Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


I.3.2. Noil Qodirovich Abubakirov


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
#111977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda kimyo yonalishida maktab yaratgan ozbek olimlari


 

I.3.2. Noil Qodirovich Abubakirov

 

O’zbekiston  Fanlar  akademiyasining  xaqiqiy  a’zosi,  yirik  olim, 

O’zbekistonda bioorganik kimyo soxasi asoschilaridan biri. Uning asosiy ilmiy ish 

faoliyati  o’simlik  tarkibidagi  quyi  molekulyar  bioregulyatorlarning  kimoviy 

muammolarini  ilmiy,  amaliy  va  nazariy  jixatdan  o’rganish    bo’lib,  olimning  bu 

soxada olib borgan talqiqotlari respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda ma’lum. 

Noil  Qodirovich  o’zining  ilmiy  faoliyatiii  1946  yilda  O’zbekiston  Fanlar 

akademiyasining  o’simlik  moddalari  kimyosi  institutining  alkaloidlar  kimyosi 

laboratoriyasida  kichik  ilmiy  xodim  lavozimidan  boshlagan.  Bunga  kadar  O’rta 

Osiyo  Davlat  Universiteti  (SAGU)  kimyo  fakultetining  bitiruvchisi  to’rt  yil 

urushda  qatnashib  leytenantdan  to  gvardiya  podpolkovnigi  darajasigacha 

ko’tarilib  xizmat  qilgan.  Noil  Sodirovichning  ilk  ishlari  Delphinium  turiga 

mansub  bo’lgan  o’simlik  alkaloidlariga  bag’ishlangan.  Bu  ilmiy  ishlarning  bir 

qismi olimning 1950 yilda yoqlagan nomzodlik dissertatsiya ishida yoritilgan. 

N.Abubakirov  va  uning  shogirdlari  O’rta  Osiyo  hududlari  va  boshqa 

davlatlarning o’simliklar dunyosini o’rganib, o’zida steroid va triterpen turkumiga 

mansub  moddalarni  saqlovchi  o’simliklardan  210  xil  birikmalar  ajratib  olib, 

ulardan  175 tasi yangi birikma ekanligini ularning tuzilishini isbotlash yo’li bilan 

aniqladi. 

N. Abubakirovning o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan dorivor preparatlarni 

yaratishda  va  ularni  tibbiyot  sohasida  qo’llashda  erishgan  yutuqlari  uchun 

hamkasablari  bilan  birgalikda,  ilm,  fan  va  texnika  sohasida  eng  birinchilardan 

bo’lib Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan munosib taqdirlandi. 


 

34 


 

N.Abubakirov 1947 — 1956 yillar mobaynida Delphinium tur o’simliklarga 

mansub  bo’lgan  D.Biternatum,  D.Semiboratum,  D.Oreophiliini,  D.Rotundifolium 

akonit alkaloidlari ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. 

    Abubakirovning  tabiiy  birikmalar  kimyosi  soxasida  korsatgan  xizmatlari  yuqori  

baxolangan  .  1954-yilda  O”zbekiston  Oliy  Kengashi  faxriy  yorlig’I  bilan1967-yilda  a 

Beruniy  nomidagi  davlat  mukofoti  bilan  munosib  takdirlangan.  1979  yilda  O’zbekiston 

Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi etib saylangan. 

N. Abubakirov uchun urush yillari juda xotirali bo’lib, u 8 ta jangovor orden va 12 

ta  medal  bilan  mukofotlangan.  Urushda  qatnashgan  veteranlarning  sa’y-xarakatlarida 

faol  qatnashib,  mamlakatimiz  va  xamkorlikdagi  davlatlar  veteranlari  o’rtasidagi 

do’stona aloqalarni tiklashga katta e’tiborini qaratgan. Bir necha bor urush qdtnashchilari 

delegatsiyasi safida chet ellarga borgan. O’zbekiston - Vengriya Do’stlik jamiyati raisi 

o’rinbosari lavozimida ishlab, shu jamiyatning katta oltin medali bilan taqdirlangan. 

N.  Abubakirov  bebaho  nutq  sohibi  bo’lib,  uning  ilmiy-  ommabop  ma’ruzalari 

yoki insonparvarlik va axloqiy boylik bilan sug’orilgan suhbatlari alohida o’rin tutgan. 

Noil  Qodirovich  rahbarligida  36  ta  nomzodlik,  3  ta  doktorlik  dissertatsiyasi 

hiimoya  qilindi.  Qator  shogirdlari  laboratoriyalarda,  kafedralarda  faol  ilmiy 

ishlarini  davom  ettirmoqdalar,  chet  ellarda  faoliyat  yuritib,  olimning  ishlarini 

munosib ravishda rivojlantirmoqdalar[5,29] 

 

 

I.3.3. Hakim Aslanovich Aslanov. 

 

  

H.  Aslanovning  ilmiy  tadqiqotlari  O’rta  Osiyo 



madaniiy  va  yovvoyi  florasining  kimyoviy  tarkibini 

o’rganishga 

bag’ishlangan. 

Tabiiy 


fiziologik 

faol 


birikmalarni  sintetik  yo’llar  bilan  hosil  qilish  usullarini 

ishlab 


chiqqan. 

Uning 


raxbarligida 

xinoliziddin 

alkoloidlarining  stsreokimyosi  va  bioginezi  atroflicha 

o’rganilgan. Turli xil usimliklardan 200 dan ortiq; biologik 

faol birikmalar ajratib olingan va ular asosida 400 dan ortiq yangi moddalar sintez 


 

35 


 

qilingan.  H,.  Aslanov  raxbarligida  anobazin  gidloxlorid  preparati  sintez  qilinib 

amaliyotga  joriy  qilingan  va  Chimkent  shaxridagi  Ximfarm  zavodida  ishlab 

chiqilishi  yo’lga  qo’yilgan.  Batumidagi  kimyo-farmatsevtika  zavodida  o’smaga 

qarshi  ishlatiladigan  Ko’lhamin  preparatini  ishlab  chiqish  yo’lga  qo’yilgan. 

Lagoden  nomli  qon  tuxtatuvchi  preparati  13  ta  davlatda  rasmiy  tan  olingan. 

Gassipol preparatini Qoqon yog’-moy kombinatida olish texnologiyasi amaliyotga 

joriy etilgan. «Megasin» nomli virusga karshi preparati sog’liqni saqlash tizimida 

amaliyotga joriy etilgan. 

H.  Aslanov  «Xinnalizidin»  qatori  alkoloidlari,  o’simliklardan  olingan 

dorivor  moddalar  va  ularni  ishlab  chiqarish,  xolinenergekik  sistemalarini 

o’rganishda  foydalaniladigan  alkoloidlar  va  ularning  hosilalari,  «Interferon 

induktorlari» kabi monografiyalar va 400 dan ortiq ilmiy makolalar muallifidir. 

 Uning  raxbarligida  5  ta  doktorlik  dissertatsiyalari,  40  dan  ortik  nomzodlik 

dissertatsiyalari  himoya  qilingan.  H.  Aslanov  shogirdlari  orasida  Mongoliya, 

Vetnam,  Xindiston  va  Koreya  davlatlaridan  kelib  o’qigan  talabalar  borligi 

olimning  ilmiy  faoliyati  kengligidan  dalolat  beradi.  Uning  ilmiy  izlanishlari 

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.[5,19,29] 



 

I.4. Organik kimyo maktabi asoschilari 

I.4.1. Abduxamid G’ofurovich Maxsumov 

 

        A.G’  Mahsumov  organik  kimyo  sohasida  o’z 

maktabini yaratgan taniqli olim 

Mahsumov  A.G’.  (1936). Kimyo  fanlari  doktori, 

professor.  O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  ixtirochi. 

850  dan  ortiq  ilmiy  maqolalar  va  ixtirolar,  10  dan  ortiq 

darslik  va  monografiyalar  muallifi.  Uning  rahbarligi 

ostida 6 ta fan doktori, 34 ta fan nomzo-di tayyorlangan. 

Ilmiy  ishlari  propargil  spirti  hosilalari  va  geterotsiklik  birikmalar  asosida  yangi 

fiziologik  faol  moddalar  sintez  qilishga  bag’ishlangan  bo’lib,  organik  kimyo 



 

36 


 

sohasida  o’z  maktabini  yaratgan  taniqli  olim.  Kimyoviy  tuzilish  nazariyasini 

mikrozarrachalar asosida zamonaviy talqinini taklif etgan. 

Abduxamid Maxsumov 1936 yil 10 mart kuni Toshkent shahrining Chigatoy 

(xozirgi Farobiy) ko’chasida dunyoga keldi. U 1944 - 1954 yillarda 111-maktabda 

taxsil  oldi.  1954  yilda  U  rta  O’siyo  Politexnika  institutining  kimyo-texnologiya 

fakultetiga o’qishga kirib,1959-yilda tugatdi va «O’simlik yog’lari texnologiyasi» 

mutaxassisligiga ega bo’ldi. 

       O’sha yili UzFA «Polimerlar kimyosi» ilmiy- tekshirish institutiga yo’llanma 

bilan  yuborildi va u o’z mehnat faoliyatini katta laborantlik lavozimida boshladi. 

Abduxdmid  Mahsumov  1961  yilda  Moskvadagi  sobiq  Itiifoq  FAning  akademik 

A.N.Nesmeyanov  nomidagi  «Elementoorganik  birikmalar»  ilmiy-  tekshirish 

instituti 

aspiranturasiga 

kiradi. 

Akademik 

V.V.Korshak 

va 


professor 

A.M.Sladkovlarning  ilmiy  rahbarliklarida  «Tarkibida  uchbog’  saqlangan 

poliefirlarning  «sintezi  va  xossalari»  mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini 

tayyorladi va 1964 yilda u ni muvaffaqiyatli himoya qiladi. 

       Abdulxamid    Maxsumov  aspiranturadan  so’ng  Toshkentdagi  Uz  FA  «Paxta 

sellyuloza  texnologiyasi»  ilmiy-tekshirish  institutida  kichik  ilmiy  xodim,  1964 

yilda  katta  ilmiy  xodim  lavozimida  ishladi.  O’sha  yili  O’rta  Osiyo  neftni  kayta 

ishlash ilmiy-tekshirish instituti (SredazNIINP)ga o’tdi va katta ilmiy xodim bo’lib 

ishladi.  1968-  yilda  shu  institutning  «Organik  sintez»  laboratoriyasi  mudiri 

lavozimiga  saylandi.  SredazNIINP  direktori,  akademik,  o’z  zamonining  etuk 

kimyogari  Abdulla  Sultonovich  Sultonov  ilmiy  ishlarini 

baqarish  va 

rivojlantirishda  Abduxamid  G’ofurovichga  katta  e’tibor  qaratdi  va  shart-sharoit 

yaratib  berdi.  Shu  sababli  uning  Sredaz  NIINPdagi  6  yillik  faoliyati  serqirra  va 

sermazmun  bo’ldi,  natijada  u  7  nafar  kimyo  fanlari  nomzodlarini  tayyorladi,  75 

dan ortik ilmiy makolalar va 50 dan ortiq ixtirolar e’lon qildi. 

      1971  yilda  Abduxamid  Maxsumov  ToshMI  «Organik  kimyo»  kafedrasiga 

dotsent  lavozimiga  ishga  o’tadi  1972  yilda  shu  kafedraga  mudir  bo’lib  saylandi. 

Kafedrada  o’quv,  o’quv  -uslubiy  jarayon  yaxshi  yo’lga  ko’yildi,  ilmiy  ishlar 

boshlab yuborildi va tez orada kafedra institutning eng ilgor kafedralaridan biriga 



 

37 


 

aylandi.  Abduxamid  Maxsumov  Tibbiyot  institutida  ishlash  faoliyati  davomida 

akademik  K.A.Zufarov,  akademik  U.O.Oripov,  professor  O.S.Maxmudov, 

professor. 

N.X.Shomirzaev, 

akademik 

T.O.Daminov 

(institut 

rektorlari) 

raxbarligida  kafedrani  boshqardi.  Ular  «Bioorganik  va  bioanorganik  kimyo» 

kafedrasini zarur asbob-anjomlar, kimyoviy ashyolar va reaktivlar, ta’lim va ilmiy-

texnikaviy jixozlash yuzasidan juda katta yordam bilan qullab - quvvatlab keldilar. 

Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, kafedra o’quv, uquv-uslubiy, ilmiy-tarbiyaviy 

ishlar bo’yicha institutning musobaqa va tanlovlarida o’nlab marotaba g’olib bo’ldi 

va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi. 

         Organik  kimyo  soxasining  o’tkir  bilimdoni  va  ayni  vaktda  shu  fan  fidoyisi 

bo’lgan  Abduxamid  Gofurovich  ijodkor,  yangilik  yaratuvchi  olim,  tajribali 

pedagog,  moxir  ustoz,  mexribon  murabbiy  sifatida  talabalarga,  yosh  ixtirochi, 

akademik  litseylar  va  tibbiyot  kollejlari  o’qituvchilari,  malaka  oshirish  kurslari 

tinglovchilariga  kimyodan  saboq  berishdagi  va  mazmunli  ma’ruzalari  bilan 

xurmatga sazovordir. 

         Abduxamid  Maxsumovning  zamonaviy  pedagogik  xamda  uslubiy  saloxiyati 

va  samarasini  quyidagilar  bilan  tavsiflash  mumkin:  u  fakat  boshqalarni  o’qitish 

bilan  cheklanmasdan,  bilimi  va  malakasiga  doimo  e’tibor  beradi.  Kafedra 

xodimlari  bilan  birgalikda  190  dan  ortiq  o’quv  qo’llanma,  uslubiy  qo’llanma, 

ma’ruza  matnlari,  uslubiy  tavsiyanoma  va  boshqa  ko’rsatmalar  chopetdi.  Tibbiy 

oily  talim  muassasalari talabalari uchun birinchi bo’lib  o’zbek  tilida  “Bioorganik 

kimyo”  darsligini  tayyorladi  va  nashr  etirdi.  Shogirdlaridan  prafessorlar 

A.J.Jo’rayev va U.A. Boltaboyevlar bilan birinchi bo’lib bioorganik kimyodan 4-

toifaliekektron  darslik  yaratdi  va  mualliflik  guvohnomasini  oldi.  Turli  miqiyosda 

ilmiy-amaliy        va  o’quv  uslubiy  anjumanlarda  “Kimyo  o’qitish  uslubiyatlari  va 

muammolari  “  mavzusida  yetmishdan  ortiq  maruzalar  bilan  qatnashdi.  Kafedra 

hadimlari  bilan  birgalikda  “Organik  kimyo’’  sohasida  qilingan  110  dan  ortiq 

ixtirolarni  o’quv  jarayoniga  tadbiq  qilish  bilan  birga  yangi  ilg’or  pedagogil 

texnalogiyalar , o’qitish metodikalarini  o’quv jarayoniga kiritdi.  


 

38 


 

       Abduxamid  Maxsumov  42  yillik  pedagogik  faoliyati  mamlakatimizning 

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotida sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, 

istiqboldagi mo’j a z  vazifalarni keng va chuqur anglagan, taxdil qilgan xolda talaba 

yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalashga amaliy v a   ma’ruza darslarda, 

mashg’ulotlardan tashqari vaqtda talabalar uylarida katta ahamiyat berdi va ushbu 

ma’naviy - ma’rifiy ishlarda doimo oldingi saflarda bo’ldi. 

       Chuqur  bilim  egasi,  sermaxsul  olim  Abduxamid  Mahsumov  kafedrada  ilmiy  

izlanish ishlarini yuqori sifat va saviyada olib borishga erishdi va buning natijasida 

sintez  qilingan  yana  biologik  faol  moddalar  sonini  xozirgi  kunda  25000  ta  ga 

yetkazgan  Yaratilgan  kimyoviy  birikmalarning  biologik,  fiziologik  farmakologik 

va  boshka  xossalariga  e’tibor  qaratganAbduxamid  Gofurovich  yaratgan  40  dan 

ortik  biologik,  farmakologik  birikmalar  xalq    hujaligining  turli  soxalarida 

amaliyotga tatbiq etildi. 

2007  yilda  Abduxamid  Maxsumov  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat 

Pedagogika  universitetining  «Kimyo  va  uni  o’qitish  metodikasi»  kafedrasiga 

professor lavozimiga ishga o’tdi. Universitetda xam yuqori unum bilan boy milliy 

madaniy  -  tarixiy  an’analarga  va  xalqimizning  intellektual  merosiga  xurmat  bilan 

qaragan  xolda  faoliyat  ko’rsatib  kelmoqda.  Bakalavr  va  magistrlarga  namunali 

ma’ruzalar  o’qimoqda,  ilmiy  ishlar  yuqori  darajada  olib  borilmoqda.  6  yil  ichida 

330 dan ortik ilmiy ishlar chop qildirdi, yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qildi, 300 dan 

ortiq yoshlar makolalar chop qilishdi va qilishmoqda. 

 Professor  Abduxamid  G’ofurovich  Maxsumovning  ilmiy  izlanishlari 

natijalari 1680 ta ishda o’z aksini topdi. U 1100 dan ortiq ilmiy makolalar, 300 ta 

ixtiro  va  patentlar,  6  ta  darslik,  200  dan  ortik  uquv-  uslubiy  qo’llanmalar 

muallifidir.  Uning  50  yillik  ilmiy  -  pedagogik  ish  faoliyati  raxbarligi  ostida  7  ta 

doktorlik,  40  ta  nomzodlik  dissertatsiyalari  himoya  qilindi.  1979  yilda  ilmiy 

ishlarda erishgan yutuqlarini inobatga olib, unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan 

ixtirochi»  unvoni  berildi.  2000  yilda  «Iilning  eng  yaxshi  ilmiy  raxbari»  va  2002 

yilda «Yilning eng yaxshi murabbiysi» unvonlariga sazovor bo’ldi.[5,9.19,21,22] 



 

 

39 


 

I.4.2. Ibrohimjon Raxmonovich Asqarov 

1949  yil  Andijon  viloyati,  Jalaquduq  tumanida 

tavallud  topgan.   Andijon  davlat  pedagogika  instituti 

biologiya-ximiya  fakultetining  ximiya  bo‘limini  1970 

yilda,  2000  yilda  esa  Farg‘ona  davlat  unversitetini 

yuridik  fakultetini  imtiyozli  diplom  bilan  bitirgan. 

Fiziologik  faol  birikmalar  sintezi  va  ularning  biologik 

faolligini tekshirish, tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida 

tasniflash  va  sertifikatlash  hamda  kimyo  o‘qitish 

metodikasi va uni takomillashtirish muammolari mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari 

olib bormoqda. 

I.R.Asqarov  1975  yilda  “P-  ferretsenilfenolning  nosimmetrik  diatsetilen 

diefirlari  sintezi  va  ularni  tiofen  hosilalariga  sikllash”  (Sintez  nesimmetrichnыx 

diatsetilenovыx  diefirov  i  ix  siklizatsiya  v  proizvodnыe  tiofena)  mavzusida 

nomzodlik, 1991 yilda “Ferrotsenilfenollarning aromatik hosilalari sintezi va ularni 

biologik  xossalarini  o‘rganish”  (Sintez  aromaticheskix  proizvodnыx  ferrotsena  i 

issledovanie  ix  biologicheskoy  aktivnosti)  mavzuida  doktorlik  dissertatsiyalarini 

metaloorganik birikmalar kimyosi fanidan himoya qilgan. 

1992  yilda  Xalqaro  Muxandislik  akademiyasiga,  2010  yilda  O‘zbekiston 

xalq tabobati akademiyasini haqiqiy a’zoligiga saylangan. 

Professor  T.A.Madumarov  va  I.R.Asqarovlar  rahbarligida  ekologik  toza 

biostimulyatorlarning  yangi  avlodini  yaratish  bo‘yicha  ilmiy-  tadqiqotlar  olib 

borilmoqda. 

Hozirgi kungacha 70 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar, 

30 dan ortiq ixtiro va patentlar, 600 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. 

Prof.  I.R.Asqarov  tomonidan  hammualliflikda  yozilgan   7-8-9-  sinflari  uchun 

Kimyo  fani  bo‘yicha  darsliklari  va  shu  sinf  o‘qituvchilari  uchun  uslubiy 

qo‘llanmalari  o‘zbek,  tojik,  qozoq,  turkman,  qirg‘iz,  qoraqalpoq  va  rus  tillarida 

chop etilgan bo‘lib, umumta’lim maktablarida o‘qitilmoqda. 


 

40 


 

Oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  yozilgan  “Organik  kimyo”,  “Bojxona 

rasmiylashtiruvi asoslari”, “Bojxona ekspertizasi tovarlarni xalqaro sertifikatlash”, 

“Tovarlarni  kimyoviy  tarkibi  asosida  sinflash  va  sertifikatlash  hamda  bojxona 

to‘lovlari”  nomli  darsliklari  mamlakatimizda  institut  va  unversitetlarda 

 o‘qitilmoqda. 

Akademik  litsey  hamda  kollejlar  uchun  o‘zbek  va  rus  tillarida  “Kimyo 

asoslari”,  “Kimyodan  masala  va  mashqlar  yechish  usullari”,  “Organik  birikmalar 

nomenklaturasi  va  izomeriyasi”,  “Kimyoviy  elementlar  inson  organizmida”  va 

boshqa o‘nlab o‘quv qo‘llanmalaridan keng foydalanilmoqda. 

I.R.Asqarov  tomonidan  ixtiro  qilingan  “Siakrin-AP-1”,  va  “Siakrin- 

AndMos” nomli sintetik yelimlar jarrohlik operatsiyalarida keng qo‘llanilmoqda. 

“Ferand”, “Ferman” nomli preparatlari tibbiyotda amaliyotga joriy etilgan. 

I.R.Asqarov,  T.T.Risqiev  bilan  hamkorlikda  1997  yilda  Kimyo  fanlari  tizimida 

yangi  fan  “Tovarlarni  kimyoviy  tarkibi  asosida  sinflash  va  sertifikatlash”  nomli 

xalqaro  miqyosda  yangi  ixtisoslik  kiritilgan  bo‘lib  bu  fan  bo‘yicha  40  dan  ortiq 

davlatlarda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borilmoqda.  S.A.Alimboev  va  I.I.Imomaliev 

bilan hamkorlikda yuridik fanlari tizimiga yangi ixtiso 

slik “Bojxona xuquqi” fanini kiritgan. Ushbu yaratilgan fanlar haqida O‘zbekiston 

milliy ensiklopediyasining 11- tomida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. 2000 yilda 

Xalqaro  biznes  va  xuquq  akademiyasi  tomonidan  I.R.Asqarovga  xuquqshunoslik 

sohasi  bo‘yicha  e’lon  qilgan  ilmiy  ishlari  uchun  yuridik  fanlari  faxriy  doktori 

unvoni  berilgan.  I.R.Asqarov,  A.A.Nomozov  va  B.Sattarova  bilan  hamkorlikda 

yozgan  “Kak  nauchitsya  opredelyat  mejdunarodnыe  kodы  tovarov”  nomli  o‘quv 

qo‘llanmasi rus va nemis tillarida 2013 yili Germaniyada chop etildi. 

I.R.Asqarov,  A.Q.Qosimovlar  tomonidan  yaratilgan,  “Ferrostimulyator”  va 

T.A.Madumarov  va  boshqalar  bilan  hamkorlikda  ixtiro  qilingan  “MAKSIT” 

preparatlari biostimulyator sifatida qishloq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda. 

I.R.Asqarov tomonidan ixtiro qilingan “Askalsiy”, “Shifoi Marhaboxon. “Astosh”, 

“O‘zbekiston”.  “Asshifo”,  “Shifoi  davo”  “Sanjam”,  “Asdavo”  kabi  o‘nlab 

qaynatma va damlamalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. 


 

41 


 

“Sozdanie 



novogo 

pokoleniya 

ekologicheskie 

bezvrednыx, 

ekonomicheski effektivnыx biostimulyatorov i sovershenstvovanie ix sertifikatsii” 

loyihasini,  xo‘jalik  asosidagi  Farg‘ona  vodiysidagi  paxtachilikda  yangi 

biostimulyatorlarning  joriy  etilishi  mavzuiga  rahbar  bo‘lib  fan  yutuqlarini  ishlab 

chiqarishga  tadbiq  etishga  ma’lum  muvofaqqiyatlarni  qo‘lga  kiritdi.  Ayni  vaqtda 

I.R..Asqarov  xalq  tabobati  ilmiy  kengashi  raisi,  Nizomiy  nomli  pedagogika 

universiteti Ixtisoslashgan Kengashining a’zosidir. 

        I.R.  Asqarov  o‘zining  ilmiy  faoliyatida  yuqori  malakali  shogirdlar 

tayyorlashga  alohida  e’tibor  berdi.  Shogirdlaridan  M.G‘anieva  “Farg‘ona 

vodiysidagi  kichik  yoshdagi  bolalarda  temir  yetishmasligining  o‘ziga  xos 

tomonlari” mavzuida, Qurbonqul Karimqulov “Paxta tolasi va uning chiqindilarini 

kimyoviy  tarkibi  asosida  tasniflash  muammmolari”  mavzuida  doktorlik 

dissertatsiyalarini,  G.Nuritdinova,  M.Madaminova,  A.Akbarov,  R.Abdullaev, 

A.Jo‘raev,  S.Karimov,  N.To‘xtaboev,  Yu.Isaevlar  nomzodlik  dissertatsiyasini 

himoya  qilib  fan  doktori,  fan  nomzodlari  ilmiy  darajalarini  olishga  muvoffaq 

bo‘ldilar.  Ustozning  6  nafar  shogirdi  Abdulaziz  Nomozov,  Baxtiyorjon 

Abdug‘aniev,  Dilorom  Xasanova,  Baxromali  Do‘monov,  Nurillo  To‘lakov, 

Maqsadbek  Xojimatovlar  hozirda  doktorlik  dissertatsiyasi  ustida  ilmiy  tadqiqot 

ishlari olib bormoqda. 

I.R.Asqarov  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  ixtirochi  va  ratsionalizator, 

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasining xaqiqiy a’zosi.[5,] 



 

 

 

I.4.3. Abdurasulova Amina Rahimovna. 

 Birinchi o’zbek ayollari orasida kimyo fanlari doktori 

(1965), professor (1966). O’rta Osiyo davlat universitetini 

tugatgan (1939), organik kimyo kafedrasi assistenti (1943-

48),  dotsenti  (1948-66),  O’zbekiston  Milliy  universiteti 

organik  kimyo  kafedarsi  mudiri  (1969-  yildan).  Ilmiy 



 

42 


 

ishlari  fenollar  va  ularning  efirlarini  alkillashga  bag’ishlangan  bo’lib,  nazariy  va 

amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan.  Ortosiklogeksilfenolni  sintezi  sanoatda 

qo’llanilgan.  120  ta  ilmiy  maqola  va  8  ta  mualliflik  guvohnomasi  bor.  Bir  qator 

davlat mukofotlari sohibasi 

 

  Abdurasulova  Amina  Rahimovna    1912-  yili    Urganch  shaxrida    ishchi  



oilasida    tug‘ilgan.      1934-    yili    V.I.Lenin    nomli    O‘rta    Osiyo    Davlat  

unversitetining    kimyo    fakultetiga    o‘qishga    kiradi.  Universitetni    tugatgach  

aspiranturada    o‘qishni    davom    ettirib    qoladi.  1943-yili    nomzodlik  

dissertatsiyasini    yoqlaydi.  1943  -yildan    to    1948  -yilga    qadar    unversitetda  

Organik kimyo  kafedrasida  assisentlik  qiladi.  1948 - 1966  yillarda  esa  dotsent 

bo‘lib ishlaydi. Tinimsiz  mehnat  evaziga  1965- yili  doktorlik  dissertetsiyasini  

yoqlaydi    va    o‘zbek    kimyogar    xotin  -  qizlari    orasida    birinchi    fan    doktori  

bo‘lib    yetishadi.  1966-  yil  Abdurasulova  A.  R.  ga  omadli    kelib    professor  

unvonini  oladi [ 10 ]. 

Abdurasulova  Amina  Rahimovna    1969  -yildan    boshlab    universitetning  

Organik    ximiya    kafedrasiga    mudirlik    qilib    kelgan.    Olimaning    ilmiy    ishlari  

fenollar  va  ularning  efirlarini alkillashga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  ham  nazariy,  

ham    amaliy    ahamiyatga    ega.  Abdurasulova  A.R    boshchiligida    olib    borilgan  

orta-siklikgeksafenollar    sintez    qilish    metodi    sanoat    miqiyosida    amaliyotga  

joriy  etilgan.    Abdurasulova  Amina  Rahimovna    rahbarligida  uch  kishi  fan 

nomzodi bo‘lib yetishdi. 

Abdurasulyeva Amina Rahimovna 150 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan 

va  ulardan  15  dan  ortiqrog’I  ilmiy  ixtirolar  uchun  olingan  mualliflik 

guvohnomalaridir.  Uning  raxbarligi  ostida  ishlab  chiqilgan  organikj  birikmalar 

olishning 30 dan ortiq metodlari o’quv jarayoniga tadbiq qilingan  

 Olimaning  ikki    marta    ''Xurmat    Belgisi''    ordeni    ''Ulug‘    Vatan    urushi  

yillaridagi  shavkatli  mexnati  uchun''  medali  xamda  uch  marta  O‘zbekiston 

sobiq  SSR  Oliy  Soveti Prezidiumining  Faxriy  yorliqlari  bilan  mukofatlangan. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling