Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

O'tkaziladigan didaktik о 'yin: “Qo'shish va ayirish” mashqlari.  

Didaktik  topshiriq:  hisoblashni  mashq  qildirish,  sonni  o'nlikdan  to'g'ri 

oshirishga,  ya'ni  o'nlikkacha  kerakli  son  topishga  va  qolgan  sonni  qo'shib 

hisoblashga o'rgatish. 

О'yin  topshirig'i:  doirachalarni  o'ngacha  qo'shib  borish,  keyin  ikkinchi 

qatorni doirachalar bilan to'latish. Muayyan miqdorda doirachalarni doskaga yozish 

va ularni tushuntira bilish. 

Foydalaniladigan  buyumlar:  har  bir  o'quvchida  rang-barang  (qizil  va  ko'k) 

doirachalar  va  harf  terish  tasmasiga  o'xshagan  hisob  jadvallar  hamda  doirachalar 

solingan konvertlar bo'lishi kerak. 



 

53 


O'qituvchi:  “Bolalar,  hozir  men  misollar  aytib,  ularni  doskaga  yozaman. 

Sizlar  esa  o'z  jadvallaringizga  xuddi  shunchadan  doiracha  qo'yib  chiqasizlar”, 

deydi-da,  doskaga  5  +  5  ni  yozib  qo'yib:  “5  tadan  ko'k  doiracha  olib,  ularni 

jadvalning  yuqoridagi  qatoriga  qo'yinglar.  Iroda,  yana  qancha  qo'shishimiz  kerak” 

deydi. “5 ta!” deb javob beradi Iroda. “To'g'ri, deydi o'qituvchi, 5 ta qizil doiracha 

olinglar va ularni ko'k doirachalar yoniga terib qo'yinglar va hisoblanglar. Shunday 

qilib,  yuqoridagi  qatorda  10  ta  (5  ta  ko'k  va  5  ta  qizil)  doiracha  bor.  Endi  stolda 

bironta  ham  doiracha  qoldirmay,  pastki  qatorni  to'lg'azinglar”.  Bolalar  berilgan 

topshiriqni  bajarishadi.  O'qituvchi:  “Ikkinchi  qatorda  nechta  doiracha  bor?”    deb 

so'raganida, bolalar:  “Ikkinchi qatorda 10 ta 5 ta ko'k va 5 ta qizil doiracha bor”, 

deb javob beradilar. 

  

Yuqoridagi  qatorda  ham,  pastdagi  qatorda  ham  doirachalar  soni  10  tadan 



bo'lishi  kerakligini  unutmanglar,    deydi  o'qituvchi,    endi  hamma  doirachalarni 

yig'ishtirib,  parta  ustiga  to'p-to'p  qilib  qo'yinglar.  Hozir  diqqat  bilan  tinglab  va 

kuzatib  turing-lar,    deydi  va  doskaga  5  +  7  ni  yozadi.  O'qituvchi  gapirib  turgan 

vaqtdayoq  ko'pchilik  bolalar  5  tadan  qizil  doirachani  ajratib  qo'yib,  o'qituvchining 

gaplarini tinglab, harakatlarini kuzatib boradilar.  To'g'ri qildinglar, bolalar,  deydi 

o'qituvchi, Endi 7 tadan ko'k doiracha olinglar va nariroqqa terib qo'yinglar. 

Ba'zi  bolalar  barcha  7  ta  doirachani  yuqoridagi  qatorga  joylashtirmoqchi 

bo'lishadi,  lekin  doirachalar  darchalarga  sig'maydi.  Bunda  ular  darchaga  5  ta 

doirachani  joylashtirib,  ikkitasini  qo'lda  ushlab  turadilar.  Ammo  ko'pchilik  bolalar 

qo'llarida qolgan ikkita ko'k doirachani darhol pastki qatorga joylashtirishadi. 

Misolni  eng  birinchi  bo'lib  yechgan  bolalar  topshiriqni  15  sekundda 

bajaradilar. So'ngra o'yin murakkablashadi. 

O'qituvchi: Endi men ovoz chiqarmasdan doskaga misol yozaman, sizlar esa 

berilgan misol asosida doirachalarni ajratib borasiz. 

O'qituvchi  doskaga  20-13  ni  yozadi.  Nima  qilish  kerakligini  deyarli  hamma 

bolalar  bildilar    ular  avval  10  ta  ko'k  doiracha  ajratadilar,  keyin  birinchi  qatordan 

yana 3 ta doirachani olib qo'ydilar. 



 

54 


Navbatdagi  misol:  7+12.  Nima  qilishni  hamma  biladi.  Tezda  7  la  qizil 

doirachani olib, unga 3 ta ko'k doirachani qo'shib qo'yadilar, ikkinchi qatorga esa 7 

ta ko'k doiracha qo'yadilar, lekin bu bilan ham darcha to'lmaydi shunda unga yana 2 

ta qizil doirachani qo'shib qo'yadilar. Bunday qiyin misol tez yechilganidan hamma 

xursand:  

O'qituvchi:  Yana  ham  osonroq  yo'l  bilan  yechish  mumkin:  10  ta  qizil 

tayoqchani bir tomonda qoldirib, ikkinchi tomonga esa 2 ta oq sanoq cho'pni qo'yib, 

unga yana 7 ta oq sanoq cho'pni qo'shib qo'yinglar. 

Bolalar  xuddi  shunday  qiladilar  va  bir  xil  natija  hosil  bo'lganini  ko'radilar. 

So'ngra  o'yin  tezlashtiriladi.  Bu  o'yinda  javob  berish  uchun  birinchi  bo'lib  qo'l 

ko'targan o'quvchi g'olib chiqqan hisoblanadi. 

“Ketgan  kim?”,  “Biz  kamayib  qoldik”,  “Kim  qo'shildi?”  singarilar  ana 

shunday o'yinlar jumlasiga kiradi. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling