Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

 

Tuzilishi.  Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  ikkita  bob  va  hulosa 

qismlardan iborat bo‟lib, kirish qismida ishning dolzarbligi ko‟rsatilgan. Ishning I 

bobida  Boshlang‟ich  sinf  matematika  o‟qitishning  pedagogik  tamoyillari  haqida 

fikr  yuritilgan.  II  bobida  boshlang‟ich  sinflarda  matematek  o‟qitishda  didaktik 

o‟yinlarga 

qo‟yilgan 

talablar 

haqida 


fikr 

yuritilgan. 




 

 



I Bob. Matematika darslarining pedagogik tamoyillari. 

1.1. Matematika darslariga qo’yiladigan pedagogik talablar. 

Umumiy  o‟rta  ta‟limning  yangi  ishlab  chiqilgan  Davlat  ta‟lim  standarti  va 

o‟quv  dasturida  qo‟yilgan  asosiy  vazifalar  ta‟lim  va  tarbiya  ishlarining  sifatini 

tubdan yaxshilashni talab qiladi. 

Maktabda  o‟qitish  va  tarbiyalash  o‟quvchilarda  ham  jismoniy,  ham  aqliy 

mehnatga  qobilyat,  hayotning  turli  sohalarida  faol  ishlashga  qobilyat  paydo  qilish 

maqsadini  ko‟zda  tutish  kerak.  Bolalarga  boshlang‟ich  sinflarda  beriladigan 

ma‟lumotlarga ham shu nuqtai nazardan qaralishi kerak. 

Boshlang‟ich  ma‟lumotlar  berish  sohasida  erishilgan  va  erishilayotgan 

yutuqlar,  muvaffaqiyatlarga  qaramay,  tajribaning  ko‟rsatishiga  bu  sohada  hali 

muhum kamchilik mavjud. Bunday kamchiliklar, jumladan, matematika o‟qitishda 

ham ochiq oydin ko‟rinadi. 

Maktabning  boshlang‟ich  sinflarida  matematika  o‟qitishdagi  nuqsonlarning 

bir  qancha  sabablari  bo‟lib,  ular  pedagogik,  metodik  tadqiqotlarda  aniqlanmoqda. 

Jumladan  matematika  o‟qirish  metodlarini  ratsionallashtirishga  asos  bo‟ladigan 

metodik  tekshirishlarning  natijalari  maktablar  tajribalariga  hozirgacha  yetarli  joriy 

qilinmagan va metodik qo‟llanmalarda ham zaruriy darajada aks ettirilmagan. 

O‟qituvchilar  uchun  mo‟ljallangan  metodik  qo‟llanmalar  hanuzgacha 

anchagina  retsepga  o‟hshash  dogmatik  harakterdadir.  Ularda  bayon  qilingan 

metodik  tavsiyalar  ilmiy  jihatdan  asoslanib  berilmaydi,  metodik  kurslarning 

bayonida o‟qituvchilar oldiga yechilishi amaliy tajribasini talab qiluvchi muammoli 

masalalar  qo‟yilmaydi.  Undan  tashqari,  bu  tavsiyalar  o‟quvchilarning  faolligini 

o‟ztirish zarurligini yetarli darajada hisobga olmaydi. 

Shuning  uchun  o‟qitish  tajribasida  o‟quvchilarni  aktivlashtirish  uchun 

mavjud  imkoniyatlarning  hammasidan  ham  hamisha  foydalanmaslik  tasodif  emas. 

Shunday  ish  shakillari  hozirda  ham  qo‟llanilib  keladiki  unda  o‟qituvchining 

muhokamasini o‟qib olish va uni qaytadan takrorlash bilan shug‟ullanib bolalarning 



 

mustaqil  ravishda  fikr  yuritishlariga  o‟rin  qoldirmaydi.  O‟qitish  jarayonida 



o‟quvchilarning  bilish  imkoniyatlaridan  va  hususan  ularning  umumlashtirish 

qobilyatlaridan  to‟la  foydalanilmaydi.  Bunday  holni  hisoblashga  o‟rgatishda  ham, 

masalalar yechishni o‟rgatishda ham uchratish mumkin. 

Bu  ko‟rsatilgan  nuqsonlarga  qaramay  tajribali,  ilg‟or  o‟qtuvchilar  yaxshi 

natijalarni  qo‟lga  kiritilganlar  va  hozirda  ham  yuqori  natijalarga  erishmoqdalar. 

Ular o‟qitish jarayonini “tezlashtiradilar” va faqat o‟quv dasturida  nazarda tutilgan 

materialni  o‟tish  bilangina  kifoyalanmay,  balki  bir  qancha  mavzularni  chuqur 

o‟rganishni  turmush  bilan  muvaffaqiyatli  bog‟lab,  o‟qitish  jarayonini 

faollashtiradilar  va  shuning  bilan  birga,  o‟quvchilarda  hosil  qilingan  bilimlardan 

amalda  foydalanish  mahoratini  paydo  qiladilar  hamda  ularda  5-sinfga  o‟tganda 

zarur bo‟ladigan mustaqil ishlash malakalarini hosil qiladilar.

2

 



Yuqorida  aytib  o‟tilgan  kamchilik  va  yutuqlarni  e‟tiborga  olgan  holda  biz 

oldimizga  ushbu  savolni  qo‟yamiz:  matematikani  o‟qitishda  qanday  qilib  qisqa 

muddatda to‟la o‟zlashtirishga erishib, uni muvaffaqiyatliolib boorish mumkin? 

Bunga bizningcha yosh o‟qtuvchilar uchun ta‟lim tamoyillarini yoki, didaktik 

printsiblarni  yaxshi  bilishga  yordam  berish  kerak.  Ta‟lim  tamoyillari  o‟qitish 

maqsadlaridan  kelib  chiqadi  va  o‟quv  materialini  o‟zlashtirishning  muayyan 

qonunlarini  aks  ettiradi.  Bizga  ma‟lum  ta‟limning  umumiy  tamoyillari  turli 

mamlakatlarning  pedagoglari  tomonidan  turli  davrlarda  ko‟llanilsa  ham,  ularning 

mazmuni  ta‟limning  maqsadlariga  va  sharoitiga  qarab  jiddiy  ravishda  o‟zgarib 

boradi.  

Matematika  o‟qitishni  uyushtirayotgan  o‟qituvchi  o‟z  ishida  qanday 

tamoyilga  suyanishini  va  o‟zlashtirishning  qanday  qonunlarini  e‟tiborga  olish 

kerakligini  aniqlab  olishi  lozim.  Turli  tamoyillarning  har  biri  didaktik  printsib 

tizimida qanday o‟rin egallashlarini ham ochiq bilib olishlari kerak. 

                                                           

2

 



Bikbaeva N.U. Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi Toshkent “O„qtuvchi” 1996yil 

 



 

10 


Bo‟lg‟usi  boshlang‟ich  sinf  o‟qituvchilari  tayyorgarligida  yuqoridagi 

keltirilgan  mulohazalarni  e‟tiborga  olgan  holda,  biz  tanlangan  ushbu  bitiruv 

malakaviy ishimiz dolzarb mavzulardan biri ekanligini asoslaymiz.  

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi 

tizimida  bo'layotgan  o'zgarishlar  “Ta'lim  to'g'risida”  gi  qonunda  hamda  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”  da  ko'rsatib  o'tilganidek,  har  bir  boshlang'ich  sinf 

o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda  

Metodik-matematik 

tayyorgarlik 

boshlang'ich 

sinflar 

o'qituvchisini 

tayyorlashning  tarkibiy  qismi  bo'lib,  unga  ta'limiy-tarbiyaviy  faoliyatdan  ajralgan 

holda qarash mumkin emas.  

Boshlang'ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida 

foydalaniladi  va  bolalarning  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Shu  bilan  boshlang'ich 

bilimlar  yagona  majmuasini  yaratadi,  ikkinchi  tomondan,  zaruriy  metodologik 

tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. 

Olti,  etti  yoshli  davr  bolalarining  fikrlash  qobiliyatlari  va  tasavvurlari 

shakllanishida  eng  mas'ul  va  muhim  davr  ekanligini  psixologlar  isbot  qilishgan. 

Bolalikning mana shu davrida shakllantirilmagan bilimlar poydevorini keyinchalik 

to'ldirish  juda  qiyin.  Shu  sababli,  boshlang'ich  ta'lim  metodikasining,  xususan, 

matematikadan  boshlang'ich  ta'lim  metodikasining  asosiy  vazifalaridan  biri  

o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlash, 

bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat. 

Matematikadan  boshlang'ich  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalar  nazariy  bilimlar 

tizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, 

didaktika,  matematika  va  ularning  xususiyatini  o'z  ichiga  oluvchi  metodologik 

o'qitish  nazariyasini  (matematika  didaktikasi)  o'z  ichiga  oladi.  Biroq,  birgina 

nazariy bilimlarning o'zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli 

emas.  O'qitishning  mazmuni  va  o'quvchilarning  aqliy  faoliyatini  rivojlantirishga 

ta'sir  etadigan  u  yoki  bu  o'quv  varianti  uchun  eng  samarali  usullarini  qo'llashni 




 

11 


bilishi, darsga  tayyorlanishda  yoki  darsning  o'zida  yuzaga  keladigan  aniq  metodik 

vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. 

Ayni  shu  boshlang'ich  sinflarda  bolalarning  aqliy  rivojlanishlariga  asos 

solinishi  sababli  boshlang'ich  sinflar  o'qituvchisi  uchun  o'quvchilarning  aqliy 

faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. 

Kelgusidagi  amaliy  faoliyat  seminar,  amaliy  va  laboratoriya  mashg'ulotlarida 

matematika o'qitish metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi. 

Amaliy  mashg'ulotlarga  tayyorlanishda  va  mashg'ulotlarning  o'zida  o'qitish 

amaliyotida  yuzaga  keladigan  va  nazariy  bilimlardan  foydalanishni  talab  etadigan 

turli-tuman metodik masalalar yuzaga keladi. 

Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular 

bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur 

o'quv  vaziyati  uchun  eng  yaroqli  yechimini  o'qituvchi  tez  topa  olishi  uchun  bu 

sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Shu sababli, mazkur 

qo'llanmada  keltirilgan  metodik  masalalar  va  shular  jumlasidan  darsda  bevosita 

yuzaga  keladiganlari  ham  iloji  boricha  turli  usullar  bilan  hal  etilishi  lozim. 

O'quvchilarning  xato  javoblari  munosabati  bilan  yuzaga  keladigan  metodik 

masalalarga  alohida  e'tibor  berilishi  lozim.  Xatoliklar  mohiyatini  aniqlash  va 

tushuntirish muhim ta'limiy vazifani bajaradi. Fakultativ mashg'ulotlar boshlang'ich 

sinf  o'quvchilarini  tarbiyalashda,  ularga  kasb-hunar  tanlashga  oid  bilim  berishda 

yuqori  natijalar  beradi.  Ayniqsa,  iqtidorli  o'quvchilarda  fanga  qiziqishi, 

dunyoqarashi, zehni namoyon bo'ladi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilariga to'la-

to'kis  bilim  berishda  har  bir  o'quvchining  shaxsiy  xususiyatlarini  o'rganishda 

o'quvchining  qobiliyati  namoyon  bo'ladi.  Boshlang'ich  sinflarda  fakultativ 

mashg'ulotlarni  birinchi  navbatda,  matematika  darslarida  tashkil  qilish  katta 

ahamiyatga  ega.  Shu  o'rinda  o'qituvchi  birinchi  bosqichda  o'quvchilar  orasidan 

matematikaga  qiziqishi  va  iqtidorini  aniqlashga  imkon  berib,  ular  bilan  til  topa 

oladi. 



 

12 


Boshlang'ich 

sinflarda 

fakultativ 

mashg'ulotlar 

didaktik 

o'yinlar, 

olimpiadalar,  kechalar,  viktorinalar  o'tkazishga  yordam  beradi.  Umiy  texnik 

taraqqiyot  matematikaga  bog'langanligi  sababli  asta-sekin  murakkabroq  masalalar 

yechimini  o'rganishga  imkoniyat  beradi.  Masalan,  EHMda,  mikrokalkulyatorda 

hisoblashlar o'rganiladi. 

  

Boshlang'ich  sinflarda  fakultativ  mashg'ulotlarda  o'quvchilarning  matematik 



tafakkuri,  fikrlash  qobiliyati  rivojlanadi.  Fakultativ  mashg'ulotlarni  boshlang'ich 

sinflarda  turli  xil  tarzda  olib  borish  mumkin,  ayniqsa,  III  -  IV  sinflarda  qiziqarli, 

ya'ni:  o'quvchilarning  matematikaga  bo'lgan  qiziqishini  har  tomonlama  hisobga 

olgan holda olib borish lozim. 

Fakultativ  mashg'ulotlar  I  sinfda  20  soat  o'tiladi.  Bunda  o'qituvchi 

o'quvchilarni  qiziqishi  va  o'zlashtirishiga  qarab  fanlar  aro  aloqadorlikni  hisobga 

olgan holda olib boradi. II  - IV sinflarda 34 soat o'tiladi.   Yillikda matematika, 2 

yarim yillikda ona til va hokazo. 

   

  Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni tashkil etish mohiyati juda 



katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Fakultativ  mashg'ulotlarda  darslik  materiallarini 

takrorlamaydigan 

materiallar 

o'rganilib, 

lekin 

e'tibor 


boshlang'ich 

sinf 


o'quvchilarining  darsdan  olgan  bilimini  mustahkamlash  va  chuqurlashtirishga 

qaratilishi lozim. 

Ayniqsa,  sharq  mutafakkirlari  ijodini  o'rganish,  matematika  darslari 

samaradorligini 

oshirishda 

tarixiy 


materiallardan 

foydalanish 

har 

bir 


mashg'ulotlarda tavsiya etiladi. Masalan, 

1-mashg'ulotda Abu Rayhon Beruniy

2-mashg'ulotda  Ibn  Sino,  keyingisida  Al-Xorazmiy,  Ulug'bek  kabi  mutafakkirlar 

merosidan boshlang'ich sinfga xos tomonlari o'rganiladi. 

IV sinfda fakultativ mashg'ulotlarda o'rganish mumkin bo'lgan taxminiy reja.  



 

13 


Abu  Ali  ibn  Sinoga  bag'ishlangan  mashg'ulot  namunasini  sizlarga  havola 

etamiz. 


1- mashg'ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma'lumot. 

2- mashg'ulot.  Abu  Ali  ibn  Sinoning  “Al-hisob”  nomli  asari.  Ibn  Sinoning 

“Ash-shifo”  nomli  asari  bo'limlaridan  biri  riyoziyot,  hisob  (arifmetika), 

handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag'ishlangan. 

Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo'lib, to'rt bo'limdan iborat. 

Birinchi bo'limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan. 

Ikkinchi  bo'limda  sonlar  tengligini  tengsizligi  bilan  solishtirish  amallari 

ko'rsatiladi. 

Uchinchi  bo'limda  arifmetikaning  geometriya  qonunlaridan  ayrimlari  bilan 

bog'lanish ifodalanadi. 

To'rtinchi bo'limda arifmetik va geometrik ko'rsatmali vositalar aniqlanadi. 

IV  sinfda  matematikadan  fakultativ  mashg'ulotlarda  quyidagi  xossalardan 

foydalanish mumkin. 

Sinfdan  va  darsdan  tashqari  mashg'ulotlar  o'tkazish  Matematikadan  to'garak 

mashg'ulotlari. 

Matematikadan to'garak mashg'ulotlari asosan 2, 3, 4- sinflarda o'tkazilib, 2- 

sinfda bir yilda ikki marta, 3- sinfda har chorakda bir marta, 4-sinfda esa har oyda 

bir  marta  amalga  oshirish  mumkin.  Ayniqsa,  to'garak  mashg'ulotlarida 

matematikaga  oid  boshlang'ich  tarixiy  (boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  yoshiga  xos 

holda)  ma'lumotlar  va  sharq  mutafakkirlari  merosidan  foydala-nish  maqsadga 

muvofiqdir. 

4-  sinf  uchun  mo'ljallangan  to'garakning  taxminiy  rejasini  quyidagicha 

havola etamiz. 

1.Ziyrakligingizni tekshirib ko'ring. 




 

14 


Stolda 6 ta stakan qator qilib qo'yilgan.  Ulardan 3 tasi bo'sh bo'lib, 3 tasiga 

suv  quyilgan.  Stakanlarni  shunday  joylashtiringki, suvli  va  bo'sh  stakanlar  bir-biri 

bilan almashib kelsin. 

2. Uzunligi  78  metr  bo'lgan  simni, 12  sm  li  va  15  sm  li  bo'laklarga  shunday 

bo'lingki, natijada sim ortib qolmasin. Buni qanday bajarish mumkin? 

3. Jamoa xo'jaligida quyon va tovuqlar boqiladi. Ularning hammasida 28 bosh 

va 88 oyoq bor. Nechta quyon, nechta tovuq  

4. boqilgan? Masalani bir o'zgaruvchili tenglama yordamida yeching. 

5. Bir son o'ylang, unga birni qo'shing, 3 ga ko'paytiring, yana birni qo'shing. 

Natijaga  o'ylagan  soningizni  qo'shing,  qanday  son  hosil  bo'lganini  ayting,  siz 

o'ylagan sonni topaman. 

6. Raqamlar yashiringan olam (hikoya). 

7. Qiziqarli savollar. 

 1.  Qay  biri  uzun,  chizmaga  diqqat  bilan  razm  soling  va  tez 

javob topishga intiling. 

2.  Katta  yarim  doira  uzunligi  kattami  yoki  3  ta  kichik  yarim  doira 

yig'indisimi? 

3. Tomoni  40  m  kvadrat  shaklidagi  yer  maydoni  16  ta  kvadrat  jo'yaklardan 

iborat.  100  metrlik  quvurni  kvadrat  tomoni  o'rtasidan  boshlab  o'tkazing,  shunda 

maydon teng 2 ga bo'linsin. 

4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarning yig'indisini qisqa va tez topish usulini 

ayting. 


5. Men bir son o'yladim, uni 3 ga bo'lib, hosil bo'lgan songa 3 ni qo'shsam va 

yangi  hosil  bo'lgan  sonni  3  ga  ko'paytirsam,  999  chiqadi.  Men  o'ylagan  sonni 

toping. 

1.  Vali  maktabga  velosipedda  ketyapti.  Dars  soat  9  da  boshlanadi.  Soat  8.40 

da u yarim yo'lga yetdi. Agar shu tezlik bilan yursa, u maktabga darsdan 10 minut 

oldin yetib keladi. Vali maktabga necha minutda yetib boradi? 




 

15 


2. To'g'ri  to'rtburchak  shaklidagi  polizning  bo'yi  80  metr,  eni  20  metr  qisqa. 

Har 100 kv m yerdan 3 qop kartoshka kavlab olindi. Polizdan necha qop kartoshka 

chiqqan. 

3. Oila  a'zolarini  aniqlash  o'yini.  O'rtog'ingizning  nechta  aka-uka  va  opa-

singlisi borligini aniqlash mumkin. Buning uchun aka-ukalar soniga 3 ni qo'shing, 

yig'indisini  2  ga  ko'paytiring.  Hosil  bo'lgan  songa  opa-singillar  sonini  qo'shing. 

Yig'indisiga 5 ni qo'shib natijani aytsangiz, men sizga nechta akaukangiz va nechta 

opa-singlingiz borligini ayta olaman. Bu qanday topiladi. 

4. Raqamlar haqida suhbat. 

5. Qiziqarli savollar. 

Matematika  darslarida  didaktik  o'yinlardan,  matematikaga  oid  she'rlardan 

foydalanish  o'quvchilar  zehnini  o'stirish,  tez  hisob-lash  ko'nikmalarini  oshirishga 

xizmat qiladi. 

Quyidagi didaktik o'yinlarni havola etamiz. 

 

1 Sonni kim tez ko'rsatadi?” o'yini 



Ko'rgazmada  ikkita  jadval  bo'lib,  har  birida:  1  dan  30  gacha  va  31  dan  60 

gacha  bo'lgan  30  tadan  sonlar.  Ularni  tartib  bilan  aytish  mashqi  o'tkaziladi. 

O'quvchilar  ko'rsatkich  vositasida  chaqqonlik  bilan  ko'rsata  olishlari  kerak.  Kim 

tez,  chaqqon  bajarsa,  o'sha  o'quvchi  g'olib  hisoblanadi.  Har  bir  guruhdan  bir 

o'quvchi javob beradi, boshqalar uni kuzatadi.

3

 



6. Osmonda  bir  gala  g'oz  uchib  ketayotgan  edi.  Bir  g'oz  ularga  “salom,  yuz 

g'oz”,  dedi.  Bir  g'oz  ularga  qarab  shunday  deb  javob  qaytardi.  “Biz  yuz  g'oz 

emasmiz,  bizlar  nechta  bo'lsak,  yana  shuncha,  keyin  bizning  yarmimizcha,  undan 

keyin  yarmimizning  yarmicha  yana  shularning  ustiga  sen  ham  qo'shilsanggina 

sonimiz yuzta bo'ladi”,  deb javob qaytaribdi. G'ozlar nechta bo'lgan?  

                                                           

3

 

Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 



 


 

16 


Javobi:  36ta (36 + 36 + 18 + 9 + 1 = 100). 

Boshlang'ich  sinflarda  matematikani  o'qitish  o'quvchilarning  matematik 

bilimlarni  mustaqil  egallash  uquvlarining hosil bo'lishiga  ma'lum  darajada  yordam 

berishi,  ularni  matematika  sohasida  biron  ijodiy  faoliyat  tajribasi  bilan  boyitishi 

lozim. 

 Bu ikki vazifani maqsadga yo'nalgan tarzda hal etilishida har qanday usullar 

ham yordam beravermaydi. 

Masalan,  I  sinf  o'quvchilarida  sonni  yig'indiga  qo'shish  uquvini  shakllantirish 

metodikasini  qaraylik.  O'quvchilarga  ushbu  tengliklarni  namoyish  etuvchi  rasmlar 

ko'rsatiladi: 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling