Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet46/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

Kurash strategiyasi. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi umuman olganda, har bir davlatga xos bo’lgan o’ziga xos xususiyatlar va ustuvor yo’nalishlardan qat’i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik ko’rsatish usullarini o’z ichiga oladi. Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo’ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dasturlarni kiritish mumkin. Bevosita qarshilik ko’rsatish o’z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ko’riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qilish, ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. Shu o’rinda, masalan, Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo’ravonlikni targ’ib etuvchilar, radikal islomni moliyaviy qo’llab- quvvatlovchilarga nisbatan qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo’llashini ham qayd etish lozim. 1990-yillarda zo’rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa Misr hukumatini “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun kabi bir qator yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus Qonunning qabul qilinishi xavfsizlik idoralariga ko’proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq edi. Misr tajribasi haqida gap ketar ekan, yana quyidagilarni ta’kidlash zarur. 1970-yillarda boshlangan liberallashtirish siyosati doirasida Misr Arab Respublikasida ko’ppartiyaviylik tizimi yaratilgan edi. Biroq Misr qonunchiligi diniy asosdagi partiyalar tuzishni taqiqlagani uchun ham islomchilar mamlakat ichki siyosatida qatnasha olmagan edi. Prezident Muborak tomonidan 1980 yillarda ishlab chiqilgan strategiya “Musulmon birodarlar” va boshqa islom guruhlariga parlamentga yakka tartibda va qonuniy faoliyat ko’rsatayotgan boshqa partiyalar bilan ittifoqqa kirishgan holda parlament saylovlarida ishtirok etish, o’z gazetalarini nashr etish, OAVda o’z ovoziga ega bo’lishga yo’l qo’yib berdi. U islom jangarilari bilan al-Azhar shayxlari o’rtasida televideniedagi bahslarni moliyaviy ta’minladi. Biroq radikal islom tashkilotlarining xorijda yashayotgan etakchilari mavjud tuzumni kuchsiz deb bilar, uni qulatish uchun mamlakat ichida ozgina qo’zg’alish bo’lsa kifoya deb hisoblar edi. Shu sababli radikal islom guruhlari mamlakat ichida ham, tashqarida ham terrorchilik harakatlari sodir etishning yuqori sur’atini saqlab qolishga intildilar. Jumladan, sayyohlarga nisbatan terror amaliyotini qo’llash kuchaydi. Islomchilar davlatning iqtisodiy quvvatini izdan chiqarib, so’ng mamlakatning qonuniy hukumatini qulatishga harakat qilmoqdalar. Davlatga qarshi ochiq qurolli kurash sharoitida islomchilar odamlar ko’p to’planadigan joylarda portlatishlarni amalga oshirish, sayyohlarga hujum uyushtirish, avtobus va poezdlarni o’qqa tutishda davom etmoqdalar. Davlat tomonidan amalga oshirilgan himoya choralariga qaramasdan radikal islom tashkilotlarining qibtiylar va nasroniylarga qarshi terrorchilik harakatlari ham o’sib bormoqda. Radikal islom tashkilotlari faolligi va ular amalga oshirayotgan harakatlarning xavfi o’sib borayotgani hamda oldin qabul qilingan choralarning etarli samara bermayotganini inobatga olib, Misr hukumati va huquqni himoya qilish idoralari terrorizm va radikalizmga jiddiyroq yondashishga majbur bo’ldilar. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasida ishsizlik, kam ta’minlangan oilalarning yashash darajasining pastligi, savodsizlik, uy-joy etishmasligi kabi muammolarni echishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilayotganini qayd etish lozim. Masalan, Misr hukumati mamlakatning qoloq tumanlari va viloyatlarini rivojlantirishga qaratilgan va ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga oladigan aniq dastur ishlab chiqishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ymoqda. Pokistonda ham terrorchilikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida, ayniqsa, Afg’oniston bilan chegaradosh hududlarga tatbiqan, qashshoqlik va ijtimoiy qoloqlikni tugatish asosiy masala sifatida e’tirof etilmoqda. Bundan tashqari, musulmon mamlakatlari diniy ekstremizm va zo’ravonlik muammolarini ilmiy va keng qamrovda echish bo’yicha amaliy ishlarni tashkil etmoqda. Jumladan, ilmiy-tekshirish institutlari va strategik markazlarda bu muammoning ilmiy-tizimli tahliliga katta e’tibor berilmoqda. Misrda terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Xalqaro markaz tashkil etilnani ham fikrimizning isboti bo’la oladi.

Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling