Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#248859
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida didaktik oyinlarga qoyiladigan talablar-2

To'g'ri, teskari tartibli sanoq 

O'tkaziladigan didaktik o'yin:   “Ketgan kim?”.  1 dan 10 gacha sanay olishni 

mashq qildirish, son qatorini bilishga o'rgatish, tartibli sanoqni mustahkamlash. 



Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib 

olishni mashq qildirish. 



O'yin  topshirig'i:  bolalarning  safga  tizilish  tartibini  bilib  olish,  ularni  sanab 

chiqib, turgan o'rinlari bilan solishtirish (Vali beshinchi, Iroda  uchinchi va hokazo). 

Hisob bo'yicha son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning nomini 

aytish 


О'уinning borishi: o'yin boshlangunga qadar bolalar bilan biroz tayyorgarlik 

o'tkaziladi.  O'qituvchi  6  kishini  doskaga  chaqirib:  “Ahmad    birinchi,  Sharif 

ikkinchi,...” deydi. So'ngra ularning har biridan sanoq bo'yicha nechanchi ekanligini 

so'raydi. Bu esa har bir bolaga o'zining tartib nomerini bilib olishga yordam beradi. 

Shu  maqsadda  u  hamma  chaqirilgan  bolalardan:  ”Sen  nechanchisan?”  deb  so'rab 



 

55 


oladi. O'quvchilar: “Men  beshinchi”, “Men  ikkinchi”,  “Men  to'rtinchi” va hokazo 

deb,  javob  beradilar. Shundan  keyin  o'qituvchi  bolalarga  yana  bir  marta  yaxshilab 

hisoblab chiqishini, kim kimning ketidan turganini eslab qolish va kimning nomeri 

nechanchi ekanligini bilib olishni taklif etadi. 

O'qituvchi o'quvchilardan birini chaqirib, shunday deydi:  Lola, bolalarga bir 

qarab,  ularning  tartib  nomerlarini  eslab  qol.  Keyin  sinfdan  chiqib  tur.  Seni 

chaqirganimizda  kelib,  kim  ketganini  aytib  berishing  kerak.  Agar  sen  to'g'ri 

aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang  indamay turaveramiz. 

Lola  sinfdan  chiqadi.  O'qituvchi  beshinchi  bolani  joyiga  o'tqizib  qo'yadi. 

Qolgan  o'quvchilar  bir-birlariga  yaqinroq  turib  oladilar.  Lola  kirib  keladi,  doska 

oldida turgan safga, butun sinfga nazar tashlab, kerakli o'quvchini qidiradi. Lola 2 

minutcha  o'ylanib  qoladi,  o'rniga  borib  o'tirgan  o'quvchini  ко'rib,  uning  ilgari 

qayerda  turganini  eslaydi  va  “Beshinchi”  deydi.  Bolalar  qarsak  chaladilar.  Endi 

Yo'ldosh eshikka chiqadi. Yo'ldosh sinfga kiriboq, uchin-chi bola yo'qligini aytadi. 

O'quvchilar  qarsak  chalishadi.  So'ngra  Vahob  sinfdan  chiqib  turadi.  Oltinchi 

о'quvchi  joyiga  borib  o'tiradi.  Vahob  sinfga  kirib:  „ikkinchi  bola  o'z  joyiga  borib 

o'tiribdi”  ,deydi.  Sinfda  jimjitlik.  O'qituvchi:  ”Yana  bir  o'ylab  ko'r,  mana  bu 

tomonda  kim  turganini  eslachi”deydi.  Vahob  indamaydi.  O'qituvchi  o'tirgan 

o'quvchilardan  biriga  murojat  qilib:  “Baxtiyor,  ketgan  kim?”  desa,  u  istar-istamas 

“To'qqizinchi”, deb javob beradi. Shundan so'ng o'qituvchi oltinchi bolani tag'in o'z 

joyiga  chiqaradida,  uning  qayerda  turganligini  Baxtiyordan  so'raydi.  Baxtiyor 

oltinchi o'quvchini ko'rsatgach, o'qituvchi uning nomeri nechanchi ekanligini aytib 

berishni so'raydi. “Baxtiyor, deydi o'qituvchi, demak, ketgan kim?” 

Baxtiyor: “Oltinchi!”  deb dadil javob beradi. 

O'yin  oltita  o'yinchidan  har  biri  navbatma-navbat  borib  joyiga  o'tirguniga 

qadar  davom  ettiriladi.  Kim  to'g'ri  topsa,  o'qituvchi  uning  g'olib  chiqqanligini 

aytadi.  Har  bir  berilgan  to'g'ri  javobdan  so'ng  bolalar  qarsak  chalishadi.  O'yin  10 

minut  davom  etadi.Bu  o'yin  g'oyat  foydali  bo'lib,  mantiqiy  fikrni,  xotirani,  bir 

narsani ikkinchisidan ajrata olish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. 



 

56 


V  gruppa. Bir  necha birlikka kamaytirish va ko'paytirish  masalasini  yechish 

malakalarini mustahkamlovchi o'yinlar 

Bir  necha  birlikka  ko'paytirish  va  kamaytirish  masalalari  hamda  misollarini 

yechish asosan ikkinchi yarim yillikdagi masalalarning eng qiyin turlaridan biridir. 

Bu  xildagi  masala  va  misollarni  yechishdagi  murakkablik  shundaki,  savollarni 

ifodalash  va  bajariladigan  amallarni  tartibi  bilan  so'zlab  berish  fikrning  mantiq 

jihatidan  to'g'ri  bo'lishi  bilan  bog'liqdir,  fikrning  bu  tariqa  mantiqiy  bo'lishi 

lozimligining  katta  o'rin  tutishi  aslida  oddiygina  bo'lgan  masalaning  tushunib 

olinishiga  to'sqinlik  qiladi.  Hamma  bolalar  raqamlar  bilan  istalgan  bir  amalni 

bemalol  uddalay  oladilar.  Biroq  ular  ko'paytirish  va  kamaytirish  misollarini 

yechishda  ko'pincha  qiynaladilar.  Ular  hali  sonlarni  oddiy  suratda  qo'shish  bilan, 

masalan, 5 + 2 = 7 amali bilan xuddi shu amalni so'zlar vositasida ifoda qilinganda 

chiqadigan natija (masalan, “Menda 5 ta olma bor edi, Vasilada esa mendagidan 2 

ta  ko'p”  iborasi)  teng  ekanligini  yaxshi  tushuna  olmaydilar.  Bu  tenglikni 

mustahkamlash  maqsadida  “Narvoncha”,  “Kim  biladi”.  “Topchi,  qancha”  va 

boshqa o'yinlarni o'tkazish mumkin. 

Sonlarni  bir  qancha  birlikka  orttirish  va  kamaytirish  tushunchasini 

mustahkamlash. 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling