Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti


Milliy mentalitet va adabiyotda ota obrazi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#259752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon adabiyoti va ozbek adabiyotida ota talqini

   1.Milliy mentalitet va adabiyotda ota obrazi. 

  ,,Bu  yorug’  dunyoda  hayot  bor  ekan  –  oila  bor.Oila  bor  ekan  –  farzand 

atalmish  bebaho  ne’mat  bor.Farzand  bor  ekan,  odamzod  hamisha  ezgu  orzu  va 

intilishlar bilan yashaydi.”

1

 



Yurtboshimiz  farzand  tarbiyasi  omilini  mentalitet  o`zgarishlari  bilan 

chambarchas  hodisa  ekanligiga  urg`u  beradilar  va  hayot,  voqelikning  mentalitetni 

o`zgartirishi  xususida  alohida  to`xtalib,  bu  holat  masalaning  bir  jihati  ekanligini, 

ayni chog`da mentalitetning o`zi ham hayotni o`zgartirishga qodir kuch ekanligini 

ta’kidlaydi.  Hozirgi  paytda  ijtimoiy  jarayonlar  tahlilidan  kelib  chiquvchi  muhim 

saboqlardan  biri  ham  mentalitet  orqali  o`zgarishlarga  erishish,  uning  mazmun 

mohiyatiga  ta’sir  ko`rsatishdan  iboratdir.  “Agar  mentalitetni  atrofimizdagi  hayot 

tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati shundaki, deb alohida 

ta’kidlaydi yurtboshimiz, –“Hayotning o`zi ham, uning o`zgarishlari ham odamzot 

tafakkurining o`zgarishi bilan chambarchas bog`liq”.

2

 

Prezidentimiz  milliy  mentalitet  omili  davrning  jo`shqin  ruhi,  tez 



o`zgarayotgan  muhit  ta’sirida  yemirilib  ketmasligi  xususida  fikr  yuritib,  bunday 

inqirozlardan saqlovchi kuch insoniylik ekanini asoslab berdi. Insoniylik mohiyati 

sifatida  shaxs  va  jamiyatning  barcha  jihatlariga  ruh  bag`ishlaydi,  unga  jonlilik, 

tiriklik, yaratuvchanlik ruhini singdirib turadi.  

Xullas,  milliy  mentalitetga  asoslangan  bugungi  faol  shaxs  falsafasi 

yangilanayotgan  borligimiz  ruhiga  ayni  muvofiq  barkamol  shaxs,  har  tomonlama 

rivojlangan  inson,  zukko,  dono,  yaratuvchi,  bunyodkor,  bag`rikeng,  sahovatli, 

ochiq  yuzli,  istarali odamni tarkib topdirish vazifasini dolzarb masala  sifatida kun 

tartibiga qo`ydi. 

                                                             

1

 Каримов И.А. Ватан ва халк мангу қолади,Тошкент ,Алишер Навои номидаги Ўзбекистон Миллий 



кутубхонаси, 2010-йил, 91-бет 

2

Internet ma’lumoti.Google.uz. 




 

Mana  necha  asrlardan  buyon  o`zbeklarning  milliy  mentaliteti  va  adabiyoti 



hamjihatlikda,  bir-birini  to`ldirgan  holda  rivojlanib  kelmoqda.  Adabiyotimizning 

har  bir  jabhasida  milliy  mentalitetimizning  uchqunlarini  ko`rishimiz  mumkin. 

O`zbek  adabiyoti  mana  shu  mentalitet  zamirida  esa  juda  ko`p  oily  qadriyatlar 

ichida milliyligimizning bir ifodasi bo`lmish ota-onani hurmat qilish, ularning rozi-

rizoligi  bilan  ish  ko`rish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  badiiy  adabiyotda  ham 

o`z aksini topgan. Chunki adabiyot hayotni ko`rsatib berish orqali odamlarga ibrat 

bo`la oladi.  

  ,,Mentalitet  –  fransuzcha  mentalite  aqliy,  ruhiy,  ma’naviy  yetuklik,  aql 

yo’nalishi, biror ijtimoiy guruh uchun harakterli bo’lgan dunyoqarash.”

1

 



Oilaning  fayzli,  farovon  bo’lishi  albatta  unda  yashaydigan  kishilar  oila 

a’zolariga bog’liq “Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha 

va  tasavvurlari  birinchi  galda  oila  bag’rida  shakllanadi”.

2

    Ular  o’zaro  hamjihat 



bo’lib  yashasalar,  bir  maqsadni  ko’zlasalar,  bu  honadon  obod  bo’ladi.  Ayniqsa, 

oilada  otaning  o`rni  yuqori,  chunki  oilaning  bosh  bo`g`ini  bu  otadir.  O’zbek 

xalqida qadim-qadimdan oilaning boshlig’i ota hisoblanadi. Ota – oila suyanchig’i, 

ota  –  oilaning  ishongan  tog’i,  ota  –  oilaning  posboni.  U  o’z  oilasi  uchun  qalqon, 

po’lat  qo’rg’ondir.  U  misoli  bir  daraxtning  ildizi,  ildiz  qurib  qolsa,  daraxtning 

shox-shabbalari  ham  so’liydi.  U  misoli  bir  uyning  poydevoridir.  Poydevor 

qanchalik  to`g`rib  bo`lsa,  uning  yuqori  qismlari  ham  tekis  va  chiroyli  bo`ladi. 

Badiiy  adabiyot  esa,  mana  shu  poydevor va  ildizlarni  o`ziga  xos  usulda  ko`rsatib 

beradi. Tariximizdan to hozirgi davrimizgacha otaning muqaddas ekanligini  hadis-

u  shariflarda  ham,  Qur’oni  Karimda  ham,  milliy  adabiyotimizda  ham  qayd  etib 

ketishgan.  Masalan,  Ya’qub  Payg`ambarimizning  o`g`li  Yusufdan  ayrilib  ko`zlari 

ko`r bo`lib qolganligi haqida N.Rabg`uziyning “Qissasi Rabg`uziy” va Lutfiyning 

                                                             

1

 .Qirg’izboyev M. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti.-T.: Navro’z nashryoti, 2014-



yil,353-bet. 

2

 Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008. 




 

“Xoh inon, xoh inonma” g`azalida aytib o`tilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, badiiy 



adabiyot hayotiy voqealarni ham ko’rsatib beradi.  

Milliy adabiyotimizda  Alisher Navoiyning o`rni beqiyos. Uning  “Farhod va 

Shirin”  dostonida  ham  komil  insonni  tarbiyalagan  ota  obrazi  turadi.  Bilamizki, 

Navoiy yashagan temuriylar davrida toj-u taxt uchun ota va farzand, aka va ukalar 

o`rtasida  qirg`inbarot  janglar  avj  olgan.  U  bularni  oldini  olish  uchun  badiiy 

adabiyotdan  qurol  sifatida  foydalangan.  Alisher  Navoiyning    ,,Farhod  va  Shirin  “ 

dostonida  xoqon  va  Farhod  munosabatlarining  ruhiy  kechinmalari  badiiy  tarzda 

ifoda etilgan. 

Doston  Chin  xoqonining  farzandsizligi  va  bundan  uning  so`ngsiz 

iztiroblarga  tushganligi  tasviri  bilan  boshlangan.  Xoqonning  mulki  Eron  shoxi 

Faridunning  davlatidan,  xazinalari  Xorun  xazinalaridan  yuz  ming  marta  ko’p 

bo’lgan.Ammo falak unga farzand ato etmagan. O’zidan so’ng bir inju –bir farzand 

yodgor qoldirmoq tojdor uchun mislsiz baxt edi. 

                        Valaddur   ul duru volid sadafdur,                                                                                                                           

                        Sadaf ya’ni otou dur xalafdur.

1

  



Agar farzand inju bo’lsa, ota uni qo’ynida saqlovchi sadaf.Bunday sharafga 

noil bo’lmoq uchun xoqon tangriga iltijo etadi. U o’zini qurigan mevasiz daraxtga 

o’xshatadi:   

                       Shajarkim juz latofat shevasi yo’q, 

                       O’tun o’rnidadur gar mevasi yo’q. 

2

 



Xoqonning  iztiroblari  shu  darajada  ediki,  u  o’zini  gavhari  yo’q  dengiz, 

cho’g’i   yo’q  o’tga qiyoslardi: 

                                                             

1

 Алишер Навоий. Фарход ва Ширин,Т.: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва  саньат нашрёти, 1989-иил 26-бет, 



1

 ўша китоб, 27-бет. 




 

10 


                       Men o’ldim   ul tengizkim gavhari yo’q, 

                       Va you l o’tki oning axgari yo’q.

1

 

Xoqon  o’g’ilsizlarning  ko’nglini  ovlaydi,  otasizlarga  otalik  qilib  muruvvat 



ko’rsatadi: 

                      O’g’ulsizlarg’a ham aylab navoliq, 

                      Atosizlarg’a ham aylab atoliq.

2

 



Uning  bu  kabi  sahovatli  ishlari  parvardigorga  ma’qul  kelib,  oxir-oqibatda 

duosi ijobat bo’ladi, tungi oromgohida yangi bir iy tug’iladi. Ota bu dur-farzandga 

qarab turarkan, ko’ngli shodlikka to’ladi: 

                     Ato ul durg’a chun nazzora qildi, 

                     Sadafdek og’zi kulmakdin yoyildi.

3

 



Alloh  uning  iltijolarini  ijobat  qilib,  o`g`il  ato  etadi.  Unga  Farhod  deb  ism 

qo`yishadi.  Bir  ota  o’z  sevgan  farzandiga  nimaiki  ravo  ko’rsa,  xoqon  ham  o’z 

dilbandining  kamoloti  uchun  barcha  yumushlarni  bajardi.  Ilmda  donishmand, 

hunarda tengsiz bo’lgan o’g’ilni tarbiya qildi. Shaxzoda Farhod g’amga botganida 

jannatmonand to’rt bog’ yaratdi. Ota o’z farzandining ko’nglini olmoq uchun toj-

taxtini  o`g`liga  in’om  etmoqqa  jazm  qildi.  Zero,  o’z  farzandini  jonidan  ortiq 

sevmoq podshoxlar mushkul edi o’sha zamonda.Toj-taxt uchun kurash yo’lida ota 

va farzand burchlari mutlaqo unutilib har kim o’z manfaatini himoya qilardi. Mana 

shunday ibrat o’sha zamon kishilari  uchun ham, bugungi kun kishilari uchun ham  

                                                             

2

 ўша китоб, 28-бет, 



3

 ўша китоб, 28-бет. 

 

 



 

11 


namunadir.  O`g`il  yuksak  odob  va  tavoze’  hamda  oqilona  dalillar  bilan  buni  rad 

etadi.  


Xoqon o’g’lini hamisha ardoqlar, kayfiyatini ko’tarishga harakat qilardi. O’z  

navbatida Farhod ham o’ta xushxulq ,madaniyatli bo’lib, otasiga  munosib farzand 

bo’lmoq ilinjida dardlarini ichiga yutar edi. Farhod  o`ziga o`ta talabchan bo`lgani 

holda,  mamlakat  va  uning  tashvishlari  katta,  o`zining  esa  kichikligi,  binobarin 

tajribasiz  g`o`r  bola  saltanat  boshqarishni  eplolmasligini  bildirib,  ish  o`rganish, 

tajriba  orttirishga  ruxsat  so`raydi.  Ota  esa,  uning  bu  javobidan  umrning 

o`tkinchiligini,  uningdek  farzandi  bilan  iftixor  etishini,  o`g`il  otaning  davomchisi 

ekanini  o`rtaga  qo`yib,  ko`zi  ochiqligida  uni  o`z  taxtida  ko`rishni  iltijo  etadi. 

Xullas, o`g`il  yana  yutib chiqadi; taxtni oladi, oladi,  lekin  shox bir-ikki  yil  inoyat 

qilsa, yonida hozir bo`lib, davlat ishlarini o`rgansa…  Uzr qabul qilinadi. 

Lekin u ishq dardi oldida chorasiz edi. Otasi buni ham tushunadi.Ota duosini 

olgachgina  murodi  hosil  bo’lishini  bilgan    Farhod  tilsimni  yechish  uchun  Yunon 

mulkiga safarga borishga xoqondan ijozat so’raydi: 

                          Atoliq xaqqi chun border aroda, 

                          Ijozat istaram bu mojaroda. 

                         Dag’ yo’limg’a himmat zod qilsun, 

                         Va goh-gohida duoda yod qilsun. 

                         Aning himmat bila gar bo’lsa yodi, 

                         Shak ermas  topmog’im bu ish kushodi.

1

 



                                                             

1

 Алишер Навоий. Фарход ва Ширин. -Т.:  Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1989-йил, 80-



бет. 


 

12 


Otasi marhamat bobida benazir. Shahzodaning tiriklik gulini so’ldirmasdan, 

ko’ngliga  ozor  bermasdan  bu  safar  uchun  rozilik  bildiradi.  Ammo  o’g’lining 

yomon-yaxshi kunidan xabardor bo’lib, birga borishini aytadi. 

    Yoki  Farhodning  ajdahosimon  otga  minib,  ajdaho  vodiysiga  brogan 

holatini    olaylik  .  U  ajdar  bilan  uchrashib,    uni  yengishi  lozim.Farhod  tuproqqa 

yuzini qo’yib, yig’lab, tangridan zafar  tilaydi, otasining oyog’iga bosh qo’yib duo 

qilishini  so’raydi.    Otaning  roziligi  tangrining  roziligiga  tengdur.Shu  bois  padari 

duosini olgan  farzand qalbini  yuksak  ishonch egallaydi va u zafar quchib, ajdarni 

o’ldiradi.    Faridun  xazinasini  topib,  otasi  bilan  qo’shinga  sovg’a  qiladi.  Bunday 

misollarni  ko’plab  keltirish  mumkin.  Ota  duosini  olmoq  har  bir  farzand  uchun 

sharafdir.  Demak,  Alisher  Navoiy  xoqon  va  Farhodning  o’zaro  hurmatga 

asoslangan  munosabatlari  orqali  xalqimizda  qadimdan  ulug’lanib  kelinayotgan 

qadryatlarni  badiiy  tarzda  talqin  etadi.Shoir  bu  o’zaro  hurmat  asosidagi 

munosabatlarni  shu  darajada  yuksak  tasvirlaydiki,beixtiyor  xalqimiz  ma’naviyati 

naqadar kuchli ekanligining guvohi bo’lamiz.  Farhod mukammal yaratilgan komil 

inson obrazidir. Yakuniy bobda Navoiy Farhod timsolini o`z zamonasidagi barcha 

shahzodalarga  ibrat  hamda  o`rnak  qilib  ko`rsatadi.  Vaholanki,  mana  shunday 

shaxsni  tarbiyalagan  Chin  xoqoni  ham  yuksak  ma’naviyat  sohibi  ekanligi  tabiiy. 

Har bir ota o`z farzandi tarbiyasiga mana shunday ayricha e’tibor berishi zarurligi 

ta’kidlab o`tiladi.  A.Avloniy aytganidek tarbiya biz uch hun yo hayot, yo mamot, 

yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidur.  

  Yuqorida  ,,Qobusnoma”ni  Kaykovus  o’z  o’g’li  uchun  yozganini  aytib 

o’tgan  edim.  O’z  farzandlarining  tarbiyasi  uchun  asarlar  bitish  sharq  va  g’arbda 

azaldan urf bo’lgan.  Hozirgacha ham bu odat saqlanib qolgan.  Masalan:  Vladimr 

Manamax,  Abdurahmon  Jomiy,  Javohirlal  Neru  asarlari  buning  yorqin 

namunalaridir.    Ayniqsa  ma’rifatparvarlik  ruhi  bilan  sug’orilgan  Chesterfildning 

,,Farzandga  maktublar”  nomasi  hozirgi  zamon  uchun  ham  alohida  ahamiyatga 

egadir.  Bu  noma  yozuvchining  uzoq  o’lkada  yashayotgan  o’g’liga  yo’llangan 

haqiqiy  maktublar  bo’lib,  qariyb  o’ttiz  yillik  davrni  o’z  ichiga  qamraydi. 



 

13 


Chesterfild  dastlabki nomalarini bitgan paytda o’g’li atiga sakkiz yoshda bo’lgan. 

Padarning,  hali  go’dak  bo’lgan  farzandga  shu  yoshdan  uqtira  boshlagan  hayot 

o’gitlari,  ko’xna  tarixga  murojaatlari  va  boshqalar    ma’rifatparvar  inson  o’z 

zurriyoti taqdiriga naqadar jiddiy qaraganidan dalolatdir. Asarda ota o’z farzandiga 

juda  to’g’ri  nasihat    va  maslahatlar  beradi.  Bu  asardan  yoshlarga  to’g’ri  tarbiya 

berish  uchun  qo’llanma  sifatida  foydalansa  bo’ladi.  U  o’g’liga  nomada  vaqtning 

qadri,  xushmuomalalik,  ayollar  bilan  qanday  munosabatda  bo’lish,do’stlik  haqida 

o’zining fikrlarini bayon etadi. Chesterfild asar so’nggida shunday deydi: 

,,Yoshlar o’zlarini aqlli hisoblashadi, ular orasida   o’zbilarmoni ko’p. Mast 

odam o’zining soppa-sog’ligiga ishonchi komilligiga o’xshaydi bu narsa. Hayotda 

yoshlarga  tajribaga  suyangan  vazminlikdan  ko’ra,  jo’shqinlik  afzalroq.  Ammo, 

tajribaga  tayanmagan  jo’shqinlik  xavflidir,  extirossiz  tajriba  ham  befoyda  yuk 

bo’lganidek, har ikkisi qovushgan chog’da komillik vujudga keladi.”

1

 



Ko’rinib  turibdiki,  u  butun  umrini  o’g’liga  bag’ishlagan.  Asarning  badiiy 

g’oyasi  ham  yoshlarni  komillik  sari  yetaklash,  ularni  o’z  oldiga  qo’ygan  ezgu 

maqsadi tomon ildam qadam tashlashga  undashdan iborat.     

Oilaviy tarbiya masalasida xatoga  yo’l qo’ymaslik uchun, avvalo, har qaysi 

honadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro hurmat, axloq-odob , insoniy munosabatlar 

asosiga  qurish  ayni  muddao  bo’lur  edi.  Bu  haqida  gapirganda,men  taniqli 

yozuvchimiz  Abdulla  Qodiriyning  ,,O’tkan  kunlar”  asaridagi  qahramonlarning 

o’zaro munosabat va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham ,,siz”lab 

gapirishi    misolida  ota-bobolarimiz  oila  ma’naviyatiga  qanchalik  katta  e’tibor  

qilinganiga  ishonch  hosil  qilaman.  O`tkan  asrmizning  20-30-yillarida  dunyoga 

kelgan  “O`tkan  kunlar”  romanidagi  Yusufbek  hoji  obrazi  ham  o`ziga  xos 

xususiyatlar  bilan  otaning  mentalitetimizga  bog`liq  tomonlarini  yoritib  bergan. 

Romanda  adolatli  xon  tarafidagi  Yusufbek  hoji  obrazi  tadbirli,  insonparvar, 

                                                             

1

 Честерфилд. Фарзандга мактублар. Жахон адабиёти. -Т.: 2004-йил, 108-бет.  




 

14 


adolatparvar  kishi,  o’z  xalqi  va  o’z  yurtining  taqdiri  uchun  qayg’uruvchi,o’z 

niyatlari  puchga  chiqqanda  ham  tushkunlikka  berilmagan  irodali  inson,  dono 

vamehribon  ota  qiyofasi  namoyon  bo’ladi.    Yusufbek  hoji  o`z  zamonasining 

baobro’,  siyosatdan  xabardor  kishilardan  bo`lib,  har  bir  so`zni  o`ylab,  mulohaza 

bilan ish yuritadigan shaxslardan biri bo`lgan. U birgina Otabek uchun emas, butun 

yurt  uchun  qayg`uradi,  o`zgalarning  farzandlariga  o`z  farzandlaridek  ko`radi. 

Yusufbek hoji Azizbekdan soliq  yig`ishga  buyruq olganda quyidagilarni o`ylaydi: 

“Men  qonxo`rlik  uchun  Xudoning  farz  qilgan  hajini  ado  qilmadim;  oldimda 

o`g`lim  bor,  menda  boshqalarning  o`g`lini  darraga  yotqizish  chog`ida  ko`ndalang 

keladirgan  vijdon  bor,  din  bor,  diyonat  bor.  O`z  navbatida  xalq  ham  Yusufbek 

hojidan  biror    yomonlik  ko`rmagan,  shuning  uchun  xalq  ham  u  qayoqqa  borsa 

borishga  tayyor.  Uning  o`g`li  Otabek  ham  ideal  obraz.    Asarning  ikkinchi  bo`lim 

“Ota-ona  orzusi”  bobida  Otabek  va  Yusufbek  hoji  o`rtasidagi  rishtalar  shunday 

ochib  berilganki,  Otabekning  onasidan  ham  ko`ra  otasiga  yaqinroq  ekanligini 

ko`rsatib  beradi.  Milliy  madaniyatimizda  ham  farzandlar  ko`proq  otaning  xohish 

irodasiga qarab ish ko`radi. Ota oilaning ustuni . Mana shu bobda Yusufbek hojiga 

xos  bo`lgan  tabiat,  uning  harakteridagi  xususiyatlar  Qodiriy  qalamida  ortiqcha 

bo`yoqlarsiz,  boricha  tasvirlagan.  Uning  yakka-yu  yolg`iz  o`g`li  Marg`ilondan 

uylanib  qaytadi.  Tabiatan  og`ir-bosiq,  yetti  o`lchab  bir  kesadigan  Yusufbek  hoji, 

bundan    ortiqcha  taajjubga  tushmaydi.  “Parvardigoro,  keksaygan  kunlarimda 

dog`ini  ko`rsatma”  dedi  va  ko`z  yoshlari  bilan  soqolini  yuvdi:  Sharqda 

erkaklarning  yig`lashini  kam  uchratamiz.  Ko`ramizki,  Yusufbek  hojidek  zukko 

odam  farzandning  bandi  bo`lganini  eshitib  ko`ziga  yosh  oladi.  Biroq  o`zini    tutib 

uni  qutqarishga  chora  izlaydi.  Bir  o`g`linigina  emas,  begunoh  xalqning  ham 

hayotini  saqlab  qoladi.  U  Otabekning  uylanganiga  achchig`lanmaydi.    Asarni 

o`qib,  Yusufbek  hojining  farzandiga  juda katta  mehr berganini  ko`ramiz.  Chunki, 

uning  atiga  bitta  farzandi  bor.    Lekin  o`g`ilning    ota-ona  rizoligisiz  uylanishi, 

bizning  sharq  xalqiga  mos  keladigan  ish  emas.  Otabek  qanchalik  o`qimishli, 

bilimli  yoki  Kumushni  jonidan  ortiq  sevgan  taqdirda  ham  ota-onasidan  ruxsat 

so`rashi  o`zbek  yigitiga  xos  bo`lar  edi.  Asarda  yuqori  darajadagi  motivatsiyani 




 

15 


ko`rishimiz mumkin. Agar Yusufbek hojidan boshqa odamning farzandi shu ishni 

qilganda  asar  tamoman  boshqacha  tus  olar  edi.  Qodiriy  uchun,  albatta,  Yusufbek 

hoji kerak bo`lgan. Uning Otabekni ikkinchi marta uylanishga ko`ndirishi ham asar 

uchun kutilmagan holat. 

“O`tkan  kunlar”  romanidagi  Yusufbek  hoji  va  Otabek  obrzalariga  til  va 

adabiyot  fanlari  nomzodi  Vahob  Rahmonov  quyidagicha  ta’rif  beradi:  “Men  bu 

romandan o`z zamon fojialari asosiga qarshi ongli kurashgan oqil otalar (Yusufbek 

hoji) va dono farzandlar (Otabek) siymolarini ko`raman. Yusufbek hojidagi elning 

bugungi  va  ertangi  qismatini  tahlil  etish  va  yagona  to`g`ri  yo`lni  ko`rsata  bilish 

qudrati bu obrazga alohida salobat va tafakkur qudratini baxsh etgan.  

Abdulla Qodiriy qahramonlari ijobiy qutbining  har biri o`z qiyofasi, o`z aql 

zakosi,  mulohazaliligi,  fikriy  to`laqonligi,  ongning  olmos  qadar  o`tkirligi, 

mantiqning  bukilmasligi,  mumtoz    andishalilik,  tamkin,  ijobiy  ma’nodagi  viqor 

bilan  alohida  ko`zga  tashlanadi.  Asardagi  ijobiy  qahramonlar  bilan  salbiy 

obrazlarning  savol-javoblari  to`la  ma’nodagi  fikriy  qilichbozlikdir.  Muallif  shu 

darajada  san’atkorlikda  olg`a  ketdiki,  bu  usulda  ijobiy  harakterlar  dialogida  ham 

foydalanadi.  Eslaylik:  O`zbek  oyim  o`z  xohishida  Zaynabni  Otabekka  unashtirib 

kelgan.  Otabek  bundan  bexabar.    Biroq,    zimdan  bunday  voqea  sodir  bo`lishini 

sezib yuradi.  

Romanning  bu  haqidagi  voqeasi  bayonida  Yusufbek  hojiday  fikri  tiyran 

oqsoqol  Otabekning  kuchli  mantiqiy  mulohazasi  alohida  dovdirab  qoladi:                      

,,O`zbek oyim kelib kirgandan so`ng, Yusufbek hoji bir necha vaqt o`ylab qoladi. 

O`zbek  oyim  depsinib-depsinib  eriga  qarab  olar  edi.  Anchagina  so`’ngsiz 

o`tirg`andan  so`ng,  hoji  muloyimona  so`z  ochdi:  O`g`lim,  hali  sen  eshitdingmi, 

yo`qmi,  haytovur biz  sening  ustingdan  bir  ish  qilib  qo`ydik…  Otabek,  ma’lumki, 

ularning  “qilib  qo`ygan  yoki  qilmoqchi  bo`lgan  ishlarini”  albatta  bilar  edi. 

Shunday bo`lsa ham bilmaganga solindi: 



 

16 


-  Aqillik  kishilarning  farzandlari  ustidan  qilgan  ishi  noma’qul  bo`lmas.  – 

dedi.  


Hoji  o`g`lining  bu  javobidan  yerga  qaradi  va  nima  deb  davom  qilishini 

bilmay qoldi”. 

1

 

Farzand javobi shu qadar kuchli mantiqiy qudratga egaki, ota bundan qattiq 



ta’sirlanib  birmuncha  vaqt  gap  topolmay  bosh  eggancha  o`tiradi.  Ich-ichidan 

qilingan  ishdan  pushaymon  bo`ladi.  Chunki,  o`zbek  oyim  qilgan  ish  aqlli 

kishilarning o`z o`g`illari ustidan qailadigan to`g`ri ishlardan emas edi.  Yusufbek 

hoji  o`ttiz  yildan  ortiq  zamondan  beri  birga  yashayotgan  dumbul  bo`lsa  ham,  uy 

bekasi o`zbek oyimga aybni yuklamaslik uchun qilingan ish ijrochilarini “biz” deb 

ko`rsatadi…  ,,Ota  o`ylay-o`ylay  oxiri  shunday  bir  qat’iy  asosni  o`z  farzandiga 

ro`para  qiladiki,  bu  vaj  ham  masalani  uzil-kesil  hal  qiladi,  ham  ushbu  oila 

a’zolariga  hos  bo`lgan  buyuk  fazilat,  lafzga  vafodorlikning  isboti  bo`lib  xizmat 

qiladi: 

“Juda  to`g`ri  aytasan  o`g`lim;  biroq  onangning  bir  mulohazasizligiga  men 

labimni tishlab qolgan edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman… Biz 

hozir  andishaning  bandasi,  men  emas  onang  birovni  ishintirib  qo`yg`an;  bizning 

oiladan lafzsizlik chiqishi menga ma’qul ko`rinmaydir.”

2

 



Otabek ota-ona orzusiga, o`z ta’biricha, jonsiz haykal bo`lib roziliq berdi”.  

Oqilona  udum  oldidagi  mas’uliyat  bizni  hayratga  soladi.  Negaki,  bugungi 

intellektual  inson,  XX  asr  farzandi  va  ancha-muncha  daholari  ham  lafzsizlikni 

davlat  maqomi  darajasiga  olib  chiqib  qo`yganlar…    Yusufbek  hoji  va  Otabek 

suhbatlari  xuddi  donishmandlar  savol-javoblarini  eslatadi.  Endi  o`sha  holatni 

hozirgi  o`zbek  honadoniga  ko`chiraylik.  Qanday  manzarani  ko`ramiz?  Hozirgi 

                                                             

1

 Абдулла Кодирий. Ўткан Кунлар. -Т.: Ғофур Ғулом номидаги  Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1992-йил, 109-



бет. 

2

 Ўша китоб, 111-112-бетлар. 




 

17 


ham  jamiyatimizda  ota  va  o`g`ilning  bunday  oqilona  mavqe  tuta  olishlari 

ko`riladimi?  Ota  hurmati  va  farzand  e’zozi  o’tgan  kunlardekmi?  Tarbiyada,  ota-

o`g`il munosabatlarida nimalarga erishdik?... 

Yusufbek  hojidagi  bosiqlik,  bir  qarash  yoki  bir  xatti-harakat  bilan  tegishli 

ma’nolarni  anglatish,  behad  oz  so`zlash,  faqat  muhim  gapgagina  og`iz  ochish, 

suhbat odobi  va  bahs  yo`sinidagi  mumtozlik  –  boylik  tamkin  egasi  fazilatlarining 

asosiy qismi Otabekka ko`chgandir. Faqat yangi avlod – ota qismatini takrorlashni 

istamaydi.  Endi  u  o`z  umr  yo`ldoshi  otasining  umr  yo`ldoshiday  bo`lishiga 

ko`nikolmaydi.  Otabek  ichdan  yonar  qahramondir.  U  o`z  ko`nglida  hamma 

andisha,  o`y-fikrlarini  mutassil  tahlil  qilish  bilan  kun  kechiradi.  Birovdan  yordam 

so`rashni u ojizlik deb tushunadi.  

Abdulla  Qodiriyning  yana  bir  mashxur  asarlaridan  biri  Mehrobdan  chayon 

romani  hisoblanadi.  Bu  asardagi  Solih  Mahdum  obrazi  davr  sharoitini  ota  va 

farzand  munosabatiga  ta’sirini  ko`rsatib  bergan.  Asarda  personajlarning  qismati, 

harakteri, ruhiy olami va muhabbat yo`lidagi xilma-xil mojarolari qalamga olinadi. 

Asardagi  asosiy  obrazlardan  biri  bo`lgan  Solih  Mahdum  farzandini  Anvardek 

barkamol va ziyoli yigitga unashtirib qo`yadi. Lekin xonning ko`ngli Mahdumning 

qiziga  tushadi.  Ota  qizini  o`z  manfaati,  farzandi  manfaati  va  davr  sharoitidagi 

majburiyat  yuzasidan  Xon  yuborgan  sovchilarga  rozilik  beradi,  Buni  ushbu 

parchadan  bilib  olishimiz  mumkin,  ,,Mahdum  “ulug`  mehmonlar”ni  jo`natib, 

mehmonxonag`a  qaytib  keladi.  Miyasi  hanuz  tuzukrak  muhokamaga  qolib  emas, 

kutilmagan  bu  hodisa  o`zi  uchun  foydaliqmi,  zararlikmi  –  imtiyoz  qilolmas  edi. 

Anvarni  ayorg`anliqmi  yoki  undan  uyalg`anliqmi  baharhol,  ko`nglida  bir  xil 

g`ashliq,  chigallik  bor  edi.  Muhokama  har  turlik:  to`yni  ilgariroq  qilib  qo`ysaq 

bo`lar ekan, deb o`ylasa, ikkinchi tarafdan, “xong`a padari aruslik” masalasi orag`a 

ko`ndalang  tushib,  yana  fikri  chuvalib  ketar  edi.  Bir  tarafdan  Anvar,  ikkinchi 




 

18 


tarafdan  xon…  Shu  yo`sun,  fikri  bu  yo`lda  tinolmay  gangigan  holda 

mehmonxonani yopib chiqdi”.

1

  

Lekin  unda  boylik  va  pulga  bo`lgan  muhabbat  kuchliligini  ko`rishimiz 



mumkin.  Ayniqsa,  Mirzo  Anvar  mirzoligidan  foydalanib,  arzga  keluvchilardan 

choychaqa  yig`ishga  urinishlari  ota  obrazini  ko`z  o`ngimizda  ma’nan  chilparchin 

etadi.  Asarni  o`qir  ekanmiz  Mahdumga  bo`lgan  qarashlarimiz  salbiy  tomonga 

o`zgaradi. Uning ushbu o`ylari ham bunday o`ylashimizga sabab bo`ladi: 

“Anvar to`g`risidagi ko`ngil g`ashligi bir turluk bo`lsa ham, boshqa tarafdan 

anchagina  yaxshi  umidlar  tug`ulib  qaldilar.  Xong`a  qayin  ota  bo`lish  el  qoshida 

kichkina  gap  emas  edi.  Qalin  to`g`risida  podshoh  kuyovdan  ko`p  mablag`  kutilsa 

bo`lar  edi.  Agar  xudo  o`g`ul  nabira  ato  qilsa,  Xudoyorning  taxt  vorisi  bo`lish 

ehtimoli  ham  bor  edi…  To`yning  keying  siltanishi  esa,  taqdir  ishi;  Ranoning 

taqdiri  xong`a  bitilgan,  shunga  binoan  Anvar  to`yni  keying  siltashka,  bitkan  ishni 

yetirishka  majbur  edi…  Yana  shu  holda  va  shuncha  yangi  umidlar  ichida 

ko`ngildan  haligi  g`ashlikni,  o`ziga  noma’lum  ilinjni  yuvib  yubora olmadi.  Yana 

biroz shu to`g`risida qiynalib o`lturgach, Anvarga qarshi o`zida bir achchig` sezdi: 

“To`yni ko`klamga qo`y, deb unga kim aytdi? Bu o`zi har ishda ham sust qadam. 

Endi, xon so`ratkandan keyin rad qilishga kimning haddi bor!”  –  deb ko`nglidan 

kechirdi. Shundan so`ng ul ozgina tinchidi, yana bir muncha fikrlanib o`lturgandan 

keyin  ko`z o`ngiga  qalin  uchun beriladirg`an  bir  sanoch  oltin,  el  qoshidagi  obro`, 

eng  oxirida  Xudoyorning  taxt  vorisi  bo`lg`an  xonzoda  kelib  kechdilar.  O`zini  el 

so`rab turg`an yosh xon yonida ko`rib, iljaydi…”

2

  



Maxdum  o`zicha  shularni  o`ylab,  boshqa  kishilar  andishasini,  ayniqsa, 

uydagilar  ra’yini  ham  o`ylab  ko`rmaydi.  U  bu  foydalik  taklifdan  o`zining 

qanchalik  manfaatdorligini  o`ylab,  o`z  qizini  yuz  xotin  yoniga,  bir  yuz  birinchi 

                                                             

1

 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon.-T.:  Sharq nashriyoti,2013-yil, 211-bet. 



2

 ўша китоб, 212-бет. 




 

19 


xotin bo`lib borishga rozilik beradi. Romanda Maxdumning bu hrakterini yozuvchi 

motivatsiya  orqali  asoslab  beradi:  “Yosh  chog`ida  otasi  o`lib,  qattig`chilikning 

ruhka  singib  qolgan  yomon  ta’siridir.  Mahdumning  aqlsizcha,  ahmoqlarcha 

qiliqlari  Anvarga  bo`lgan  sovuq  munosabati,  lafzsizligi  unga  bo`lgan 

munosabatimizni yanada murakkablashtiradi. Yozuvchi bu asarda “O`tkan kunlar” 

kabi  40-60-yillarni  tasvirlagan  bo`lsada,  bu  romanda  tamoman  o`zgacha 

harakterlar qiyofasini ochib bergan. Bu Yusufbek hoji obrazini ideal ota deb olsak, 

Mahdum  obrazini  buning  teskarisi  deb  olishimiz  mumkin.  Yozuvchi  bu  obrazni 

o`ziga  xos,  hech  kimga  o`xshamagan  holda  tasvirlagan.  Oybek  bu  qahramonga 

yuksak  baho  berib,  uni  “asardagi  hamma  personajlar  orasidan  eng  jonli,  eng 

yorqin, eng tipik figura” deb atagan. Yozuvchi Solih maxdumni “xasis, ta’magir, 

har  holda  sajiyasi  e’tibori  bilan  uni  yaxshilar  qatoriga  qo`yib  bo`lmaydir”  deb 

ta’riflaydi. 

XX  asr  degan  Buyuk  intilish  tushunchasining  bo`shga  ketayotgani,  asrning 

odam  harakterini  odamiy  qilolmaganini  o`ylasam,  yana  Yusufbek  hoji  va 

Qutidorlarga  havasim  keladi.  Qutidordagi  bosiqlik  va  mantiq  kuchi,  Yusufbek 

hojidagi  uzoqni  ko`ra  bilish,  bugunning  dardlariga  malham  topishga 

mutafakkirlarcha urinish fazilatlarini ko`rar ekanman, muhitdan shunday kishilarni 

topib, tavof qilgim keladi. Biroq ular naqadar oz!” 

Darhaqiqat,  Vahob  Rahmonov  juda  to`g`ri  mulohaza  yuritadi.  Biroq 

Yusufbek  hoji  o`g`lining  so`zini  to`g`riligiga,  keyindan  yuz  ko`rsataturg`an 

ko`ngilsiz  ishlarga  aqli  yetsa  ham,  ammo  bir  mulohaza  qilib  ko`rmaydi. 

Otabekning keying hayotiga ham albatta ota-onasining ta’siri katta bo’lgan. Vahob 

Rahmonov Yusufbek hoji obrazini alohida tahlil qiladi. Uning fikrlariga qo`shilgan 

holda, Yusufbek hoji  siymosi zamonamiz va kishilarimizdagi milliy uyg`onish bu 

qahramonlar siymosiga o`zgacha viqor, o`zgacha mohiyat ato etganini ko`rishimiz 

mumkin. 



 

20 


XX  asrga  kelib    Behbudiyning  “Padarkush”  dramasi  yozildi.  Bu  drama 

sayoz  ishlangan  bo`lsada,  ma’rifatparvarlik  g`oyalarining  ham  o`quvchi  ongiga 

singdirilishiga asosiy turtki ekanligini ko`rishimiz mumkin. Dramadagi boy obrazi 

o’z boyligidan mag’rur,hayotni faqat boylik bilan o’lchovchi,el dardidan ko’ra o’z 

rohat-farog’atini  ustun  qo’yuvchi,mol-dunyo  ko’zini  ko’r qilganligidan  yangilikni 

his  etmaydigan,  boylik  tufayli  farzand  tarbiyasiga  ham  loqayd  bir  inson  qiyofasi 

gavdalanadiki,  bunday  insonlar  20asrda  ko’pchilikni  tashkil  etgan.  Asarning 

fojiaviy  harakter  kasb  etishida  ham  ana  shu  loqayd  harakterning  xatti-harakati 

muhim  qimmatga  ega  bo’lgan.  Uning  loqaydligi,  hayotni  anglab  qadam 

tashlamasligi  yakka-yolg’iz  farzandi  Toshmurodning  ko’chabezori  bolalar  bilan 

hamtovoq  bo’lishiga  yo’l  ochadi.  Bu  esa  ,o’z  navbatida,  boshqa  jinoyatchilik 

uyoqda  tursin,hatto  padarkushlikni  keltirib  chiqaradi.  Asarda  ota  dunyoning 

jamiyki  izzatini  faqat  boylikda  deb  tushunadi.  Asarning  ichiga  chuqurroq  kira  

borgan sari, aslida bolaning otaga, otaning bolaga o`zaro mos, bir-biriga mutanosib 

ekanini  idrok  etamiz.  Axir  farzandining  mana  shunday  bebosh  bo`lishida  otaning   

ro`li  katta.  Dramani  o`qir  ekanmiz,  Toshmurodning  eski  maktabga  ham,  yangi 

maktabga ham bormasligini bilib olamiz. Demak, u takasaltang. Qur’onda otaning 

farzand oldidagi burchi 3 ta ekanligi aytiladi. Bular tug`ilganida  ism qo`yish, uni  

o`qitish  va  uylantirish.  Lekin,  dramadagi  boy  bunday  qilmaydi.  Boyni  o`z  o`gli 

emas, aslida o`g`lining  shishadoshi Tangriqul o`ldiradi. Lekin bundan qat’i nazar, 

drama  “Padarkush”  ya’ni  “Ota  qotili”  deb  ataladi.  Bu  bilan  muallif  ota  o`limi 

sababchisi  o`g`ildagi  norasolik,  ilmsizlik,  jaholat,  badxulq  odamlardan  hamrox 

orttirish,  demoqchi  bo`ladi.  Bundan  tashqari  Behbudiy  fikricha,  jamiyat 

tanazzulining  boisi  millat  farzandlarining  davr  talab  qilgan  darajadagi  kamolotga 

intilmasligidadir.  Bu  kichikkina  manzaraga  muallif  katta  mazmun  sig`dira  olgan. 

Padarkush  olti  oydan  oshmaydi  deyiladi.  Toshmurod  ham  o`sha  paytning  o`zida 

Sibirga  surgun  qilinadi.  U  oqibatini  o’ylab  ham  ko’rmaydi,  otasini  o’limiga 

sababchi  bo’lib  ham  o’ziga  kelmaydi.  Uni  otasining  o’limi  emas,faqat  qo’lga 

solingan  kishangina  emas,  faqat  qo’lga  solingan  kishangina  xo’ngir-xo’ngir 



 

21 


yig’lashiga  yo’l  ochadi.  Bunda  betarbiya  farzandning  nimalarga  qodir  ekanligi 

ma’lum bo’ladi va kishilar nafratini oshirib, xushyor tortiradi. 

Hakim  Nazir  qalamiga  mansub  “Ota”  hikoyasida  ham  ma’rifatparvar  va 

ilmli  bo`lsa-da,  otasining  o`limida  asosiy  sababchi  bo`lgan  Zarifjon  obrazi 

keltiriladi. Bu hikoyada o`zining farzandi bo`lmasa-da, uni jonidan aziz ko`radigan 

Kabir ota timsoli berilgan. Bu binokor usta keying ayoli Mavludaning farzandlarini 

o`z  bag`riga  bosadi.  Qizi  Ra’noni  o`z  qizidek,  o`g`li  Zarifjonni  o`z  o`g`lidek 

ko`radi.  Lekin  o`g`li  Zarifjondan  biror  mehr  ko`rmaydi.  Lekin  Ra’no boshqacha. 

O`zi  universitetda  o`qishiga  qaramay  kasalmand  ota-onasini  qarashdan  bo`yin 

tovlamaydi.  Ular  uchun  yelib-yuguradi.  Otasining  boshida  parvona  bo`ladi.  Bu 

hikoyani  o`qib  Chingiz  Aytmatovning  “Asrga  tatigulik  kun”  romanidagi  Oyzoda 

va Sobitjon obrazlari  ko`z oldimga keldi. Hikoyada qo`shni amaki tilidan “Yetim 

qo`zi  asrasang  og`zi  burning  moy  bo`lur,  yetim  bola  asrasang  og`zi  burning  qon 

qilur” maqoli keltiriladi. Bu maqolda ham ma’lum ma’noda haqiqat mavjud. Balki, 

bu  masalada  tarbiya  muhim  ro`l  o`ynaydi.  Har  bir  shaxsning  kamolotga 

yetishishida  otaning  o`rni  katta.  Albatta,  ona  ham  oilada  muhim  ahamiyatga  ega. 

Lekin  otaning  o`rni  boshqa.  U  oilaning  ustuni.  Shuning  uchun  ham  farzandlar 

ko`proq  otasining  aytganini  qiladi.Ba’zan  qiliqlariga  taqlid  ham  qilishadi. 

“Otasining  bolasi-da”  degan  so`zlarni  eshitib  qolamiz.  Sharqda ota-onani  hurmat 

qilish  yuqori  bo`lsa,  g`arbda  ko`proq  buning  aksini  ko`ramiz.  Ota-ona  uchun 

bolasining baxtidan boshqa narsa kerak emas. Buning uchun ular jonlarini garovga 

qo`yib  bo`lsa  ham  harakat  qilishadi.  G’arb  davlatlarida  ham  ayni  shu  masalaga 

keng to’xtalib o’tiladi.  

Tanqidiy  realizm    adabiyoti  buyuk  namoyondasi  Onore  De  Balzak  o’z 

asarlarida  o’zi  yashab  turgan  davr  sharoiti  qonunlarini  ,  bu  qonunni 

boshqarayotgan kuchni, uning harakterini, tipik belgilarini kashf etdi.  Balzakning  

“Gorio ota”  romanini  g’arb adabiyotining  alohida kashfiyoti deb atasak bo’ladi. 

Unda asar qahramoni bechora chol – Gorio ota o`z qizlarining baxti, shodu xurram 

yashashi  uchun,  kibor  davralarda  viqor  bilan  yurishlari  yo`lida  hech  narsadan 



 

22 


qaytmaydi. O`zi qotgan non yeb o`tirsa ham, qizlariga hamma narsaning yaxshisini 

ilinadi.  

Oxir-oqibatda  bor  boyligidan  ajrab,  azob-uqubatda  o`lib  ketadi.  Suyukli 

qizlari  ham    otalarining  o`limiga  kelmaydi.  Asarda  aytilganidek,  u  “otalik 

kasali”ga chalingan edi. Bu kabi fidoyi otalarning bo`lishi yaxshi. Lekin farzandlar 

ham  shunga  munosib    bo`lishlari  kerak  emasmi?    “Gorio  ota”  romanida  ikki 

muhim obraz – Gorio ota bilan Ejen Rastinyak bir-biri bilan bog`langan. Gorio ota 

aslida  burjua  korchalonlari  davrasida  ko`p  yillar  nom  chiqargan,  oxirgi  paytga 

kelib o`z qizlarining baxtli bo`lishlari uchun bor bisotini sarflagan, oqibat bir-miri 

ham puli qolmay, “itdek xor bo`lib o`lgan” zamonasining vakili bo`lsa, Rostinyak 

kambag`al  oiladan  chiqqan,  endigina  kiborlar  davrasiga  qadam  qo`ygan  kelgusi 

burjua  jamiyati  vakili    obrazidir.    Yigitning  kiborlar    davrasiga  qadam  qo`ygan 

kelgusi  burjua  jamiyati  vakili  obrazidir.  Yigitning  kiborlar  davrasidagi  dastlaki 

muvaffaqiyatlari  va  keksa  Gorio  otaning  halokati  (1815-1830)  yillari  fransuz 

jamiyatida Balzak  shohidi bo`lgan  ijtimoiy ahloq qonunlaridan bunyod bo`lgandi. 

Yozuvchi  bu  toifa  odamlarini  romandagi  Vikontessa  de  Bosean  xonim    tilidan 

shunday ta’riflaydi: “Qancha sovuqqonlik bilan ish tutsangiz, shuncha martabangiz 

oshadi.  Hech  ayamay  zarba  beravering,  ana  unda  qarshingizda  titrab  turadigan 

bo`lishadi, … Hayotda jallod bo`ling”.

1

 



Bu  so`zlardan  ko`rinib  turibdiki,  bu  davr  zodagonlarining  ko`pchiligi 

sovuqqon,  mansabparast  odamlardir.  Asarni  o`qir  ekanmiz,  Gorio  otaning 

ichimdagini  top  deydigan,  indamas  odam  ekanligini  ko`ramiz.  Gorio  ota  sabr-

toqatli,  g`ayrat-shijoatli,  serharakat,  gapida  mahkam  turadigan,  maqsadga 

erishishda tez ish ko`radigan, o`z ishi sohasida burgutdek o`tkir ko`zli edi. U xotini 

bilan  yetti  yil  umrguzaronlik  qilgandan  so`ng,  xotini  vafot  etadi.  Biroq  xotini 

o`lgandan keyin bolalariga bo`lgan muhabbati telbalik darajasiga yetdi. Xotinining 

o`limi tufayli chuqur iztirobga mahkum etilgan qaynoq muhabbatini  farzandlariga 

                                                             

1

 О. Балзак. Горио ота. -Т.: Ғофур Ғулом номидаги БадииЙ адабиёт нашриёти, 1968-иил, 82-бет. 




 

23 


qaratdi.  Savdogarlar  ham  Gorio  otani  o`ziga  kuyov  qilishga  rosa  urinib  ko`rdilar, 

ammo  har  qanday  nikohlardan  ham  voz  kechib,  u  tul  qolishga  ahd  qildi. 

Kappandagi  savdogarlar  bunday  telbalarcha  vafoning  ma’nosiga  tushuna  olmay, 

uni  masxara  qilib  kulishardi,  Gorio  otaga  allaqanday  kulgili  bir  laqab  ham 

qo`yishgan edi.  

Asarni  o`qir  ekanmiz,  ikkala  qizining  ham  tarbiyasi  juda  be’mani  olib 

borilganini  ko`ramiz.  Yiliga  60  ming  frank  daromad  qilishga  qaramay  Gorio  ota 

o`ziga  1200  frank  ham  sarflamas  edi,  lekin  qizlarining  har  istagini  joyiga 

yetkazishini  baxt  deb  bilardi:  qizlariga  eng  yaxshi  murabbiylar  hamma  sohadan 

saboq  berishardi,  qizlarini  kampanonka  nazorat  qilib  turardi,  bularning  baxtida 

bo`lib, u aqlli va didli xotin edi; qizlar ot minib  sayrga chiqishar, o`z aravalari bor 

edi  –  qisqasi,  ilgarigi  vaqtlarda  biror  qari,  badavlat  amaldorlarning  mahbubasi 

qanday dabdaba bilan kun kechirgan bo`lsa, qizlar ham shunday  yashashardi; ular 

nimani  xohlashsa  u  buyum  qanchalik  qimmat  turishiga  qaramay  ota  ularning 

istagini bajo keltirishga oshiqar, bu qilgan ishi evaziga qizlaridan faqat shirin so`z 

kutardi. 

Endi  savol  tug`iladi.  Balki,  qizlarining  mana  shunday  tarbiya  topishida 

otaning  o`zi  aybdordir?!  Chunki,  u  qizlariga  ortiqcha  mehribonligidan  ularning 

tarbiyasida  xatoga  yo`l  qo`ydi.  Asarning  ba’zi  qirralari  Shekspirning  “Qirol  Lir” 

romaniga  o`xshab  ketadi.  Biroq  asarning  o`ziga  xos  xususiyatlar  hech  bir  asarga 

o`xshamaydi.  Gorio  ota  boyligini  qizlari  va  kuyovlariga  taqdim  etgach,  o`zi  ular 

bilan  birga  yashamoqchi  bo`ladi.  Ammo,  kiyovlari  qaynotasini  o`z  uyiga 

kirgizishdan  nomus  qila  boshlaydi.  Qizlari  ko`rinishidan  hali  bu  vaqtda  otasini 

hafa  qilmaslikka  harakat  qiladilar.  Ular  Gorioni  uyda  hech  kim  yo`q  vaqtlarda 

qabul  qiladigan  bo`ladilar.  Buni  ular  otasiga  mehribon  ekanliklarini  ko`rsatish 

uchun:  “Ota,  falon  vaqtda  keeling,  o`zimizdan  bo`lak  hech  kim  bo`lmaydi. 

Chaqchaqlashib o`tiramiz!”

1

 deb, yoki shunga o`xshash so`zlar bilan niqoblashadi. 



                                                             

1

 O.Балзак. Горио ота. -Т.:  Ғофур Ғулом номидаги БадииЙ адабиёт нашриёти,  1968-йил, 80-бет. 




 

24 


Chol  qizlari  yo`lida  o`zini  qurbon  qiladi,  nima  qilsin  axir  ota-da:  u qizlari  uyidan 

o`zi  chiqib  ketadi,  qizlari  esa  bundan  mamnun  bo`lishadi;  bu  mamnunlikni  sezib 

to`g`ri  ish  qilganini  tushunadi.  Mana  shunday  qilib,  ota  bilan  qizlari  ishtirokida 

oilaviy  jinoyat  yuz  beradi.  Gorio  ota  qalbidagi  o`tini,    muhabbatini,  20  yil 

mobaynida ulashib kelgan bo`lsa, butun davlatini bir kunda berib qo`ygan. Qizlari 

limonning butun suvini siqib olib, po`chog`ini ko`chaga uloqtirib tashlaganday, o`z 

otasini ko`chaga haydashadi.  

  Gorio  ota  1813-yilda  Voke  xonim  uyiga  keladi.Janob  Gorio  oddiy  hayot 

kechirishga  o’rgangan  odam  edi,  boylikni  o’z  qo’li  bilan  orttiradigan  odamlar 

singari    ziqnalikka  o’rganib  qolgandi.  Gorio  otani  ko’pchilik  eski  xotinboz  deb 

o’ylardi.Sho’rlikni  ham  jisman  va  ruhan  iztirobda  yashashi  ham  shu  safsatani 

tasdiqlayotganday  edi.U  borgan  juda  ozib  ketdi:  boldirlari  so’ldi,  meshchanlarga 

o’xshab  yurgan  vaqtidagi  lo’ppi  yuzlari  tirishib,  ajin  qopladi;  chakaklari  turtib 

chiqdi, peshonasidagi ajinlar chuqurlashdi.Voke uyiga ko’chib kelganidan to’rt yil 

o’tib  tanib  bo’lmaydigan  darajada  o’zgarib  ketdi.Gorio  u  paytda    oltmish  ikkiga 

kirgan  bo’lsa  ham,  ko’rinishidan  qirq  yashar  kishiga  o’xshagan    baland    baland 

bo’yi, to’ladan  kelgan gavdasi odamning  ko'zini quvontiradigan ,labidan quvnoq 

tabassum arimaydigan burjua, ya’ni yoqimtoy vermishelchi yetmish yashar to’pori, 

rangida  qoni  yo’q,  munkillagan  chol  bo’lib  qolgandi.Uning  ko’zlarining  nuri 

so’nib  allaqanday  xiralashib  qolgan,  yoshlanmas  ham,  qovoqlarining  qip-qizil 

xoshiyasi qon talashib turganga o’xshardi.Unga birovning rahmi kelsa, birovning 

nafrati kelardi.  

Aslida,  pulga,  boylikka  bo`lgan  muhabbatni  otaning  o`zi  qizlariga 

o`rgatmadimikin.  “Mana  shu  narsani  bolalarimga  olib  bersam  ular  meni  yaxshi 

ko`radi”  – degan fikr ularning noto`g`ri tarbiya topishiga  sabab bo`lgan. Farzand 

tarbiyasida  birinchi  navbatda  mehr  va  bir-ikki  og`iz  shirin  so`z  kifoya.  Gorio  ota 

bunday  qilmadi.  Qizlarini  aytganini  qildi.  Hatto,  Delfina  va  Anastazining  erlari 

bo`la  turib,  ma’shuqalari  bilan  yurishiga  yo`l  ochib  berdi.  Balki,  bu  G`arb 

adabiyoti  va  hayoti  uchun  tabiiy  holdir.  Lekin  bu  sharq  adabiyoti  uchun  begona. 



 

25 


Agar  o`zbek otasi  qizlarining  mana  shunday  qabix  ishlar  qilayotganini  ko`rsa,  yo 

o`zi o`ladi, yo qizini o`ldiradi. Bizning mentalitet bunday ishlarga yo`l qo`ymaydi. 

O`zbek qizi otasiga bunday munosabatda  bo`lmaydi. Garchi Rostinyak kambag`al 

bo`lsa-da,  unda  hali  insof  mavjud.  U  Gorioga  begona  bo`lsa-da,  uni  qo`lidan 

kelgancha dafn etadi, hurmat bajo etadi. Hatto, Gorio ota uning qo`lida jon beradi. 

Uning  o`limi  oldidan  aytgan  gaplari  esa  juda  daxshatli.  U  “Nikoh  bizni 

qizlarimizdan  judo  qiladi,  jon  berar  paytimizda  ular  tepamizda  turishmaydi. 

Kuyov-yov,  u  qizingizni  odamgarchilikdan  chiqaradi,  sizlarni  oyoqosti  qiladi. 

Shunday  qonunlar  chiqaringki,  otalar  oyog`ini  tinchgina  uzata  olsin.  Hozir 

bo`layotgan  ishlar  daxshat-ku!  O`ch,  intiqom!  Ularning  kelishiga  kuyovlarim 

ruxsat bermayabdi-ku, axir. O`ldiringlar ularni, ular mening qotillarim, sizlarga yo 

o`lim,  yo  qizlarimga  ruxsat  beringlar!  Tamom!  Ularni  ko`rmay  o`lib  ketadigan 

bo`ldim.”

1

  Chol  shunda  ham  qizlarini  ayblamaydi.  Barcha  aybni  kuyovlariga 



ag`daradi.  Qizlar  bunga  arzimaydi.  Ular  erka,  tantiq.  Boylik  va  zeb-z  iynatlar, 

chiroyli,  kelishgan  ma’shuqalari  bilan  turli  bazmlarda  yurish  ularning  qizlari 

sababchi  emas,  o`sha  davrning  mafkuraviy  tuzumi  ham  bosh  sabablardan  biridir. 

Jamiyatdagi axloqsizliklarni mana shu asar orqali  ochib beriladi. ,,Pul bilan xatto 

qizlarni  ham  sotib  olsa  bo’ladi”

2

  jon  berayotgan  Gorio  otaning  ushbu  so’nggi 



so’zlari Balzakning oiladagi munosabatlar ,,oldi-sotdi” tamoyiliga qurilgan bo’lsa, 

ayanchli oqibatlarga olib keladi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi.    

 Mashxur  Moldaviya  yozuvchisi  Ion  Drutsening  “Kech  kuz”  qissasida  ham 

shunga o`xshash voqea qalamga olinadi. Asarda farzandlarini ulg`aytirib, ular bilan 

birga  yashashni  orzu  qilgan  ota-ona  tasvirlanadi.  Moldaviyada  kuz  payti-  hamma 

mehmon kutadi. Bu odat tusiga kirgan. Agar ostonada xo`roz qichqirdimi mehmon 

keldi  degani  bo`ladi.  Asar  qahramonlari  chol  va  kampir  ham  har  kuni  mehmon 

kutishadi.  Biroq,  ular  ketgan  mehmon  hech  qachon  kelmaydi.  Farzandlarini 

                                                             

1

 О.Балзак. Горио ота.-Т.: Ғофур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1968-йил, 274-бет 



2

 Ўша китоб  268-бет. 




 

26 


sog`ingan ota xasta bo`lsa ham, ularni ko`rib kelish uchun o`zi borishga ahd qiladi. 

Asarda  yozuvchi  ota  harakterini  juda  chiroyli  ochib  bergan.  Negadir  ota  qizi 

Marinkani  unchalik  xushlamaydi.  U  turmushga  chiqib  ketgan  bo`lsa-da  otasidan 

har 


doim 

xabar 


oladi.Marinka 

shu  paytgacha  o’z  ona  qishlog’ini 

unutolmaydi.Cholning tushunchasi bo’yicha, oila azolarini taqdir qayga olib borib 

tashlamasin, borgan yerida tinib-tinchib yashab ketishi kerak.  Yo qiz bola bo`lgani 

uchunmi, yo uyiga yaqin joyda yashaganligi uchun yoki tez-tez kelib holidan xabar 

olib  turgani  uchundir  uni,  tezroq  uyiga  ketishini  istaydi.Bu  jihatdan  o’zbek 

otalariga o’xshab fikr yuritadi.Chunki qiz bola turmushga chiqqanidan keyin, o’sha 

uy  uning  uyiga  aylanadi.Uning  xadeb  ota  uyiga  kelaverishi  bizning  mentalitetga 

to’g’ri  kelavermaydi.    Ammo  o`g`illari  yiroqda  bo`lgani  uchun  ularni  sog’inadi. 

Ularni  har  birini  yaxshi  ko`radi.  Qissani  o`qir  ekanman  nega  endi  shunchalik 

mehribon qiziga qo`pol muomalada bo`lishi kerak degan hayolda bo`ldim. Asarda 

o`g`illarning  nima  uchun  kelolmayotganligini  ham  yozuvchi  juda  chiroyli  asoslab 

beradi.  Katta  o`g`li  Andrey    farzandlari  kata  bo`lib  qolganligini,  uning  o`zidan 

oshib otasi oldiga bora olmayotganligidan “Men kuyarman bolamga, bolam kuyar 

bolasiga”  maqolining  naqadar  hayotga  yaqin  ekanligini  bilib  olishimiz  mumkin. 

O`rtancha o`g`il Anton esa o`rmon qorovuli ekanligi, hayotini o`rmonsiz tassvvur 

eta  olmasligi  yozuvchining  qalamida  nihoyatda  chiroyli  ochib  berilgan.  Kenja 

o`g`il Serafim esa student. U otasini yaxshi ko`radi. Ammo o`qishi kerak. Shunday 

qilib  ota  kech  kuz  paytida  farzandlarining  ahvolini  bilish  uchun  yo`lga  chiqadi. 

Qissa  hayotdan  olinganligini  yozuvchi  qistirib  o`tib  ketadi.  Chunki,  yozuvchining 

o`zi  ham  mana  shu  otaning  farzandi.  Biroq,  u  yozuvchi.  U  ham  ota-onasining 

holidan  xabar  ololmaydi.  Asar  qahramoni  juda  sodda,  to`pori  chol.  Uning  orzusi 

farzandlarini  ko`rish  xolos.  Unga  boshqa  narsa  kerak.Ota  farzandlari 

kelavermagach  kasal  bo’lib  yotib  qoladi.Xasta  bo’lishiga  qaramay  eshikdan  ko’z 

uzmaydi.U  farzandlarini  koyimaydi,  ularni  tushunadi.Chol  qarigan  chog’ida  ham 

cho’ntagiga  konfetlar  solib  yuradi,  bolalarini  katta  bo’lib  hammasi  har  qayoqqa 

tarqab  ketganini  unutib,  ularni  chaqira  boshlaydi.Kampiri  uni  yupatish  uchun 

,,bolalar  kelishadi”  deb dalda  beradi.Tun yarimlasa  ham  ota  farzandlarini  kutadi. 




 

27 


Har bir inson ulg’ayar ekan, o’zining tashvishlari bilan yaqinlarini unutib qo’yadi. 

Bu asarda ham farzand qanchalik  ulg’aygani bilan, u otasi uchun hali ham konfet 

so’raydigan  yosh  boladir.    Asarning    eng  ta’sirli    joyi  yo’lida  uchragan  bog’bon 

undan ,,- kampirdan bo’lak yana odam bordir?” degan  savolidir. Chol esa boshini 

quyi egib, og’ir xo’rsinadi , shu vaqtgacha anglab yetmagan dardini ichiga  yutib, 

yo’q, deya bosh chayqaydi.Asarning ayni  shu pallasi cholning behisob dardlarini 

ko’rsatib  beradi.  Bir  emas  to’rt  o’g’li  bo’lishiga  qaramay  ,  hech  birisi  ota-onasi 

bilan birga yashamaydi. Hatto ko’rgani ham kelmaydi. 

Rossiyaning  taniqli  yozuvchilaridan  biri  bo’lgan  I.S.Turgenov  qalamiga 

mansub  ,,Otalar  va  bolalar”  romani  ham  o’z  davrining  azaliy  munosabatlarini 

o’zgacha  yo’sinda  ifodalab  bergan.Yoshlarning  qarashlari,  bunga  otalarning 

qanday munosabatda ekanligi  asarning asosiy mavzusi sifatida ko’riladi.Yevgeniy 

Vasilevich  Bazarov obrazi orqali erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng, o’z fikriga 

ega bo’lgan yigit tasvirlanadi. Har bir davrda  otalar va yoshlar o’rtasida muayyan 

ziddiyatlar,  fikriy  qarama-qarshiliklar  uchraydi.  Lekin  bu  kelishmovchiliklar 

zamirida  ham  aslida  mehr  bor,  bir-biriga  ishonish,  bir-birini  qo’llab-quvvatlash 

bor.  Asardagi  Nikolay  Petrovich  va  Vasiliy  Ivonovich  kabi  otalar  obrazi  orqali  

farzandini  jonidan  ortiq  ko’ruvchi,  uning  uchun  borini  ham  berishga  tayyor 

insonlar gavdalanadi. 

Arkadiy  ismli  yosh  kandidat  yigitning  otasi  bo’lgan  Nikolay  Petrovich 

o’g’lini Peterburgdan kelishini intiqib kutadi. Arkadiy o’zi bilan do’sti Bazarovni 

ham  birga  olib  keladi.Bazarov  ko’p  mulohazalari  bilan  Arkadiyning  otasi  va 

amakisiga    qarshi  fikrlar  aytadi.  Mana  shu  joyda  otaning  hayolida  ,,qarib 

qoldimmikin” degan fikrlar uyg’onadi.  Ota o’g’lidan ortda qolmaslik uchun ko’p 

kitoblar  o’qigan  edi,    ,,o’g’limni  yaxshi  tushuna  olaman”      deb  o’ylardi.  Lekin 

keyingi  paytlarda  o’g’li  bilan  munosabati  yaxshi  bo’lsa-da,  Arkadiy  va  uning  

do’sti      Bazarovning  o’zidan  nimasi  bilandir  yuqori  ekanligini,  qandaydir  o’zida 

yo’q  narsani  ularda  borligini  his  etdi.  Balki  yoshlikdir  deb  o’ylaydi,  ammo 

keyinchalik  ularda  kiborlik  asari  o’zidan  ko’ra  ozroq  ekanini  his  qiladi.  O’zini 



 

28 


ularning  bo’ginida  emasligidan  qayg’uradi.  Akasi  Pavel  Petrovich  esa  aksincha 

fikrlovchi  inson.  U    Bazarov  bilan    ko’p  baxslashar,  o’zini  yuqori  darajadagi 

kiborlardek tutardi. Ularning har ikkisi ham baxs borasida bir-biridan  qolishmasdi. 

Arkadiy  ham  ko’pincha  do’stining  fikrlariga  yon  bosardi.Lekin  amakisini  xafa 

qilishni sira istamasdi. 

Asardagi  Bazarov  kabi  fikrlovchi,  lekin  ba’zi  jihatlari  bilan  undan  farqli 

Anna  Sergeyevna  ham  o’zini  gunohkor,  lekin  mehribon  otasini  juda  yaxshi 

ko’rardi,  otasi  uni  erkalatar,  u  bilan  tengdoshdek,  do’stona  hazillashar,unga 

batamom  ishonar  va  u  bilan  doimo  maslahatlashardi.    Otasi  qimorboz,  o’g’ri, 

muttaham bo’lishiga qaramay qizlarini yer-u ko’kka ishonmasdi. 

Yevgeniy Vasilevich Bazarovning otasi Vasiliy Ivonovich ham ko’p jihatlari 

bilan  Nikolay  Petrovichga  o’xshab  ketadi.Biroq  o’g’lini  undan  ham  ziyoda  

ko’radi. Asarni o’qigan kitobxon Bazarovni qaxri qattiqlikda ayblashi turgan gap. 

Chunki u ota-onasini o’zidan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Ularning munosabati 

Arkadiy  va  Nikolay  Petrovichnikidan  farq  qiladi.  Chunki  Arkadiy  otasini  hurmat 

qiladi, unga ko’p jihatdan yordam berishga harakat qiladi.Otasining ikkinchi marta 

uylanishiga  ham  mo’nelik  qilmaydi.Vasiliy  Ivonovich  o’g’lini  qanchalik  yaxshi 

ko’rmasin undan qo’rqadi. O’g’li uch yildan so’ng uyiga keladi, biroq uch kunda 

ortiga  qaytadi.  U  ilm-fanni  oiladan  ustun  ko’radi.Biroq  ota  uni  ayblamaydi. 

Aksincha  o’g’li  bilan  faxrlanadi.Uni  kelajakda  buyuk  inson  bo’lishiga  ishonadi. 

O’g’lini uch yildan so’ng ko’rib shunday ahvolga tushadiki: 

,,Lablari  titrar,  qoshlari  uchar…  aftidan  o’zini  tutib  olmoqchi    va  hech  bir 

hayajonlanmaganday ko’rinmoqchi bo’lar edi”.

1

 



 Ota o’g’lini erkin yashashiga qo’yib beradi. Hatto xotini, ya’ni Bazarovning 

onasi    Arina  Vlasevnaga  ham  uni  ko’p  bezovta  qilmasligini  tayinlaydi.  Vasiliy 

                                                             

1

 И.С.Тургенов. Оталар ва болалар.T.: ЎзССР Давлат нашриёти ,  1953-иил, 137-бет 




 

29 


Ivonovich Arkadiydan o’g’li haqidagi fikrini so’raganda, uni samimiy javoblarini 

eshitib juda quvonadi. Masalan: 

,,Vasiliy  Ivonovich  uning  gapiga  quloq  solar,quloq  solaturib  burnini  qoqar, 

dastro’molini  qo’lida  o’ynatar,  yo’talar,  sochlarini  yozar  edi,  nihoyat  chidab 

turolmadi:  Arkadiy  tomon  engashib,  uning  yelkasidan    o’pdi;  keyin  hamon 

jilmayishini qo’ymay: o’g’lini maqtay boshladi”.

1

 

Har bir ota uchun farzandi naqadar azizligi uning o’zigagina ayon.Asar ham 



bizning  mentalitetga  shunchalik  yaqinki,  go’yo  shuurimizga  singishib  ketadi. 

Vasiliy Ivonovich, Nikolay Petrovich kabi obrazlar orqali o’zbeklarning Yusufbek 

hojisi-yu  ,  Yevropaning  Gorio  otalarini  ko’rgandek  bo’lamiz.Davr,  zamon,  joy 

o’zgarishi mumkindir, ammo ular o’rtasidagi  bog’liqlik uzilmaydi. 

Vasiliy  Ivonovich  o’g’lining  o’limi  yaqinligini  bilib  shunday  ahvolga 

tushadiki, farzandini sevuvchi har qanday ota  bu azoblarga bardosh berishi qiyin. 

U devonadek yurar, hali unday, hali bunday dori tavsiya  qilar va hadeb o’g’lining 

oyoqlarini  yopar  edi.  Aslida  Bazarovning  dunyoqarashi  davr  nuqtayi  nazariga 

to’g’ri kelmasdi.  U buyuk faylasuf bo’la olardi.Lekin  davr sharoitlariga muvofiq 

emas edi. U o’ladi. Uning o’limidan so’ng ota karaxt ahvolga tushadi. 

,,Vasiliy  Ivonovich esa behosdan aqldan ozib qoldi. U  yuzi qip-qizargan va  

qiyshaygan  holda,  xuddi  birovga  do’q  qilga  singari  mushtini  do’layib,    ,,men 

shikoyat  qilajakman  degan  edim,  shikoyat  qilajakman!”  deb  xirillab  qichqira 

boshladi”.

2

 

Darhaqiqat,  farzand  judoligi  juda  og’ir.  Yiroqda  bo’lsa  ham  tirik  yurgani 



ota-ona  uchun  baxt.Vasiliy  Ivonovich  o’g’li  vafotidan  so’ng  ham  xotini  bilan 

qabristonga  tez-tez  kelib  turadi.  Chol-kampir  o’z  o’g’illarini  yodlash  uchun 

                                                             

1

 И.С.Тургенов.Оталар ва болаларТ.: ЎзССР Давлат нашриёти, 1953-иил, 137-бет 



2

 Ўша китоб, 241-бет 




 

30 


yaqinroq bo’lgan bu joyni tashlab ketolmaydilar. Asar orqali yozuvchi ota bo’lish 

anchayin mushkul, ammo eng lazzatli narsa ekanligini isbotlab bergan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

31 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling