Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

empirik 

materialni 

matematikalashtirishga  (EMM),  matematik  materialni  mantiqiy  tashkil  etish 

(MMMTE),  matematik  nazariyani  qo'llanishi  (MNQ).  Boshlang'ich  sinflar 

o'quvchilari  biror  darajada  mantiqiy  vositalarga  ham  ega  emaslar  va  ularning 

matematik  bilimlari  nazariy  xarakterda  emas,  shu  sababli  ularni  matematik 

faoliyatga o'rgatish masalasi biror darajada faqat EMM ga nisbatan va mutlaqo oz 

darajada MMMTE ga nis-batan hal etilishi mumkin.

4

 



O'quvchilarni EMM ga o'rgatish yo'llari mohiyati quyidagidan iborat: 

1. O'quvchilarning  ma'lum  xossaga  ega  bo'lgan  real  obyektlar,  holatlarni 

izlashga  yo'naltirilgan  ishlari  tashkil  etiladi,  bunda  bu  xossa  real  obyekt,  holat 

ko'rinishidagi  namuna  vositasida  yoki  atrof-muhitdan  bu  namunalarni  topish 

mumkin bo'lgan umumiy ko'rsatma bilan berilishi mumkin. 

2. O'quvchilarning  mazkur  obyektlar,  holatlarning  modellarini  yasash 

bo'yicha faoliyatlari tashkil etiladi. Modellarning umumlashganlik, abstraktlashgan 

                                                           

4

 

Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 



 


 

18 


darajasi  sekin-asta  ortib  borishi  lozim.  Bu  bosqichning  oxirida  o'quvchilar  yo 

matematik  til  vositalari  (sonlar,  harflar,  ifodalar  va  hokazo)  bilan,  yoki  grafik 

vositalar  (sxemalar,  chizmalar,  diagrammalar)  bilan  ifodalangan  modellarni  hosil 

qiladilar 

 

3. Hosil  qilingan  modellarni  o'quvchilar  empirik (ustma-ust qo'yish, o'lchash 



va  h.k.  bilan)  tadqiq  etadilar.  Modellarning  xossalari  tavsiflanadi.  Mazkur  tavsif 

tahrir  etiladi:  undan  muhim  bo'lmagan,  befoyda  so'zlar  chiqariladi,  ikkiyoqlama 

mazmunlilik  bartaraf  etiladi.  Boshqa  tomondan,  xossalar  ro'yxatining  o'zi  ham 

ushbu  tamoyil  bo'yicha  qisqartiriladi,  faqat  hamma  qaralayotgan  modellarga  ega 

bo'lgan xossalargina qoldiriladi. 

4.  O'quvchilar  qaralayotgan  to'plamning  elementlari  uchun  umumiy  bo'lgan 

barcha  xossalarni  qanoatlantiradigan  modelni  tuzadilar.  Bu  model  matematik  til 

yordamida tavsiflanadi. 

O'quvchilarni EMM ni o'rgatish usulini aniq misollarda ko'rsatamiz. 

To'g'ri  to'rtburchak  tushunchasini  shakllantirish.  Sinfda  o'quvchilarning 

atrofidagi narsalar, uy xonalarining jihozlari, ko'chalar, shahar dahalari tavsiflangan 

rasmlar qaraladi. O'quvchilarning grafik malakalari hali endi shakllanish bosqichida 

bo'lganligi  sababli  topshiriqlarni  bajarish  uchun  ularga  tarqatma  material  turli 

o'lchamli, turli xil rangli geometrik shakllar taklif qilinadi (ularni mehnat darslarida 

tayyorlash mumkin). O'quvchilar dastlab o'qituvchi rahbarligida, keyin esa mustaqil 

ravishda  turli  o'lchamli  to'g'ri  to'rtburchaklarni  kombinatsiyalab,  barcha  mumkin 

bo'lgan real obyektlarning aplikatsiyalari  binolar, avtobuslar, sovitkichlar, temiryo'l 

vagonlari  va  hokazoni  hosil  qiladilar.  Hosil  bo'lgan  tasvirlarning  ko'rinishi 

o'zgartiriladi  (masalan,  „binoni”  tasvirlayotgan  to'g'ri  to'rtburchakka  “rasmlar”  va 

“g'ildiraklar”  qo'yib,  avtobus  tasvirini  hosil  qiladilar).  Bunday  ishni  bajarish 

natijasida  bolalar  ushbu  xulosaga  kelishlari  kerak:  odam  atrofidagi  obyektlarning 

juda  ko'pchiligi  bitta  geometrik  shaklga  keltiriladi.  Mazkur  shaklni  o'quvchilar 

empirik  tadqiq  etadilar.  Buklash  bo'yi  bilan  qarama-qarshi  tomonlar  uzunliklarini, 



 

19 


burchaklar  kattaligini  taqqoslaydilar,  ustma-ust  qo'yish  orqali  shaklning 

burchaklarini  to'g'ri  burchak  bilan  taqqoslaydilar,  natijada  o'quvchilar,  masalan, 

ushbu  xossalar  ro'yxatini  hosil  qiladilar,  to'rtta  uchga  ega,  to'rtta  burchakka  ega, 

to'rtburchak,  qarama-qarshi  tomonlari  teng.  Barcha  burchaklari  teng;  barcha 

burchaklari to'g'ri burchak.

5

 



So'ngra  o'quvchilar  o'qituvchi  rahbarligida  bu  ro'yxat  ustida  ishlashga 

kirishadilar.  Unda  faqat  barcha  modellar  ega  bo'lgan  xossalarnigina  qoldiradilar 

(tadqiqot  vaqtida  kvadratlar  bilan  ish  ko'rgan  o'quvchilar  xossalar  ro'yxatiga 

“barcha  tomonlari  teng”  jumlasini  kiritishni  talab  etishlari  ham  mumkin);  ba'zi 

xossalarni  umumiyroq  va  shakli  bo'yicha  qisqaroq  xossalar  bilan  almashtiradilar. 

Modelning xossalari bunday bo'ladi: 

1) to'rtburchak; 

2) qarama-qarshi tomonlar teng; 

barcha burchaklar to'g'ri burchak 

O'quvchilarga to'g'ri to'rtburchakni yasash usuli o'rgatiladi. Keyinchalik uning 

xossalaridan ba'zilari matematik til yordamida yoziladi:    

ABCD, AB = CD, AD = BA. 

Tavsiflangan  bu  ish  uncha  katta  bo'lmagan  bo'laklar  ko'rinishida  o'tkazilishi 

mumkin. 

Sonni  yig'indiga  ko'paytirish.  O'qituvchi  bir  qator  holatlarni  ifodalovchi 

rasmlarni  bolalarga  ko'rsatadi  (bir  necha  bolalar;  olma  va  nok  daraxtlarini  alohida 

qilib  ekilgan  bog').  O'quvchilarning  rasmlarda  tasvirlangan  holatlarga  o'xshash 

vaziyatlarini eslariga tushirishlariga harakat qilish zarur. 

                                                           

5

 

Bikbaeva N.U. Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi Toshkent “O„qtuvchi” 1996yil 



 

 



 

20 


Sxemalarni yana ham abstraktroq tavsiyalash usulidan foydalaniladi:  

(3,5; 3,7), (5,2; 5,4), (6,4; 5,4). 

Yana ham yuqoriroq darajali abstraktlilikka o'tish ham tabiiyroq bo'lar edi:  

a, b; а, с va a, b; c, b.  

Biroq boshlang'ich maktabda a(b + c) = ab + ac formula qaralmaydi. 

Yakunda  ushbu  masala  yechiladi:  “Har  bir  rasm  uchun  obektlar  miqdorini 

ikki  usul  bilan  toping”.  Bu  masalani  EMM  ni  o'rgatishning  istalgan  bosqichida 

yechish mumkinligi ayondir. 

Qaralgan  holatlarni  matematikalashtirish  o'quvchilar  sonni  yig'indiga 

ko'paytirishda duch keladigan jiddiy qiynchilikni oldini olishga imkon beradi. 

Matematik  faoliyat  elementlarini  o'qitishning  boshqa  usuli  o'quvchilarni 

MMMTEga  o'rgatish  usulidan  iborat.  Boshlang'ich  sinflarda  uch  obektdan 

foydalanish  mumkin:  tushunchalarni  shakllantirishda,  matematik  obyektlarni 

yasashni o'rgatishda va jumlalarning rostligini asoslab isbotlashda. 

O'quvchilar yangi materialni o'rganish vaqtida EMM natijasida jumlalar hosil 

qiladilar.  Bu  materialni  mantiqiy  tashkil  etishning  mohiyati  shundan  iboratki,  bu 

jumlalar  to'plamida  kelib  chiqish  munosabati  beriladi  va  to'plam  bir  tizimga 

solinadi. 

 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling