Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kimyo yonalishida maktab yaratgan ozbek olimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- .[5,19,22,30] 46
- [19,22,30] I.5.3. Zarifa Saidnosirova.
- [21,29,30]
- [5,7,11,24]
[ 20 43
I.5. Noorganik kimyo fanidan maktab yaratgan olimlar I.5.1.Nusrat A’zamovichParpiyev. O’zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. 500 dan ortiq maqola, 7 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta darslik muallifi. Uning rahbarligi ostida 11 ta fan doktori, 32 ta fan nomzodi tayyorlangan. Ilmiy ishlari koordinatsion birik-malar stereokimyosi, ularning tuzilishiga bag’ishlangan. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori dara-jada toza molibden olishning termik usulini ishlab chiqqan N. Parpiev o’z ish faolyatini Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo (xozirgi Umumiy va noorganyus kimyo) nnstitutida boshlagan. Bu erda u 18 yil davomida kichik, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri va ilmiy ishlar buyicha direktor muovini lavozimlarida ishlab kelgan. U akademiyamiz tadqiqotning fizik-knmyoviy uslublari laboratoriyasi va oraliq metallarning koordinatsion birikmalari kimyosi bo’yicha ilmiy yo’nalnshlarning tashabbuskori va tashkilotchisidir. 1976-1977 yillar davomida O’rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti direktori, 1977 - 1989 yillarda Buxoro Oziq- ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori bo’lib ishladi. N.Parpiev 1989 - 2010 yillarda UzMU (ToshDU) Knmyo fakulteti «Noorganik kimyo» kafedrasining mudiri, 1992 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetiniig birinchi prorektori 1994 – 2001 yillar davomida Toshkent Kimyo-texnalogiya institutining rektori, 1994 - 2000 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidiumi azosi kimyo- texnologiya bo’limi raisi lavozimlarida hizmat qildi. 44
N.Parpiev raxbarlik qilib kelayotgan koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy maktabida nafakat fundamental masalalar, balki koordinatsion birikmalarni amaliyotda qo’llash soxalariga xam katta e’tibor berilib kelinmoqda. Masalan, sintez qilingan qator koordinatsion birikmalar asosida metallarning miqdorini aniqlash, o’ta toza holdagi metall birikmalarini ajratib olish usullari aniqlandi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Tarkibida oltingugurt va fosfor tutgan organik moddalarning rangli va qimmatbaxo metallar bilan koordinatsion birikmalarini o’rganish asosida platina guruxi metallarini ekstraksiya usuli bilan ajratib olish mumkinligi aniqlandi. Koordinatsion birikmalarning biologik faol xossalarini o’rganish natijalari vanadiy, kobalt va mis ionlarini amiiokislotalar, amidlar va gidrazonlar bilan, birikmalarini kamqonlikda, vanadiyni sarkolizin, glyutamin va kobalt, nikelni gidroksam kislotalari bilan, birikmalari esa saraton kasalligiga xamda mis va ruxni tiazol va tiadiazol xosilalari bilan kompleks birikmalari turli viruslar, exinokokka qarshi qo’llanilishi tavsiya etildi. Shuningdek, sintez qilingan komplekslar kuchli stimulyatorlik xossaga ega ekanligi xam aniqlangan va qo’llanilishi tavsiya etilgan. N.Parpiev va uning shogirdlarining ko’p yillik mexnatlari tufayli koordinatsion kimyoning nazariy asoslari va amaliy yechimlari isbotlandi va rivojlantirildi. Bularning samarasi quyidagi chop etilgan monografiyalarda namoyon bo’ldi: YU.N.Kukushkin, O.F.Xodjaev, V.F.Budanova, N.A.Parpievlarning «Termoliz koordinatsionnыx soedineniy» (Toshkent, «Fan», 1986); A.G.Ganiev, O.F.Xodjaev, X .X .Tu raevlariing «Ekstraksiya blagorodnыx metallov proizvodnыmi ditiofosfornыx kislot i ix radioaktivatsionnoe opredelenie» (Toshkent, «Fan», 1998); N.A.Parpiev, A.Qushaqbaev, M.M.Azizovlarning «Koordinatsionnыe soedineniya metallov s lekarstvennыmi preparatami» (Toshkent, «Fan», 1982); A.G.Ganiev, O.F.Xodjaev, X.X.To’raevlarning «Zakonomernost transvliyaniya v kompleksnыx soedineniyax kobalta» (Toshkent, «Fan», ‘1998); B.B.Umarov, N.A.Parpievlarning «Ftorli r - diketon xosilalari va ularning kompleks birikmalari» (Toshkent, «Dizayn - press», 2012) asarlari va boshqalar.
45
Akademik N.Parpievning shogirdlari bilan olib borgan tadqiqotlari fakatgina fundamental va nazariy axamiyatga ega bo’lmasdan, balki amaliy axamiyatga ham egadir. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olishning termik usuli ishlab chiqildi. Ishlarning amaliy tomoni shundaki, olingan komplekslarning ayrimlari yuqori katalitik va bioaktiv xususiyatga egadir.
N.Parpievning ilmiy ishlari natijalari xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. 750 dan ziyod maqola, 7 ta monografiya va to’plamlar, 22 ta mualliflik guvoxnomalari va 3 ta patent ilmiy jamoatchilikka yetkazilgan. Olim tomonidan o’zbek tilida noorganik kimyodan 3 ta darslik va 15 dan ortik o’quv va uslubiy qo’llanmalar yozilgan.
Uning raxbarligida 11 ta dokgorlik va 35 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va muvaffakiyatli himoya qilindi, bir kator doktorlik dissertatsiyalari yakunlanish arafasida turibdi.
N.Parpievning ilmiy-tashkiliy faoliyati serqirra bo’lib, u jamoat ishlarida xam faol qatnashib keladi. O’zbekiston kimyogarlar jamiyatining raisi, O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezydiumining a’zosi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Prezidiumining a’zosi. O’zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maxsus kengashi a’zosi, O’zbekiston kimyo jurnali redkollegiyasi a’zosi va O’zbekiston Oliy o’quv yurtlari axborotnomasi jurnali «Ximiya va biologiya» seriyasining bosh muxarriri sifatidagi ishlari bunga yorqin misol bo’la oladi. 2001 yildan boshlab, akademik N.Parpiev raxbarligida muntazam ravishda Respublika miqyosidagi kimyo va kimyo- texnologiyaning dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazilib kelinmoqda.[5,19,22,30] 46
I.5.1. Hakim Rahimovich Rahimov
Mohir pedagog, noorganik kimyo fani jonkuyari. Respublikamizda anorganik kimyoning nazariy asoslarini o’rganish, shu soha bo’yicha o’quv qo’llanma hamda darsliklarni yozishda jonbozlik ko’rsatgan mohir pedagog va olimlarimizdan biri. Toshkent Davlat universiteti Anorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Hakim Rahimovich Rahimovdir.
H.R.Rahimov 1913- yil Toshkent shahrida hunarmand oilasida to’g’ildi. O’rta ma’lumot olgach, 1930- yili O’rta Osiyo Davlat universitetining Kimyo fakultetiga o’qishga kirdi. Talabalik davrida Toshkent Parvoz-remont zavodi ishchilari uchun ochilgan tayyorlov kursida jamoatchilik asosida matematikadan dars berdi. 1932-35- yillarda kimyo va fizikaga oid darslik hamda qo’llanmalarni o’zbek tiliga tarjima qildi. Universitetni tugatgach, Moskvadagi Karpov nomli fizik-kimyo ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga o’qishga kirdi. H.R.Rahimov 1945- yili nomzodlik dissertatsiyani yoqlaydi, 2 yildan so’ng unga dotsent unvoni beriladi.
H.R.Rahimov 1951- yili Toshkent Politexnika instituti Umumiy va noorganik kimyo kafedrasiga mudir qilib tayinlandi. Olim bu yerda eritmalar, organik asos va alkoloidlarga oid ishlar ustida tadqiqotlar olib bordi. Bu ishlar bo’yicha anchagina ilmiy maqolalar e’lon qildi. “Fizik va kolloid kimyo”, X.U.Usmonov va X.R.Rustamov bilan hamkorlikda esa, “Fizik kimyo” darsliklarini yozib, nashr ettirdi. 1958- yili Toshkent Davlat universiteti Anorganik kimyo kafedrasiga mudirlikka o’tdi.
H.R.Rahimov talabalarga anorganik kimyo bilan shu fanning maxsus kursidan ma’ruza o’qidi, amaliy va laboratoriya ishlariga rahbarlik qildi. Universitet laboratoriyalarida H.R.Rahimov boshchiligida muhim anorganik 47
moddalar eritmalari ustida ilmiy ishlar davom ettirildi. Uning kobalt, nikel, titan, temir, marganes, mis, uran, molibden va surma birikmalarini ekstraksiya qilishga doir ilmiy ishlari nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. Kompleks birikmalar kimyosiga oid ishlari ham muhimdir. Ana shu ishlar bo’yicha olim rahbarligida 10 ga yaqin kishi nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi. Olim va pedagog H.R.Rahimov 80 ga yaqin ilmiy maqola e’lon qildi, 3 ta katta darslikni nashrdan chiqardi hamda bir necha ilmiy ommabop birashuralar yozdi.[19,22,30] I.5.3. Zarifa Saidnosirova. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o’zbek ayol kiyogari. Toshkentda “Pestolozzi” maktabi (1922-26), Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumi (1924- 26) da o’qigan. So’ng O’rta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo bo’limini tugatib (1926-30), o’rta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xo’jalik institutida o’qituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930-86), Toshkent tibbiyot institutida o’qituvchi (1932-37). O’quv-pedagogika nashriyotida muharrir (1934-35). O’rta maktablar va texnikumlar uchun “Kimyo” darsligi (1933) muallifi. Saidnosirova Z. pedagogik faoliyatdan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha- o’zbekcha lug’ati ustida ilmiy ish olib brogan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi. Asarlari: “Biologicheski aktivnie polimernie kompozitsii v semenovidenii” (hamkorlikda), T,;1987. “Vodorastvorimiye biologicheski aktivnie polimernie sistemi i ix primenenie v selskom xozyastve” ,T,;2003. “Kimyodan ruscha- o’zbekcha qisqacha izohli lug’at” (hamkorlikda), T,;1975. “Oybegim mening” (xotiralar), T,;1994.[21,29,30]
48
I.6. Kimyo texnalogiyasi bo’yicha ilmiy maktab yaratgan olimlar I.6.1. Malik NabiyevichNabiyev Malik Nabiyevich - o’zbek xalqining ajoyib farzandi, yetuk olim, moxir pedagog,faol jamoat arbobi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori M.Nabiyev 1913-yilda Tashkent shaxrida dunyoga
kelgan.O’rta Osiyo Palitexnika insitutini ikkinchi bosqichini tugatgandan so’ng umuxandis-kimyogar mutaxasisligi bo’yicha Toshkentda mutaxasis yetishmasligi tufayli, Ivanova shaxriga boradi. U yerda qo’shimcha Imtixonlar topshirib, uchunchi bosqichga qabul qilinadi. O’qishni tugatgandan so’ng yo’llanma bilan Chirchiq kimyo kambinatiga ishga keladi. Kimyogar bo’lishi uchun bilimi etishmasligini sezgan yosh mutaxassis Moskvaga yo’l oladi. Bir necha kun vokzallarda yotib yurib o’gir sanoat narkomi (S. Orjonikidze) kabuliga kirib, xaqiqiy muxandis tayyorlaydigan korxonaga yuborishini so’raydi. Narkom uning qatiyatliligini sezib Donbasdagi Gorlovka «Azotli o’gitlar ishlab chiqarish» zavodiga ishga yo’llaydi. U 1935-1940 yillar davomida katga muxandis lavozimida ishladi.
M. Nabiyev .1938 yili birinchilardan bulib «Kimyo sanoati xalq komiteti a’lochisi» nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu zavod ishchi jamoasidagi besh yillik faoliyat M. Nabiyevning kelajakda etuk mutaxassis bo’lib etashishida muxim asos bo’ldi.
1940-yil yanvarida 27 yoshida M. Nabiyev «Chirchiq elektrokimyo kombinati» ning ishga tushirilishi munosabati bilan Toshkentga yuborildi va ushbu kombinatda bosh muxandis sifatida ish boshladi. Bu erda u asosiy e’tiborini malakali ishchi mutaxassislar tayyorlashga qaratdi. Ikkinchi jaxon urushi yillarida frontga ketgan ishchilar urniga yosh mutaxassislarni tayyorlashda, shu bilan bir qatorda kombinatning birinchi va ikkinchi boskichlarini ishga tushirishda faollik ko’rsatdi. Bu vaqtga kelib, 49
kombinat jamoasi Toshkent shaxridagi oliy o’kuv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari, qolaversa, kuchirib kelingan Xarkov Politexnika instituta, GIAP va boshka ko’pgina birlashmalar jamoasi bilan xamkorlikda xamda Ukraina FA akademigi V.I.Atroshenno, Pedagogika fanlari Akademiyasi akademigi D.A. Epshgeyn, FA muxbir a’zolari I.A. Kazarnovskiy va N.A. Izgarishev ishtirokida front uchun kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish borasida izlanishlar olib bordi. M. Nabiyev 1944 - 1945 yillarda 31 yoshida o’rindoshlik asosida O’rta Osiyo Industrial instituta (xozir TDU) «Noorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasini boshqardi, keyinchalik ushbu kafedrada dotsent lavozimida ishladi. Ushbu davrda olim tomonidan ammiakli selitra qovushqoqligiga qo’shimchalarning ta’sir etish mexanizmining nazariy asoslari ishlab chiqildi. Qaratau fosforitlarini va apatit konsentratini azot kislotasi bilan ishlov berish orqali olingan RAP va RFM moddalarini ammiakli selitraning fizik - kimyoviy va mexanik xossalariga ta’sirini o’rganish natijalari 1949- yilda Chirchiq Elektrokimyo kombinatida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Ko’rsatilgan ishlanma M.N.Nabievning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi bo’ldi va uni 1951 yilda himoya qildi. Shu yili O”zbekiston FA Kimyo institutida o’gitlar kimyosi va texnologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi, uning asosida 1966 yilda institut tarkibida 12 ta laboratoriya, jumladan, Chirchiqda, Samarqandda va Olmaliqda sinov-tajriba ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan O’gitlar kimyosi va texnologiyasi bo’limi tashkil etilib, uni M. Nabiev boshkardi. M. Nabiyev fosfatlarni azot kislotasi bilan kayta ishlash kimyosi va texnologiyasi muammolarini o’rganishga asosiy e’tiborini qaratdi. Bunga sabab shuki, fosfatlarni sulfat kislota bilan qayta ishlash jarayonida, jumladan oddiy, qo’sh superfosfat va ammofos olish jarayonida ko’p miqdorda sulfat kislotasi sarflanadi, qolaversa, kalsiy sulfat-fosfogips ballast sifatida hosil bo’ladi. Fosfatlarni azot kislotasi bilan qayta ishlash bir qator afzalliklarga ega bular, birinchidan, fosfatlarni yaxshi parchalaydi, ikkinchidan, azot kislotasining anioni o’git tarkibida qolib, o’git tarkibidagi murakkab azotli komponentni hosil qiladi. 50
M. Nabiyev o’tkazgan ilmiy tadqiqotlar uning doktorlik dissertatsiyasi asosini tashkil kildi va u Xarkov Politexnika instituta Ilmiy kengashida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Fosfatlarni azot kislotasi bilan qayta ishlash kimyosi va texnologiyasi borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari M.N.Nabiyevning 1957 yilda «Fosfatlarni azot kislotasi bilan qayta ishlash», 1965 yilda «Fosfatlarni azot kislotasi bilan qayta ishlash asosida olingan suyuk murakkab o’gitlar» va 1976 yilda ikki jildli «Fosfatlarni azot kislotasi bilan qayta ishlash» nomli monografiyalarida o’z aksini topgan. Azot kislotasi bilan fosfatlarni qayta ishlash jarayonini o’rganishni rivojlantirib borish natijasida M.Nabiyev raxbarligi ostida Karatau fosfatitlarini azot - sulfat kislotalari bilan qayta ishlovchi yangi texnologiyalar yaratildi. M.Nabiyevning ishlarida asosiy e’tibor oddiy va qo’sh superfosfatlarning xossalarini ammiak va ammiakatlar bilan ammonizatsiya kilib yaxshilashga qaratilgan. Ushbu izlanishla natijalari 1952 — 1967 yillarda Qoqon, Samarqand, Jambul va boshka ko’plab superfosfat zavodlarida amaliyotga joriy qilindi. Ilmiy izlanishlarning natijalari M. Nabiyev va A. A. Vishnyakovalarning 1960 yili nashr qilingan «Qaratau fosfarit- laridan ammonizatsiya qilingan superfosfat» nomli monografiyada umumlashgan. 1968 yilda ammonizatsiya usulini yaratganligi va ishlab chiqarishga joriy qilganligi munosabati bilan mualliflar Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan takdirlandi. M.Nabiyev raxbarligida 9 ta doktorlik, 100 dan ortik nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Mexri daryo ustoz yaratgan maktabda tarbiyalangan shogirdlar xozirgi kunda Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gretsiya, Isroil, Vetnam va boshka kator davlatlarda muvaffaqiyatli ishlab, olgan bilimlaridan baxramand bo’lmoqdalar. M.Nabiyev 1966 - 1985 yillarda O’zbekiston FA biosfera muammolari bo’yicha ilmiy kengash raisining o’rinbosari bulishi bilan bir qatorda, atrof-muxitni muxofaza kilish masalasiga doir katta ishlarni amalga oshirdi. Uning ulkan xizmatlari tufayli butun ulkada keng miqyosda ishlatilayotgan zaxarli DDTni va
51
1987 yildan boshlab o’ta zaxarli paxta defolianti — «Butifos» ni ishlatish man etildi. M. Nabiyev mikroelementli va fiziologik faol moddalar tutgan o’gitlar yaratish soxasida ham ilmiy izlanishlar olib borgan. Samarqand kimyo zavodida tarkibida mis va molibden tutgan ammonizatsiyalangan superfosfat, Chirchiq «Elekgro- kimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida mis va rux tutgan karbamid, Olmaliq kimyo zavodida tarkibida mis, rux va yantar kislotasi tutgan ammofos o’gitlari ishlab chiqarilgan.
M. Nabiyev raxbarligida O’rta Osiyo konlaridagi kaliyning tabiiy birikmalari tarkibi va xossalari o’rganilgan. Tyubegatan, Xo’jaikon, Qarlyuq, Qarabil, Lalimkon va boshqa tuz konlaridagi moddalarning tarkibi aniqlangan va kaliy rudalarni texnologik qayta ishlash yuzasidan izlanishlar olib borilgan. Ilmiy izlanish natijalari M. Nabiyev, R.G.Osichkina va boshqalarning «Tyubegatan kaliyli tuzlari» (1972 yil), M.N.Nabyiev, R.G.Osichkina, S.T.Tuxtayevlarning «Mikroelementli sulfat kaliy» (1988 yil) nomli monografiyalarida o’z aksini topgan.
Akademik Malik Nabiyevning xayotiga nazar solar ekanmiz uning xalqparvarligi, mardligini tasdiqlovchi faoliyatlarini aloxida 'ezozlash lozim. I960 yillardan boshlab keng mikyosa a ishlatib kelingan, yuzlab kishilarning salomatligiga putur yetkazib, umriga zavol bo’lgan DST, «Butifos»dek zaxarli kimyoviy moddalarining 1987 yillarga kelib ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida xamda boshka soxalarda ishlatish butunlay man qilinishi Malik Nabiyevning jasorati tufayli amalga oshirildi.
Malik Nabiyev «Butifos»ning insonlarni salomatligiga ziyon etkazishini isbot qilibgina qolmay, uning turlarini ko’plab topgan zaxarsiz kimyoviy modda «SAKS», «UDM», «Sixat», «Sadaf», «Sardor», «Super XMD», «UzDEF» defoliantlarini kashf etib, paxta bargini to’ktirishda qo’llash uslublarini ishlab chiqib, qishloq hujaligida katta ijobiy yo’nalishni ta’minlab berdi. 1991 yildan boshlab, xar yili 2 ming tonnadan 8 ming tonnagacha «Sixdt» defolianti ishlab chiqarilib, respublikaning barcha paxta ekinzorlarida keng qo’llanilgan. 52
Yangi sintez qilingan murakkab tarkibli «UzDEF» defolianti (Uzbekiston defolianti) ko’p taraflama ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lib, 2009 yildan boshlab «Fargonaazot» OAJda yiliga 1,5 ming tonnadan ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan maxsulot go’za defoliatsiyasi uchun ishlatilmoqda. «UzDEF» defolianti o’ziga xos tarkibga ega bo’lganligi sababli umumiy paxta xosildorligini xar 1 gektar maydonda 1,5 -2,0 sentnerga oshirdi.
Ilmiy izlanishlar natijasida M.Nabiyevning oldindan ko’ra bilgan yo’llanmalari asosida xozirgi vaqtda dunyo amaliyotida birinchi marotaba ko’p tomonlama ta’sir. Etuvchi (uchtasi birga: defoliatsiyalovchi 1 stimulyatorlovchi - insektitsid xususiyatga ega bo’lgan) defoliantlarni ishlab chiqarish va qishloq hujaligida tatbiq etish uchun tavsiyalar berildi. Ushbu defoliantlar paxta dalalarida qo’llanilganda paxta barglarining samarali to’kilishini va xosilning pishib yetilishini tezlashtiradi xamda shira, klop, o’rgamchakkana kabi suruvchi zararkunandalarni va ularniing qishlash uchun qo’ygan tuxumlarini butunlay yo’kotadi, tolaning yopishqoq massa bilan ifloslanishining oldini olinadi. Dunyo olimlari tan olgan, qishloq ho’jaligida uta zarur bo’lgan bevosita o’gitlar, defoliantlar tayyorlash kimyosining O’rta Osiyoda yagona maktabini yaratgan akademik Malik Nabiyev jonbozligi tufayli yangi-yangi kimyoviy minerallarga boy moddalar kashf qilindi, ularning ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va amaliyotda keng qo’llab kelinmoqda.
M. Nabiyev raxbarligida olib borilgan ilmiy ishlar uzining xar tomonlama chuqur o’rganilganligi va tugallanganligi bilan ajralib turadi. 1956 yili u O’zbekiston FAning akademigi unvoniga sazovor bo’ldi.
M. Nabiyev 13 ta monografiya, 500 dan ortiq ilmiy makolalar, paxta defoliantlari va desikantlari nomli axborotnomalar muallifidir. Uning muxarrirligi ostida noorganik moddalarning kimyosi va texnologiyasi bo’yicha 10 dan ortik tematik to’plamlar bosmadan chiqqan. Ilmiy izlanishlar 129 ta mualliflik guvoxnomasi bilan himoya qilingan.
M. Nabiyev ilmiy faoliyatini partiyaviy va davlat ishlari bilan birga olib bordi. U 1943 yili Chirchiq shaxar partiya komitetining sekretari, 1943 — 1948 53
yillarda O’zbekiston sanoat kooperatsiyasi bosh boshqarmasining raisi, 1956 - 1960 yillarda O’zbekiston Markaziy Komitetida fan, oliy o’quv yurtlari va maktab hamda sanoat, transport va aloqa bo’limlarining boshligi bo’lib ishladi. 1948 yili Toshkent shaxar sovetiga, 1959 yili O’zbekiston Oliy Sovetiga deputat qilib saylanadi. M. Nabiyevning mexnatlari yuksak baxolanib «Oktyabr revolyusiyasi», «Hurmat belgisi» ordenlari, uch marta «Mexnat Qizil bayroq» ordeni, «Ulug’ Vatan urushi yillaridagi mexnati uchun» medallari bilan taqdirlandi. 1963 yili unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi», 1968 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofoti degan yuksak unvonlar berilgan.
M. Nabiyev yurtimizda va chet ellarda tan olingan hamda mineral o’g’itlar kimyosi va texnologiyasi soxasi bo’yicha ilmiy maktab yaratgan yirik olimdir. Uning kimyo, fizik - kimyo va mineral o’g’itlar texnologiyasi soxasidagi mexnatlari yuqori samarali, kam xarajatli o’g’itlar, kamzaxarli defoliantlar, urug’ni dorilovchi vositalar, o’simliklarni o’stiruvchi stimulyatorlar va qishloq hujaligi uchun boshka kimyoviy preparatlarning yangi texnologik jarayonlarini va ishlab chiqarish usullarini yaratish imkoniyatlarini berdi. M. Nabyiev yirik olim bulish bilan birga katta jamoat arbobi, ajoyib tashkilotchi xamdir. U 1957 yildan 1987 yilgacha «O’zbekiston kimyo jurnali»ga bosh muxarrirlik qildi. 1966 yildan 1986 yilgacha «O’zbekiston FA kimyo-texnologiya fanlari bo’limida «akademik - sekretar» bo’lib mexnat qildi va shu yillar davomida O’zbekioton FA Prezidiumining a’zosi bo’ldi. 1966 - 1987 yillarda Uzbekiston FA ning kimyo va kimyoviy texnologiya fanlari mutaxassisligi buyicha birlashgan ilmiy kengash raisining o’rinbosari, 1976 - 1987 yillarda esa O’zbekiston FA Kimyo instituta qoshidagi doktorlik himoyasi bo’yicha tashkil etilgan davlatlararo ilmiy kengashning raisi bo’ldi.
M. Nabiyev butun kuchi va bilimini, tajribasini fanimizning rivojlanishiga, yukori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashdek muxim ishga bag’ishlagan. Vijdon amriga itoat qilib ijod qilgan Malik Nabiyevdek millat g’ururiga aylangan alloma ko’p yillar davomida avlodlar xotirasida abadul-abad bo’lib qoladi.[5,7,11,24]
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling