Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


II bob. Didaktik o’yinlar va ularga qo’yiladigan talablar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

II bob. Didaktik o’yinlar va ularga qo’yiladigan talablar. 

2.1. Matematik o’qitishning didaktik tamoyillari. 

Zamonaviy  umumiy  o‟rta  ta‟lim  sharoitida  uning  hozirgi  o‟sish  davrida 

yoshlarning  tarbiyalash  maqsadidan  kelib  chiqadigan  ikki  tamoyil  hal  qiluvchi 

ahamiyat  kasb  etadi:  bulardan  biri  bolalarni  ma‟naviy  jihatdan  tarbiyalovchi 

tamoyili va ikkinchisi ta‟limni turmush bilan tamoyilidir. Maktab oldiga qo‟yilgan 

asosiy  maqsadga-inson  shahsining  har  tomonlama  barkamolligini  ta‟minlash 

maqsadiga-faqat  o‟qitish  yuqori  tarbiyaviy  samara  bergandagina,  ya‟ni  o‟qitish 

faqat bilimlarni o‟zlashtirishga yordam beribgina qolmay, balki shaxsning barkamol 

bo‟lib yetishmog‟iga, ma‟naviy- milliy ahloq, ilmiy dunyo qarash va maslak paydo 

bo‟lishiga yordam bergan sharoitdagina erishilishi mumkin. 

Respublikamizning  mustaqilligi  sharoitida  maktablarimizdagi  tarbiyaviy 

ta‟ilmni turmush bilan bog‟lash tamoyili hamda nazariya bilan amaliyotning birligi 

talabidan mustasno holda ham qilib bo‟lmaydi. 

Bu  maqsadlarni  amalga  oshoroshda  boshlang‟ich  ta‟lim  davrida  qanday 

imkoniyatlar bor, degan savol tug‟ilishi tabilydir. Bu imkoniyatlar juda keng. Ularni 

vujudga  chiqarish  uchun,  qanday  ta‟lim  berish  kerakligini  yanada  aniqroq 

belgilovchi bashqa tamoyillarni hisobga olish kerak. 

Ushbu  ma‟noda  eng  avval  hammaga  yaxshi  ma‟lum  bo‟lgan  o‟qitishning 

ongliligi  va  aktivligi  tamoyillarini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Agar  o‟qituvchi 

ta‟limning ongliligi va aktivligi tamoyillarini yuqorida ifodalangan yetakchi talablar 

bilan  mos  ravishda  amalga  oshirilsa,  uning  ishida  muvaffaqiyat  asosan 

ta‟minlangan deyish mumkin. 

Dastlab  nima  uchun  bu  ikki  tamoyillar  bir-biri  bilan  chambarchas 

bog‟liqligini  ochishga  harakat  qilaylik,  buning  uchun  bularning  biri  zaruriy  shart 

bo‟lib kelganda, ikkinchisining ham mavjud bo‟lishini talab etishini va ularning bu 

bog‟lanishi  bilumlarni  o‟zlashtirishning  ma‟lum  qonuniyatiga  asoslanishni 

ko‟rsatamiz.  O‟quvchi  bayon  qilinayotgan  yangi  o‟quv  materialni  passiv  holda 



 

32 


idrok  qilmasdan,  balki  u  bilan  aktiv  holda  amal  qilgan  sharoitdagina  berilgan 

bilimni  to‟la  ongli  ravishda  o‟zlashtirish  mumkin.  Biror  arifmetik  qonunni, 

masalan,  qo‟shishning  o‟rin  almashtirish  qonunini  umumlashtirishda  o‟quvchi 

qo‟shishga  doir  misollar  yechib,  qoshiluvchlarning  o‟rnini  almashtirishdan 

yig‟indining  o‟zgarmasligini  o‟zi  topsa,  shundagina  umumlashtirishni  ongli 

ravishda o‟zlashtirgan bo‟ladi.

8

 

Pedagog qanchalik mohir, o‟z  ishining ustasi  bo‟lsa, o‟quvchilar bilim  hosil 



qilish jarayonini shunga yaxshi tashkil eta oladi.  

Ta‟limdagi  sistemalilik  tamoyili  ham  o‟qitishni  faollashtirish  sharoitida 

birmuncha boshqacha ma‟no kasb etadi. Bilimlarni o‟zlashtirish va malakalar hosil 

qilishdi ma‟lum izchillik zarurligi qoidasi o‟z kuchida qolishi shubxasizdir. Ulardan 

murakkabroqlarini  o‟zlashtirish  uchun  ularning  asosini  tashkil  etuvchi  yanada 

soddaroq bilimlarni egallash talab etiladi. 

Shu  bilan  birga  ta‟limni  aktivlshtirish  sharoitida  boshqa  yo‟l  ham  butunlay 

aniq  bo‟lib  ko‟rinishi  mumkin.  Masalan,  I  sinfda  bolalarni  masala  yechishga 

o‟rgatishda bir amalli masaladan ikki amalli masalalarga qanday qilib o‟tish kerak 

degan  savol  tug‟iladi.  Bir-biridan  farq  qiluvchi  ikki  yo‟l  ilgari  suriladi:  bularning 

birinchisiga muvofiq sodda masalalardan boshlash va ikki masalani birlashtirib, bir 

masala  tuzish  ham  bu  yangi  tarkibli  masalaning  o‟ziga  hosligini  ochish  kerak; 

ikkinchisiga muvofiq bolalarga ular uchun yangi bo‟lgan ikki amalli masala berish 

va yechishda uni ikkita sodda masalaga ajratish kerak. 

O‟qitishni  faollashtirish  ko‟rsatmalilik  tamoyilini  tushunishga  ham  ta‟sir 

ko‟rsatadi. Bu o‟rinda shuni e‟tiborga olish kerakki, ko‟rsatmalilik turli shakllarda 

ifodalanishimumkin:  narsalar  ko‟rsatmaliligi  grafik  ko‟rsatmalilik,  turli  hildagi 

chizmalar.  

                                                           

8

 



Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 

 



 

33 


Demak,  biz  didaktik  tamoyillar  shunchaki  ta‟lim  jarayonining 

muvaffaqqiyatini  aniqlovchi  talablar  yig‟indisidan  iborat  emasligini  ko‟rsatishga 

harakat qildik. Ular bir muhim tizimdan iborat bo‟lib, bu tizimning elemantlari, bir-

biridan  ajralmas  tarzda  bog‟langan  bo‟lsalar  ham,  lekin  ahamiyatlari  bir  hil 

bo‟lmaydi, ya‟ni bu tizimda ularning rollari turlichadir.  Ulardan ba‟zilari, masalan, 

ta‟limning tarbiyalovchi va turmush bilan bog‟lanish kabi tamoyillari hal qiluvchi 

ahamiyatga ega bo‟lib, aktivlashtirish tamoyili orqali boshqa hamma tamoyillarning 

mazmuniga  ta‟sir  qiladi.  Boshqalari,  masalan,  tushunarlilik,  sistemalilik  va 

ko‟rsatmalilik tamoyillari tobelik ahamiyatiga ega va ularning mazmuni ta‟limning 

faollashtirish tamoyili qanchalik amalga oshirilishiga ko‟proq darajada bog‟liqdir. 

Boshlang‟ich  sinfdagi    bolalar  uchun o'yinlar  muhim  ahamiyatga ega: o'yin 

orqali  o'qitish  jiddiy  tarbiya  shaklidir.  Mavjud  didaktik  o'yinlar  mantiq  ilmi  va 

matematika  nuqtai  nazaridan  mazmunan  o'rganilgan  materialni  mustahkamlash 

vositasi  sifatida  ishlatiladi.  Bolalarni  olti,    etti  yoshdan  o'qitishning  mazmuni  va 

usullarida  muammolar  yuzaga  keladi.  Sanoqni  o'rganish,  qo'shish  va  ayirishni 

birinchi  bosqichda  o'rgatish  (yuz  ichida)  boshlang'ich  ta'limning  asosiy  vazifasi 

bo'lib  kelgan  va  shunday  bo'lib  qoladi.  Biroq, bu  yagona  vazifa  bo'lib  qolmasdan, 

balki  u  bolalarni  matematikani  o'rganishga  yanada  kengroq  va  har  tomonlama 

sanoqqa  tayyorlash  ishining  tarkibiy  qismi  bo'lib qoladi. U ikkita  asosiy  yo'l  bilan 

belgilanadi:  pedagogik  yo'l,  ya'ni  bolalar  fikrlashini  qo'llaniladigan  matematik 

mulohazalarga tayyorlash va matematika yo'li ya'ni bolalarni eng muhim matematik 

tushunchalarini,  eng  avvalo,  natural  son  va  geometrik  shakl  tushunchalarini 

o'rganishga tayyorlash orqali. 

Bolalarni  matematikani  o'rganishga  tayyorlashda  ishni  nimadan  boshlash 

yangicha  yechimni  taqozo  etadi.  Matematikani  “jiddiy”  o'rganish  uchun  bolalarni 

partaga o'tqizishdan oldin balki ular bilan “matematik o'yin” o'tkazish lozimdir.    

Matematik  tayyorgarlikda  didaktik  o'yinlardan  foydalaniladi,  biroq  bu 

o'yinlar,  birinchidan,  mantiqiy  va  matematik  mazmun  bilan  boyitilgan  bo'lmog'i, 




 

34 


ikkinchidan,  ular  mashg'ulotning  o'zida  emas,  balki  undan  oldin  yoki  keyin 

o'tkazilishi lozim. 

Bolalarga  har  bir  o'yinni  o'rgatishda  muayyan  ta'limiy  maqsad  nazarda 

tutiladi.  O'yinning  eng  muhim  ahamiyati  ham  ana  shundadir.  O'tkazilish  shakllari 

va  usullari  bilan  ta'limning  boshqa  turlaridan  farq  qiladigan  o'yinlar  ta'lim  berish 

jihatidan ham katta ahamiyatga egadir. 

Didaktik  o'yinlar  o'yin  usullarini  cheksiz  takrorlash  va  o'zgartirish,  o'yinga 

turli  narsalar  kiritish  imkonini  beradi.  Masalan,  “Jimjitlik”  o'yinining  5-7  xilini 

butun sinf bilan  hamda  ayrim  bolalar  bilan  takrorlab o'tkaziladi. “Nima  o'zgardi?” 

turidagi  o'yin  5  xil  turli  ko'rsatmali  material  bilan  o'tkaziladi  va  hokazo.  Natijada 

o'yin  malakalarining  bir  xilda  va  mustahkam  bo'lishiga  hamda  o'yinning  har  bir 

qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini beradi. Didaktik 

o'yinlar  o'zining  shakli  jihatidan  asosan,  bog'chada  o'ynaladigan  ijodiy  o'yinlardan 

ham, o'qituvchi o'zi hikoya qilib berish yo'li bilan tushuntiradigan va o'quvchilarni 

birma-bir  so'rab  chiqish  natijasida  mustahkamlanadigan  va  shu  singari  o'yinlardan 

ham har tomonlama farq qiladi.  

Didaktik  o'yinlar  o'qitish  vazifasiga  xizmat  qiladi  va  qiziqarli,  maroqli, 

tushunarli  darajada  olib  boriladi.  Bolalar  g'olib  chiqish  maqsadida  jonu  dili  bilan 

mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni, albatta, bajarishga odatlanib qoladilar. 

Didaktik  o'yinlar  har  bir  darsning  maqsadini,  har  bir  mashqning  maqsad  va 

vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. 

Didaktik  o'yinlar  ta'limning  ko'rgazmaliligini,  o'qituvchining  nutqini  va 

bolalar  harakatini  o'z  ichiga  oladi,  buning  natijasida  idrokda  (ko'rish,  eshitish 

sezgisi) birlik tug'iladi. Bu esa o'qituvchining aytganlarini bolalarning zehnan o'ylab 

olishiga  va  o'sha  aytilganlarni  ifodalab  berishlariga,  ya'ni  didaktik  o'yinlar 

qoidalarini  o'quvchilarning  o'zlari  bajarishlariga  imkon  beradi.  Didaktik 

o'yinlarning  bu  tarzda  tuzilish  xususiyatlari  o'quvchilar  faoliyatini  tahlil  qilish 



 

35 


imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o'yin vaqtida qiziqish bilan 

harakat qiladilar.

9

 

Didaktik  o'yinlar  bolaning  his-tuyg'usiga  ta'sir  etib,  unda  o'qishga  ijobiy 



munosabat  va  qiziqish  xislatini  tarkib  toptiradi.  Bolalar  o'yinni  zo'r  mamnuniyat 

bilan o'ynaydilar, o'yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida 

ertangi o'quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. 

Har  bir  didaktik  o'yinda  ko'pchilik  bolalar  yoki  butun  sinf  o'quvchilari 

ishtirok  etadi.  Masalan,  “Doiraviy  misollar”  o'yinida  hamma  bolalar  masala 

yechadi, “Zanjircha”da 10, “Do'koncha” da 8-12 bola, “Narvoncha” da esa qariyb 

hamma o'quvchilar masala yechadilar va hokazo. 

Bundan  tashqari,  o'yin  jarayonida  hatto  bolalardan  ba'zi  birlari  ishtirok 

etmasa ham, ular o'yinda imo-ishoralar vositasida qatnashadilar. Masalan, ko'zlarini 

yumib,  kirib  necha  marta  taqillatganini  tinglaydilar,  “Eng  yaxshi  hisobchi”,  „Kim 

aniqroq va tezroq?” o'yinlarida o'z o'rtoqlarining misolni qanchalik to'g'ri, noto'g'ri 

yechayotganlarini kuzatib boradilar. 

O'yin  paytida  bolalar  psixologiyasining  individual  xususiyatlari,  ularda 

shartli  reflekslarning  paydo  bo'lish  tezligi  va  ularning  mustahkamligi  yanada 

yaqqolroq  namoyon  bo'ladi.  Bu  esa  o'qituvchiga  o'quvchilar  faoliyatiga  individual 

munosabatda bo'lish imkonini beradi. 

Didaktik o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? 

Didaktik  o'yinlar  hamjihatlik  va  intizomlilikni  tarbiyalashga  yordam  beradi, 

chunki har bir o'yin g'alaba qozonishga intilish bilan bog'liq bo'lib, o'yin shartlari va 

qoidalariga  qat'iy  va  izchil  rioya  qilishni  talab  etadi.  “Kim  aniqroq  va  tezroq?” 

Bo'sh kelma. 

                                                           

9

 

Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 



 


 

36 


“Eng  yaxshi  hisobchi”,  “Ko'rganni  eslab  qolish  diktanti”  kabi  o'yinlarni 

o'tkazish paytida o'quvchilar sinf xonasida jimjitlik ishiga, o'quvchilarning o'zlarini 

tuta  bilishlariga,  partadan  tovush  chiqarmay  turib,  oyoq  uchida  doskaga  chiqa 

olishlariga,  o'z  o‟rinlariga  osoyishtalikka  qaytib  kelib  o'tirishlariga,  tovushlari 

diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. 

Darsda o'yinqaroqlik qilib o'tiradigan va o'qituvchini bitta dars davomida 10-

15  martagacha  tanbeh  berishga  majbur  etadigan  holatlar ham  uchrab  turadi. Biroq 

o'yin  o'tkazilayotgan  vaqtda  bunday  bolalarning  xulq-atvori  tamoman  o'zgarib 

ketadi. Ular darhol o'zlarini tutib oladilar, o'qituvchining o'yin qoidalarini ko'rsatib 

berishini  kutib  o'tirmaydilar  ham,  qoidalarni  o'zlari  bajoni  dil  va  mustaqil 

bajaradilar. Didaktik o'yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha 

tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi

10



Tajriba  shuni  ko'rsatadiki,  didaktik  o'yinlar  bolalarda  do'stlik,  birodarlik, 



mehnatkashlik hissini tarbiyalash va taraqqiy ettirishga yordam beradi. „Kim turgan 

saf  yaxshiroq?”,  “Zanjircha”,  “Narvoncha”,  “Bilgan  kishi  sanashni  davom 

ettiraversin!” singari o'yinlar o'tkazilayotganda bolalar o'z o'rtoqlari, o'zi turgan saf 

va o'z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. 

Bir 

safga 


tizilganlar 

ikkinchi 

safda 

turgan 


o'quvchilar 

bilan 


musobaqalashayotganda  topshiriqni  saflardan  birining  bitta  o'quvchisi  yoki  bir 

necha  o'quvchilari,  yoxud  butun  bir  saf  bajaradi.  Odatda,  bolalar  o'z  sheriklariga 

dalda berib turadilar, agar o'rtoqlari topshiriqni to'g'ri bajarsa, undan behad xursand 

bo'ladilar va  u bilan faxrlanadilar. Shuni ham  aytish kerakki, o'yin  o'tkazilayotgan 

paytda bolalarda hasad, qizishib ketish singari salbiy xislatlar uchramaydi. 

Didaktik  o'yinlar  ijodiy  shaxs  tarbiyalashga  yordam  beradi,  chunki  har  bir 

o'yin,  uning  har  bir  takrorlanishi  topshiriqni  bajarishga  yangicha  munosabatda 

                                                           

10

 

Jumaev M.Ye. “Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi” Toshkent 2005yil. 



 


 

37 


bo'lishni  talab  qiladi,  uni  hal  qilish  zarurati  esa  ijodiy  izlanishlarni  keltirib 

chiqaradi. 

Didaktik  o'yinlarda  tirishqoqlik,  matonatlilik,  boshlangan  ishni  oxirigacha 

yetkaza  bilish  singari  eng  kerakli  irodaviy  xislatlar  tarbiyalanadi.  Masalan, 

“Doiraviy misollar” o'yinida oltita misolning hammasini yechish kerak, aks holda, 

oxirgi sonning birinchisiga to'g'ri kelish-kelmasligini bilib bo'lmaydi. Ana shuning 

o'zi  bolalarni  faollashtirib  yuboradi  va  ular  misolni  to'liq  yechishga  intiladilar. 

“Do'koncha” kabi o'yinlarda o'yinchoqlar “sotib olish” uchun bir necha o'yinchoqlar 

narxini hisoblab (qo'shib) chiqishga, qancha pul “qaytarib” berish kerakligi haqida 

o'ylab ko'rishga ham to'g'ri keladi. Bolalar “Qiziqarli kvadratlar” o'yinida murakkab 

amallarni bajaradilar. Bunda o'quvchilarga bir yo'la bir necha amallarni bajarishga, 

chiqqan  natijalarni  taqqoslashga,  erishilishi  mumkin  bo'lgan  natijalar  to'g'risida 

o'ylab  ko'rishga  va  noto'g'ri  hisobdan  voz  kechishga  to'g'ri  keladi.  Bularning 

hammasi  tez,  zo'r  qiziqish  va  aqliy  faoliyat  bilan  o'tadi.  Katta,  chiroyli  to'pni 

ko'rgan  o'quvchilarda  tortinchoqlik  yo'qola  borib,  keyinchalik,  dadillik  bilan 

sonlarni  o'ylab  topishga  kirishadilar.  O'yin  jarayonida  bolalarda  tevarak-atrof 

haqida tasavvur hosil bo'ladi, bu esa bolalarga topshiriq mazmunini (mustaqil o'ylab 

topishda)  turlicha  bajarishga  yordam  beradi.  “Do'koncha”,  “Nimani  taqillatdim?”, 

“Bolalar  bog'chasida  mehmondorchilikda”  singari  o'yinlarda  bolalar  tevarak-

atrofdagi  hayotni,  narsalarning  sifatini,  og'irlik  o'lchovi,  narx-navolar  va 

boshqalarni  bilib  oladilar.  Ularda  elementar  matematik,  fazoviy  tasavvurlar 

mustahkamlanadi. Didaktik o'yinlar, ayniqsa, bolalar ham, o'qituvchi ham o'yinning 

qanday  o'tishiga  qiziqqan  paytlarida  o'qituvchini  bolalarga  yaqinlashtiradi, 

o'qituvchi  bolalar  nazarida  tarbiyachigina  emas,  balki  chinakam  do'stga  ham 

aylanadi.  Bu  esa  ayniqsa,  dastlabki  kunlarda  yuz  beradigan  yotsirash  hollariga 

barham  beradi.  Shunday  qilib,  o'yinlar,  ayniqsa,  dastlabki  kunlarda  bolalarda 

o'qituvchi va o'qishga nisbatan ijobiy munosabat paydo bo'ladi. 

Sinfdan  tashqari  o'ynatiladigan  o'yinlar  bolalarning  bo'sh  vaqtini  samarali 

o'tkazish  vositasidir.  “Sanayver!  Qiziqarli  kvadratlar”  kabi  o'yinlarni  o'ynaganlar, 



 

38 


boshqa  o'yinlardan  qo'shimcha  mashg'ulotlarda  unumli  foydalanadi.  Bolalar 

o‟rtoqlari  bilan  darsdan  keyin  qolishga  rozi  bo'ladilar  va  o'zlariga  berilgan 

topshiriqni tezda bajaradilar. 

Ta'lim  jarayonida  didaktik  o'yinlar  o'rnini  chuqurroq  va  aniqroq  tasavvur 

qilish  maqsadida  biz  o'yin,  didaktik  topshiriq,  o'yin  topshiriqlari  singari 

tushunchalarning  ta'rifiga  va  ularning  ma'nosini  ochib  berishga  to'xtalib  o'tishimiz 

zarur. 

Ta'lim  o'qituvchining bolalarga bilim, ko'nikma va malakalar berishining, bu 

bilim,  ko'nikma  va  malakalarni  o'quvchilar  uqib  olishi,  egallab  olishi  va  ularni 

mustahkamlab olishining amaliy jarayonidir. 

Ta'lim  jarayoni    bolalar  xotirasining  boyishi, ularning  nutq  va  tafakkurining 

o'sish jarayonidir; turli xil metod va usullar yordamida sodir bo'ladigan jarayondir.

11

 

 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling