Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kimyo yonalishida maktab yaratgan ozbek olimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- [5,22,30] 67 III XULOSA VA TAVSIYALAR
64
I.9.Analitik kimyo sohasida maktab yaratgan olimlar I.9.1. Shukur Tolipovich Tolipov. O’tgan asrning 40-yillarida O’zbekistonda analitik kimyo ilmiy maktabini yaratgan, dunyoga taniqli olim. Kimyo fakultetida O’rta Osiyodagi dastlabki analitik kimyo kafedrasini tashkil qilgan va uni 1933-1998 yillar davomida boshqargan olim professor V.A.Novikov bo’lib, u O’zbekistonda kimyo fanining bu soxasidagi ilmiy ishlarini birinchi bo’lib yo’lga qo’ydi. Sungra analitik kimyo kafedrasini 52 yil davomida Qozog’iston Fanlar akademiyasining akademigi, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Shukur Tolipovich Tolipov boshqarib, analitik kimyoning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan «Elementlar analitik kimyosida organik reagentlarning qo’llanilishi, optik metodlarda qo’llaniladigan reagentlarni immobillash, modifikatsiyalangan ektrodlar yaratish xamda ularni atrof-muxit ob’ektlari anliziga qo’llash» bo’yicha yirik ilmiy maktabga asos soldi, uni butun dunyo kimyogarlariga tanitdi. U shu kafedrada talabalikdan akdemiklik darajasigacha bo’lgan mashaqqatli va faxrli yo’lni bosib o’tdi. Sh.Tolipov o’z ilmiy faoliyatini metallarning ftoridlari xossalarini o’rganishdan boshladi va ilmiy izlanishlar asosida ftoridlarni kimyoviy analizda qo’llash buyicha bir kator nazariy yondoshuvlarga asos soldi. Uning raxbarligida ishlab chiqilgan ko’pgina ilmiy usullar ishlab chiqarish amaliyotida va qishloq ho’jaligida keng qo’llanildi. Akademik olimning shogirdlari 1940-1950 yillarda ftor kimyosi rivojiga salmo1li xissa qo’shib, analitik kimyo ilmiy maktabining yangi tarmogi ftorometriyani sezilarli darajada boyitdi. 1970-1990 yillarda akademik SH.Tolipov raxbarligida oldin sintez qilingan azobirikmalarning berilgan xossali ayrim analoglarini modellash imkonini beruvchi kvant-kimyoviy xisoblashlar amalga oshirildi va shunday birikmalar sintez qilindi, ularning asosida elementlarni aniqlashning yangi metodlari ishlab chikildi (SH.Tolipov, Ch.Ibraimov).
65
Metall ionlarining alkoloidlar va flavonoidlar bilan xosil kilgan turli ligandlar kompleks birikmalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada siyrak elementlarning selektiv ekstraksion-fotometrik aniqlash metodlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Yana bir ilmiy yangilik turli tabiiy birikmalarning metall ionlari xosil qiladigan kompleks birikmalarini aniqlashda bo’ldi. Bu soxada Sh.Tolipov va
uning shogirdlari R.X.Jiyanbaeva, I.P.Shesterova va E.E.Karibyanlar ishlab chikkan gossipolni, anabazinni, paxikarpinni, papaverinni va boshka tabiiy birikmalarni ekspress aniqlash metodlari fanda muxim axamiyatga ega bo’ldi.
Shuningdek, turli
elementlarning natriy
dietilditiokarbaminati va boshqa ko’pgina organik reagentlar bilan ekstraksion- amperometrik titrlash metodlari ishlab chiqilishi ilmiy jixatdan olim ilmiy maktabining yutuqlaridan bo’ldi. Hozirgi zamon kimyosining dolzarb muammolarini echishda aloxida o’rin tutadigan lyuminessent analiz metodlari xam ilmiy maktab doirasida keng qo’llanilib kelinmoqda. Yana shuni xam aytish kerakki, Sh.Tolipov va dotsentlar Z.T.Maksimicheva, A.T.
Toshxodjaev, L.E.Zelserlar tomonidan tabiiy
geterotsiklik birikmalar va ularning sintetik xosilalari (anabazin va uning xosilalari, flavonoidlar) ko’plab mikdordagi fluoressent indikatorlarning lyuminessent xosilalarining o’rganilishi xam kimyo fanida muxim axamiyatga ega bo’ldi. Jumladan, yangi lyuminessent reagentlarni ilmiy izlash, ular molekulalarining tuzilishi bilan nurlanish imkoniyati orasidagi bog’lanish xaqidagi nazariy tushunchalarni ishlab chikish imkonini berdi. Akademik SH. Tolipov keng kamrovli olimdir, 1950 yillardan boshlab uning raxbarligida amperometriya va ayrim fizik-kimyoviy titrlash metodlari nazariyasi va amaliyogi soxasida xam ilmiy-tekshirish ishlari olib borildi (V.A.Xadeev, A.K.Jdanov). Metallarni kompleks son bilan aniqlashning yanada qulay va sezgir titrlash metodlarini ishlab chiqish maqsadida tantaldan yasalgan aylanib turuvchi indikator elektrod yoki ikkita platina elektrodlarni qo’llash (biamperometriya) bilan ilmiy- tekshirish ishlarining katta kompleksi amalga oshirildi. Bu soxada turli kationlarning mikromikdorlarini ekstraksion titrlashda amperometrik titrlash va 66
titrlashning oxirgi nuktasini biamperometrik aniqlash usulini qo’llash ishlari ulkan axamiyatga ega (V.A. Xadeev, A.K.Janov, A.M.Gevorgyan). Hozirgi kunda Sh.Tolipov ilmiy maktabini uning shogirdlari professor A.M.Gevorgyan (Elektrokimyoviy analiz metodlari), dotsentlar N.T.Turobov va Z.A. Smanovalar (Optik analiz metodlari) davom ettirmoqdalar. Keyingi paytda mazkur maktabning faollari «Eritmalarda muvozanatni o’rganish va elementlar xamda biologik faol birikmalarni aniqlashning fizik-kimyoviy metodlarini ishlab chiqish va analitik maksadlarda foydalanish uchun organik reagentlar sintez qilish, kattik elektrodlar yaratish va ular asosida atrof-muxit ob’ektlari xamda sanitariya soxalaridagi metallar va konserogenlarni selektiv va ekspress aniklash metodlarini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy yo’nalishlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 1995 yilda ushbu yo’nalishlar bo’yicha maxsus ilmiy gurux tashkil etilib, bu ilmiy gurux Fan va texnika qo’mitasining ikki marotaba fundamental amaliy tadqiqotlar bo’yicha davlat grantini yutishga muvaffaq bo’ldi va 15 dan ortiq zaxarli, og’ir metallar va ekotoksikantlarning turli ob’ektlardagi qoldiq mikdorlarini aniqlash metodlari ishlab chiqildi. Oxirgi yillarda ilmiy maktabning davomchilari ko’mir pastali qattiq elektrodlar yaratish ustida izlanishlar olib borish asosida og’ir, zaxarli metallarni turli ob’ektlarda inversion-voltampermetrik aniqlash usullarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etishdi. Xozirgacha Sh.Tolipov ilmiy maktabi asosini teshkil etgan analitik kimyo kafedrasida 1300 dan ortiq ilmiy maqola vatezislar ,6ta o’quv qo’llanma, 8ta monografiya chop etildi va 20dan ortiq mualiflik guvohnomasi hamda 9tapatent olindi,4ta doktorlik va 90dan ortiq nomzodlik disertatsiyalari himoya qilindi. [5,22,30] 67
III XULOSA VA TAVSIYALAR 1. Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlil etildi. 2. Kimyo fani tarixi va rivojlanish davrlari adabiyotlar bo’yicha umumlashtirildi. 3. Kimyo sanoati va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan Markaziy Osiyolik olimlar mehnatlari tahlil etilib, shu kundagi kimyo sanoati rivojlanish istiqbollari aniqlandi. 4. Buyuk kimyogar olimlarning ilmiy-pedagogik faoliyatlari ilmiy manbaalar asosida tahlil etilib, umulashtirildi. 5. Kimyo fani amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, mo’jizakor, qiziqali fandir,shuning uchun kimyo fanida maktab yaratgan va fanning yuksalishiga katta hissa qo’shgan olimlarni buyuk ishlarini doimo darlarda, sinfdan tashqari ishlarda, kimyo to’garaklarda ko’pincha kimyoviy kechalar uyushtirish va o’tkazish orqali o’quvchilarga yetkazishimiz mumkun. 68
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni. Toshkent, 1997- yil, 29- avgust. 2. I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent, 1988, 63b. 3. 2004-2009-yillarda “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 21- may,2004-yil. PF-3431. 4. I.A.Karimov “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruzasi”. 29- yanvar, 2010-yil. “Xalq so’zi” gazetasi, 30-yanvar, Toshkent, 2010. 5. B.Umarov, T.N.Niyazxonov "Kimyo tarixi" Toshkent, "Nazro'z" 015. 6.С.М.Туробжоиов, К,.Ахмеров, П.Исматуллаев "Кимёгар академиклар", Тошкеит, "Иктисод - Молия"2006. 5. IbrohimjonAsqarov . “O’zbekstonkimyogarolimlari” “Fanvatexnalogiya” Toshkent,2014 6. O'zbekiston kimyosi tarixidan. Maktabda kimyo jurnali, № 4. 2009, Toshkent, 32-b. Milliy ensiklopediya. 7. "O'zbekistonda kimyo sanoati istiqbollari" "XXI asr texnologiyalari" ilmiy- texnikaviy jurnal. № 4(5), 2011 yil, Toshkent, 32-b. 8. M.Yo'ldasheva "O'zbekiston oily va o'rta maxsus ta'lim tizimining shakllanishi XX asr, 20 yillar" , "Xalq ta'limi" jurnali, Toshkent № , 2002, 128-b.
69
9. Ibrohim Asqarov, Kamoliddin G'opirov, Shahobiddin Qirg'izov, "Kimyoviy bilimlar sarchashmasi" Toshkent, "O'zbekiston", 2013. 10.N.Parpiyev, X.Rahimov, A.Muftaxov "Anorganikkimyonazariyasoslari", "O'zbekiston", Toshkent, 2000 yil, 478-b. 11.. 11. Омонов Ҳ.Т. Кимёвий тафаккурнинг генезиси ва тарихий тараққиёти. –Тошкент: Ўзбекистон зиёлиларининг илмий-маърифий уюшмаси. -1993. 24 б.
12. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar.- Toshkent.- Fan. – 1968. 5-20 betlar. 13. www.shosh.uz 14. library.ziyonet.uz.>book 15. shosh.uz>category>allomalar-uz. 16. S. Hoshimova "Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy". Maktabda kimyo jurnali № 6, 2009, Toshkent, 32 b. 17.
С.Тешабоев, С.Урмоиов, М.Рахматова, Ш.Абдуллаев "Фаргоиа водийсииииг кимё тарихига бир иазар" (Академик О.Содиковга багишлаигаи ИИИ- РесиубликаБиооргаииккимёмуаммоларигабагишлаиконференцияматериаллар и). Илмийахборотлар № 2, 2001, Намаигаи, 2-6. 18. Ismoilov, М. Nishonov "Ustozlar xotirasi abadiydur" ("Kimyo ta'limi samaradorligini oshirish omillari" mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy anjumanning materiallari) Farg'ona, 2011, 281-b. 19. Sh. Abdullayev, Q. Karimov, N. Qo'qonova, "O'zbekiston kimyogarlari", Namangan, 2007, 48 b. 21. М. Asqarov "O'zbekiston kimyosining istiqbollari",Toshkent,"Fan",1985, 40-b. 22. Q. Axmerov "O'zbekiston kimyogarlari", Toshkent, "Fan", 1973, 88-b. 23. Z. Tillabayev "O'zbek fanini dunyoga tanitgan olim", "XXI asr texnologiyalari" ilmiy-texnikaviy jurnal, № 4(5), 2011, 32-b. 24. K. Ahmerov "O'zbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyati", Toshkent, "Fan", 1987.
70
25. Abdusamatov A., Mirzayev R., Ziyayev R. Organik kimyo. T.: O‘qituvchi 2004 . 5 -7 b. 26. Asqarov I.R. , Axmerov Q. M. Mo‘jizakor olimlar. T. O‘zbekiston, 1970. 40 – b. 27. I. Asqarov, N. To'xtaboyev, K. G'opirov, "7-sinf kimyo darsligi" , Toshkent, 2009, 158-b. 26. X. Omonov "Kimyoviy eksperimentning ta'lim tizimidagi o'rni", uzluksiz ta'lim jurnali, № 5, 2004, 42-45- betlar. 27.Yu.Amirjonova “Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarning samaradorligini ta’minlash omillari”, uzluksiz ta’lim jurnali, № 2, 2002, 112-b. 28. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, V.Xo’jayev “Kimyo o’qitish metodikasi”, Toshkent, “O’qituvchi”, 2002, 112-b. 29. http://ziyonet.uz/uz 30. https://ru.wikipedia.org
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling