Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Diniy ekstremistik tashkilotlar: umumiy jihatlar
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
2. Diniy ekstremistik tashkilotlar: umumiy jihatlar.
Amaliyot aksariyat diniy-ekstremistik tashkilotlar rasmiy – ochiq ish olib boruvchi siyosiy hamda xufya harakat qiluvchi jangovar qanotlar orqali faoliyat yuritishga intilishini ko’rsatadi. Siyosiy qanot jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, aholi xayrixohligiga erishish, jangovar qanot esa terrorchilik usullari bilan hukumatga tazyiq o’tkazish uslubidan foydalanadi. Keyingi yillarda ushbu tashkilotlar o’z faoliyatiga ko’proq yoshlarni va ayollarni jalb qilish, terrorchi-kamikadzelardan foydalanish va mumkin qadar ko’proq qurbonlar bo’lishini nazarda tutgan holda terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini qayd etish lozim. Shu bilan birga, diniy-ekstremistik tashkilotlar o’z faoliyatini uyg’unlashtirishga va yaxlit tizim sifatida ish olib borishga harakat qilmoqda. Iroq, Afg’oniston va Chechenistondagi qo’poruvchilik harakatlarida turli millatga mansub jangarilarning ishtirok etayotgani, terrorchilik harakatlari bir xil shiorlar ostida amalga oshirilayotgani bunga dalil bo’la oladi. Diniy-ekstremistik tashkilotlarning reaktsion g’oyalari va qo’poruvchilik faoliyati barcha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmoqda. Bundan tashqari, mamlakatlar iqtisodiyoti, o’zaro investitsiya muhitiga jiddiy ziyon etkazilmoqda. Xususan, ma’lumotlarga ko’ra, 2001 yil 11 sentyabrda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari AQSh va jahon iqtisodiyotiga bevosita 135 mlrd., bilvosita 2 trln. dollar zarar etkazgan. Jazoirda hukumat qo’shinlari va “Qurollangan islom guruhi” orasidagi urushda esa 1996–2001 yillar orasida mamlakat byudjetiga 16 mlrd. AQSh dollari miqdorida ziyon keltirgan. Ayni paytda, diniy-ekstremistik tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan tashviqot yoshlarning soxta g’oyaga aldanib qolishi, yurt ravnaqi yo’lidagi faoliyatdan chalg’ishi, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitning buzilishiga sabab bo’lmoqda. Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, shuningdek, musulmon bo’lmagan mamlakatlar aholisi o’rtasida islomni “yovuzlik saltanati” va tahdid manbai sifatida qabul qilinishiga, “islomofobiya”ning turli ko’rinishlari paydo bo’lishiga ham zamin yaratmoqda. Qayd etilgan holatlar ham, diniy ekstremizm va terrorizmning kishilik jamiyatining nafaqat bugungi kuni, balki istiqboliga ham tahdid solayotgan omilga aylanganini, insoniyat bir butun vujud sifatida qarshi kurashga kirishgandagina uni enga olishi mumkinligini ko’rsatadi. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling