Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

laqablar yig`indisi deb tarjima qilishga tarjima qilishga to`g`ri keladi. 

7. 


Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iboralar o`zbek tiliga ravishli iboralar 

bilan tarjima qilinadi:  



to be  

to have 

to give      +  A + N phrase 

to take 

Yuqoridagi  namunalarga  quyidagi  misollarni  keltirish  mumkin:  to  have  a  good  sleep  – 

yaxshi  tiniqib  uxlamoq,  to  take  a  deep  breath  –  chuqur  nafas  olmoq,  to  give  a  loud  whistle  – 

qattiq hushtak chalmoq, to have a good lunch – yaxshi, mazali taom yeb tushlik qilmoq va shu 

kabilar. 

8. 


Ingliz  tilidan    o`zbek  tiliga  tarjima  qilishda  shunday  hollar  uchraydiki,  turli 

ekstrolingvistik  omillar  ta’sirida  tarkibida  fe’lli  iboralar  mavjud  gaplar  va  ularning  tuzilishi 

butunlay  o`zgarib  ketadi.  Masalan,  “He  had  “I  don’t  know  expression”  in  his  face.”  –  Uning 

yuzi, hech narsa bilmasligini ifodalab turardi.  

Bu  borada  O.V.Petrova  shunday  deb  yozadi:  “tarjimaning  muayyan  usulini  tanlash 

asosan  ibora  komponentlari  o`rtasidagi  semantik  aloqalar,  grammatik  norma  hamda  tarjima 

tilidagi so`z birikmasini hosil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.”( O.V.Petrova. 2006, 18) 

Ingliz  tilining  o`ziga  xos  aniqlovchi  va  aniqlanmishdan  tashkil  topgan  iboralari  mavjud 

bo`lib,  ular  ichki  predikatsiyaga  ega.  Ularning  tarjimasi  asosan  iboralarning  stilistik 

xususiyatlariga bog`liq. Agar bunday aniqlovchilar yoyiq va ko`p qismdan tashkil topgan bo`lsa, 

ular  odatda  o`zbek  tiliga  to`ldiruvchi  ergash  gaplar  yordamida  tarjima  qilinadi.  Aniqlanmishli 

ibora  tarkibidagi  ot  xususiyatini  ifodalovchi  so`zlar  bo`lgan  hollarda  esa  ular  bitta  ot  orqali 




 

 

 



75 

 

 



 

tarjima  qilinsa  maqsadga  muvofiq  bo`ladi:  a  gra-it-and-run  …  counter  –  yo`l-yo`lakay  kirib 

ketiladigan mayxona yoki gazakxona. 

Turg`un  birikmalarni  tarjima  qilish  erkin  birimalarni  tarjima  qilishdan  farq  qiladi. 

Turg`un  birikmalar  tarjimasi  haqida  gapirishdan  avval  ularning  o`z  va  ko`chma  yoki  obrazli 

turlarini  farqlab  olish  lozim.  O`z  ma’nosida  qo`llangan  turg`un  birikmalarni  tarjima  qilish 

yuqorida  fikr  yuritilgan  prinsiplarga  asoslanadi.  Eng  muhim  prinsiplardan  biri  –  tarjima  til 

normalarini unutmaslik hisoblanadi.  

 Ko`chma  yoki  obrazli  turg`un  birikmalar  tarjimasi  alohida  e’tiborni  talab  etadi.  Bunday 

iboralarning asosiy xususiyati ularning  komponentlari  yig`indisidan anglab olish  qiyinligi  bilan 

xarakterlanadi.  Turg`un  birikmalar  ma’nosi  alohida  olingan  so`zlardan  emas,  balki  ularning 

yig`indisidan kelib chiqadi. Obrazga asoslangan turg`un birikmalar matnni ifodali hamda stilistik 

jihatdan  bo`yoqdor  bo`lishini  ta’minlaydi.  Asliyat  matnining  bo`yoqdorligi  tarjimada  ham  o`z 

aksini topishi va ifoda vositalarining to`liq saqlanishini talab etadi. Tarjimon matnning ifodali va 

bo`yoqdorligini  ta’minlash  maqsadida  tarjima  matnida  ham  adekvat  va  obrazli  turg`un 

birikmalarning variantini topishi lozim bo`ladi.  

 Tarjima  nazariyasi  bo`yicha  nashr  etilgan  adabiyotlarda  bunday  birikmalarni  tarjima 

qilishning to`rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi. Ular quyidagilardan iborat: 

1)  obrazni qanday bo`lsa shundayligicha saqlash

2)  obrazni qisman o`zgartirish; 

3)  obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish

4)  tarjimada butunlay obrazni saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish. 

1.  Odatda  universal  yoki  internatsional  obrazlar  tarjimada  to`liq  saqlanadi.  Bunday 

frazeologik  birikmalar  tarixiy,  afsonaviy,  diniy,  mistik,  mifologik  va  shu  kabilarga  asoslangan 

bo`ladi.  Masalan,  in  the  seventh  heaven  –  yettinchi  osmonda.  Bunday  frazeologik  birikmalar 

asliyatning  tarjima  tilidagi  ekvivalentlari  deb  ataladi.  Tarjimada  to`liq  ekvivalentga  ega 

frazeologik  birikmalar  deyarli  hech  qanday  muammo  tug`dirmaydi,  chunki  ular  stilistik  hamda 

pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va ta’sir kuchiga ega bo`ladi.  

Ba’zan  asliyatdagi  obrazli  frazeologik  birlikni  tarjima  tilida  muqobili  bo`lmasa  ham 

saqlab qolish imkoniyati bo`ladi. Bunga kalkalash yo`li bilan erishish mumkin. Masalan, nothing 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling