Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#259752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon adabiyoti va ozbek adabiyotida ota talqini

 

             

 

 

 

 

                       

 

 

 

 

 

ISHNING UMUMIY TAVSIFI 


 



Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil yurtimiz  zamirida butun umrini iymon va 

e’tiqod,vatanparvarlik, poklik va halollik, ilm va ma’rifat, adolat va diyonat yo’lida 

fido etgan zotlarning mo’tabar xoklari makon topgan.Agar shunday bo’lmasa ular 

dahosining  nafasi  sezilib  turmasa,  har  qanday  zamin  oddiy  tuproq  bo’lib 

qolaverardi.Biz  yoshlar  ham  ularga  munosib  davomchi  bo’lishimiz  asosiy 

burchimizdir. 

Hozirgi  globallashuv  davrida  jamiyatimiz  va  yoshlarimiz  dunyoqarashi 

tubdan o’zgarmoqda.Ularning aksariyati yuksak manaviyatli, yengilmas, kelajakka 

ishonch  bilan  qarovchi,  doim  olg’a  intiluvchi  shaxslardir.Mana  shunday  shaxs 

kamolotida  esa  tarbiyaning  o’rni  nihoyatda  yuksak.Asosiy  tarbiyachi  esa  ota-

onalarimizdir.Ular  bizning  har  qadamimizda  ko’makdosh  va  maslakdoshdirlar. 

Hammamiz  yaxshi  tushunamiz  adabiyotda  tarixiy  haqiqatni  tiklash  bilan  birga, 

xalqimiz adiblarimizdan bugungi kunimiz haqida, zamonamiz qahramonlari haqida 

yangi-yangi  asarlar  kutayotgani  tabiiydir.  Keyingi  yillarda  ana  shunday  ruh  bilan 

yozilgan  bir  qancha  asarlar  dunyoga  keldi.  Ularga  ota  obrazi  bosh  mavzularda 

yoritilgan.  Ishonamizki,  yozuvchi  va  dramaturglarimiz  ham  hayotimizda 

yashayotgan 

otalarning 

fidokorona 

mehnati, 

bunyodkorlik 

salohiyati, 

zamondoshlarimizning  ma’naviy,  ruhiy  dunyosi  haqida  kelajak  avlodlarga  to`liq 

yoritib beradigan asarlar yozadi. 

Bugungi  kunda  xalqaro  hamjamiyat  safidan  munosib  va  mustahkam  o`rin 

egallab borayotgan O`zbekistonimizga, uning tarixan qisqa davrda qo`lga kiritgan 

ulkan  marralarga,  el-yurtimizning  ma’naviy  ildizlari,  urf-odat  va  an’analariga,  bir 

so`z bilan aytganda, o`zbek harakteri, o`zbek tabiatiga, butun dunyoda qiziqish va 

hurmat tobora ortib bormoqda. Shu jumladan, otalarimizga ham. Ularning farzand 

tarbiyasidagi, kamolotidagi o`rni, oiladagi ahamiyati ham shular jumlasiga kiradi. 

Darhaqiqat,  ota  rozi-Hudo  rozi.  Ota  uyning  poydevori,  uyning  ustuni.  Ota 

oila  qalqoni.  O`zbek  adabiyoti  tarixida  oila  deb  atalmish  qo`rg`onlar  ustiga 

qurilgan.  Adabiyot  hayotning  bir  bo`lagi  ekan,  u  insonlarni  ezgulikdan  ibrat 

olishga  o`rgatadi.  U  farzandlarni  to`g`ri  tarbiyalashga,  ota-onani  hurmat  qilishga, 



 

sadoqat  va  vafoga  o`rgatadi.  Bizning  o`zbek  mentalitetida  mana  shu 



munosabatlarning  eng  yaxshisi,  eng  samimiysi  mavjud  bo`lib  bu  –  ota-onaning 

farzandiga  bo`lgan  mehri  hisoblanadi.  Ayniqsa,  oilada  otaning  o`rni  beqiyos.  Bu 

adabiyotda  ham  o`z  aksini  topgan.  Qur’onda  ham,  hadisu-shariflarda  ham  bu 

masalaga keng to`xtalib o`tiladi. Masalan, “Qobusnoma”dag iota siymosini alohida 

ta’kidlash  maqsadga  muvofiq.  Kaykovusning    “Qobusnoma”  asari  turkiy  xalqlar 

madaniyatining  buyuk  bir  durdonasi  sifatida  qabul  qilinadi.  Tarixiy  dalillarning 

shohidlik  berishicha,  asar  muallifi  Kaykovus  “Qobusnoma”ni  o`z  o`g`liga  atab 

yozadi va kitobining nomini bobosi, somoniylar davri hukmdorlaridan biri bo`lgan 

Shamsul  Maoliy  Qobus  Ibn  Vushmagir  nomi  bilan  ataydi.  Otaning  o`z  o`g`li 

tarbiyasi va kelajagi uchun dasturulamal bo`luvchi maxsus pandnoma asar yozishi 

hamda  uni  bobosi  nomi  bilan  atashida  ham  o`ziga  xos  sharqona  oilaviy  tarbiya 

tamoyili-otaning ulug`vorligi yashirin. Unda quyidagi so`zlar bitilgan:”Ey farzand, 

umidim  shuki,  sen  bu  pandlarni  qabul  qilgaysen.  Bu  bilan  men  otalik  vazifasini 

bajo  keltirgan  bo`larman,  -deydi  ma’rifatparvar  ota  Kaykovus.  Bilgilki,  xalqning 

rasmi, odati shundayki,  yuguruib yelib, qidirib-axtarib dunyodan biron narsa hosil 

qiladilar  va  bu  topgan  narsalarini  o`zlarining  yaxshi  ko`rgan  kishisiga  qoldirib 

ketadilar.  Men  dunyoda  mana  shu  so`zlarni  hosil  qildim,  sen  mening  uchun  eng 

qimmat bahosan. Men safar vaqti yaqinlashdi, dunyoda nima hosil qilgan bo`lsam, 

sening  oldingga  qo`ydim,  toki  o`zingga  bino  qo`ymagaysan,  o`zingga  nomunosib 

ishlarni  qilmagaysan.  Hozirgi  kunda  ham  bu  asar  barchamiz  uchun  ibrat  bo`la 

oladi. 

Sharq adabiyotiga xos jihatlarini ko`rsatib berish; 

G`arb adabiyotidan farqli jihatlariga ayricha e’tibor berish 


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling