Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va dunyoviy davlatning dinga munosabati Reja
- O’zbekistonda mavjud konfessiyalar. Tayanch tushunchalar: xorijiylik, salafiylik, vohhobiylik, hashshoshiylik, vijdon erkinligi, konfessiya .
Takrorlash uchun savollar:
Qur’oni karim va hadisi shariflar tinchlikparvarlik g’oyalari tarannumi. Islom dinida bag’rikenglik g’oyalari. Islom dinida boshqa din vakillariga munosabat. Islom dinida ilm va olimlikning qadri. 4-mavzu: Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va dunyoviy davlatning dinga munosabati Reja: Diniy mutaassiblik va ekstremizm kelib chiqishinchng tarixiy-ijtimoiy ildizlari O’zbekistonda davlat va din munosabatlari. O’zbekistonda mavjud konfessiyalar. Tayanch tushunchalar: xorijiylik, salafiylik, vohhobiylik, hashshoshiylik, vijdon erkinligi, konfessiya. Diniy mutaassiblik va ekstremizm kelib chiqishining tarixiy-ijtimoiy ildizlari Islom bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatayotgan ekstremizmning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixning muayyan davrida ustuvor bo’lgan ko’plab omillar, turli jarayonlarning o’zaro ta’sirlashuvining natijasi deb tushunish mumkin. O’rganish, din niqobi ostida paydo bo’lgan ekstremistik harakatlarning g’oyaviy ildizlari islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko’rsatadi. Tarixiy manbalarda mazkur oqimlarning tarqalishi, faoliyati va ularning o’ziga xos yo’nalishlari batafsil tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan deyarli barcha ekstremistik guruhlar o’sha oqimlarga xos xususiyatlarni o’zida jamlagan holda, ular qo’llagan uslub va g’oyalardan keng foydalanib kelmokda. Islom niqobidagi ekstremizmning ilk vakillari sifatida 657 yili xalifa Ali (roziyallohu anhu) askaridan ajralib chiqqan, o’zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo’shilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arabcha - «ajralib chiqqanlar», «isyonchilar») diniy-siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo’la oladi. Demak, islomda dastlab paydo bo’lgan firqa xorijiylardir. Boshqa dinlarda bo’lgani kabi, musulmonlar ichida ham firqalar bo’lgan. Payg’ambar Muhammad (alayhissalom) aytganlaridek, Islom dinida 73 ta firqaga bo’linish yuz beradi. Ularning bittasigina to’gri yo’lda, qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va hadislarda ham firqalarga bo’linmaslikka buyuriladi. Xorijiylar o’z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori edi. Ilk islomda inson e’tiqodini belgilashda niyatga e’tibor berilgan bo’lsa, xorijiylar amalga qarab baho berdi. Aynan xorijiylar o’z qarashlari va faoliyatiga qo’shilmaganlarni kofirga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g’oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo’llash orqali hukmdorlarni jismonan yo’q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Shuningdek, xorijiylar dindor kishining islom arkonlariga sodiqligini qilgan ishlariga qarab baholash kerak, deb hisoblab, o’zlarining talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday hukmdorga bo’ysunmaslik, uni ag’darib tashlash zarurligi haqidagi g’oyani ilgari surgan edi. Shunday g’oyalar hokimiyat uchun kurashning zo’ravonlikka asoslangan usullari kelib chiqishiga va minglab kishilarning halok bo’lishiga olib keldi. VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlariniig ismi bilan ataladigan bir necha firqalar paydo bo’ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng murosasiz va shafqatsiz jaminomini olgan Nofi’ ibn Azraq (v.685y.) boshchishgidagi «Azraqiylar» oqimi alohida o’rin egallaydi. Azraqiylar gunohi kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning ta’limotiga qo’shilmagan kishilarga qarshi jihod e’lon kilish, hattoki, qariya, ayol va bolalarning qonini go’kishni halol, deb bilganlar. IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremistik harakati esa islom arkonlarini tan olmagan holda, haj amalini ham bid’at, butparastlik deb e’lon qilgan edi. Harakat o’z nomini uning asoschisi Hamdon ibn Ash’asning laqabi Qarmat so’zidan olgan bo’lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha «kalta oyoq» ski «qizil ko’z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Qarmatiylar islom tarixida o’chmas dog’ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib, qaroqchilik va bosqinchilik bilan kun kechirganlar. Xususan, 930 yilda ular Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ular: «Biz toshga sig’inuvchilarga qarshi kurashmoqdamiz», deya hojilarni butparastga chiqarib, o’zlarining qabih ishlarini oqlamoqchi bo’lganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u Makkaga qaytarilgan9. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko’rgan «Hashshoshiylar» (arabcha - hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa, hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo’lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish ama- liyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko’plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Evropa mamlakatlari rahbarlari o’z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to’lov to’lashga majbur bo’lgan10. Shu bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo’llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o’lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan. Buzg’unchilik va zo’ravonlikka asoslangan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliyati o’z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar tomonidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni butunlay qirib tashlash siyosatini olib borgan edilar. Islom mohiyatiga yot bo’lgan bunday oqimlarning barchasi oxir-oqibatda tanazzulga duchor bo’lgan. Shunday bo’lsa-da, islomning mohiyatiga butunlay zid bo’lgan yuqoridagi g’oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini aytish joiz. Islomda «inqilobiy kurash»ta’limotini yaratgan suriyalik Ahmad ibn Taymiya (1263-1328)ning turli aqidaviy masalalarda ash’ariylik va moturidiylikka zid fikrlari keyinchalik turli mutaassib guruh va harakatlar yetakchilari mafkurasiga asos bo’lib xizmat qildi. Buning natijasida bugungi kunda ham faoliyat yuritayotgan ekstremistik harakatlar o’ziga bayroq qilib olgan soxta salafiylik harakati shakllanishiga zamin yaratildi. Aslida «salafiylik» arab tilidagi «salaf» so’zidan olingan bo’lib, «ajdodlar», «avval yashab o’tganlar» ma’nolarini anglatadi. Hadislarga ko’ra, Payg’ambar Muhammad (alayhissalom) zamonida va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar haqiqiy salaflar sanaladi. Islom ulamolari ilk musulmonlarni «salafi solih», ya’ni «solih ajdodlar» deb hisoblashda yakdildir. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lartushunchalarini ishlatish mumkin emas. Biroq so’nggi yillarda «salafi solihlarga ergashish» shiorini niqob qilib olgan mutaassib kuchlar paydo bo’lganini alohida qayd etish lozim11. Tarixiy adabiyotlarda XVIII asrda islom dinini «asl holatiga qaytarish» bayrog’i ostida «ad-Da’va ad-damaviya», ya’ni «qonli da’vat» nomini olgan harakatlar paydo bo’lgan bo’lsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan o’z oldiga xalifalikka asoslangan islom davlatini barpo etish vazifasini qo’ygan soxta salafiylik g’oyalari «islohotchilik», «panislomizm» niqobi ostida yangidan jonlandi. Soxta salafiylarning asosiy maqsadi dunyoviy davlat tamoyillarini qoralash va inkor qilish, davlatni to’ntarish orqali hokimiyatni qo’lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o’rnatishdir. Qanday shaklda chiqmasin va qanday g’oya ostida harakat qilmasin, soxta salafiylikning buzg’unchilik mohiyati o’zgarmay qolmoqda. Buni ularning Qur’on oyatlarining majoziy ma’nosi borligini rad etish, Payg’ambar Muhammad (alayhissalom)ning tug’ilgan kunini nishonlashni inkor etish, o’zlariga ergashmagan musulmonlarni kofirlikda ayblash, bugungi kun bilan emas, balki o’rta asrlar tafakkuri doirasida yashash kabi islom asoslari buzilishiga olib boradigan g’oyalari misolida ham ko’rish mumkin. Shuningdek, har qanday yangilikni «bid’at» hisoblash, an’anaviy mazhablarni inkor qilish, tasavvufni umuman tan olmaslik, marhumlar ruhiga Qur’on tilovat qilish va xayr-ehson qilish mumkin emas, deb hukm chiqarish ham soxta salafiylikka xosdir. Yuqorida qayd etilganidek, Ibn Taymiya va uning izdoshlari aqida yoki ibodat masalalariga ko’proq e’tibor qaratishgan bo’lsa, soxta salafiylikning keyingi davomchilari ta’limotlarida siyosiy islohotlarni amalga oshirish zarurligini bayroq qilib ko’tardilar. Bu islomning siyosiylashishi va «islom xalifaligini tiklash» g’oyalarining keng yoyilishiga olib keldi. Hozirda soxta salafiylik g’oyalari ostida asosan Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e’tiqodiy birlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylangan. Bugungi kunga kelib, o’zini «Salafiylar» deb atagan diniy-siyosiy guruhlar «Islom jamiyatini qurish davlatchilikning asosi bo’lishi kerak», degan shior ostida odamlarning ongi va turmush tarzidan milliy qadriyat, urf-odatlarni siqib chiqarish, shariat ahkomlariga ko’r-ko’rona rioya qilishga majburlash, amal qilmaganlarga nisbatan qattiq jazo qo’llash kabi hatarli maqsadlarni ko’zlab harakat kilmokdalar. Mutaassiblik ko’rinishlaridan bo’lgan sohta salafiylik milliy ma’naviyatimizga real tahdid sifatida namoyon bo’lmoqda. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling