Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….………62                                                                                                            


 



Kirish. 



Mavzuning dolzarbligi;

 

Mamlakatimizda  ta‟lim  sohasini  rivojlantirish  va  



isloh  etishga  yo‟naltirilayotgan  yillik  harajatlar  yalpi  ichki  mahsulotning  10-

12    foizini  tashkil    etayotgani    va    bu    sohaning    davlat    byudjeti  harajatlaridagi  

ulushi    35    foizdan    ziyod    ekani,    bunday    ko‟rsatkichlarni    dunyoning    boshqa  

davlatlarida  kamdan-kam  uchratish  mumkinligi  bugungi  kunda  Birlashgan 

Millatlar  Tashkiloti,  YUNISEF,  YUNESKO  va    boshqa    nufuzli    xalqaro  

tashkilotlar  tomonidan e‟tirof etilmoqda

1



Hozirgi  kunda  yuz  berayotgan  ijtimoiy  iqtisodiy  munosabatlar,  xalq  ta‟limi 



tizimida  bo'layotgan  O'zgarishlar  “Ta‟lim  to'grisida”  gi  qonunda  hamda  “Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi” da ko'rsatib o'tilganidek, hamda har bir boshlang‟ich sinf 

o'qituvchisi  oldiga  muhim  vazifalar  qo'ymoqda.  “Bugungi  kunda  ta‟lim  tizimiga 

qo‟yilgan  talablar  mustaqil  fikrlay  oladigan,  milliy  merosimizni  qadrlaydigan, 

ijodkor,  ahloqli,  har  tomonlama  kamol  topgan  yoshlarni  tarbiyalashdan  iborat.  Bu 

talablarni  amalga  oshirishda  bo‟lib,  hozirgi  zamon  o‟qtuvchisidan  tinmay  ijodiy 

izlanishni,  o‟qishga  yangicha  munosabat  va  fidoyilikni  talab  etadi.  Boshlang‟ich 

sinf  o‟qtuvchisi  dars  jarayonida,  darsdan  tashqari  mashg‟ulotlarda,  matematika 

to‟garaklarida,  turli  kechalar,  uchrashuvlar,  qiziqarli  mavzular  yoki  mashhur 

olimlarning  ijodi,  faoliyatiga  bag‟ishlab  turli  tadbirlar  tashkil  qilishi  maqsadga 

muvofiqdir.  Bular  bilan  bir  qatorda  o‟qituvchi  dars  vaqtida,  mavzuga  bog‟liq 

bo‟lgan matematik tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va 

ta‟limda  qo‟llanilayotga  ilg‟or  usullar  va  didaktik  o‟yinlardan  foydalanishi 

maqsadga  muvofiqdir.  Bizga  ma‟lumki,  amalda  bolalarning  quyidagi  o‟yinlari 

mavjud:  ijodiy  harakatli,  didaktik,  predmetli,  ijrochilik.  Bolalar  bu  o‟yinlarning 

hammasiga (vaqti bilan) qatnashib, qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o‟yin faoliyati 

                                                           

1

  



Karimov.I.A.  “Ona  yurtimiz  baxtu  iqboli  va  buyuk  kelajagi  yo‟lida  hizmat  qilish-  eng  oliy  saodatdir”  Toshkent 

“O‟zbekiston” 2015 yil. 

 



 

o‟quv jarayoning biror ko‟rinishida nomoyon bo‟libgina qolmasdan, balki o‟qitish 



metodi hamdir.  

Boshlang‟ich  sinf  o'qituvchisining  metodik  matematik  tayyorgarligi 

deyilganda  biz  uni  ilmiy  dunyoqarash  asosida  matematika  o'qitish  metodikasi 

bo'yicha  umumiy  psixologik  pedogogik  va  matematik  tayyorgarlik  bilan  uzviy 

bog‟lanishda  tayyorlanishini  tushunamiz.  Metodik  matematik  tayyorgarlik 

boshlangich  sinflar  o'qituvchisini  tayyorlashning  tarkibiy  qismi  bo'lib,  unga 

ta‟limiy-tarbiyaviy  faoliyatida  ajralgan  holda  qarash  mumkin  emas.  Ikkinchi 

tomondan,  boshlang‟ich  sinflarga  matematika  o'qitish  birinchi  bosqichdir,  ya‟ni 

bolalarni  navbatdagi  maktab  matematika  kursini  o'zlashtirishga  tayyorlash 

bosqichidir  yoki  matematikadan  tayyorgarligidir.  Matematikadan  boshlangich 

ta‟limning  bu  ikki  jihati  o'qitish  metodikasida  o'zining  munosib  aksini  topishi 

lozim.  Boshlang‟ich  matematika  kursi,  bir  tomondan,  bilimlarning  boshqa 

sohalarida  foydalaniladi  va  bolalarning  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Shu  bilan 

boshlang‟ich  bilimlar  yagona  majmuasini  yaratadi,  ikkinchi        tomondan,  zaruriy 

metodologik  tasavvurlarini  va  fikirlashni  mantiqiy  tuzilishlarini  shakillantirishga 

yo'naltirilgan.  

Bolalikning  mana  shu  davrida  shakillantirilmagan  bilimlar  poydevorini 

keyinchalik  to'ldirish  juda  qiyin  shu  sababli,  boshlang‟ich  ta‟lim  metodikasining 

asosiy 

vazifalaridan 

biri 

o'qitishning 



yetarlicha 

yuqori 


rivojlantiruvchi 

samaradorligini  oshirishni  ta'minlash  bolalarnng  aqliy  rivojlanishlariga  ta‟sirlarini 

jadallashtirishdan iborat. 

Hozirgi  kunda    davlatimiz  tomonidan  boshlang‟ich  ta‟limni  rivojlantirishga 

ayniqsa  boshlang‟ich  sinf  o‟qtuvchilarini  tayyorlashga  katta  e‟tibor  berilmoqda. 

Umumta‟lim  maktablarida  boshlang‟ich  sinf  o‟qtuvchilari  uchun  barcha sharoitlar 

yaratilgan.  Boshlang‟ich  sinf  o‟qtuvchilari  yosh  o‟quvchilarga  shu  kunning  talabi 

darajasida  ta‟lim  tarbiya  berishlari  uchun,  ular  boshlang‟ich  sinflarda  matematika 

o‟qitishning  pedagogik  va  didaktik  tamoyillarini  yaxshi  bilishlari  kerak.  Bitiruv 

malakaviy  ishi  uchun  mavzu  tanlashda  va  uni  yozishda  yuqoridagi  fikirlarga 




 

asoslangan. Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda metodik adabiyotlardan ilg‟or 



boshlang‟ich sinf o‟qtuvchilarining ish tajribalaridan unumli foydalangan. Natijada 

u  boshlang‟ich  sinflarda  matematika  o‟qitishning  pedagogik  va  didaktik 

tamoyillarini atroflicha yoritib bera olgan. 

Boshlang‟ich  sinflarda  ta‟lim-tarbiyaviy  vazifalar,  nazariy  bilimlar  tizimi 

asosidagina  hal  etilishi  mumkin.  Bu  bilimlar  ilmiy  dunyoqarash  psixologiya 

didaktika  va  ularning  xususiyatlarini  o'z  ichiga  oluvchi  metodologik  o'qitish 

nazariyasini  tashkil  qiladi.  Biroq  birgina  nazariy  bilimlarining  o'zi  har  qanday 

boshqa  faoliyatga  tayyorlanishdagi  kabi  yetarli  emas.  O'qitishning  mazmuni  va 

o'quvchilarning  aqliy  faoliyatini  rivojlantirishga  ta‟sir  etadigan  u  yoki  bu  o'quv 

varianti uchun eng samarali usullarini qo'llashni bilishi, darsga tayyorlanishda yoki 

darsning  o'zida  yuzaga  keladigon  aniq  metodik  vazifalarini  hal  etishni  bilish 

zarurdir.  Boshlang‟ich  sinf  o‟qituvchisi  boshlang‟ich  sinflarda  matematika 

o‟qitishning  pedagogik  va  didaktik  tamoyillarini  to‟liq  bilsagina  u  o‟quvchilarni 

matematika  faniga  qiziqtira  oladi  va  ta‟lim  tarbiya  ishlarini  shu  kunning  talabi 

darajasida bajaradi. Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishning mavzusi hozirgi 

kunning dolzarb masalalaridan biridir.  




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling