Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti


Davr sharoiti va ota obrazi talqinidagi o’zgarishlar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#259752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon adabiyoti va ozbek adabiyotida ota talqini

        Davr sharoiti va ota obrazi talqinidagi o’zgarishlar.   

XX  asrga  kelib  davr  sharoiti  tufayli  ota  obrazi  talqinida  ham  bir  muncha 

o`zgarishlar  yuzaga  keldi.  Bunga  sabab  jadidchilik  harakatidir.  Ular  millatni 

ma’rifat  orqali  uyg`otsa  bo`ladi  deb  bilishardi.  Jadidlar  o`zbek  adabiyoti  va 

madaniyati tarixida alohida o`rin tutadi. XX asrning boshlarida xalqimizning ko`p 

qismi ma’rifatsiz, ma’nan qashshoq edi. Boylarning zulmlari kuchaygan, ilmsizlik 

avjiga chiqqan edi. Buning natijasida ota obrazida ham anchagina  evrilishlar sodir 

bo`ldi.  Jamiyatda  ularning  salbiy  jihatlari  ko`rila  boshladi.  Otalarning 

ma’rifatsizligi  farzandlarining  hayotiga  ham  o`z  ta’sirini  o`tkazmay  qolmagan. 

Jadidchilik adabiyotida bu qattiq qoralangan. Ayniqsa, ko`pchilik ayollarning qadr-

qimmati  oyoq  osti  qilinganligiga  alohida  to`xtalib  o`tilgan,  bunga ularning  otalari 

qisman  sababchi  ekanligi  badiiy  asarlardan  ayon.  Buni  Hamza  Hakimzoda 

Niyoziy,  Behbudiy,  A.Qodiriy,  Cho`lpon  asrlari  ham  tasdiqlaydi.  O`sha  davrdagi 

siyosiy  va  ijtimoiy  qarashlar  tufayli  otalar  o`z  qizlarini  ko`p  xotinli  eshon  va 

amaldorlarga  uzatishga  majbur  bo`lishgan.  Buning  yorqin  dalili  sifatida 

Cho`lponning  “Kecha  va  kunduz”  romanini  olishimiz  mumkin.  Bu  roman  milliy 

ruhi,  jo`shqinligi,  chuqur  badiiy  saviyasi  bilan  ajralib  turadi.  Adibning  har  bir 

satridan  millatga  muhabbat  ufurib  turadi.  Asarda  asosiy  qahramonlardan  biri 

hisoblangan  Zebining  hayotida  keskin  o`zgarishlar  yuz  beradi.    U  erini  qasddan 

o`ldirishda  ayblanib,  7  yilga  Sibirga  surgun  qilinadi.  Zebining  bunday  fojiali 

taqdiriga  asosiy  sabab  ijtimoiy  tengsizlik  bo`lsa,  keyingi  sabab  otasining  o`ta 

xurofotchi,  johil  odam  ekanligidir.  U  boshliq  uy  –  qizi  va  xotini  uchun  zindon, 

uning  o`zi  esa  shu  zindonning  ko`zi  ko`r,  qulog`i  kar  qarovuli.  Razzoq  so`fi  – 

ziqna  odam,  ishlamay  tishlovchi,  ta’magirlik  va  tekinxo`rlik  orqasida  kun 

ko`ruvchi  inson.  U  yakka-yu  yolg`iz  qizi  Zebining  taqdirini  barbod  qiladi.  Uning 

orzu-havaslarini  yanchib,  Akbarali  mingboshiga  tutqazadi.  Zebining  boshiga  balo 

toshlari  otasining  mutaassibligi,  farzandi  taqdiriga  mutlaqo  loqayd  bo`lganligi 

sababli  yog`iladi. Romanda berilgan ta’rifga ko`ra, u “ko`rgazmaga qo`yilaturgan 

antiqa  maxluqlardan”dir.  Bu  hol  xatto  uning  ilk  bor  yo`rgaklangan  paytida  ham 



 

32 


ma’lum  bo`lgan.  Uning  hali  odam  kepatasiga  kirmagan  yuzlariga  tikilib,  Xamro 

ena bunday so`zlar bilan uni erkalatgan ekan: “- Aylanay, mehmon, kimdan xafa 

bo`lib  tushdingiz?  Kim  ozor  berdi  sizga?  Ayting.  Qovog`ingizni  ochsangiz-chi! 

Yorug` dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling!...”

1

 

 O`sha paytda kulmagan Razzoq so`fi undan keyin ham kulmay o`tdi. Kulish 



va  yig`lash  orasida  katta  farq  bor.  Razzoq  So`fining  kulishlarini  kulish  deb 

bilmaydi.  Uning  kulishi  kasal  odamning  kulishiday  og`ir.  Shundanmi,  Zebi  ham 

jiddiy chexra bilan: “-Otam kulmasa ekan-da!” deydi. 

Bir  paytlar  qishloqda  yashagan  So`fi  akasi  bilan  “bir  shapaloq  yerni 

talashib”  qochib,  ota  uyini  tark  etadi.  Shundan  beri  u  shaxarda  yashaydi.  Uning 

ichki  olami  va  tashqi  qiyofasi  bir  xil;  har  ikkisida  ham  biror  fazilatni  topish 

bo`lgan  boqimanda  kishilardan.  Shunga  qaramay,  to`g`rirog`i  shu  sababdan  u  na 

xotinini  sariq  chaqaga  oladi,  na  yolg`iz  qizini  orzu-havaslari  bilan  hisoblashadi. 

Zebini  olib  ketishga  kelgan  dugonasi  Salti  ikkisining  shovqin  va  qiytqirishlari 

ustiga kirib kelgan Razzoq So`fi o`z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar 

qadar unsiz, o`z ko`ngli qadar tund va xo`mraygan bo`lishini istaydi. 

Otasi  kirib  kelganidan  keyin  Zebining  ko`nglida  o`ynagan  iztirob  va  hayajonlar 

Razzoq So`fining “nima bu qiyomat!” degan qiyomatidan qo`rqinchroq edi. Sovuq 

bir so`fining nazdida bu qadar vahimali bo`lib ko`ringan oddiy va tabiiy bir bolalik 

o`yini  qafas  darichasini  kutgan  vaqtida  darichaga  kattakon  bir  qulf  urilayotganini 

ko`rgan  bir  qushning  iztirobidan  kam  bo`larmidi?!So’fi  o’z  qizining  hayotini 

johilligi ustidan qurbon qiladi.  

 

So`fining  baqirishidan  bir  oz  shoshib  turgach,  ular  yugurgancha  uyga 



kirishadi.,,So`fi  bular  uyga  kirguncha  eshik  oldida  bo`zarib-gezarib  turadi.  So`ng 

o`zining oddiy ovozi bilan: “Qanjiqlar!” deb baqiradi.”

1

 

                                                             



1

 Чўлпон. Кеча ва Кундуз. Асарлар -Т.: ,Академнашр , 2012йил 280-бет. 

1

 Чўлпон, Кеча ва Кундуз. -Т.: Академнашр 2012-йил, 17-бет. 




 

33 


 

Xo`sh,  16-17  yosh,  ayni  o`ynab-kuladigan  payt  emasmi.  Otasi  buni 

tushunmaydi.  Asarni  o`qir  ekanman  So`fining  o`zini  ham  go`ristonday  sovuq 

tasavvur qildim. Qora, jirkanch maxluqday oldiga tashlangan narsalarni yamlamay 

yutadigan,  atrofga  ilonday  zaxrini  sochadigan  maxluq.  Otaning  bunday  qiliqlari 

farzandning  baxtsizligiga  olib  kelmaydimi?  O`zi  So`fi  bo`la  turib,  og`zidan 

chiqayotgan  kurakda  turmaydigan  so`zlar  ham  uning  ma’naviyati  qanchalar 

qoloqligini ochib bergan. 

          Farzandini  tiriklayin  yo’qotgan  so’fi  vujudida  ,,ota”  uni  qutqarishga 

undaydi.   

U  adashganini  tushunib  yetadi.  So’fining  hayoti  izdan  chiqishida  eshonning  ham 

ayblari bisyor. Darhqiqat, So`fining o`z qizini baxtsiz qilishida odamlarning borini 

talovchi,  devonadan  farqi  yo`q,  o`zini  eshon  qilib  ko`rsatuvchi  aslida  esa  rus 

bosqinchilaridan ham xavfli bo`lgan uning piri sababchi. So`fi eshondan maslahat 

so`raganda u shunday deydi: “-Odam o`ldirgan bolaning otasiga qanday maslahat 

bo`ladi, so`fi? Bolaning yoniga otasini jo`natmaydi bu ahmoq o`rus? Adolat bormi 

kofirda?!”

  Shu  paytdagi  So`fining  ahvoli  bizga  uning  ham  zamona  qurboni 



ekanligini  ko`rsatib  beradi.  mana  shu  lahzadan  boshlab,  So`figa  munosabatimiz 

o`zgaradi.  Unga  nisbatan  achinish  payida  bo`ladibizda.  Piriga  biror  marta  ters 

gapirmagan  bo`lsa,  endi  uning  vujudini  nafrat  egallaydi.  So`fi  bir  mute  odam. 

Eshon  nimani  gapirsa  ma’qullayveradi.  Biroq  qizining    hayoti  uni  bu  mutelikdan 

ozod qiladi. Qancha jabr ko`rishiga qarmay, qizinii qutqarishga harakat qiladi. Uni 

ming  qiynoqqa  soladilar.  Bilamizki,  romanning  “kunduz”  qismi  topilmagan. 

Davomi  bizga  noma’lum.  Biroq  roman  so`nggida  eshonni  o`ldirib,  uning  joniga 

ham,  moliga  ham  qasd  qilishadi.  So’fining  vujudida  ,,ota”    g’olib  kelganki, 

,,eshonning  ham  moliga,  ham  joniga  qasd  qilgan”,  ehtimol,  pulni  olib  Zebini 

qutqarmoqchi bo’lgandir..Beixtiyor ko`nglimizga “ajab qilibdi” bu ishni degan fikr 

keladi.  Ota  qizini  baxtidan  judo  qiladi,  o`zining  ham,  oilasini  ham  baxtsizligiga 

                                                             

2

 ўша китоб 268-бет, 




 

34 


sabab bo`ladi. Qiz sharq ayollariga xos ota-ona rizoligi uchun o`zini qurbon qiladi. 

Garchi buni yozuvchi alohida ta’kidlab o`tmagan bo`lsa-da, o`z navbatida, ota ham 

qizi uchun jinoyatga qo`l uradi. Roman eng qaltis ijtimoiy masalalar talqini orqali 

davr  sharoitini  ochib  bergan.So’fi  obrazi  –  o’lkamizdagi  minglab  ,,omi”lar 

taqdirini umumlashtirib, e’tiqodining mohiyatiga ko’pda yetmasdan, faqat ,,omin” 

deb  turishgagina  yaragan,  bu  bilan  bid’atu    xurofotga  yo’l  ochib  bergan  xalq 

fojiasini ko’rsatib bergan. 

       Cho’lponning  ko’pgina  hikoyalarida  ham  johil  otalar  obrazi  ochib  beriladi. 

Ularning  deyarli  barchasida  davr  sharoiti  tufayli  farzandini  jaholat  qurboniga 

aylantirgan  otalar  obrazi  mavjud.  Masalan  ,,Qurboni  jaholat”dagi  Eshmurod  ham 

mana  shu  jaholatning  ayovsiz  qurboniga  aylanadi.U  o’zida  jamiyatga  qarshi 

kurashish  uchun  kuch  topolmaydi.  U  otasidan  yegan  kaltaklardan  so’ng  bir  oy   

betob  bo’lib  yotadi.  Eshmurodning  otasi    ilmsizligi  tufayli  farzandini  nohaq 

ayblaydi.O’z o’g’liga ishonmaydi. 

        Uning  yana  bir  hikoyasi  ,,Qor  qo’ynida  Lola”da  esa  xuddi  ,,Kecha  va 

kunduz”  singari  Samandar  aka  ham  guldek  qizi  Sharofatxonni  bobosi  tengi 

eshonga  uzatadi.  Hikoyani  o’qib,  o’zbek  qizlarining  ota  so’zini  hech  ham  ikki 

qilmasligiga  yana  bir  karra  amin  bo’lamiz.  Samandar  aka  esa  yakka-yu  yolg’iz 

,endigina 17yoshga  kirgan qizini  ikki xotinli eshonga nazr qilib  yuboradi. So’figa 

o’xshab  xurofotga  berilib,  farzandini  yosh  umrini  xazon  qilishi    uning  ham 

eshonga mute ekanligini ko’rsatib turibdi.Cho’lpon bularning barchasiga  ularning 

ilmsizligi,  millatimizning  bir  yoqadan  bosh  chiqarmasligi,  xalqning  bemaqsad  

ekanligini  sabab biladi. 

       Uning  mana  shu  illatlarga  qarshi  yozgan  hikoyalaridan  biri  ,,Do’xtur 

Muhammadiyor”dir.Muhammadiyorning  otasi  Hoji  Ahmad  kambag’algina 

sartarosh bo’lishiga qaramay, juda ilmli, bir necha tillarni biladigan, ko’p joylarga 

borgan,  qiyinchilik ko’rgan kishilardan edi.Mana shu sababmi u o’g’lini ilm olishi 

uchun  qo’lidan  kelgancha  harakat  qiladi.Lekin  ko’p  narsa  albatta  pulga  borib 




 

35 


taqaladi.U  o’g’lini  bir  muallimga  berib,  saboq  oldiradi.O’g’il  ham  o’z  navbatida 

bilimga chanqoq edi.Ota uni hukumat maktablarida o’qitmoqchi bo’ladi, faqat pul 

yo’qligi  tufayli    bu  orzusiga  erisholmaydi.Hoji  Ahmad  mana  shu  yo’lda  qurbon 

bo’ladi.Ular  boy  kimsalardan  yordam  so’rashadi,  biroq  hech  qanday  natija  yuz 

bermaydi.Ular  muallimni  o’z  yurtiga  kuzatish  uchun  chiqqanlarida,  ota 

qimorbozlar tomonidan o’ldiriladi.Hoji Ahmad o’lar vaqtda: 

   ,,      -o’g’lim!..Meros  sen…ga…o’lturgan  …joy…Vasiyatim…o’qu…o’…qu..  

o’qu…o’qu…Men… r-r-r…zomen,-deb jon taslim qiladi.”

1

 

        Darhaqiqat  ota  duosi  ijobat  bo’lib,  Muhammadiyor  o’qimishli  ,,Do’xtur 



Muhammadiyor”ga aylanadi.U o’z yurtida topmagan yordamni  boshqa yurtlardan 

topadi.U Bokuda do’xtur darajasiga  yetadi,Shvetsariyada tajriba orttiradi. Yuksak 

bilimi  orqali  otasining  orzularini  ro’yobga  chiqaradi.O’z  yurtiga  qaytgach,  vatani 

uchun ko’pgina  xizmatlar qiladi. 

          Uyg’onish 

davrining 

mashxur 

namoyondalaridan 

biri 

Vilyam 


Shekspirdir.Uning  mashxur  Qirol  Lir    asarida  ikki  otaning  fojiasi  qalamga 

olinadi.Ulardan  biri  Qirol  Lir  bo’lsa  ,ikkinchisi  Graf  Glosterdir.Bu  asar  bir 

qarashda  bizning  tariximizga  oid  Ulug’bek  fojiasini  eslatib  yuboradi.Chunki,  bu 

asarda  ham  toj-u  taxt  yo’lida  nobakor  farzandlar    o’zining  padarini  quvg’in 

qiladi.Mashxur  tragediyanavis  asarda  hissiyotlarni  birinci  planga  qo’yadi.Bosh 

qahramon Qirol Lirning uch qizi bo’lib, ular Gonerilya, Regana va Kordeliya . Ota 

ikki qizi Gonerilya va Regananing maqtovlariga uchib, toj-u taxtni ikkisiga bo’lib 

beradi.Kenja  qizi  Kordeliyani  esa  jahl  ustida  barcha  narsadan  mahrum  qiladi.U 

fransuz qiroliga turmushga chiqib, Fransiyaga ketadi. Asarda jahlning aql  ustidan 

hukmronligi g’olib keladi.Yana bir makr-hiylaga asir tushgan, o’z farzandi qurbon 

qilmoqchi bo’lgan otalardanbiri Glosterdir. U ham nikohsiz, kenja o’g’li Edmund 

                                                             

Чўлпон. Асарлар. Дўхтур Мухаммадиёр.- Т.:  Akademnashr , 2012йил 280-бет. 



 

36 


so’zlariga  ishonib,  katta  farzandi  Edgarni  o’ldirishga  buyuradi.Biroq  u 

yashirinishga muvaffaq bo’ladi. O’zini jinnilikka solib cho’lda yashay boshlaydi. 

Asarda  vafo,  mehr-oqibat,  otaga  hurmat,  sadoqat  kabi  g`oyalar  ustuvor. 

Kordeliya  timsolida  o`z  otasini  qattiq  hurmat  qiluvchi,  biroq  buni  ko`z-ko`z 

qilmaydigan,  boylik  yo`lida  nafaqat  otasini,  balki  boshqalarni  hm  aldamaydigan, 

rostgo`y,  kerakli  paytda  yordam  qo`lini  cho`zuvchi,  sofdil  qiz  obrazi  ochib 

berilgan. Uni ushbu so`zini jasurlik namunasi deya olamiz: 

Afsus kuchsizman, 

Yuragimni til uchiga qo`ya olmayman… 

Sizga mening juda qattiq muhabbatim bor, 

Bu muhabbat farzandligim burchidir holos, 

Ana shundan yo ziyoda va kam emas.

1

 

U  ham  opalari  singari  otasini  maqtovlarga  ko`mib  tashlasa  bo`lardi.  Biroq 



uning  haqiqiy  chin  muhabbat  tilida  emas,  dilida  barq  uradi.  Va  buni  u  farzandlik 

burchi  deb  ataydi.  Darhaqiqat,  otasi  uni  juda  yaxshi  ko`radi.  Ammo  uning  bu 

so`zlari  Lirni  taajjubga  soladi.  Bu  paytda  otaning  qalbida  kechayotgan  tug`yonlar 

bizga ayon: 

Ortiq ko`rib sevar edim, uning mehriga 

Takiya qilish menga hordiq berar berar deyardim. 

Jo`na, yo`qol! Qora go`rda nasib bo`lajak 

Istirohat hurmatiga qasam ichaman: 

Men bu qizni yuragimadan yulqib tashlayman.

2

 



Qirol lir jahldor, qo`rs, himmati keng, adolatpesha, shu bilan birga qirollarga 

xos  salobatli,  viqorli,  maqtovni  xush  ko`radigan,  to`g`riso`z,  boyga  ham  gadoyga 

bir  xil  muomulada  bo`luvchi  ijobiy  obraz.  U  o`z  qizlari  orasida  Kordeliyani  juda 

                                                             

1

 Шекспир. Қирол Лир-.Т.:  Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти  1981-Йил13-бет 



2

 Ўша китоб 15-бет 




 

37 


yaxshi  ko`radi.  Lekin  uni  bir  og`iz    so`zi  uchun  o`z  yurtidan  badarg`a  qiladi. 

Fransuz  qiroliga  turmushga  chiqib,  fransiyaga  ketadi.  Biroq  ketar  oldidan  opalari 

bilan bilan hayrlasharkan: 

Siz otamning qimmatbaho xazinalari, 

Kordeliya sizni tashlab ketar, ko`zi yosh, 

Men sizlarni juda yaxshi taniyman, ammo… 

Bir tug`ishgan opalarim bo`lganingiz-chun 

Sizda bo`lgan nuqsonlarni aytib turmayman. 

Otamizni yaxshi ko`ring, uni sizlarning 

Mahmadona qalbingizga topshirmoqdaman. 

Attaginang, nazaridan tushmagan bo`lsam,  

Uning uchun zo`r boshpana topgan bo`lardim.

1

 

Ushbu  so`zlardan  qalbida  mehr  uchqunlari  so`nmagan,  hech  kimga  g`arazi 



bo`lmagan qiz ekanligi ko`rinib turadi.  

Buni qarangki, otasi uni sariq chaqasiz ko`chaga haydasa ham, u otasi uchun 

jon  kuydirib  qayg`uradi.  O`zining  tug`ishgan  opalari  esa  buning  aksini  qilishadi. 

Mana  necha  yil-u,  asrlardan  buyon  boylik  uchun  o`z  jigarlarini  o`ldirish,  ming 

azoblarga duchor qilish uchun jon kuydirib qayg`uradi. O`zining tug`ishgan opalari 

esa  buning  aksini  qilishadi.  Mana  necha  yil-u,  asrlardan  buyon  boulik  uchun  o`z 

jigarlarini o`ldirish, ming azoblarga duchor qilish davom etib kelmoqda. Ko`pgina 

asarlarni o`qir ekanman ularning deyarli barchasida ota va farzand o`rtasiga rahna 

soluvchi narsa bu – boylikdir. Boylik tufayli ko`p oilalar barbod bo`ladi. Bu asarda 

qizlarning ko`zini boylik ko`r qiladi. O`z otasiga qarshi qurol ko`tarishadi. 

Asarda  otasining  o`limini  xohlaydigan  yana  bir  qahramon  bu  Edmunddir. 

Nikohsiz  tug`ilgan  bu  bola  nafaqat  otasiga,  balki  hech  bir  g`ayrligi  bo`lmagan 

o`gay  akasining  boshiga  ham  ko`pgina  azoblar  soladi.    Graf  Glosterning  o`g`li 

                                                             

1

Шекспир. Қирол Лир. -Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти 1981-Йил 23-бет,  




 

38 


Edmund  otasining  o`limini  istaydi.  Asarning  g`oyasi  o`sha  davr  uchun  to`g`ri 

tanlangan.  Chunki  hali  demokratiya  vujudga  kelmagan  bu  davrda  jigarlarning  pul 

va mansab uchun bir-birini o`ldirishi oddiy holga aylangan. 

Siz xoinlar, siz qotillar! Vaboga uchrang! 

Uni olib qolar edim… halal berdingiz, 

Olib qoldi! Kordeliya, Kordeliya, 

Muncha shoshasan! 

Ax Nimadi? Nima deding? Uning ovozi  

Xotinlikning latofati anqib turguvchi 

Juda yuvosh, juda nozik, muloyim edi, 

Qizginamni dorga osgan qulvachchani-chi, 

Men o`ldirdim.

1

 

 



Turli  zamon  va makon  bo`lishiga  qaramay, barcha davrlarda  va davlatlarda 

farzand  dog`i  ota-onani  bir  xil  qayg`uga  soladi.  Qirol  lir  ham  ota.  Qayerlik 

bo`lishidan, qanday unvonga ega ekanligidan qat’iy nazar u otadir. U ham farzand 

dog`ini ko`tara olmaydi.  

Osildingmi, sho`rlik bolam… hayoting yo`qmi! 

Nega axir itlar, otlar va kalamushlar 

Yashaydi-ku sen bechora nafas olmaysan? 

Yana qaytib kelmaysanmi, endi hech qachon? 

Hech qachon-a! Hech qachon-a! 

          Shu yerimning tugmasini yechib yuboring… 

Raxmat sizga ko`ryapsizmi? 

Unga bir qarang: 

Ko`rsangiz-chi…lablariga…qarasangiz-chi… 

Qarasangiz-chi…

2

 

                                                             



1

 Шекспир. Қирол Лир.- T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1981-йил 198-бет,  

2

 Ўша китоб 200-бет 




 

39 


O`lim otani o`zi bilan olib ketadi.  

Uning so`nggi so`zlari ham farzandi madhi bilan yakunlanadi. 

Adabiyot hayotni o`zgartirishga yordam beruvchi asosiy manbaadir. Bu asar 

ham  o`sha  davrning  zulmkor odamlari  bag`rini,  muz  bosgan  ko`nglini  erita  olgan 

bo`lsa ajab emas. 

Asarning  ilk  sahifalarida  Lirni  salobatli,  yengilmas,  bir  so`zli  odam  tarzida 

tasavvur  qilamiz.  Lekin  asar  oxirlagani  sari  munkayib  qolgan  qari,    bechorahol 

holda  ko`z  oldimizda  gavdalanadi.  Go`yoki,  o`sha  salobatli  inson  o`rnini 

kasalmand,  hech  narsaga  yaramay  qolgan  dardmand  chol  egallaydi.  Asarning  eng 

fojiali  qismi  uning  so`nggidadir.  Qizining  o`limidan  qayg`uga  botgan  ota  ko`z 

oldiizda, dardli, o`kinchli so`zlarini aytib jon beradi. 

 

Oh-voh torting! Uvvos torting! Toshdil odamlar, 



 

Daryolarcha yosh oqizgan ko`zim bo`lsaydi, 

 

Osmonni qo`porguday so`zim bo`lsaydi, 



Hayot qayda, o`lim qayda ajrata olaman, 

Nafas olmay yotibdi bu. Yer kabi o`lik.  

Bitta ko`zgu topib bering, qo`yib ko`ramiz. 

Agar ko`zgu xiralansa, demak, bu hayot.

1

 

Ota  qizining  o`lganini  bilsa-da,  balki  nafas  olishiga  umida  qiladi.  Uni 



o`ldirganlarni  qoralaydi.  Vaholangki,  uning  boshqa  qizlari  o`z  singillari  o`limiga 

sababchi bo`ladi. 

 

 

 



                                                             

1

 Шекспир. Қирол Лир.- Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1981-йил, 197-бет, 




 

40 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling