Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti


Hozirgi o’zbek adaboyotida ota obrazi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#259752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon adabiyoti va ozbek adabiyotida ota talqini

                  Hozirgi o’zbek adaboyotida ota obrazi. 

       Otalar    badiiy  adabiyotning  azaliy  mavzularidan.  Yaxshi  ota-ona  bir  baxt 

bo’lganidek,  yaxshi  farzandlar  ham  bir  baxtdir.  Tariximizning  mash’um 

fojialaridan    bo`lgan  Ulug`bekning  o`z o`g`li  Abdulatif  tomonidan  o`ldirilishi  esa 

Odil Yoqubovning  “Ulug`bek xazinasi” romanida yuksak badiiy g`oya bilan ochib 

beriladi.    Asardagi  badiiy  g`oya  va  tendensiya  birgina  hikoyadan  ma’lum  bo`lib 

qoladi.  Ya’ni:  ,,Kunlardan  bir  kun  dong`I  olamga  ketgan  mahramlari  bilan  ovga 

chiqqanmish.  Mahramlari  orasida  o`z  o`g`li  ham  bor  ekan.  Podsho  yelkasiga 

suyukli  qora  burgutini  qo`ndirib,  daryo  yoqalab  va  ot  choptirib  borardi,  orqada 

amirlar  va  navkarlar  chopib  kelardi.  Podsho  uzoqlashib  ketayotganini  ko`rgan 

navkarlardan  biri:  Podshoxi  olam  to`xtang  bu  to`qaylar  xatarli,  qamishzorlarda 

yo`lbars bor” deb qichqiribdi. Lekin podsho uning gaplariga quloq solmay oldinga 

intilibdi.  Arg`umog`iga  achchiq  qamchi  bosib  to`qayzorga  ot  soldirib  ketibdi. 

Banogoh  ot  tuyoqlari  tagidan  2  ta  tilla  rangli  tilla  rangli  tulki  chiqib  qochibdi. 

Podsho arg`umog`ining boshini qo`yib quvib berarkan, tulkilar oldin 4 taga, keyin 

8 taga aylangan, ba’zilari uni go`yo mazax qilayotganday boshlarini burib tirjaygan 

emish.  Shunda  podsho  darg`azab  bo`lib,  qanot  qoqib  talpingan  suyukli  burgutini 

qo`yib  yuboribdi.  Lekin  osmonga  chiqqan  suyukli  burguti  ot  tuyoqlari  ostida 

jilpanglagan  tulkiga  emas,  uning  o`ziga  hamla  qilibdi.  Podsho  jon  achchig`ida 

xanjarini  sug`urib  olib  burgutga  o`qtalibdi.  Ammo  burgut  chap  berib,  uning  o`ng 

ko`zini  o`yib  olibdi-yu,  chap  ko`ziga  chang  solibdi.    Podsho dodlab  yolg`iz  ko`zi 

bilan  qarasa,  qora  burgut,  burgut  emas,  qora  libos  kiyib  burgut  qiyofasiga  kirgan 

o`z o`g`li bilan chiqibdi. “

2

                                                                                                                                                                                                                           



Ulug`bekning  tushida  ro`y  bergan  bu  voqealar  asarning  butun  mohiyatini 

ochib  bergan  g`oya.  Biz  asarni  o`qir  ekanmiz  Ulug`bekning  hayotidagi  ushbu 

voqealar  ko`z  oldimizda  real  jonlanadi.  Ulug`bek  tilidan  aytilgan  ushbu  so`zlar 

ham  juda  katta  ahamiyatga  ega:,,  Bu  suhbatdan  yolg`iz  muddaom  –  otalik 

                                                             

1

Oдил Ёқубов. Улуғбек хазинаси.-Т.:, Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1994-йил, 46-бет. 




 

41 


nasihatmni  bermoq  edi.  Taassuflar  bo`lg`aykim,  senga  padar  nasixati  emas,  oltin 

kerak ekan… Ota so`zini amri vojib deb bilursenmi, yo`qmi ixtiyor senda va lekin 

so`nggi  nasixatimni  eshit,  xohla  o`z  padaringni  qatl  et,  xohla  Movarounnaxr 

sarhadidan  haydab,  darbadar  qil-boz  ixtiyor  sendadur.  Lekin  yolg`iz  tilagim:  ilm 

yo`lida ota qilgan ishlarga, uning shogird va ustodlariga tegmagaysen. Tegsang ota 

qarg`ishiga    uchrab  toabad  badnom  bo`lursen!...  Ota  rozi  xudo  rozi  yodingda 

bo`lsin:  al  qasosil  minal  haq!  Hech  bir  yomonlik  intiqomsiz  qolmagay”

1

  deb 



o`g`liga murojaat qiladi. Ulug`bek o`g`lining ilmu-ma’rifatdan yiroqligidan, toj-u-

taxt ilinjida o` z padarini o`ldirmoqchi ekanidan qattiq afsuslanadi. Ho`sh, shunday 

ma’rifatli,  adolatli  buyuk  mutaffakirning  farzandi  arjumandining  bunday  badxulq 

bo`lib ulg`yishiga nima sabab bo`lgan. Bunda Ulug`bekning ham oz bo`lsa-da aybi 

yo`qmikin?  Balki,  u  ham  farzand  tarbiyasida  noto`g`ri  yo`ldan  borgandir.  Balki, 

o`z  o`g`lini  tuproqqa  bergan  edi.  Bir  kundayoq  o`zini  oldirib,  munkayib  qolgan 

usta, marhumning  jasadini  go`rkovga  ham  bermay  lahadga  o`z qo`li  bilan  qo`ydi, 

guvalalarini o`zi terib, o`zi tuproq tortdi” degan satrlarni  o`ziyoq o`quvchini usta 

Temurga  bo`lgan  hurmatini  yanada  oshiradi.  Chol  va  Q.Qarnoqiy  o`rtasidagi 

iliqlik  Ulug`bek  va  farzandlariga  bir  oynadek  edi.  Ulug`bek  ham  o`z  vaqtida 

podshoxlikdan  kechib,  farzandlariga  toj-u-taxtni  bo`lib  berganida  mana  shu 

mash’um  fojea  yuz  bermagan  bo`lardi.  Garchand  Abdulatifga  otasi  nohaqlik 

qilganda  ham,  o`z  pushti-panohini  o`ldirish  katta  gunoh.  Xalqimizda  “Ota  rozi-

xudo rozi” degan naqllar bejizga aytilmagan. Otasining rizoligisiz hech kim to`la 

to`kis  baxtga  erisholmaydi.  Abdulatif  o`z  o`limi  oldidan  N.Ganjaviyning  kitobini 

qo`liga oladi va qo`rqqanidan yerga tashlaydi. Unda “Padarkush… toj-u taxt… olti 

oydan oshmaydur… degan bitiklar yozilgan edi. Darhaqiqat, uning umri otasining 

o`limidan  olti  oy  keyin  o`z  nihoyasiga  yetadi.  Tariximiz  ham  bunga  guvoh  bo`la 

oladi.  Tarixda  mana  shunday  qotilliklar  birmuncha  salmoqli  bo`lgan.  Darhaqiqat, 

                                                             

1

 

1



Oдил Ёқубов. Улуғбек хазинаси. -Т.: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1994-йил, 104-

бет. 


 


 

42 


ularning  aksriyatida  ota  qotili  olti  oydan  ortiq  yashamagan.  Abdulatif  o`limi 

oldidan  “Gunohkor  farzandingizni  kechirgaysiz  buzrukvor!  deb  tavba  qiladi. 

Albatta,  farzandning  tarbiyasi  buzilishida  atrofidagilarning  o’rni  benihoya  katta. 

Ulug’bek ham farzandlari tarbiyasida xatoga yo’l qo’yganini asarni o’qib tushunib 

yetdim.U  ilm-fan  uchun  borini  qurbon  qiladi.U  va  uning  shogirdlari  xatto,  o`z 

jonlarini  xatarga  qo`yib  bo`lsa-da,  kelajak  avlod  uchun  juda  katta  merosni  asrab 

qolganlar.  Buning  uchun,    albatta,  har  bir  kitobxon  undan  minnatdor.  Biroq, 

farzand  bu  boshqa  masala.  Ikki  qayiqqa  oyoq  qo`ygan  inson  cho`kib  ketadi.  

Fikrimizcha Ulug`bek o`z farzandlaridan ko`ra ilm-u ma’rifatni ustunroq qo`ygan. 

Xalq orasida “10 ta bo`lsa o`rni boshqa” degan maqol bor. Ya’ni  har birining o`z 

o`rni  bor.  Asarda  yozilishicha,  Mirzo  Ulug`bekning  o`g`li  Abdulazizga  mehri 

bo`lakcha. Vaholanki, uning ba’zi qusurlari Abdulatifnikidan qolishmaydi. Ammo, 

Ulug`bek  bularni  ko`rib  ko`rmaganlikka,  bilib  bilmaganlikka  oladi.  Abdulaziz 

ham,  bir  begunohni  o`ldirib,  uning  jufti  haloli  bo`lmish  Xurshidabonuni  o`z 

haramiga oladi. Bu esa, uning ma’nan buzuq ekanligini ko`rsatib turibdi. Bundan 

kelib  chiqadiki,  Ulug`bek  har  ikki  farzandiga  ham  to`g`ri  tarbiya  bera  olmagan. 

Asarga  yo`g`rilgan  real  voqeada  qondosh  jigarlar  begonaga  aylanadi,  qotilga 

aylanadi.  Bizga  o`rnak  bo`ladigan  jihati  shundaki,  ikki  bir-biriga  begona  inson 

go`yo ota-boladay, undan ham yaqinroq kishilarga aylanadi. Ya’ni,  Q.Qarnoqiy va 

Usta Amir Temur Samarqndiy buning  yorqin dalilidir. Masalan, Q.Qarnoqiy vafot 

etganda  “Cholning  qoraqurum  bosgan  serajin  yuzida,  yumuq  ko`zlarida, 

allaqanday horg`in ovozida chuqur qayg`u, go`yo usta musofir bir darveshni emas, 

o’z o’g’lini dafn etganday.” 

Ulug’bekning Abdulatifni shunday shakllanishida asosiy sabab unga e’tibor 

bermaganligi.  Yozuvchi  har  ikki  tomonga  ham  adolatli  yondashadi.  Asarda 

Abdulatifning  qalbidagi  tuyg`ulari  shunday  ifodalanadiki,  unga  ham  rahmimiz 

keladi,  ham  irodasiz  o`zgalar  qo`lidagi  qo`g`irchoq  ekanligidan  afsuslanamiz. 

Asarda  o`zini  oqlash  uchun  u  quyidagilarni  o`ylaydi;  “Padar  bo`lib,  bir  marotba 

bag`riga  bosmadi,  o`g`lim  deb  boshini  silamadi.  Bor  mehr  sahovatini  bor  shirin 



 

43 


so`zini  farzandi  arjumandi  shahzoda  Abdulazizga  baxsh  etdi.  Uni  suydi  bag`riga 

bosdi.  Abdulazizni  esa  bemehr,  bag`ritosh  enagasi  Gavharshodbegimga  topshirdi. 

Bilaks Abdulatifning Tarnob jangida  ko`rsatgan  jonbozligini, Alauddavla ustidan 

qozongan fathi nusratini Abdulazizning g`alabasi deb fatvo berdi. Unga arzimagan 

Balxni  berdi-da,  go`zal  dorussaltanatni  farzandi  munisi  Abdulaziz  tasarrufiga 

topshirdi…  

“Ha,  padari  pok  atalmish  bu  zot  uning  shon-shavkatiga,  dovrug`i  va 

lashkarboshilik salohiyatiga rahna soldi xolos”.

1

 

Bilamizki, tarixda ota va farzand, aka va ukalar o`rtasida ham toj-u-taxt uchun 



kurashlar avj olgan. Ulug`bek va 

1



Abdulatif munosabati ham bundan mustasno emas. Ko`rinib turibdiki, beayb 

parvardigor  deganlaridek  buyuk  ma’rifat  egasi  bo`lmish  bobomiz  Mirzo 

Ulug`bekning  ilm  yo`lida  qilgan  ishlari  taxsinga  sazovor.  Buni  tarixiy  kitoblar  va 

ushbu asardan ham bilib olamiz. 

  Lekin  tariximizda  shunday  otalar  o’tganki,  hozir  ham  ular  biz  uchun  ibrat 

bo’la  oladi.    Bunga  misol  qilib  bobokalonimiz  Mirzo  Boburni  keltirishimiz 

mumkin.  Buni    Pirimqul  Qodirovning  ,,Yulduzli  tunlar”  romanida  o’ziga  xos 

tasvirlagan. Bobur Mirzoning farzandiga bo’lgan mehri o’g’li  Humoyunga kelgan 

dardni  o’ziga  olishida  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Buni  ota  jasoratining  eng  go’zal 

ko’rinishi, desak yanglishmaymiz. 

…Men Humoyunga jahondagi barcha olmoslardan ham azizroq bir narsamni 

qurbon  qilmoqchimen.Faqat  bu  qurbonni                siz-u  bizga  o’xshagan  bandalar 

emas, zarur bo’lsa parvardigor olsin!

2

 



                                                             

1

 Oдил Ёкубов. Улуғбек хазинаси.-Т.: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1994-йил, 159-бет. 



 

2

 Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar.-T.: Sharq nashriyoti, 2004-yil, 534-535-betlar. 




 

44 


Bu  so’zlar  naqadar  samimiyligini  biz  asar  davomida  bilib  olamiz.Uning 

ushbu so’zlari ham etiborga molik: 

  ,,-Humoyun, jigarbandim!Sening betoqatligingga men toqat keltiray.Sening 

shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin!

3

 

Boburning duoyu iltijolari tufayli o’g’lining tuzalib ketishi ham otalar mehri 



nimalarga  qodirligini  ko’rsatib  turibdi.Yaxshi  farzand  doimo  otasining  duosini 

oladi.Shirin jonini farzand uchun fido qilish esa bu katta jasorat.  

Hozirgi  o’zbek  adabiyotida  ham  otaning  oiladagi  o’rnini  naqadar  yuksak 

ekanligini ko’rsatib beruvchi badiiy asarlar kam emas.Bular sirasiga  Hudoyberdi 

To’xtaboyevning  ,,Mungli  ko’zlar”  romanini  keltirishimiz  mumkin.Bu  romanda 

halol  yo’l  bilan  topilmagan  boylik  hech  qachon  hech  kimga  buyurmasligi,  oxir-

oqibatda esa bir oilaning nobud bo’lishini, ya’ni otaning qilmishlari farzandlariga 

urishini ko’rsatib beradi.Bu  asar Zafar ismli bola tilidan so’zlab beriladi.Zafarning 

otasi  poraxo’rligi  tufayli  qamoqqa  olinadi.Onasi  ham  noqonuniy  savdo  orqali 

ozodlikdan  maxrum  qilinadi.Bu  voqealar  yosh  go’daklar  hayotini  tubdan 

o’zgartiradi.Zafar avvaliga maktabda  yaxshi o’qiydi, ammo keyinchalik otasining 

ishidagi ishkalliklar, onasining qamalishiga bir baxya qolishi, akasining nogironligi 

unga o’z ta’sirini o’tkazadi.Oilaviy muhit uni mana shu ahvolga olib keladi.Biroq 

uning  hayotida  juda  katta  o’zgarishlar  yuz  beradi.Ota-onasi  qamaladi.Bu  ham 

yetmaganidek  onasining  to’satdan  vafot  etishi,  ukasi  Zufarning  avtohalokat 

qurboni  bo’lishi,  akasining  o’zini  o’ldirishi,  singlisi  Nigorani  esa  pes  bosib, 

badaniga  oq  toshmalar  toshishi  bolani  bir  zumda  ulg’aytirib  qo’yadi.Kitobxonda 

bu voqealarning bosh aybdori kim? degan savol tug’iladi.Farzand tarbiyasida ota-

ona  birdek  mas’uliyatli.Ular  farzandni  shunday  tarbiyalashi  zarurki,  halolni 

haromdan,  pokni  nopokdan,  haqiqatni  yolg’ondan  ajrata  olsin.Qur’onda  ham  har 

bir  ota-ona farzandini halol luqma bilan tarbiyalashi zarurligi aytib o’tilgan.Badiiy 

                                                             

3

 O’sha kitob 535-bet. 




 

45 


asar  ham  insonni  ezgu  yo’lga  boshlaydi.Bu  asarda  ham  otasining  boylikka  ruju 

qo’yganligi,  hatto  ayolini  ham  harom boylik  topishiga  qarshilik  ko’rsatmaganligi 

bir  oilaning  parokanda  bo’lishiga  olib  keladi.Lekin  shunday  dalillar  keltiriladi,  

otaning  bu  yo’lga  kirib  kelishi  bejiz  emas.  U  yoshligidan  ota-onasiz  yetim  

o’sgan.Ikki  singlisining  birini  xo’kiz  suzib  fojiali  vafot  etadi.O’zi  o’qishga 

qiziqqanligi  sabab,  shaharga  o’qishga  keladi,  bilimi  kuchli  bo’lishiga  qaramay, 

o’qishga  kirolmaydi.    U  bilan  birga  kelgan  do’stlari  bilimi  yo’q  bo’lsa  ham,  pul 

orqali  o’qishga  kiradi.O’sha  yili  qishloqqa  borishga  uyalib,tunu  kun  mehnat 

qiladi.Keyingi yil yana o’qishga kirolmaydi.Shundan keyin bilsa hamma narsa pul 

bilan  o’lchanarkan.  Ota  juda  ko’p  qiyinchiliklar  ko’radi.Shu  tufayli  farzandlarini 

qiynalishini  istamaydi.Hamma  narsasi  bekamuko’st  bo’lishini  xohlaydi.Shu 

holatlar sabab u noto’g’ri yo’lga qadam bosadi.  

,,Dadam karavot  yoniga,  shundoqqina polga cho’k tushib, qo’lini akamning 

boshi  ostidan  beozorgina  o’tkazdi-da,quchoqlab  oldi.Yelkasi  uchyapti,  demak 

yig’isi  hali  bosilmayapti.Mayli,  yig’lasin,  ilgari  ham  mana  shunaqa  ichib  kelgan 

paytlarida ko’p yig’lardi.Meni, goho ukam Zufarni ham bag’riga  bosib yig’lagan, 

to’yib-to’yib yig’lagan.O’g’lim, Zafarim, zafarli ishlarimning davomchisi, hamma 

umidim o’zingdan.Akang baribir odam bo’lmaydi.Nimaiki topgan bo’lsam bariga 

o’zing  ega  bo’lasan.Mayli,  prakuror  bo’l,  mayli  savdo  hodimi  bo’l,  faqat 

davomchim  bo’lsang  bas,  deb  yuzu  qo’llarimdan  o’pardi.Nimadandir  qalbim  

g’ururga to’lib boraotganini his qilib turardim.Xatto, ishonsangiz, bir marta, dadam 

to’satdan  o’lib  qolsa  bu  boyliklarni  qanday  boshqarar  ekanman,  deb  ham  

o’ylaganman.O’ylaganmanu qo’rqib ketganman…. 

  Dadam yig’layapti, yelkasi silkinib-silkinib yig’layapti.”

1

 

                                                             



1

 Худойберди Тухтабоев. Мунгли кўзлар. -Т.: Ўзбекистон ЛКСМ  Марказий Комитети,  Ёш гвардия нашриёти, 

1988-йил, 81-бет, 

 



 

46 


Bu so’zlar orqali otaning  qanchalik qiynalayotgani, lekin bu yo’ldan qaytish 

uchun  o’zida  kuch  topa  olmayotgani,  farzandlarini  kelajagini  o’ylab  bu  yo’lga 

kirganini ko’rishimiz mumkin.Ota bo’lish bir mas’uliyat.Mana shu  mas’uliyat uni 

qing’ir yo’llarga boshlagan.Asarni o’qir ekanmiz, otaga nisbatan achinish va nafrat 

hislari  yonma-yon  keladi.Chunki,  bu  boyliklarsiz  ham  baxtli  hayot  kechirish 

mumkin.Lekin  boylik  uning  ko’zini  ko’r  qiladi,  o’g’li  Akbarjonning  so’zlariga  

quloq  solmaydi.Shuncha  boyligi  bo’lishiga      qaramay,  yana  boylik  ketidan 

qolmaydi. 

  Asarda  ,,Ataulla    muallim  “  nomi  bilan  yuritiluvchi  qahramon  bu  oilaga 

juda  ko’p  yordam  beradi.Akbarjon    bu  kishini  ota-onasidan  ham  aziz  biladi.U  

halol  mehnat  bilan  bolalarini  tarbiyalabgina  qolmay,    boshqa  oilalarga  manaviy 

ko’mak  beradi.Akbarning  ukasi  Zafarga  yozgan  maktubidan    quyidagi  so’zlarga  

e’tibor qarataylik: 

,,Ota-onam  meni  jinni  deyishardi.Ataulla  Isayevichning  ta’sirida  ahmoq 

bo’lib qolibsan, deyishardi.Yo’q men hech qachon uning ta’sirida bo’lmaganman. 

Pokligi,  halolligi,  ta’riflarga  sig’maydigan  rahmdilligi  uchun  yaxshi  ko’rardim 

uni.Qani endi, dadajonim ham o’sha kishiga o’xshasa, deb orzu qilardim, xolos. 

   Ukajon, o’zing o’ylagin, mendek cho’loq bir nogiron uchun ota mehridan, 

ona muhabbatidan ulug’roq narsa bormi? Dadajonimning nimjon oyoqlarimni silab 

erkalatishlari, oyijonimning bag’riga    bosib, yuzlarimdan o’pishlari, ikkovlarining  

galma-gal  yelkalarida  ko’tarishib  doktorma  doktor  olib  yurishlari,  ko’nglimni 

ovlash uchun kun ora qilgan sovg’alari…Hech bir bola menchalik ko’p o’yinchoq 

o’ynamagan.  Ikkovlari  ham  meni  jondan    ortiq  sevishardi.  Men  baribir,  ularning 

mehrisiz  yashay  olmasdim.Esingdami,  ko’pincha  dadamning  ishdan    kelishlarini  

poylab darvozaxonada o’tirardik.”

1

 



                                                             

1

 Худойберди Тўхтабоев. Мунгли кўзлар.-Т.: Ўзбекистон ЛКСМ  Марказий Комитети,  Ёш гвардия нашриёти, 



1988-йил, 224-бет, 


 

47 


U otasini  yaxshi ko’radi, biroq u qilayotgan ish  jinoyatligini biladi.Bir kun 

ota-onasi  qamalsa  ukalarining  ahvoli  qanday  kechishini  o’ylab  yuragi 

eziladi.Ularni bu yo’ldan qaytarishga qanchalik harakat qilmasin buning uddasidan 

chiqolmaydi.  Oxir  oqibat  esa  ulardan  ajrab  qolishdan  qo’rqqani  holda,  tartibga 

chaqirib  qo’yishlarini  so’rab  qonun  organlariga  murojaat  qiladi.Yo’q!    U  ota-

onasini  qamatmoqchi  emasdi.  Shunchaki  ogahlantirib  qo’ymoqchiydi.  Ish  bu 

darajaga  borib  yetishini  o’ylamagan  edi.  Akbar  vijdon  azobidan  qiynalib  o’zini 

o’zi  yondirib  yuboradi.Garchi  qilgan  ish  to’g’ri  bo’lsa  ham  ota-onasining 

qamalishi  va  ukasining  o’limida  o’zini  aybdor  his  qiladi.  Atrofdagilardan  ota-

onasining  jinoyati  tufayli  uyaladi.  Roman  hozirgi  kunda  ayrim  oilalarda  sodir 

bo’layotgan  voqealarni  obrazli  tasvirlashi  bilan  ham  alohida  ahamiyatga  ega. 

Chunki  ba’zi  oilalarda  ota-onalarning  befarqligi  tufayli  ko’pgina  farzandlar 

qarovsiz  qolmoqda.Roman  boshqa  romanlardan  o’ziga  xos  harakterli  xususiyati 

bilan ajralib turadi. 

  Sharofat  Ashurovaning  ,,Quduq”  nomli  hikoyalar  to’plamidagi  ,,To’g’al” 

nomli  hikoyada  ham  otaning  rizoligisiz,  bemaslahat  ish  qilishning  oqibatlari 

qalamga olinadi.Hikoyada Abdushukur boboning o’g’li Umarali otasidan so’ramay 

uyidagi  qo’ylarni  sotib,  evaziga  mashina  oladi.  Ota  buni  eshitib  bekor  qilganini 

aytadi.  Biroq  o’g’il  mehribon  ota  so’zlariga  kirmaydi.  Oradan  ikki  kun  o’tib 

cho’ponlar  Ayiq  qoyadan  kimningdir  mashinasi  qulagani  xabarini  topib 

kelishadi.Shumxabarni  eshitgan  otaning  ichi  zil  ketadi  va  bu  o’z  o’g’li  ekanini  

payqaydi.Dunyoga  kelib  topgan  birdan  bir  suyanchig’idan  ham  judo  bo’lgan 

Abdushukur  bobo  kasal  bo’lib  yotib  qoladi.  Hikoyada  Abdushukur  boboning 

iztiroblari,  ichki  kechinmalari,  judolikdagi  qiyinchiliklari,  farzanddan  ayrilish 

ustiga  kelini  va  nabiralarini  ketib  qolishi  birgina  otaga  emas,  kitobxonga  ham 

qattiq  ta’sir  qiladi.  Lekin  nabiralari  va  kelinining  qaytib  kelishiga  ishongan  ota 

yana  hayotga  qaytadi.  Aytib  o’tganimdek, farzandidan  ayrilish  eng  og’ir  musibat. 

Ayriliq  odamni  bir  kunda  sindiradi.  Inson  katta  matonat  va  iroda  orqaligina  buni 

yengishi mumkin. Umaralining otasi so’ziga kirmaganligi, uning duoyi fotihasisiz 



 

48 


ish  tutmaganligi  sabab,  bu  voqealar  yuz  beradi.  Natijada  xotini  beva,  farzandlari 

yetim  bo’lib  qoladi.Otasi  bu  ishlarda  o’zini  gunohkor  sezadi.  Uni  onasiz  katta 

qilgani  uchun  aytganini  qilib,  aytgan  narsalarini  olib  berib  boshiga 

ko’taradi.Natijada  o’g’il  ichib  keladigan,  pulni  ayamay  sovuradigan,  otasining 

so’zlariga  quloq  osmaydigan  bo’lib  qoladi.  Buning  jazosi  sifatida  ota  yakka-yu 

yolg’iz  o’g’lidan  ajraladi.  Hikoyada  farzandni  yaxshi  tarbiyalash  muhimligi,  uni 

o’ta  erkalatib  yuborish  ham  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  asosiy  mavzu  sifatida 

qaraladi. 

 Rajabboy  Raupovning  ,,Yana  bir  bahor”  hikoyasida  umrini  cho’ponlikka 

bag’ishlagan  Qulmon  ota  obrazi  tasvirlanadi.Bu  ota  boshqalardan  farqli  ravishda 

hayotining mazmunini cho’ponlikdan iborat deb biladi.Farzandlarini ham cho’pon 

qilishga  vada  beradi.Lekin  kenja  o’g’il  Egam  shaharga  ketib  o’qishga  kirmoqchi 

bo’ladi.  Ota  bunga  qarshilik  bildiradi.Biroq  o’g’il  o’z  so’zida  turib  oladi  va 

shaxarga  ketadi.  U  o’g’lidan  norozi  bo’lib,  uni  qarg’aydi.Ko’pni  ko’rgan  kampiri 

yig’lab eridan o’g’lini qarg’amasligini so’raydi.Shu payt shaxardan kelgan shafyor 

o’g’lini  o’qishga  kirganini  aytadi.Qulmon  ota  eshitib  birorta  so’z 

deyolmaydi.Hikoyada o’z fikrlarini doim to’g’ri deb biluvchi, lekin bu safar nohaq 

bo’lgan  Qulmon  ota  shaxsi  ochib  beriladi.Chunki  inson  o’zi  qiziqqan  soha  bilan 

shug’ullanishi  kerak.Otam  cho’pon  ekan,  meni  ham  cho’pon  qilmoqchi  deb  o’z 

orzularidan voz kechish noto’g’ri.To’g’ri, ota farzandiga yomonlikni hech qachon 

ravo ko’rmaydi.Biroq uni o’z izmiga solish, xuddi oltin qafasga qamab qo’yishdek 

gap.Qulmon  ota  o’z  doirasida  yashaydigan  odam.U  bu  doirada  chetga  chiqishni 

xushlamaydi.U cho’ponlikni eng halol kasb deb biladi.  Qulmon otaning o’qishga 

uquvi  yo’qligi uni bu kasbga kirib kelishiga  sabab bo’lgan.Lekin mana shu halol 

ajratmagan.Umrini  mana  shu  kasbga  fido  qilgan.Endi  esa  o’g’lining  ham  shu 

kasbni  egallashini  xohlayabdi.Ota  o’g’lini  noo’rin  qarg’aydi.Shu  sababmi,  Egam 

o’qishga  kiradi.Ota  o’zining  naqadar  kichik  odamligini,  o’g’lini  ham  bekor 

qarg’aganligini tushunib yetadi.  




 

49 


Hozirgi  kunda  Tohir  Malik    qissa  va  hikoyalarida  ham  ayni  shu  mavzu 

ko’zga  tashlanadi.  Uning  ,,Padarkush”  qissa  va  hikoyalar  to’plamida  ham 

otalarning  oiladagi  o’rni,  ularning  farzand  tarbiyasiga  bo’lgan  munosabatiga 

ayricha  e’tibor  qaratiladi.  Ushbu  to’plamda    ,,Qarg’ish”  nomli  hikoya 

keltiriladi.Hikoyaning  bosh  qahramoni  Ergash  xotinidan  ayriladi.Uch  bolasi  bilan 

boshqa ayolga uylanishga majbur bo’ladi. Ayol ikki marta turmush qurib, farzand 

ko’rmagani  uchun  Ergashga  ma’qul  tushadi.  Ergash  ham  uning  farzandsizligini 

eshitganda,  tirnoqqa  zor  bo’lsa  bolalarimga  mehr  qilar    deb  o’ylaydi.Biroq 

Rahimaning ismi jismiga mos tushmagani holda, mehr, rahm-shafqat degan tuyg’u 

begona  edi.O’gay  onaning  qilmishlari  yetmaganidek,otaning  yurish-turmushi 

ichish, choyxonada ulfatlari  yayrab o’tirish asosiy  yumushi edi.U shunga  yarasha 

tayinli  ish  qilmas,  shundanmi,  o’gay  onaning  fig’oni  falakka  chiqardi.Bolalarni 

qarg’ashdan  bo’shamasdi.Bularni  bilgach,  holasi  bolalarni  o’zi  bilan  birga  olib 

ketadi.Bojasining  uyi  uzoq  emasdi,  Ergash  bolalarini  har  kuni  kelib  ko’rib  tursa 

ham 

bo’lardi.Rahima 



bilib 

qolgan 


taqdirda 

ham 


bunga 

qarshilik 

qilmasdi.Choyxonaga  bir  kun  chiqmasa  gangib  qolishi  mumkin  edi,  chunki 

hayotini choyxonadagi ulfatlarisiz tasavvur qilolmaydi. Lekin bolalarini uzoq vaqt 

ko’rmay,sog’inmay yuraveradi. 

Ota  shunday  bo’lgach  farzandlarda  ham  unga  bo’lgan  sog’inch  so’nib 

boradi.Avvaliga  biroz  qiyin  kechdi.Ham  onasiz,  ham  otasiz  tirik  yetimlarga 

aylanish  farzand uchun juda og’ir musibat.Ayniqsa otang  tirik bo’la turib sendan 

xabar olmasa, o’z uying bo’la turib bora olmasang bundan  og’ir musibat bo’lmasa 

kerak. Ergashning otalik vazifasini endi kim o’taydi? Xolasining turmush o’rtog’i 

bu  vazifani  o’z  yelkasiga  oladi.  Pochchasi  va  xolasi  ularni  o’z  tarbiyasiga  olib, 

bolalardan  mehrini  ayamaydi.Yo’ldosh  ham  ularga  ko’makchi  bo’lib,  ukalariga 

qaralashadi.  Ularnng  yordami  bilan  litseyga  kiradi,u  yerda  ham  yaxshi  xulqi  va 

bilimi  bilan  o’z  o’rniga  ega  bo’ladi.    Xorijga  o’qishga  kiradi,  ollohning  irodasi 

bilan  ko’pgina  boylikka  ega  bo’ladi.O’z  yurtiga  qaytadi,  ota  esa  o’g’lining 

kelganini  bilsa  ham  ko’rgani  bormaydi.Uning  uchun  doimgidek  choyxona 




 

50 


muhimroq.  Ammo  pul  masalasiga  kelganda  otaligi  yodiga  tushadi.  Hayotda 

shunday  insonlar  borki,  o’z  farzandining  holidan  biror  marta  xabar  olmaydi-yu, 

keyin  unga  ta’na  toshlarini  otadi.  Ergash  ham  shundaylardan.O’zi  farzandlaridan 

voz  kechgan  bo’lsa  ham,  uning  mol  dunyosiga  ega  chiqmoqchi 

bo’ladi.Farzandidan  pul  so’rashga  uyalmaydi.Hikoyada  Ergash  va  Yo’ldosh 

obrazlari orqali ayrim oilalardagi mana shunday tafovutlar ochib beriladi. 

To’plamdagi 

yana 


bir 

asosiy 


hikoyalardan 

biri 


,,Padarkush” 

hikoyasidir.Hikoyada  Sohib  ismli  yigitni  ota  qotili  sifatida  ayblab,  uning  ustidan 

sud ishi ko’riladi. Aslida esa bu ishda Sohibning zig’ircha ham aybi bo’lmaydi.Bu 

hikoyadagi    Sohibning  otasi    ichkilikka  mukkasidan  ketgan,  ichkilik  uchun  bor-

budini sovuradigan, xatto farzandini ham bir shisha aroqqa almashtirib yuborishga 

qodir    kishilardan  hisoblanadi.  Sohib  qamoqda  juda  ko’p  azoblarni  ko’radi. 

Hikoyada birgina ota emas, onaning ham ichkilikda otadan qolishmasligi,  bunday 

insonlar  jamiyatimizga  faqatgina  ziyon  keltirishi,  ularda  zarracha  mehr  yo’qligi 

ko’rsatib  beriladi.  Bunday  kimsalarga  farzand  kerak  emas.  Sohibni  hali  go’dak 

paytidanoq  tilanchilik  qilishga  majburlashi,  uni  och-nahor  ko’chaga  tashlab 

sargardon  qilishlari  ham  ayni  haqiqat.Bu  axir  o’zbekchilik  degan  nomga  isnod 

keltirish-ku?  Lekin  bunday  voqealar  hayotimizda  ko’plab  uchrayotgani  ham  ayni 

haqiqat.Yozuvchi  real  voqealarni  tasvirlagan.  Masalan:,,Yetimga  rahm  qiling, 

adamni moshina bosib o’ldirdi, onam og’ir kasallar, doriga  pulimiz yo’q, qornimiz 

och…”

1

 



Sohib  tirik  otasining  ichadigan  arog’iga  yetadigan  pul  topib  borish  uchun 

,,otam  o’ldi”,  deb  tilanchilik  qiladi.  Qaysi  ota  odamlarni  aldab,  farzandini  mana 

shunday vaxshiyona yolg’onlarga boshlaydi. Axir bu bizning mentalitetimizga xos 

narsa  emas.To’g’ri,  Sohibning  otasi  o’ldi,  biroq  avtohalokatda  emas,  ikkinchi 

qavatdan yiqilib jon berdi.Uni go’dak paytlaridayoq ko’p kaltaklashardi. Bir marta 

shirin  kulcha  olish  uchun  pul  yashirganida,  otasi  uni  juda  qattiq  kaltaklaydi. 

                                                             

1

 Тохир Малик. Падаркуш.- Т.: Davr Press, 2011йил. 




 

51 


Endigina yettiga ham kirmagan bolani urish bu razolatku. Nega endi? Bola begona 

emas,  o’zining  bolasi,  o’zlari  olib  bermaganiga  yarasha  o’zi  topgan  pulga  shirin 

kulcha  olsa  nima  qilibdi.  Yo’q  ular  bunday  o’ylashmaydi.  Farzand  ularga  kerak 

emas  ekan,  nega  uni  dunyoga  keltirishadi,  uni  yetimxonaga  topshirishadi,  biroq 

voyaga yetib ishga yaroqli bo’lganida u yerdan ham qaytarib olishadi.   

Ota!  Naqadar  buyuk  so’z.  Lekin  Sohibning  otasi  bu  so’zlarga  loyiq 

emas.Hikoya  so’nggida  adolat  qaror  topadi.  Sohib  oqlanadi.  Bemehr  ona  ham 

afsusnadomatlar chekadi.Lekin endi kech.Ota endi yo’q. Qilmish-qidirmish. 

 

 

 



                                                

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

52 


Xulosa 

  

 Xulosa  qilib  aytganda,  milliyligimizning    boshqalardan  farq  qilib  turuvchi 



asosiy  tomoni  bir-biriga  hurmatda  bo’lish,  bir-birini  ardoqlash,  mehr-muruvvatni 

odamlardan  ayamaslikdadir.  O’zbek  xalqi  bolajon  xalq  hisoblanadi.  Mana  necha 

asrlar bo’libdiki, o’zbeklar o’zining serfarzandligi bilan alohida ajralib turadi.Goho 

uyida bola ovozi eshitilmasa ,,bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” ekanda deb ham 

qo’yishadi.  Farzandlariga  o’zbek  otalarichalik  mehr  qo’yuvchi  ota  boshqa  hech 

qaysi  davlatda  topilmaydi.  ,,Ota  bo’lmay,  ota  qadrin  bilmas“  degan  maqolni 

bejizga aytishmagan. Chunki hech kim o’zi farzandli bo’lmaguncha, ota-onasining 

qadrini  bilmaydi.Ota  kaftini  to’ldirib  turgan  narsa  ham,  farzandlariga  duo  uchun 

ochilgan  qo’lidir.  Otaning  duosi  esa  o’tga  suvga  botirmas.Ya’niotangga  o’la-

o’lguncha xizmat qil, bergan tuzi, tarbiyasini oqla, hech qachon yuz o’girma, rozi 

qil,  rahmatini  eshit,  olqishini  ol,  bekordan-bekorga  gapini,  ra’yini  qaytarma, 

ranjitma  degan  ma’no  bor.Badiiy  adabiyotimizda  ham  ayni  shu  masalalarga 

ayricha  urg’u  beriladi.Bizning  mentalitetimizda  aytib  o’tganimdek,  otaning  o’rni 

benihoya  yuqori.Ular  oilaning  gullab  yashnashiga  yoki  tanazzuliga  olib  boruvchi, 

jamiyatimizning  eng  yuqori  qatlamidir.  Badiiy  adabiyotimizda  Ya’qub 

payg’ambarimizday,  Kaykovusday,  ulug’  vatandoshimiz  Bobur  Mirzodek, 

Yusufbek hojiday otalar borki, hozirgi zamon uchun ham ibrat,ham namuna bo’la 

oladi.  Ammo  ,,guruch  kurmaksiz  bo’lmaydi”  deganlaridek    bularning  akslarini 

ham  ko’rishimiz  mumkin.  Badiiy  adabiyot  reallik  bilan  uzviy  bog’liqlikda  ish 

ko’radi.  U    ayrim  shaxslarning  ijobiy  jihatlari  bilan  birgalikda,  salbiy  jihatlarini 

ham  ochib  beradi.  Masalan  o’tkan  asrimiz  boshlarida  odamlarning  ma’nan 

qoloqligi  o’z  farzandlarining  baxtsizligiga  sabab  bo’lgan.  Albatta  bunga  davr 

sharoiti  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatgan.  Masalan  ko’rib  o’tganimiz  ,,Kecha  va 

kunduz”,  ,,Mehrobdan  chayon”  romanlarida  Razzoq  so’fi,    Solih  mahdum 

obrazlari,  ,,Padarkush”  dramasidagi  boy,  ,,Qor  qo’ynida  lola”  hikoyasidagi 

Samandar  aka,  ,,Qurboni  jaholatdagi  ota  obrazlari  davr  sharoiti  sabab 

farzandlarining  hayotini  izdan  chiqaradi.O’sha  davrning  ongli  farzandlari  esa 



 

53 


bunday  manaviy  qashshoqlikdan  qutulishga  harakat  qiladilar.  Eshmurod  o’zini 

o’ldiradi,  Ra’no  qochmoqchi  bo’ladi,  Do’xtur  Muhammadiyor  esa  o’qib,  izlanib 

ilm orqali o’zining orzulariga erishadi. 

 

Davr  sharoiti  faqat  sharq  adabiyotigagina  ta’sir  o’tkazib  qolmay,  g’arb 



adabiyotiga  ham  o’z  ta’sirini  o’tkazgan.  Masalan  Gorio  ota  ham  burjuaziyaning 

shafqatsiz  qonunlari  sabab  azob-uqubatda  o’lib  ketadi.  Bu  jamiyatda  odamning 

qadr-qiymati qancha daromad keltirishiga qarab belgilanadi.Ulug’bek va Qirol Lir 

fojialari  esa  davr  va  makon  jihatdan  farq  qilsada  ma’naviy  jihatdan  uyg’unlikni 

tashkil  etadi.Ularning  har  ikkisida  ham  farzandlar  toj-u  taxt  ilinjida  otasidan  yuz 

o’giradi.  Ularning  o’limiga  sababchi  bo’ladi.  Oxir-oqibatda  esa  o’zlari  ham 

mudxish  o’lim  egasi  bo’ladi.  Boylik  farzandlar  ko’zini  ko’r  qiladi.O’z  otasini 

o’ldirib ,,padarkush” degan nonga ega   bo’lishadi. 

   Har  bir  davlatdagi  otalar  va  bolalar  munosabati  o’sha  davlatning  ma’naviy 

qiyofasini ochib beradi. Masalan rus adabiyotshunosi I.S.Turgenovning ,,Otalar va 

bolalar” romanida Yevgeniy Vasilevich va Vasiliy Ivonovich munosabatlari sharq 

adabiyoti  vakillari  asarlari  qahramonlaridan  tubdan  farq    qiladi.  Yevgeniy 

Vasilovich o’zining ma’naviyati boyligi, aqliy  jihatdan barkamolligi bilan bizdan 

ustun  tursada,  Vasiliy  Ivonovich,  Nikolay  Petrovich  kabi  ota  obrazlari  harakteri 

o’zining soddadilligi, mehmondo’stligi bilan o’zbek otalarini eslatib turadi. 

   Hozirgi  davrimizga  kelib  globallashuv  jarayonida  odamlarning  o’zgarib 

borayotgani,  yurish-turmushi  o’zgarayotgani  badiiy  asarlarga  ham  o’z  ta’sirini 

o’tkazmoqda. Bunda otalar harakterini rang-baranglashtirish orqali, hozirgi kunda 

otalarning  ko’pgina  salbiy  jihatlarini  bo’rttirib  ko’rsatish  yuqori  darajada 

ekanligini  ko’rishimiz  mumkin.  Masalan  Xudoyberdi  To’xtaboyevning  ,,Mungli 

ko’zlar” romani buning  yorqin dalilidir. Asar qahramoni farzandlarini harom yo’l 

bilan  boqib,  ularning  hayoti  va  umriga  zomin  bo’ladi.  Buni  anglash  uchun    ikki 

farzandidan  ayrilishiga  to’g’ri  keladi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  halol  yo’l  bilan 

topilmagan har qanday boylik bir kun kelib afsuslanishga olib keladi.Farzandlarni 




 

54 


boylik bilan sotib olib bo’lmaydi.  Bu asar orqali  yozuvchi ayni  shunday  insonlar 

hayotimizda  ham  ko’plab  uchrashini,  ularni    farzandining  kelajagidan  ko’ra 

ko’proq boylik qiziqtirishni asoslab bergan. 

    Badiiy  adabiyotimizda  hozirgi  kunda  samarali  ijod  qilayotgan  yozuvchimiz 

Tohir Malikning  ,,Padarkush” qissa va hikoyalar to’plamida ham bugungi zamon   

otalarining  o’zgarib  borayotgan  jihatlarini  ko’rsatib  berishga  harakat  qilgan. 

Ularning  mentalitetimizga  xos  bo’lmagan  tomonlarini,  o’z  nafsi  yo’lida 

farzandlarini  bolalar  uyiga  topshirishdan  uyalmasligini  hikoyalari  orqali      qattiq 

qoralagan.  O’zbek  otalarining    farzandlariga  befarqligi,  ularni  taqdiri  bilan 

qiziqmasligi  milliyligimizga  putur  yetkazadi.  Adabiyot  bunday  kimsalarni 

qoralaydi. O’zgalarga namuna sifatida ko’rsatib berib, hozirgi zamondagi So’filar-

u, Mahdumlarni  tag-tomiri bilan yo’qotishga harakat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

55 


                           
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling