Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

 

10 ichida hisoblash 

O'ynatiladigan didaktik o'yin: “Do'koncha”. 

Didoktik topshiriq: arifmetik amallarni 10 ichida mashq qildirish. 

O'yin topshirig'i: ko'rsatilgan sonlardan 10  sonini  tashkil  qiladiganini tanlab 

olish. 


O'yin  darsning  boshida,  ilgari  o'tilgan  materialni  mustahkamlash  maqsadida 

o'tkaziladi.  O'yinni  o'tkazish  uchun  18  minutdan  ko'proq  vaqt  ajratiladi.  Sinf 

tanaffus vaqtida jihozlanadi. 

Foydalaniladigan  buyumlar:  stolga  yoyib  qo'yilgan  o'yinchoqlar,  albom  va 

kitoblar. Ularning orqasiga missollar yozib qo'yiladi. Har bir buyumda bahosi yozib 




 

47 


qo'yilgan qog'oz bo'ladi. Bolalarga “pul” (raqamlar yozilgan qog'oz)lar konvertlarda 

tarqatiladi. “Do'koncha” degan yozuv stol yonidagi biror narsaga osib qo'yiladi.

14

 

O'qituvchi o'yin shartlarini quyidagicha tushuntiradi. 



Mana  bu  yerda  turli  o'yinchoq  va  buyumlar  yotibdi.  Ularning  narxiga  e'tibor 

bering:  qaysi  o'yinchoq  yoki buyum  necha  pul  turadi. Lola, sen  sotuvchi  bo'lasan. 

Endi  o'yinning  qanday  o'tkazilishini  eshitib  olinglar.  Hammangizning  onalaringiz 

sizlarga  ukangizning  tug'ilgan  kuniga  sovg'a  sotib  olish  uchun  10  so'mdan  pul 

berishgan deb faraz qilinglar. Qo'lingizdagi pul bir tiyini ham qolmasdan sarflanishi 

lozim.  Do'konchadan  nimalar  sotib  olishingiz  kerakligi  haqida  o'ylab  ko'ringlar. 

Bolalar  biroz  o'ylab,  so'ngra  qo'l  ko'taradilar.  Doskaga  chaqirilgan  Dilorom  stol 

yoniga borib, o'ziga juda ham yoqib qolgan o'yinchoq (qo'g'irchoq)ni olib, 5 “so'm” 

uzatadi. 

Bolalar, Dilorom to'g'ri savdo qilyaptimi?  deb so'raydi o'qituvchi. 

Yo'q, unda yana 5 so'm qoldi!  deydi Sharif. 

Dilorom  biroz  o'ylab  turadi,  so'ngra  qat'iylik  bilan  o'ziga  uchta  bir  so'mlik 

rezina qo'g'irchoq va ikkita bir so'mlik kitobcha berilishini iltimos qiladi. 

Mahmud 8 “so'm”ga, o'yinchoq, ikki “so'm”ga albom “sotib oladi”. O'lmas 5 va 5 

“so'm” lik, Turg'un 2, 2, 2 va 4 “so'm” lik, Vali esa 4, 2, 1 va 3 “so'm”lik xarajat 

qilishdi. 

“Pul”ni to'g'ri “sarflay olmaganlar”ga 10 sonini qaysi sonlardan hosil qilish 

mumkinligini eslatib turish lozim. 



O'ynatiladigan didaktik o'yin: “ Narvoncha”. 

Didaktik  topshiriq:  birinchi  o'nlik  ichida  qo'shish  va  ayirish  jadvalini 

yaxshilab bilib olish. 

                                                           

14

 



Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 

 



 

48 


“Narvoncha”dan  boshqalarga  qaraganda  tezroq  yugurib  tushishga  intilish, 

ya'ni bir necha misolni tezroq va aniqroq yechish. 

O'qituvchi  uyga  berilgan  topshiriqni  teshirb  bo'lganidan  keyin:  “Bolalar, 

hozir  men  tekis  zinalar  chizaman”.  Eng  yuqoridagi  pog'onaga  “1”  sonini, 

ikkinchisiga 

+2,  uchinchisiga 



+3  hokazo  belgilarini  yozib  qo'yaman. 

Raqamlarning  pog'onalarda  qanday  joylashganini  yaxshilab  ko'rib  olinglar  va 

mustaqil  yechinglar.  1  va  2-  pog'onadagi  sonlarni  qo'shganingizdan  keyin 

navbatdagi pog'onaga o'tavering. Qani, “Narvoncha”dan kim birinchi bo'lib tushadi 

Oradan 2 minut o'tgach, bir necha o'quvchi javob berish uchun qo'l ko'taradi. 

O'qituvchi  bolalarning  hamma  javoblarini  (jumladan,  noto'g'ri  javoblarini  ham) 

yozib boradi. So'ngra butun sinf ovoz chiqarib “Narvoncha” masalasini yechishga 

o'tadi.  O'qituvchi  g'olib  chiqqan  bolalarni  rag'batlantirib  qo'yadi,  yana  bitta 

“Narvoncha”  chizib,  uning  yuzasidan  beriladigan  javob  tez  va  aniq  bo'lishi 

kerakligini ta'kidlab o'tadi 

 

O'qituvchi  o'yinni  boshlashdan  oldin  uni  o'quvchilar  oldindan  mashq  qilib 



olishi lozim. O'qituvchi 6 ta o'quvchini doskaga chaqiradi. 

  

Bu  “Zanjircha”,  deydi  u,  shunday  o'ynash  kerakki,  zanjircha  “uzilmasin”. 



Buning  uchun  to'g'ri  sanash  kerak.  Sizlar  o'zlaringiz  xohlagan  misollarni  o'ylab 

qo'yasizlar va javobini bir-birlaringizga navbat bilan aytasizlar. Biroq o'z o'rtog'iga 

beriladi-gan  misolni  o'zidan  oldingi  kishi  aytgan  javobdan  boshlash  lozim.  Javob 

ovoz chiqarib aytilmasligi, balki o'ziga aytilgan misolning o'zidan boshlayverilishi 

kerak. 

O'qituvchi shu gaplarni aytib bo‟lganidan keyin Jamilaga murojaat qilib: 

Qani, sen o'ylagan misolingni ayt, deydi. 

3 + 1  deydi Jamila. 

O'qituvchi mashqni to'g'ri boshlash maqsadida: “4 + 3”deydida,  



 

49 


“Qani, Iroda sen necha hosil bo'lganini qulog'imga aytchi”, deydi. 

 

Yetti, deb shivirlaydi Iroda. 



Endi shu sondan boshlab misol ayt, deydi o'qituvchi. 

7-1, deb tezlik bilan javob qaytaradi Iroda. 

Nodira      ham      o'z      navbatida:      “6-1”  deydi.  Turg'un  esa      .  “1-5”,  deb 

yuboradi. “Ana xolos, deydi o'qituvchi, “zanjircha” uzilib ketdi. 6 ga 1 ni qo'shsa, 

qancha bo'ladi?. „Endi men tushundim, deydi shoshilib Turg'un, “7 + 3” deyishim 

kerak ekan”. 

 

Endi, 


deydi 

o'qituvchi, 

o'yinni 

chinakamiga 

o'ynaymiz. 

8 kishidan iborat uzun zanjir tuzamiz. 

Shundan keyin o'yin boshlanadi.  Sharif:  “5  +  3”,  deydi. Vali misol  aytishda 

davom  etib:  “8  – 3”,  Salim:  „10-1”,  Murod:  “9+1”, deydi  va Murod baland  ovoz 

bilan:   “Meniki o'n bo'ldi!”  deydi.  So'ngra o'yin bolalarni doskaga chiqarmay, qa-

tor bo'yicha chaqirish tartibida davom ettiriladi. O'yin maroqli o'tadi, bolalar kerakli 

sonni  tez  aytishga  intiladilar.  O'yin  7  minut  davom  etadi.  Har  bir  o'quvchi  ikki 

amalni  bajaradi    avval  o'zidan  oldin  aytilgan  misolni  yechadi,  so'ngra  yangi  misol 

o'ylab  topadi.  Boshqa  bolalar  “Zanjircha”ning    “uzilib  ketmasligi”ni  kuzatib 

boradilar.  Bu  o'yin  bolalar  diqqatini  asosiy  didaktik  topshiriqdan  chalg'itmagan 

holda  ularning  xotirasini  mustahkamlaydi,  o'yin  shakli  esa  o'quvchilar  e'tiborini 

masalani aniqroq va tezroq yechishga safarbar qiladi. 

O'ndan oshirib hisoblash malakalarini mustahkamlovchi o'yinlar 

Birinchi  o'nlik  ichida  hisoblash  dastur  asosida  uzoq  davom  etadi.  Bolalarda 

faqat  o'nlik  ichida  hisoblash  malakasi  hosil  bo'ladi.  Ular  o'ngacha  yoki  hatto 

ikkinchi o'nlik ichida ham tez va dadil hisoblayveradilar. 5. [5] 100- Bet  

Ko'pincha  I  sinfda  7  ga  5  ni,  8  ga  6  ni  qo'shish,  shuningdek,  qo'shish 

amallarini  bajarish  paytida  ham  bolalar  barmoq  yordamida  hisoblashda  davom 

etadilar. 



 

50 


O'nlikdan  oshirib  hisoblashda  birinchi  o'nlik  ichida  hisoblash  paytida 

mustahkamlangan  ikkilik,  uchliklarni  qo'shib  hisoblash  malakalari  takomillashib 

yana bittadan qo'shib hisoblash qoidasi paydo bo'ladi. O'nlikdan oshirib hisoblashni 

yanada yaxshiroq mustahkamlash (10 gacha bo'lgan sonlarni tez topib, qolgan son-

larga  qo'shish:  8  +  2=10;  10  +  2  =  12)  maqsadida  “Tuk-tuk”,  “Do'koncha”, 

“Narvoncha”,  “Jadvalni  qidirib  top”,  “Sanayver”,  “Kim  bilsa,  hisoblashni  davom 

ettiraversin”  singari sanayver o'yinlar o'tkazilishi mumkin. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling