«Allohsizlargaengillikni istaydi, og’irilikni xohlamaydi» (Baqara, 185).
«Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) engillagishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilgan-da!»(Niso, 28).
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: «Albatta, din engildir. Kimda kim uni (o’zicha) og’irlashtirsa, din uni albatta mag’lub qiladi».
Shuningdek, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat kilgan hadisda ham bunday deyiladi: «Osonlashtiring, qiyinlashtirmang! Qiziqtiring, bezdirmang!»
Lekin diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o’zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g’oya va tamoyillari mazmun-mohiyatini bir yoqlama, noto’g’ri talqin qilib, odamlarni hidoyat yo’lidan adashtirishga urinmoqda. «Biz islohotchilarmiz» deya iddao qilayotgan bunday oqimlar o’zlarining qarashlari va amaliyotiga qo’shilmaganlarni «adashganlar»ga chiqarmoqda. Natijada musulmon bo’lmagan mamlakatlar aholisi o’rtasida islomning «yovuzlik saltanati» va tahdid manbai sifatida qabul qilinishiga, «islomofobiya» («islomdan qo’rqish», «islomdan dahshatga tushish»)ning turli ko’rinishlari paydo bo’lishiga ham zamin yaratmoqda. Bunday yondashuv va talqinlar jamiyatdagi ijtimoiy birlikka tahdid solib, ichki parokandalikni keltirib chikarmoqda. Islom ulamolarining ko’rsatmalarini inkor kilishdan tap tortmaydigan, diniy birlik, aqidaviy yakdillikka real tahdid tug’diruvchi, o’zaro nizolarga ko’milib ketgan guruhlar uchun g’oyaviy zamin yaratmoqda.
Tinchlik urush va nizolarga barham berish orqaligina ta’minlanadi. Afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo’li bilan o’z maqsadlariga erishishni ko’zlaydigan kuchlar bor ekan, sun’iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to’xtamaydi. Zero, g’oyalar kurashi avj olgan XXI asrda xam tinchlik ne’mati ko’plab mamlakatlar uchun hamon orzu bo’lib qolmoqda.
Tinchlikka rahna solish, jamiyat ravnaqi va xalq farovonligigaziyonetkazish,fitnako’zg’atish,toifachilarga bo’linib o’zaro nizolashish umuman islom diniga yot holat hisoblanadi. Buni quyidagikeltirilayotgan Qur’on oyatlarida, hadislarda, ulamolarning fikrlarida ham qurish mumkin. Xususan, Qur’on oyatlarida bunday deyiladi: «Alloh fasod (buzg’unchilik) ni yoqtirmaydi» (Baqara, 205).
Do'stlaringiz bilan baham: |