Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet12/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

«Ularga: «Er yuzida fasod (buzg’unchilik) qilmangiz!» - deyilsa, ular: «Albatta, biz chin islohatchilarmiz», - deydilar. Ogoh bo’lingki, aynan ularning o’zlari buzg’unchilardir, lekin (buni o’zlari) sezmaydilar» (Baqara, 11-12).
«Fitna qotillikdan ham ashaddiyroqdir» (Baqara, 191).
Imom G’azzoliy aytadilar: «Diniy mutaassiblar dindan foydalangan holda kishilarga xujum qiladigan katta yo’ldagi qaroqchilardir».
Hadislarda ham: «Sendan maslahat so’ragan kishiga tug’ri (yo’l) ko’rsat, aks holda, unga hiyonat qilgan bo’lasan» hamda «Yaxshilikka undovchi odam, yaxshilik qilgan kabidir», deb ta’kidlangan. Demak, islom dinida jamiyat barkarorligining asosi bulgan tinchlik, osoyishtalik, ezgulik naqadar ulug’lanishiga iqror bo’lish mumkin.
Yuqoridagi kabi holatlar turli xil ko’ngilsizlik va xavf-xatarlarning oldini olish uchun kishilarning har qadamda ogoh va xushyor bo’lib yashashlari kerakligini ko’rsatadi. Bugun loqaydlik sabab kichik bir xatodek ko’rinayotgan ish ertaga katta kulfatlarni boshlab kelishi muqarrar. Zero, loqaydlik va befarqlik turli noxushliklarning kelib chiqishiga zamin yaratadi.


2. Islom dinida bag’rikenglik g’oyalari
Islom dinining tinchlik va osoyishtalikka bo’lgan e’tibori yuqori bo’lishi bilan bir qatorda, bag’rikenglik uning negizi hisoblanadi. «Bag’rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotningturli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, so­tsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi.
Lotincha «tolerare», ya’ni «chidamoq», «sabr qilmok» ma’nosini anglatgan bu so’z, asosan biror narsani, o’zgacha fikr yoki qarashni, o’z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag’rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to’ldiruvchi ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o’zgacha qarashlar va xarakatlarga xurmat bilan munosabatda bo’lish», muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga ega.
Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo’lgan bag’rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YuNESKO) Bosh konferentsiyasining 28-sessiyasida «Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul kilingan. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag’rikenglikni targ’ib qilish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bi­lanqarash kabi majburiyatlar belgilab quyilgan. 1995 yil «Xalqaro bag’rikenglik» yili deb e’lon qilindi. Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi»dagi «tolerant» so’zi o’zbek tiliga «bag’rikenglik» deb tarjima qilingandan beri u tilimizda o’rnashib qoldi. Rus tilida «terpimost» so’zi boshqachasiga aytganda «snisxoditelnost», ya’ni bag’rikenglik, kengfe’llik ma’nolarini anglatadi. Diniy soha xaqida gap ketganda ruslar «veroterpimost» so’zini ishlatishadi. O’zbek tilida «diniy bagrikenglik» iborasi aynan shunga adekvat hisoblanadi.
Diniy bag’rikenglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat’iy nazar ularning yonma-yon, o’zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni anglatadi. Har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo’lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etmoq lozim. «Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi»da ta’kidlanganidek, «Bag’rikenglik bo’lmasa tinchlik bo’lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bulmaydi7.
Jahon dinlari ichida eng yoshi hisoblangan islom dini ham o’zining ilk davridayoq bag’rikenlik dini sifatida namoyon bo’ldi. Ma’lumki, islom o’zidan avvalgi dinlarni (yahudiylik, nasroniylik) e’tirof etibgina qolmasdan, ularning xaq-huquqlarini qonun bilan mustahkamlab quygan. Shuningdek, ularning madaniyat va an’analariga ehtirom bilan qarashga hamda ular bilan adolatli munosabatda bo’lishga buyurgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday deydi:«... biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin!» (Moida 8-oyat).
Imom Ahmad ibn Xanbal rivoyat qilgan hadisda Muhammad (alayhissalom) shunday deydilar: «Kimki ahli zimmaga biror zahmat etkazsa, Qiyomat kuni meni o’zining dushmani sifatida ko’radi».
Darxakikat, Islom ilk davrlardanoq o’zidan oldingi dinlarga hech qanday tazyiq o’tkazmadi, turfa mazhab va mafkuralarga qarshi taassub etmadi. Is­lom ta’limotiga binoan barcha Payg’ambarlar birodardirlar, risolatda ular urtasida hech qanday afzallik yo’q, e’tiqodga, dinga majburlash mumkin zmas, ilohiy diyonatlarning barcha ibodatxonalari himoya va mudofaa qilinishi kerak, dinlardagi ixtiloflar qotillik va adovatlarga sabab bo’lmasligi, yaxshilik, silai rahmdan to’smasligi lozim.
Bu borada Qur’oni karimda: «Din to’g’risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o’z yurtingizdan (haydab) chiqarmamagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo’lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh ado­latli kishilarni sevar» (Mumtahana, 8-oyat).
Shuning­dek, Rasululloh (alayhissalom) o’zlarinining hadislarida: «Siz o’zingiz yaxshi ko’rgan (muhabbat qilgan) narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha komil mo’min bo’la olmaysizlar», deb marha­mat qilganlar. Imom Navaviy shu hadisni bunday sharhlagan: «Hadisda kelgan «muhabbat» so’zidan murod insonlar o’rtasidagi muhabbat emas, aksincha, birodariga yaxshilik va manfaatlarni tilashdir. Bu Umumbashariyatga nisbatan, ya’ni u musulmonga ham, kofirga ham birday yaxshilikni istash lozim deganidir».
Shumnisi e’tiborga molikki, jahon dinlarining ichida faqat Islomda e’tiqod erkinligi ochiq oydin e’lon qilingan.
Bu borada Payg’ambarimiz Muhammad (alayhissallom) islom ummatigagina emas,butun insoniyatga namuna bo’ldilar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida davlat ishlaridagi barcha amallari o’sha erlik yahudiylar bilan ularning aqidalarini hurmat qilishga asoslangan ahdnoma tuzish bo’ldi. Rasululloh (alayhissalom) ahli kitobdan bo’lgan qo’shnilari bilan yaxshi munosabatda bo’lar, hadya berib, ulardan ham turli hadyalar qabul qilardilar. Madinaga Xabashiston nasroniylarining vakillari kelgandaularni masjidgatushirib, ziyofat berdilar va xizmatlarini qildilar. Xatto, Najron nasroniylariga masjidning bir tomonida ibodat kilishga ijozat berdilar
Asli nasroniy rohibi bo’lgan ingliz tarixchisi Karen Armstrong «Muqaddas urush» kitobida bun­dam yozadi: «Muhammad faqatgina Makka mushriklari bilan emas, bir paytning o’zida mahalliy yahudiy kabilalari bilan til biriktirib xujumni rejalashtirgan Shom nasroniylari bilan xam urushishga majbur bo’lgan edi. Ammo bu uning qalbida dushmanlarga nafrattug’dirmadi, uni ahli kitobni la’natlashga olib kelmadi. Musulmonlar hayotlarini himoya qilishga majbur bo’lishdi. Lekin dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yuq. Bordi-yu, urishishga majbur bo’lib qolishsa, insonparvarlikni unutishmasdi. Ular diniy xodimlarni, rohiblarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan ojiz kishilar, ayollar, yosh bolalar, keksalarga tegishmas, ularga zarar etkazishmas edi. Ular tinch aholini o’ldirishmagan, bino va uy-joylardan xech birini vayron kilishmagan»8.
Ko’pincha Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ba’zi o’rinlarni, ayniqsa, muqaddas urush - jihod tug’risidagi ko’rsatmalarni notug’ri, jangarilik ruhida talqin qilinadi. Vaholanki, sof islomiy nuqtai nazardan qaralsa, bunday urushlardan asosan mudofaa maqsadlari ko’zlangan. Payg’ambar Muhammad (alayhissalom) vafotlaridan keyin uning ishlarini davom ettirgan Xulafoi roshidin (to’g’ri yuldagi xalifalar)lar ham ozod qilingan o’lkalardagi mahalliy aholiga, musulmon bo’lish yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, muruvvat hamda bag’rikenglikning oliy namunasini ko’rsatishgan.
Xalifa Abu Bakrning (roziyallohu anhu) Shom fathiga jo’natayotgan qo’shinga bergan qo’yidagi ko’rsatmasi, bu borada to’liqroq tasavvur qilish imkonini beradi: «Bolalarni, ayollarni, keksalarni o’ldirmang. Xurmo daraxtlariga o’t qo’ymang va butalarni kesmang. Tuyalarni, boshqa xayvonlar podasini o’ldirmang... Siz o’zga ishlar, oxiratiga xizmat kilish bilan mashg’ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni o’z holiga quying...»23.
Ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob (roziyalloxu anhu) o’zga dinlarga mehr-muruvvati va adolatparvarligi bilan islom dunyosidan tashqarida ham ma’lum va mashhur edi. Xazrat Umar (roziyalloxu anhu)ning Quddus nasroniylari bilan imzolagan xavfsizlik shartnomasiga muvofik, shahardagi cherkovlar buzib tashlanmasligi, musulmonlar nasroniylarning ibodatxonalarini egallab olmasligi va ularda ibodat qilmasligi kafolatlangan edi. Bu zot Quddusga fotix sifatida kirganlarida «Quddus al-kubro» cherkovida turishganida asr namozining vaqti kirib qoladi. Keyinchalik musulmonlar buni dalil kilib cherkovni masjid qilib olishmasin, deya bu erda namoz o’qishdan bosh tortgandilar. Shahar fath etilganidan keyin ko’p o’tmay, Nestorian patriarxi Ieshuyab II do’stiga yozgan maktubida shunday so’zlarni bitgan edi: «Xudo O’zining irodasini ado etgan... bu arablar bizga xech qanday zarar etkazishmadi. Xaqiqatan, ular dinimizga, ruxoniylarimizga, cherkov va uzlatgoxlarimizga hurmat bilan karashdi».
Shu o’rinda islom tarixida mashhur bo’lgan bir voqeani keltirib o’tish joiz. Damashq, Xums va Suriyaning boshqa shaharlari musulmonlar tomonidan fath etilgach, erli aholidan ularni himoya va mudofaa etish evaziga soliq (jizya) olinadi. Rum imperatori Xiraql ular bilan xal kiluvchi jangda to’qnashish uchun katta qo’shin to’playotganini eshitgan qo’mondonlar fath, etilgan shaharlarni tashlab chiqib, Rumga qarshi urushish uchun kuchlarini bir joyga to’plash kerak, degan qarorga kelishadi. Xolid ibn Valid Xums ahlini, Abu Ubayda Damashq ahlini, boshqa qo’mondonlar qolgan shaxarlarning aholisini yig’ib: «Biz sizlarni himoya va mudofaa qilamiz, deb mollaringizni olgan edik. Xozirda esa sizlarni ximoya qilishga qodir emasmiz. Mana sizlar bergan mollar, qaytarib olinglar», deyishadi. Shaharlar axolisi: «Alloh sizlarga zafar ato etsin. Allohga qasamki, sizlarning xukm va adolatingiz Rumning jabr-zulmidan yaxshidir. Allohga qasamki, ular sizning o’rningizda bo’lishganida olgan narsalarini aslo qaytarib berishmagan bo’lardi», deb javob berishadi.
Afsuski, bugungi kunda ekstremistik tashkilotlar tomonidan bir qator g’ayriinsoniy g’oyalar targ’ib qilinmoqda. Shuningdek, IShID bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatayotgan diniy-ekstremistik xarakatlarning rahnamolari musulmon bo’lmaganlarni o’ldirish mumkinligi haqida «fatvo»lar chiqarmoqda. Jamiyatdagi bag’rikenglik va xamkorlik muxitini xavf ostida qoldiradigan, diniy-konfessional asosdagi nizolarga zamin yaratadigan bunday da’vatlar islomning asl moxiyatiga butunlay ziddir.
Bugungi kunda islom shiorlarini o’ziga bayroq qilib olgan diniy-ekstremistik oqimlar o’zga din vakillarini garovga olish, turli qiynoqlarga solish va xattoki, shafqatsiz uslublarda qatl etishdek mudxish ishlarga qo’l urmoqdalar.
Ma’lumki, Qur’oni karim Rum surasi 22-oyatga ko’ra, odamlarning tili va rangidagi farqlar Xudoning mu’jizalaridandir. Milliy va diniy rang-baranglik hamda e’tiqod erkinligini qaror toptirish masalalarida Kur’oni karim butunlay bag’rikenglik ruhi bilan sug’orilgan. Demak, dunyodagi turli-tumanlik Yaratganning irodasi va hikmati bilan bog’liq. Alloh dastlab odamzodni bir ummat qilib yaratgandi, so’ngra ularni turli qabila, xalq va dinlarga ajratishni iroda qildi. Bunday rang-baranglikdan maqsad - umumiy farovonlik yo’lida insonlar bir-birlari bilan musobaqa qilmoqlari darkor. Boshqa jamoalar bilan hamjixatlikni chuqurlashtirish uchun musulmonlar ular bi­lan, ayniqsa, kitob ahli - yahudiylar va nasroniylar bilan muloqot qilmoqlari lozim.
Qur’on bu dunyoni barcha xalq va din vakillari tinch-totuv yashaydigan zamin deb e’lon kildi. Dinlarningturli-tumanligi «Agar Rabbingiz xohlasa edi, Er (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bulur edilar. Bas, Siz odamlarni mo’min bo’lishlariga majbur qilasizmi?!» degan. («Yunus» surasi 99-oyat)
«Yunus» surasidagi 99-oyatiga ko’ra, Yaratgan tomonidan o’rnatilgan ekan, uni bekor qilish yoki xammani bir din bayrog’i ostida zo’rlab birlashtirish mumkin emas. Umuman olganda, Qur’oni karimning ellikdan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar mumin-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e’tiqod vakillariga nisbatan bag’rikenglikka da’vat etilganlar. Demak, islom dini hamisha inson qadr-qimmatiga katta e’tibor bergan va boshqa din vakillarining hayoti, sha’ni, or-nomusi hamda haq-huquqlarini yuksak qadrlagan. Shayx Yusuf Qarzoviyning «Islom inson qalbiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo’luvchi va begunoh odamlarga xujum kilishni kechirilmas gunoh, deb hisoblovchi sabr-toqat dinidir» degan fikrlari xam so’zimiz isbotidir.
Yuqoridagilardan xulosa kilib aytishimiz mumkinki, islom dini azaldan bag’rikeng din sifatida namoyon bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Bu Qur’oni karim va Muhammad (alayhissalom) hadislariga asoslangan. Rasululloh (alayhissalom) hayotlik chog’larida ham, u kishidan keyingi xalifalar ham boshqa din vakillariga nisbatan bag’rikenglik bilan munosabatda bo’lishgan.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O’zbekiston mamlakati ham ming yillar davomida dinlararo bag’rikenglik o’lkasi sifatida e’tirof etiladi. Haqiqatan ham, o’zbek xalqi o’zining butun tarixi davomida hamma baxt boshqa xalq millat va din vakillariga nisbatan o’zining xurmatini namoyon etgan. Bu o’z navbatida yurt tinchligi, taraqqiyoti va umuminsoniy madaniyat rivojiga hizmat qilgan.
Demak, diniy bag’rikenglik - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor vahamjihat bo’lib yashashini anglatadi, nafaqat din-dorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligi va o’zaro hamjihatligini nazarda tutadi. Butun dunyo miqyosida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlashning muhim shartlaridan hisoblanadi.



Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling