Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

Dress so`zi to dress a chicken va to dress a child iboralarida bir xil manoga ega emas . To 

dress a chicken – patini yulish , To dress a child esa kiyimlarini kiyish ma’nosida qo`llanilyapti. 

Collocation  so`zi  bir so`z boshqasi  o`rnida  qo`llanilishini  bildiradi.  Ba’zi  so`zlar  tez-tez 

bir-biri bilan birga keladi va ba’zilari bir-biri bilan birga kelishi kuzatilmaydi. Qaysi so`zlar bir-

biri  bilan  birga  kelishini  bilish  matnni  to`g`ri  tushunish  va  to`g`ri  tushunish  va  to`g`ri  tarjima 

qilish  imkonini beradi. Ba’zi  so`zlar birga kela olmaydi.  Ingiliz tilida  cat’s wings (mushukning 

qanotlari)  demaymiz,  lekin  biz  bird’s  wings  (qushning  qanotlari)  deb  qo`llaymiz.  Faqatgina 

fantastikada  mushukning  qanotlari  deb  qo`llash  o`zini  oqlashi  mumkin.  So`zlarning  birikishi 

turli  tillarda  farqlanishi  mumkin.  Misol  uchun:  ingiliz  tilidagi  have  so`zi  “dream”  so`zi  bilan 

qo`llaniladi: I have a dream. Biroq o`zbek tilida bu birikma qo`llanilmaydi.  

Har  qanday  tilda  birikmalar  yoki  frazeologik  birikma  aniqdir.  Ular  hamma  vaqt  aniq 

tartibda yoki birgalikda qo`llaniladi  va ularning to`g`ri tarjimasini bilish muhim. Ayniqsa ingliz 

tilidagi spick and span, hale and hearty, to- for, now and then, neat and tidy kabi birikmalarni va 

ularning  aniq  tarjimasini  bilish  kerak.  Boshqa  tillarda  turg`un  birikmalar  hisoblangan  umuman 

turli birikmalar mavjud.  

Aniq  birikmalar  odatda  turg`un  tartibda  birgalikda  ishlatiladi.  Agar  tartibi  o`zgartirilsa, 

shu til so`zlashuvchisiga notabiiy tuyiladi. Ingliz tilidagi bread and butter, day and night (boshqa 

tillarda  night  and  day  deyiladi),  knife  and  fork,  black  and  white,  black  and  blue,  ladies  and 



getlemen,  rant  and  rave  kabi  birikmalarni  tarjimon  bilishi  lozim.  Ingliz  tili  so`zlovchisiga  agar 

kimdir gentlemen and ladies deydigan bo`lsa, bu g`alati tuyuladi. Ko`p tillarda mother and father 

deyishadi, lekin hech qachon  father and mother emas. O`zbek tilida ota va ona, lekin ona va ota 

emas. Iboralar maxsus qo`llanishlar bo`lib to`liq ma’noga egadir. Lekin birikmalarning ma’nosi 

yaxlit so`zlarning ma’nosi bilan bir xil emas. Ular ko`pgina leksik birliklar bilan bir xil ma’nosi 



 

 

 



81 

 

 



 

bor bo`ladi, lekin aniq moslashish boshqa tilda ifodalanmagan bo`ladi. Misol uchun, ingliz tilida 



kick the bucket o`lim bilan bir xil ma’noga ega, lekin bu qandaydir hurmat ko`rsatish maqsadida 

ham qo`llaniladi. Quyidagi misolda ingliz va o`zbek tilidagi so`zlarning tarjimasi berilgan, lekin 

har xil fe’llar qo`llanilgan. Biliklarning har qaysi tildagi shakli tabiiydir, lekin badiiy tomondan 

tarjima qilinsa, notabiiy tuyulardi.  

 

To keep the law 

Qonunga amal qilmoq 



Ate wild honey 

Asal ichdi 



He was given wisdom 

Aql o`rgatdi 

 

Shuning  uchun  iboralarni  tarjima  qilayotganda  bunday  hollarda  e’tibor  qaratish  zarur. 



Tarjimon birinchi navbatda iboraning mazmunini aniq bilishi va iborani to`liq ifoda qilish uchun 

tabiiy  ekvivalentini  topishi  shart.  Ba’zida  so`zlarda  paydo  bo`ladigan  umumiy  ma’no 

birikmalariga  asoslangan  holda  qo`llanishlarni  tahlil  qilish  mumkin.  Misol  uchun,  quyidagi 

gaplarning qo`llanishlari to`g`ridir. 

Agar fe’l o`zgartirilganda, natija noto`g`ri ma’noda yoki metafora ma;nosida bo`lib qolar 

edi. Birinchi ustunda shaxslarsiz ikkinchisida shaxslar bor qilib tarjima qilingan.  

 

washed the car 



bathed the baby 

rented a typewriter 

He hired a secretary 

The puppy yelps 

The bay screams 

He sheared the sheep 

He cut the boy’s hair 

                                                        

Shunday  qilib,  frazeologik  birikmalar  o`zbek  tiliga  so`zma-so`z  tarjima  qilinmaydi. 

Quyida  ingliz  frazeologik  birikmalarining  o`zbek  tilidagi  birikmalarga  moslashishi  va 

ekvivalenti har xil bo`lishi mumkin bo`lgan misollar berilgan.  

1. 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling