga  berilgan 



 

44 


topshiriq  tekshirilgandan  keyin  o'tkaziladi.O'qituvchi    bolalarga  o'yin  qoidalarini 

tushuntiradi: O'yin mutlaqo jimjitlik vaziyatida o'tkaziladi, deydi o'qituvchi. Avval 

men doira ichidagi raqamni, keyin qo'shish yoki ayirish amalini ko'rsataman. Shun-

dan so'ng doira atrofidagi raqamlardan birini ko'rsataman. 

Mana bu yerda katakchalar ichida javoblar berilgan (ko'rsatadi). 

Sizlar  ko'rsatkichning  qaysi  raqamni  ko'rsatishini  yaxshilab  kuzatinglar,  u 

raqam  bilan  nima  qilinishi  kerakligini  o'ylab  turinglar.  Mana  (ko'rsatadi).  Kimda-

kim  masalani  yechsa,  ovoz  chiqarmay,  qo'l  ko'tarsin;  men  chaqirishim  bilan  u 

kataklar oldiga keladida, hosil bo'lgan sonni o'chiradi. 

Shundan keyin o'yin boshlanadi. O'qituvchi ikkiga to'rt qo'shilishi kerakligini 

ko'rsatadi. U 5 sekund davomida kerakli son va belgilarni ko'rsatkich bilan ko'rsatib 

turadi.  Uning  chaqirig'i  bilan  o'quvchilar  topshiriqni  ovoz  chiqarmasdan 

bajarishadi. So'ngra o'qituvchi sur'atni tezlashtiradi. 

Bolalar  butun  diqqatlarini  butun  yerga  to‟plab  qiladilar.  10  ta  bolaning 

bergan javobi aniqlanadi. 

Ko'pchilik o'yinlar eng qiyin matematik bog'lanishlardan biri  son tarkibining 

bolalar 

tomonidan 

o'zlashtirilishiga 

ko'maklashuvchi 

ajoyib 

vositalardan 

hisoblanadi. Dasturga  muvofiq, birinchi o'nlikdagi son va raqamlar bilan dastlabki 

tanisha  boshlan-gan  paytdayoq  bolalar  son  tarkibini  o'qib  olishlari  lozim.  Shuni 

ham  aytish  kerakki,  bu  vazifa  ular  uchun  hamma  vaqt  ham  oson  bo'lavermaydi, 

chunki buning uchun bolalarda sonlarning tarkibini farq qilishga asoslangan tahlil, 

tafakkurining yaxshi mashq qildirilgan bo'lishi talab etiladi: olti  3 va yana 3; 2 va 

4;  5  va  1  ;  2,  2  va  yana  2  demakdir.  O'quvchilarning  son  va  raqamlarni  esda  olib 

qolishlarining o'zi bilan ish bitmaydi, shuni unutmaslik kerakki, son va raqamlarni 

bu  tariqa  eslabgina  qolish  yetti  yashar  bolalar  uchun  juda  ham  xarakterlidir. 

O'qituvchi ishining g'oyat murakkabligi ham ana shundadir. 

O'quv  materialini  puxtaroq  o'zlashtirish  va  aniqlashtirish  uchun  “Nima 

o'zgardi?” kabi o'yinlar o'tkazish yaxshi natija beradi. 



 

45 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling