Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

O'tkaziladigan didaktik o'yin: “Top-chi, qancha”. 

Didaktik  topshiriq:  biror  sonni  biror  songa  kamaytirgan  yoki  orttirganda 

qancha bo'lishini hisoblay olishni mashq qildirish. 



O'yin  topshirig'i:  o'qituvchi  berayotgan  topshiriqlarni  kuzatib  borish.  Ko'zni 

bekitib,  savatdagi  qo'ziqorin  qancha  bo'lib  qolganligini  xayolda  hisoblash,  so'ngra 

natijani qo'shib hisoblash yo'li bilan tekshirish. 

Foydalaniladigan  buyumlar:  savatcha,  quticha  va  kartondan  ishlangan 

qo'ziqorinlar. 




 

57 


O'qituvchi  o'yin  boshlanishidan  oldin  o'quvchilarga  quyidagi  masalani 

yechishni tavsiya qiladi: “Aka-singil o'rmonga borishdi, akasi 3 ta qo'ziqorin topdi, 

singlisi  esa  akasinikidan  5  ta  ortiq  qo'ziqorin  topdi.  Singlisi  qancha  qo'ziqorin 

topgan?” 

Sinfdagi o'quvchilarning ko'pchiligi topshiriqni to'g'ri bajaradi. 

 Ana  endi,  deydi  o'qituvchi,  “Top-chi,  qancha”  o'yinini  o'ynaymiz.  Menda 

birqancha  qo'ziqorin  bor.  Ulardan  bir  qismini  parta  ustiga  qo'yaman,  sizlar  esa 

uning qancha ekanligini hisoblab chiqinglar. 

Bolalar sanashadi: “5 ta”. 

O'qituvchi:  “Savatga  yana  10  ta  qo'ziqorin  solaman  (savatga  qo'ziqorin 

soladi), xo'sh, bu yerdagi qo'ziqorinlar nechta bo'ldi?” deydi. 

Ko'pchilik o'quvchilar qo'l ko'taradilar va “15” deb, to'g'ri javob beradilar. 

Endi,  deydi  o'qituvchi,  bunday  qilamiz:  mening  qancha  qo'ziqorin 

qo'yayotganimni esda tutinglar.  Bolalar hisoblaydilar:  12 ta. 

Qutichaga  esa  3  ta  ko'proq  tashlayman.  Sharif,  qani  aytchi,  qutichada 

savatdagiga qaraganda qancha ko'proq qo'ziqorin bor? 

Uchta ko'proq qo'ziqorin bor, deb javob beradi Sharif. 

 

Endi  ko'zlaringni  bekitinglar.  Menda  nechta  qo'ziqorin  borligini  sizlar 



ko'rmaysizlar,  lekin  sanay  olishingiz  mumkin.  Endi  ko'zlaringizni  ochinglar. 

Savatda qancha qo'ziqorin bor? 

Beriladigan  javob  har  xil  bo'ladi:  17,  15  va  hokazo.    Ko'pchilik  “15”  deb 

hisoblaydi. 

Kim  to'g'ri  sanaganini  qanday  bilamiz?    deydi    o'qituvchi.  Hisoblab  ko'rish 

kerak, deydi  Nazira.  

12 ta, deydi Rahim. 10 ta, javob beradi Gulchehra. 



 

58 


Rahim,  deydi    o'qituvchi,  doskaga  chiqib,  tekshirib  ko'r.  Rahim  doskaga 

chiqib, savatdagi qo'ziqorinlarni sanaydi-da, baland ovoz bilan: 13, deydi. 

Rahim, savatdagi qo'ziqorinlar, qanday qilib 13 ta bo'lib qoldi? 

Sizda  15  ta  qo'ziqorin  bor  edi,  savatda  13  ta  qolibdi,  demak,  2  tasini  siz 

olgansiz, deb javob beradi Rahim. 

 

To‟g‟ri  aytasan,  uning  gapini  tasdiqlaydi  o‟qituvchi,  mana  o‟sha  ikkitasi 



mening  qo‟limda.  Qani,  eslanglarchi,  qo‟ziqorinlarni  savatga  tashlayotganimda 

nima degan edim? 

 

Savatga qo‟limdagidan 2 ta kam qo‟ziqorin tashlayman, degan edingiz, javob 



beradi O‟lmas. 

 

Demak, “kam” deyilganda nima qilinishi kerak? 



 

Ayirish! javob berishadi bolalar. 

To‟g‟ri, ularning gapini ma‟qullaydi o‟qituvchi,yozinglar: 15-2=13. 

Shundan  keyin  o‟qituvchi  ikki  o‟quvchini  doskaga  chiqaradi.  Ulardan  biri 

masala shartini aytadi, ikkinchisi esa uni bajaradi. 

O‟lmas,  sen  shunday  bir  misol  aytki,  unda  bir  joydagi  narsa  ikkinchi 

joydagisidan 2 ta ortiq bo‟lsin, deydi Karim. 

Daraxtning  bir  shoxiga,  deydi  O‟lmas,  10  ta  chumchuq,  ikkinchisida  esa 

undan 2 ta ortiq chumchuq kelib qo‟ndi. 

 

Bunda qanday savol beriladi? so‟raydi o‟qituvchi. 



Boshqa shoxda qancha chumchuq o‟tiribdi? deydi O‟lmas. 

 

Boshqa  shoxda  12  ta  chumchuq  o‟tiribdi,  bexosdan  javob  berib  yuboradi 



Aqida. 

 

12 ta ekanligini qanday bilding, Gulnoza? deydi o‟qituvchi. 




 

59 


O‟nga ikkini qo‟shdim. 

 

Nega qo‟shding? yana so‟raydi o‟qituvchi. 



 Shuning 

uchun, 


ikkinchi 

shoxda 


ikkita 

qushcha 


ortiq 

edi. 


  

O‟yin  10  minut  davom  ettiriladi.  O‟yindan  so‟ng  o‟tkazilgan  tekshirish 

bolalar  “shuncha  kam”  yoki  “shuncha  ko‟p”  deyishning  ma‟nosini  yaxshi  bilib 

olganlarini ko‟rsatadi.  




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling