Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Hozirgi zamon o`zbek tilidagi turg`un birikmalar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

Hozirgi zamon o`zbek tilidagi turg`un birikmalar 

                                                 

3

 Paremiologiya – (lot.) parema – barqaror, logos – ta’limot 



4

 Paremiografiya – (lot.) parema – barqaror, grapho - yozmoq 




 

 

 



26 

 

 



 

Tarkibidagi  so`zlarning  ma`nolari  va  grammatik  jihati  birikib  umumiy  ko`chma  ma`no 

beruvchi  iboralar  turg`un  birikmalar  deb  ataladi:  ko`kka  ko`tarmoq  (maqtamoq),  eti  suyakka 

yopishgan (ozg`in), yuragi orqasiga tortmoq (qo`rqmoq) kabi. 

Barqaror  birikmalarning  bir  guruhi  tarkibidagi  so`zlar  ma`no  jihatdan  uyg`unlashib, 

mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko`pincha mazmunan bir leksemaga to`g`ri keladi va 

ko`chma ma`noda ishlatiladi. 

Masalan,  qulog`i  ding  bo`lmoq  –  hushyor  bo`lmoq,  qovog`i  osilmoq  –  xafa  bo`lmoq, 

og`zining tanobi qochdi – quvonmoq kabi. 

Ma`no yaxlitligiga ega bo`lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so`zlarning 

barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko`chma ma`nodagi 

barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi. 

Frazeologizmlar  gap  tarkibida  uning  bir  bo`lagi  vazifasida  keladi.  Frazeologizmlarni 

tashkil  etuvchi  so`zlar  faqat  frazeologizmlarning  ichki  qismlari  sanaladi.  Gapning  boshqa 

bo`laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. 

Masalan,  Rais  daladagi  hosilni  ko`rib  boshi  osmonga  yetdi.  Bu  gapda  boshi  osmonga 



yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling