Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
3. Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi
Bugungi kunda diniy ekstremizm terrorizm bilan uzviy bog’langan. So’ngi yillarda Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz respublikalari, Afg’oniston, Pokiston, Iroq, Liviya, Suriya, Mali, Misr kabi mamlakaglarda, Yaqin Sharq mintaqasida diniy-ekstremistik guruhlar o’z maqsadlariga erishish vositasi sifatida kuch ishlatishdan foydalanmoqda. Ushbu jinoiy faoliyat siyosiy hokimiyat vakillariga nisbatan alohida qotillik uyushtirish uchun aholi ichida ommaviy qurbonlarga olib keladigan, davlatning moddiy, iqtisodiy, axborot resurslariga zarar etkazishga qaratilgan ko’poruvchilik ishlarini amalga oshirish, «axborot urushi» olib borish, xudkush-terrorchilardan keng ko’lamda foydalanish kabi uslublarda amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan terrorizm turli mezonlar bo’yicha tasniflanadi. Xususan, terrorchilik guruhlari o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga ko’ra besh guruhga ajratish mumkin: Millatchilik terrorizmi muayyan davlatdan milliy ozchilikni tashkil etuvchi etnnik guruhning siyosiy manfaatlarini himoya qilish shiori ostida amalga oshiriladi. Aksariyat holatlarda bosh g’oya sifatida separatizm, ya’ni amaldagi davlatdan ajralib chiqish g’oyasi ilgari suriladi. Ayrim holatlarda millatchilik terrorizmi mamlakatda ko’pchiliknn tashkil etuvchi muayyan millat vakillari tomonidan milliy ozchilikka qarshi tashkil etiladi. Millatchi terrorchilik guruhlariga «Irlandiya respublikachilar armiyasi» (IRA, Shimoliy Irlandiya), «Basklar Vatani va ozodligi (ETA, Ispaniya), «Tamil Ilamni ozod etish yo’lbarslari» (Shri-Lanka) guruhlarini ko’rsagnsh mumkin. So’l terrorizm kapitalistik tuzumni ag’darib tashlash g’oyasi ostida 1970-80-yillarda keng rivojlangan bo’lib, sotsialistik tuzum barbod bo’lgaidan so’ng keskin susaygan. So’l terrorchilik tashkilotlarnga «Qizil brigadalar» (Italiya), «Baader-Meynxof guruhi» (Germaniya), «Qizil Armiya» (Yaponiya), «Sendero Luminoso», «Tupak Amaru» (Peru) misol bo’ladi. O’ng radikal terrorizm G’arb mamlakatlarida kuchayib borayotgan neofashistik kayfiyatni ifodalaydi. O’ng radikal terrorchilik tashkilotlari o’ta murosasiz irqchilik va millatchi-shovninstik g’oyalarini targ’ib qiladilar. Ular qatorida «Oriylar Millati» (AQSh) yoki Evropada qator millatchi va fashistik guruhlarni birlashtiruvchi «Yangicha Evropa tartibi», «Evropa harakati» kabi ushmalarni qayd etish mumkin. 2000-2006-yillarda Germaniyada faoliyat yuritayotgan «Milliy-sotsialistik podpole» neonatsistlar guruhi a’zolari tomonidan 8 nafar turk va1 ta grek tadbirkori o’ldirilgan. 2011 yilning 22 iyul kuni norvegiyalik millatchi, protestant fundamentalisti. «Muqaddas Pavel» mason jamiyati a’zosi Anders Beering Breyvik Oslo shahrida yasama bomba portlatishi va Utoyya orolidagi yoshlar lagerida dam olayotganlarni otib tashlashi oqibatida 77 kishi halok bo’lgan. Anarxistik terrorizm XIX asrning oxiri, XX asrning boshida asosan Rossiyada har qanday hokimiyatga qarshi olib borilgan. Diniy terrorizm jamiyat muayyan din ta’limotiga majburan bo’ysundirish uchun ushbu maqsadga to’sqinlik qiluvchilar, deb hisoblanganlarga nisbatan kuch ishlatish bilan bog’liq. Bunday xarakatni amalga oshirayotgan guruhlar mavjud diniy ta’limotlardan niqob sifatida foydalanmoqdalar. Jumladan, Shimoliy Irlandiyada uzoq yillardan buyon protestantlar va katoliklar orasida davom etayotgan nizo jarayonida katoliklarning «Irlandiya respublikachilar armiyasi» va «Olstr protestant ko’ngillilari» (ingl. «UlsterDefenseAssociation». UDA). «Olster volontyorlari kuchi (UlsterVolunteerForce, UFF)», «Olster ozodligi kurashchilari (UlsterFreedomFighters, UFF)» kabi harbiylashgay ultra protestant tashkilotlari tomonidan ko’plab terrorchilik harakatlari amalga oshirilgan. AQShda «Teologiyani isloh qilish», «Xristian birligi harakati» kabi ayrim radikal protestant tashkitlotlari homiladorlikni suniny to’xtatishga ixtisoslashgan shifoxona va ularning xodimlariga nisbatan terrorchilik harakatlarini sodir etgan. 1995 yilnnng mart oyida buddaviylikdan ajralib chiqqan sekta «Aum Sinrike» (Yaponiya) tomonidan Tokio metrosida «zarin» rusumli zaharlovchi gazdan foydalanib amalga oshirilgan terroristik harakat oqibatida 12 kishi hayotdan ko’z yumib, 5 mingdan ziyod odam shikastlangan. 1994 yilning 25 fevral kuni aqidaparast yahudiylarning «Kaxane xay» (Isroil, AQShda «Yahudiylarni himoya qilish ligasi» deb ataladi) terrorchilik tashkilotining a’zosi Barux Goldshteyn Iordan daryosini G’arbiy sohilidagi Xebron shahrida joylashgan «Ibrohim» ibodatxonasida 67 ta musulmonni otib o’ldirgan, 300 ga yaqin insonni yarador qilgan. Afsuski, bugungi kunda musulmon mamlakatlarida ham ko’pdan-ko’p terrorchilik tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Diniy-ekstremistik guruhlarni diniy, siyosiy, geografik kabi omillar asosida turlicha tasniflash mumkin. Islom dunyosidagi diniy-ekstremistik guruhlarni tarixiy-geografik jihatdan shartli ravishda to’rt toifaga bo’lish mumkin: Birinchi toifa: 1928 yili Misrda vujudga kelgan «Musulmon birodarlari» tashkiloti va uning turli mamlakatlarda tuzilgan bo’linmalari, shuningdek, ushbu tashkilotdan ajralib chiqqan, g’oyaviy jihatdan «Musulmon birodarlari»ni qo’llab-quvvatlovchi guruhlar ularning xorijiy bo’linmalari. Ular qatorida «Al-jamoa al-islomiya», «al-Jihod», «At-takfir val-hijra», «Jundulloh» (barchasi Misrda), «Qurollangan islom guruhi» (Jazoir), «Jumaymana al-Utaybiy» (Saudiya Arabistoni) na «Hizbut tahrir al-islomiy» tashkilotlarini ko’rsatish mumkin; Ikkinchi toifa: Yaqin Sharqda arablarning Isroil bilan qarama-qarshiligi davomida yuzaga kelgan guruhlar: HAMAS (Harakat al- muqovama al-islomiya), «Islom jihodi» (Falastin), «Hizbulloh», «Amal» (Livan) va h.k.; Uchinchi toifa: musulmon dunyosida Afg’onistonda 1970-yillarning oxiridan buyon davom etib kelayotgan qurolli mojarolarda bevosita ishtirok etish yoki moliyaviy yordam, qurol-yarog’, jangarilar etkazib berish asnosida yuzaga kelgan guruhlar bo’lib, aksariyati Afg’oniston va Pokistonda tuzilgan: «Harakat ul-Mujohidin», Tolibon harakati, «Al-Qoida», «Hizbi islomiya», «Lashkare Toiba» va h.k.. To’rtinchn toifa: «sovuq urush» barham topib, o’z homiylari va «dolzarbligni»ni yo’qotgan «Al-Qoida» etakchiligida global qurolli jihod g’oyasi ostida tuzilgan «Salibiylar va yahudiylarga qarshi yagona islom fronti» uyushmasi, diniy-siyosiy mafkura jihatidan «Al-Qoida» tashkilotiga bevosita bo’ysungan yoki g’oyaviy ergashgan diniy-ekstremistik guruhlar hamda sho’rolar tuzumi parchalanib keggandan so’ng MDH hududida vujudga kelgan diniy-ekstremistik guruhlar. Ular qatorida «Iroq va Shom islom davlati» (avvalgi nomi «Al-Qoidaning Iroq bo’linmasi» (Iroq), «Al-Qoidaning islom Mag’ribidagi tashkiloti» (Jazoir), «Al-Qoidaning Indoneziya tashkiloti» (Indoneziya), «Arabiston yarim orolidagi Al-Qoida» (Yaman), «Ash-Shabab» (Somali), «Ansor ash-sharia» (Liviya), «Jabat al-nusra» (Suriya). «Sharqiy Turkiston islom harakati (Shinjon-uyg’ur avtonom rayoni), «Imarat Kavkaz», «Kavkaz mujohidlari uyushmasining oliy harbiy sho’rosi (Vo’shiy voenno’y Madjlisul Shura Ob’edinenno’x sil modjaxedov Kavkaza)», «Ichkeriya va Dog’iston xalqlari kongressi», «Yarmuq», «Jannat» (Rossiya), «Turkiston islom harakati», «Islom jihodi ittihodi», «Bay’az», «Jayshul Mahdiy», «Jundul Xalifat» (Markaziy Osiyo) va hokazolarni ko’rsatish mumkin. XX asrning so’ngi choragida ko’proq tilga olina boshlagan xalqaro terrorizmning xarakterli jihatlari uning xalqaro huquq himoyasidagi ob’ektlar yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgan, mustaqil davlatlar chegarlar buzish orqali amalga oshirilishi, a’zolari yoki yo’riqchilari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari ekani, jangarilarning xorjidagi maxsus lagerlarda tayyorgarlik o’tab kelishi, shuningdek, qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog’ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanishi sanaladi. Mutaxassislarnnng fikriga ko’ra, 1990-yillarning boshida jahonda 500 dan ziyod terrorchi guruh faoliyat yuritgan. So’ngi yillarda terror faoliyati kuzatilayotgan geografik hudud kengayib, terrorizmning barqaror o’choqlarning soni ortib bormoqda. 1990-yillarning boshida terrorizmining asosiy maydonlari Afg’oniston, Jamma va Kashmir (Pokiston va Hindiston o’rtasidagi chegara hudud), Falastin hududlari bo’lgan bo’lsa, 1990-yillarning ikkinchi yarmida ular qatoriga ayrim Bolqon mamlakatlari, Jazoir, Somali va Shimoliy Kavkaz respublikalari qo’shildi. 2000-yillarda Iroq, Nigeriya va Pokiston, 2010-yillarda esa Liviya, Suriya, Mali kabi mamlakatdarda chukur ijtimoiy-siyosiy tangliklar oqibatida terrorizm uchun qulay muhit shakllandi. AQSh davlat departamentining xalqaro terrorizm haqidagi ma’lumotlariga muvofiq, 2012 yili dunyodagi 85 mamlakatda 6771 terror harakati sodir etilib, 11 mingdan ziyod odam halok bo’lgan va 21,6 mingga odam yarador bo’lgan. Barcha terroristik harakatlarning yarmidai ko’pi Pokiston, Iroq va Afg’oniston hududida sodir etilgan. Eng ko’p Terroristik harakat Afg’onnstondagi Tolibon harakati (525 ta), Nigernyadagi «Boko Haram» (384) va «Al-Qoida»ning Iroqdagi bo’linmasi (249) tomonidan sodir etilgan. Hozirgi kunda halqaro terroristik tashkilotlarning ko’pchiligi qat’iy ierarxiya va yakka boshqaruv markaziga ega yaxlit tashkilot sifatida emas, balki global qurolli jihod g’oyasi bilan birlashgan, tashkiliy jihatdan faqat o’zaro axborot almashish va jangarilar tayyorlashda hamkorlik qiluvchi, avtonom harakat qiluvchi va o’ta mobil tarmoqlashgan tizim shaklida faoliyat yuritmoqda. Dinny-ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining faoliyatida so’nggi yillarda quyidagi xatarli jarayonlar kuzatilmoqda: - tinch aholi ichida mumkin qadar ko’p qurbon bo’lishiga qaratilgan terrorchilik haraxatlari kupayib bormoqda. Terrorchilar ushbu harakatni atayin, qasddan va puxta rejalashtirib amalga oshirmoqda. Bosh maqsad jamiyatda vahima darajasida qo’rquv uyg’otish, xukumatga nisbatan ishonchsizlikni shakllantirish hamda fuqarolarda psixologik karaxt holatni yuzaga keltirib, ularning karshilik ko’rsatish qobiliyati va irodasini sindirish. 2013 yilning may oyida Suriyada faoliyag yuritabtgan «Umar Foruq» nomli terrorchilik guruhi etakchisi Xolid al-Xamad (Abu-Saqqor) halok bo’lgan hukumat qo’shinlari askarining yuragini sug’urib olib, tishlashi aks ettan video tasvirning OAV orqali tarqatilishi terrorchilarning maqsadi naqadar mudxish, insoniylik qiyofasidan yiroq ekanini ko’rsatadi; - terrorchi tashkilotlar ayrim agressiv siyosiy doiralarning manfaatparast siyosatidan o’z maqsadida foydalanib, ulardan moliyaviy, moddiy-texnik va axborot ko’mak olgan xolda mustaqil davlatlarning hokimiyat tizimi va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan buzg’unchilik faoliyatini amalga oshirmoqda. Bunga ayrim G’arb va arab mamlakatlarining Liviya va Suriyada qo’zg’olonchilarga bergan harbiy-siyosiy yordamidan «Al-Qoidaning Liviyadagi bo’linmasi» (Liviya) va «Jabat al-nusra» (Suriya) kabi terrorchi guruhlar ushbu mamlakatlardagi o’z mavqelarini mustahkamlab olishda samarali foydalanayotgani dalil bo’ladi. - rivojlangan tashkiliy tuzilma va infrastruktura, xorijiy siyosiy doiralar va ekstremistik guruhlar bilan mustahkam aloqalarga ega yirik terrorchilik guruhlarining vujudga kelishi kuzatilmoqda. 1990-yillarda mustaqillikni qo’lga kiritgan va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish bilan bog’liq chuqur ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyoda ayrim norasmiy islomiy markazlar, jamg’armalar va xalqaro diniy ekstremistik guruhlar o’z homiyligi va yashirin ko’magi yordamida aqidaparast shaxslar tomonidan turli diniy-ekstrsmistik guruhlar tuzilgan. Mazkur guruhlar qatorida «Adolat uyushmasi», «Islom lashkarlari», «Islom tiklanish partiyasining o’zbek bo’linmasi», «Odamiylik va insonparvarlik», «Tavba» kabi islomiy partiya va harakatlarni qayd etish mumkin. O’tgan davr ichida ushbu tuzilmalar tashqi va ichki omillar ta’sirida strategik va taktik jihatdan muayyan taraqqiyot davrini boshidan kechirdi. Mintaqada diniy-ekstremistik gruhlarning vujudga kelish, rivojlanishi va bugungi kunda faol ish olib borishiga sabab bo’lgan tashqi va ichki omillar mavjud. Hozirgi kundagi voqelikka ustuvor ta’sir ko’rsatib kelayotgan tashqi omillar qatorida quydagilarni ko’rsatish mumknn: - mintaqaga chegaradosh Afg’oniston va Pokistonda diniy ekstresmistik tashkilotlarning keng ko’lamda faoliyat olibborayotgani hamda ushbu mamlakatlar hududida MDH mamlakatlari fuqarolari ham tayyorgarlik o’tayotgan jangarilarni tayyorlash markazlarini mavjud ekani; - qator musulmon mamlakatlarida «soxta salafiylik» g’oyalari targ’ib qilinadigan diniy ta’lim muassasalarining mavjud ekani hamda mazkur muassasalarda mintaqa davlatlaridan chiqqan yoshlarning o’qib kelayotgani; - mintaqada faoliyat yuritayotgan diniy ekstremistik tashkilotlarnnng xorijiy markazlar va homiylaridan moddiy yordam olayotgani; - G’arb va islom dunyosiga mansub ba’zi mamlakatlardagi ayrim siyosiy doiralar tomonidan mintaqa davlatlariga ta’sir o’tkazish maqsadida diniy ekstremizmga qarshi kurash masalasida ikkiyoqlama yondashuv, xususan, aqidalarast oqim a’zolariga «e’tiqod qurboni» deb qarash va «siyosiy qochqin» maqomi berish kabi siyosat olib borilayotgani; - diniy-ekstremistik g’oyalar Internet tarmog’i va ayrim arab nodavlat tele va radiokanallari orqali kirib kelayotgani. Mintaqa respublikalarida diniy-ekstremistik tashkilotlarning faoliyatiga ijobiy muhit yaratayotgan salbiy ichki omillar qatorida kuyidagilarni qayd etish mumkin: - aholiniig turli qatlamlari, ko’proq tadbirkorlar, xizmat ko’rsatish sektori vakillari ichida barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni islomiy davlat kurish orqali hal etish mumkin, deb hisoblovchi toifaning mavjud ekani; - ayrim dinga moyilligi bor shaxslar, ko’proq yoshlar va ayollar ichida diniy-ekstremistik g’oyalarni sof islom ta’limoti sifatida qabul qilib, aldanib qolayotganlarning uchrashi; - demografik bosim ostida yuzaga kelgan mehnat migratsiyasi sababli xorijga ish axtarib borayotgan shaxslar oila va mahallaning tarbiyaviy nazoratidan chiqib qolishi va DEO yollovchilarining ta’siriga tushib qolayotgani; - ijtimoiy bandsizlik oqibatida shakllangan marginal qatlamlar aqidaparast guruh faollari targ’ibot ishlari olib borishi uchun qulay ijtimoiy muhit sifatida shakllanib borayotgani. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling