Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

comes out  of  the sack but  what  was in it –  qopda nima bo`lsa, shu  chiqadi  yoki  qozonda boric 

ho`michga  chiqadi.  Bu  usul  obrazli  frazeologik  birlikning  ma’nosi  shaffof  bo`lgan  taqdirda, 

ya’ni uni hamma oson tushungan holdagina qo`llash mumkin. Frazeologik birikmalar tarkibidagi 

so`zlar  ko`chma  ma’noda  qo`llanilgan  bo`lsa-da,  ularning  lug`aviy  ma’nosi  aniq  bo`lsa,  uni 

tarjima  qilishda  kalkalashdan  foydalanish  matnni,  matndagi  informatsiyani  hamda  matndagi 

g`oyani  tushunishni  osonlashtiradi,  tarjima  muqobilligini  ta’minlaydi.  Kalkalash  aksariyat 




 

 

 



76 

 

 



 

hollarda  obrazli  frazeologik  birikmalarni  oddiy  frazeologik,  ya’ni  erkin  birikmalarga  aylantirib 

qo`yadi.  Bu  usulning  qanchalik  to`g`ri  tanlanganligini  tarjima  sifati  ko`rsatadi.  Aksincha, 

frazeologik  birikma  tarkibida  qo`llangan  so`z  ma’nolari  shaffof  bo`lmasa,  kalkalash  usulidan 

foydalanish  matnda  qo`llangan  ko`chma  ma’noli  so`zlarni  qisman,  ba’zan  esa  to`liq 

tushunmaslikka  olib  keladi.  Masalan,  ingliz  tilidagi  to  send  somebody  to  Coventry  turg`un 

frazeologik  birligini  tushunish  uchun  undagi  so`zlar  ma’nosi  yoki  ma’nolar  yig`indisi  yetarli 

bo`lmaydi,  chunki  bu  frazeologik  birlik  na  yubormoq  va  na  Koventri  so`zining  ma’nosiga 

bog`liq. Bu iboraning tarjimasi baykot qilmoq fe’liga to`g`ri keladi.  

2. 


Aksariyat  hollarda  asliyat  va  tarjima  tillarida  bir  xil  fikr  ifodalanadi,  biroq  ular 

obrazlari bilan bir-biridan farq qiladi.  Ularning har ikkisi bir xil ko`chma ma’noga ega bo`ladi. 

Bunday hollarda obrazlar o`rtasida mavjud ozgina farq hisobga olinmasligi lozim. Bunda tarjima 

qilinayotgan frazeologik birlikdagi obraz tarjimada ba’zi bir aniqroq aytadigan bo`lsak, qisman 

o`zgarishga uchraydi. Shunday bo`lsa-da tarjima adekvat hisoblanadi: a fine suit does not make a 

gentleman  –  kiyim  odamni  bezamaydi,  a  burnt  child  dreads  the  fire  –  og`zi  qaynoq  sutga 

kuygan,  qatiqni  ham  puflab  ichadi.  Ikkinchi  misolda  ingliz  va  o`zbek  frazeologik  birikmalari 

o`rtasida  muqobillik  yo`qdek  ko`rinadi.  Chunki  birlikning  birorta  so`zi  bir-biriga  to`g`ri 

kelmaydi,  biroq  frazeologik  birlikda  ifodalangan  obraz  deyarli  bir  xil  –  olovdan  va  qaynoq 

narsadan  qo`rqish  ma’nosi  berilgan.  Ikkala  turg`un  birlikda  berilgan  ma`no  umumlashtirilgan. 

Yana  birr-ikkita  miolni  tahlil  qilib  chiqaylik:  look  not  a  gift  horse  in  the  mouth  –  berganning 

betiga qarama, to lay by a rainy day – qora kunga saqlamoq/qoldirmoq va hokazo. 

3. 


Har  bir  xalqning  til  boyligi,  jumladan  frazeologik  birikmalari  uning  tarixi, 

madaniyati, urf-odatlari, turmush tarsi, mentaliteti va xarakterli xususiyatlari va shu kabilarni aks 

ettiradi.  Hamma  uchun  bir  xil  fikrlar  turli  xalqlar  tomonidan  turlicha  ifodalanadi:  o`zbeklar 

tuyaning  dumi  yerga  tekkanda,  qizil  qorayoqqanda  ,  xapshanba  kuni  deganda  inglizlar  “when 

pigs  fly”  frazeologik  birligini  qo`llashadi.  Ikkala  frazeologik  birligini  qo`llashadi.  Ikkala 

frazeologik  iboradagi  leksik  birliklar  bir-biriga,  ayniqsa  “tuya,  qizil  qor  hamda  xapshanba” 

butunlay  to`g`ri  kelmasada,  hech  qachon  sodir  bo`lmaydigan  ish-harakat,  voqea  asosiy  fikr 

hisoblanadi.  Frazeologik  birikmalar  tarkibidagi  aksariyat  so`zlar  esa  ikkinchi  darajali  unsur 

sifatida  qo`llangan.  Bu  yerdagi  asosiy  vazifa  asliyatdagi  frazeologik  birikmalar  tarjima  tilida 

xuddi  shu  fikrni  ifodalagan  va  xuddi  shunday  stilistik  ma’noga  ega  bo`lgan  turg`un  birikma 

topish. 

 

Misollardan  ko`rinib  turibdiki,  aksariyat  hollarda  asliyatdagi  frazeologik  birikmalarning 



ekvivalentlari yo`q bo`lganda, ayni obraz qo`llanmaganda obrazni butunlay almashtirish tavsiya 

etiladi. Tarjima tilida asliyatdagi frazeologik birlikka ma’no stilistik ifodaliligi oxshash turg`un 

birikma topish maqsadga muvofiq bo`ladi. 



 

 

 



77 

 

 



 

4. 


Shunday hollar bo`ladiki, tarjima tilida asliyat tiliga na ekvivalenti va na o`xshash 

frazeologik  birikma  topiladi.  Asliyatda  ifodalangan  fikrni  aks  ettira  oladigan  birlikni  na 

ekvivalent  na  o`xshash  bo`lganda,  frazeologik  birlik  shaffof  bo`lmasa,  kalkalash  usulidan 

foydalanishni  iloji  bo`lmaganda,  turg`un  frazeologik  birikmalar  tasviriy  yo`l  bilan  tarjima 

qilinadi.  Tasviriy  usul  erkin  ko`chma  ma’noga  asoslanmagan  frazeologik  birliklani  qollashni 

talab etadi: “a skeleton in the cup”- “oila siri”, “in a whole skin” – “bekamu-ko`st, soppa-sog`, 

sog`-salomat, beziyon” va shu kabilar. 

 

Ko`chma,  ya’ni  obrazli  frazeologik  birikmalarni  tarjima  qilishning  asosiy  usullari 



mavjud. 

 

Frazeologik  birikmalarni  tarjima  qilish  jarayonida  so`zlarning  milliy  xususiyatlarini 



hisobga  olish  lozim  bo`ladi.  Milliy  xusiyatga  ega  bo`lgan  so`zlar,  ya’ni  realiy  (xos  so`zlar) 

tarjimasi, frazeologik birikmalar tarjimasi juda murakkab hisoblanadi, tarjimondan katta kuch va 

ko`p  vaqt  talab  etad.  Bir  tomondan  tarjimada  milliy  xususiyatlarni  saqlash  oson  bo`lmasa, 

ikkinchi tomondan tarjimonning erkinlikka  yo`l  qo`yishi natijasida tarjima tiliga asliyat  tilining 

milliy  xususiyatlarini  olib  kirish  xollari  uchrab  turadi.  Ma’no  jihatdan  “to  carry  coals  to 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling