Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet13/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

3. Islom - bilim va ma’rifat dini.
Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yangiliklarni yuksak qadrlagan, qo’llab-quvvatlagan. Islom ta’limotida ilmning yuksak qadrlanishini hadislar xam tasdiqlaydi.
Islomningasosiy manbalari hisoblangan Qur’oni karim hamda hadisi sharifda ilm o’rganishga va uni o’rgatishga targ’ib qilinib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o’rganishga loqaydlik qattiq qoralanadi. Jumladan, Qur’oni karimning ilk nozil bo’lgan oyatininguzidayoq Allohtaolo «O’qi»deb amr kildi. «Ilm» so’zi turli ma’nolarda Qur’onda 811 o’rinda takrorlanishi uningo’rni qanchalik yuqori ekanini ko’rsatadi.
Rasululloh (alayhissalom) o’zlarining ko’plab hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko’rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: «Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir» deb ta’kidlaganlar.
Qur’oni karimda: «Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko’tarur»(Mujodala 11-oyat), deyilgan.
Ibn Xajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: «Albatta darajalarni ko’tarish ulug’ fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shon-shuhrat kabi ma’naviy yuksaklikni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o’z ichiga oladi».
Boshqa bir oyatda esa: «Alloh adolatda (barqaror) turib, shunday guvohlik berdi: «Allohdan o’zga iloh yo’qdir», farishtalar va ilm egalari ham. (Albatta) Undan o’zga iloh yuq. U Aziz (qudratli) va Hakim (xikmatli)dir» (Oli Imron, 18).
Ushbu oyat­da Alloh taolo o’zining yagonaligiga farishtalar bi­lan bir qatorda ilmli kishilarni ham guvoh qilgani olimlarning darajasi Alloh taoloning dargohida xam ulug’ ekaniga dalolat kiladi.
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: «Abu Dardo (roziyalloxu anhu): «Rasululloh alayhissalom bunday deganlarini eshitdim: «Kim ilm istab bir yo’ldan yursa, Alloh uni jannat yo’llaridan biriga yo’llab quyadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta, olim xaqqiga osmonlaru erdagilar, hattoki, suv ostidagi baliqlar xam istig’for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to’lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar Payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Payg’ambarlar dinor va dirhamni meros qoldirmadilar. Balki ilmni meros koldirdilar. Kim uni olsa, (merosdan) tuliq nasibasini olibdi».
Qur’on va hadislar islomning asosiy manbalari bo’lishi bilan birga, musulmonlar hayotini tashkil etish uchun muhim qullanma ham hisoblanadi. Shunday ekan, Qur’on va sunnatga asoslangan holda, musulmonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko’zlab fatvo chiqarish alohida bilim va malakani talab etadi. Mo’’tabar manbalarga ko’ra, arab tili, Qur’on va hadis ilmlari, fikh va islom tarixini juda chuqur va mukammal biladigan mujtahidlargina shunday hukm chiqarish huquqiga egadir.
Biroqtarix va zamonaviy voqelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligini ko’rsatadi. Bunday xarakatlar muqaddas islom dini qoidalaridan foydalangan holda amalga oshirilganini va oshirilayotganini xam afsus bilan kayd etish lozim.
So’nggi yillarda ektremistik va terrorchi guruhlar o’z xarakatlarini «shar’iy» deb isbotlash uchun o’zlarini «mujtahid» deb e’lon qilib, turli manfaatlarni ko’zlagan holda «fatvolar»ni chiqarib kelmoqdalar. Bu esa, bir tomondan, insonlarni adashib, noto’g’ri yo’llarga kirib ketishlariga sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda o’zaro tushunmovchilik, adovat kayfiyatining paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda. Shu o’rinda, mujtahid kim, mujtahid darajalari, fatvo nima, uningtarixi, uni kimlar berishga haqda ekani to’g’risida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
«Mujtahid» so’zi lug’atda - «tirishqoq» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa shariat manbalari asosida hukm chiqara oladigan kishiga aytiladi. Ulamolar kishi mujtahid darajasiga erishish uchun Qur’oni karim, undagi hukmiy oyatlarning ma’nosi va ularning shar’iy hukmini, hukmiy hadislar hamda ularning ma’nosi va hukmini yaxshi bilish, shuningdek, Qur’on ilmlarini chuqur urgangan bo’lishi, fiqhiy masalalarni yoddan bilishi, arab tili grammatik qoidalari bilan bir qatorda balog’at va fasohat kabi unga doyir bo’lgan ilmlarni ham o’zlashtirgan bo’lishi lozim, deb ta’kidlashadi.
Bugungi kunda mujtahid darajalari xususida bir qancha fikrlar mavjud bo’lib, ular bir-biridan juz’iy xolatdagina farq qiladi. Hanafiy mazhabi manbalariga ko’ra, mujtahidlik darajalari quyidagi qismlarga bo’linadi:
«Mujtahid fi-sh-shari’a» yoki «mutlaq mujtahid» - Quron va sunna asosida usulu-l-fikhni ishlab chiqdi hamda shariat savollariga javob beradi. Bu toifa ulamolarga to’rt mazhab asoschilari kiradi;
«Mujtahid fi-l-mazhab» (mazhab ichidagi muj­tahid) - ijtihod darajasiga erishgan, biroq u o’zi usul va qoidalarni ishlab chiqmaydi, balki, birormazhab asoschisining yo’lidan boradi. Bunga Imomi A’zamning (rahimaxulloh) shogirdlari Imom Abu Yusuf va Imom Muhammad Shayboniylarni keltirish mumkin;
«Mujtahid muqayyad» yoki «mujtahid fi-l-masail» (muayyan masalalar mujtahidi) - mazhabboshi tomonidan javob berilmagan yangi masalalar yuzasidan mujtahid mutlaq ishlab chiqqan usullar asosida ijtihod qiladi. Bu toifaga Imom Tahoviy, Imom Saraxsiy va Imom Karxiy kabi ulamolar kiradi;
«Muxarrij» - o’zlari mustaqil ravishda ijtihod qila olmaydi, lekin, mujtahidlar tomonidan bildirilgan, ko’rinishidan ikki xil tushunish mumkin bo’lgan ijtihodga aniqlik kiritadi. Bunga misol tariqasida Imom Roziy va Imom Jurjoniylarni keltirish mumkin;
«Murajjih» - bu toifa ulamolar xam ijtihod qilishga qodir bo’lmasada, bir masalada mujtahidningikki xil fikri bo’lsa, dalillargatayangan holda ulardan birini tanlaydi. Bunga Imom Quduriy va Imom Marg’inoniylarni kiritish mumkin;
«Fatvo mujtahidi» - bu toifa mujtahidlar o’z mazhablari ichidagi masalalarni yaxshi o’zlashtirgan hamda o’z faoliyati davomida ulardan keng foydalanadigan ulamolardir. Bunga Imom Xaskafiy va Ibn Obidin kabi fakihlar mansubdirlar.
Mujtahid tomonidan biror masala yuzasidan chiqarilgan hukm «fatvo» deb ataladi.«Fatvo» arabcha so’z bo’lib, «savolga javob berish», «shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoqda», «maslahat bermoq», «muftiyning xulosasi» ma’nosini anglatadi. Istilohda esa, so’ragan kishiga shar’iy dalil asosida hukm chiqarishga nisbatan qo’llaniladi.
Lug’aviy jihatdan fatvo beruvchi inson «muftiy» deb ataladi. Bu borada olimlar bir qancha fikrlarni bildirishgan. Jumladan, Imom Qarafiy shunday deydilar: «Muftiylar Alloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki, ular nassga tayangan holda hukm chiqaradilar». Imom Shotibiy esa: «Muftiylar ummat uchun Rasululloh (alayhissalom) maqomlarida bo’ladilar. Bunga dalil qilib yuqorida aytilgan: «Olimlar payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Payg’ambarlar dinor yoki dirxam emas, balki, ilmni meros qilib qoldirganlar», degan hadisni keltiradilar», deb sharxlaganlar”.
Dastlab fatvo berish maqomida Rasululloh (alay­hissalom) turganlar. U kishi Alloh taolo tomonidan vahiy qilingan holda fatvo chiqarganlar. Rasululloh (alayhissalom) bilan sahobalar o’rtasidagi suhbatlar odatda savol-javob tarzida bo’lar edi. Rasululloh bilganlariga javob berar, bilmaganlariga Alloh taolodan shu savolga javobni bildirishni so’rar edilar.
Rasululloh (alayhissalom)dan so’ng saxobalar, ulardan keyin tobeinlar fatvo berganlar. Shunday bo’lsada, fatvo berishning mas’uliyati og’irekanini his qilib, sahobalardan Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha onamiz, Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhum)lar kabi sanoqli kishilarga fatvo chiqar­ganlar. Ibn Abu Laylo aytadilar: «Rasululloh (alayhissalom)ning 120 ta ansorlarini uchratdim.Ularning birlaridan savol so’raganimda keyingisiga o’tkazar, undan so’rasam u boshqasini ko’rsatar edi. Oxiri aylanib yana birinchi savol bergan kishiga keldim». Ushbu holatda ham ko’rishimiz mumkinki, sahobalar fatvo berishda nihoyatda ehtiyotkor bo’lganlar.
Sahobalardan so’ng, tobeinlar yoki ulardan keyingi davrda yashagan ulamolar xam fatvo berishdan o’zlarini saqlardilar.Jumladan, tobeinlardan bo’lgan Sha’biydan bir savol so’ralganda u kishi: «Bilmayman», deb javob qiladilar. Shunda odamlar: «Sen Iroq fakihi bo’lsang, «bilmayman» deyishga uyalmaysanmi?» deganda Sha’biy: «Farishtalar: «Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o’zga ilm yuqdir» (Baqara, 32-oyat), deyishga uyalmagan, men nega uyalay», deb javob bergan ekanlar.
Fatvo berish masalasida mazhabboshilaridan biri bo’lmish Imom Molik: «Inson biror savolga javob berishdan oldin o’zini do’zax yoki jannatda tasavvur qilsinda, keyin javob bersin», degan ekanlar. Bir kuni u kishidan savol so’rashganda: «Bilmayman», deb javob beradilar. Savol bergan kishi: «Bu oson savol bo’lsa, shuni ham bilmayman deyishlikka uyalmaysanmi?» deganda, Imom Molik g’azablanib: «Oson masa­la?! Bilib qo’y dinda oson masalaningo’zi yuq. Alloh taoloning: «Zero, Biz Sizga og’ir So’zni (Qur’onni) tushirajakmiz» (Muzzammil, 5-oyat), oyatini eshitmaganmisan?! Ilmning barchasi qiyin, jumladan sen so’ragan narsa ham», deb javob berganlar.
Sunniylik mazhablarida mazkur masalada ijtihod eshiklari XIII asrda yopilgani xolda bugungikunda mujtahidlik martabasiga erishish tug’risida ikki xil fikr mavjud. Shunday bo’lsa-da, har qanday holatda ham biror-bir hukm chiqarish zarur bo’lsa, avvalo mazhablar ta’limotiga tayaniladi, agar ularning birortasida masalaning echimi topilmasa, musulmonlarga osonlik va qulay sharoit yaratish nuqtai nazaridan fatvo berishga salohiyatli hamda vakolatli inson tomonidan fatvolar chiqarilishi mum­kin. Ijtihod qilish mumkin emas, ijtihod eshiklari yopilgan, deb iddao qiluvchilarga qarshi ravishda mazhab ulamolari o’z qarashlarini bildirishgan. Jumladan, mashhur ulamo Ramazon Butiy: «Ijtihod eshiklari ochiq, uni yopishga hech kimning xaq-xuquqi yo’q. Lekin uning tartib-qoidalari bo’lib, biror kim ulardan o’z bilganicha, manfaati yo’lida foydalanishga xaqli emas», deydilar.
Yurtimizda bu borada O’zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatini keltirib o’tish mumkin. Di­nin sohada paydo bo’lgan muammo yuzasidan, aynan, O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilgan fatvolarga asoslaniladi.
Demak, fatvo musulmonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda fatvo berishga hamma ham haqdi emas. Aks holda, bu kabi holatlar qanchadan qancha begunoh insonlarning qoni tukilishiga hamda asl ta’limoti tinchlik bo’lgan islom joxillik, yovuzlik, bosqinchilik va qotillik dini sifatida namoyon bo’lshiga sabab bo’ladi.
Vaholanki, islom qoidalariga binoan fatvo berish huquqi yuqorida qayd etilganidek, faqatgina aqida, fiqh ilmida mukammal darajaga etgan, Qur’onni tafsirlari va turli ilmlari bilan to’liq yod biluvchi, qolaversa, «muftiy (fatvo beruvchi)» martabasiga ega bo’lgan muayyan shaxslargagina berilishi ma’lum. Shuningdek, Imom Ahmad ibn Xanbal (rahimaxulloh)dan qancha hadisni yodlagan odam fatvo berishi mumkinligi haqida so’ralganda, ular muftiy kamida 400 ming hadisni bilishi kerakligini aytganlar. Rasululloh (alayhissalom)ning«Kimda-kim ilmsiz fatvo bersa, unga Alloh taolo, farishtalar, osmonu erdagi barcha mavjudotlarning la’nati bo’lsin» degan hadislari ham ekstremistlarning bunday da’volari islom asoslariga zidligini ko’rsatadi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda jaxonda ba’zi xarakatlar tomonidan islom dini haqida turli noto’g’ri fikrlar tarqatilayotgani, terrorchilik kabi illatlarni ayni paytda bevosita islomga bog’lab, muborak dinimiz va musulmonlarga nisbatan nafrat o’tini yoqishga urinayotgani yoki o’zlarining manfur ishlarini amalga oshirishda «buyurtma» buyicha chiqarilgan maxsus «fatvolar»dan faol foydalanayotgani hech kimga sir emas. Vaholanki, muqaddas dinimiz har qanday yovuzlikni inkor etishi yuqorida Quroni ka­rim oyatlari, hadislar, mashhur ulamolarning fikrlari orqali bayon etildi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, islomda ilm, ma’rifatli bo’lishga, Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne’matlar haqida bilim orqali tadabbur qilishga targ’ib qilingan. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o’zining kim ekanini anglab etmaydigan, bugunning xuzur-xalovati bilan yashab, ertasi haqida qayg’urmaydigan, ongsiz kimsalarni
Qur’oni karimda «...Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan «anglamaydilar». Ularda ko’zlar bor, (lekin) ular bilan «ko’rmaydilar». Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan «eshitmaydilar». Ana o’shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o’shalar g’ofillardir» (A’rof, 179-oyat), deb ta’riflaydi.
Shuningdek, Xasan Basriy (rahimahulloh) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Insonlar ilm o’rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo’lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlarini kar va ko’zlarini ko’r kilib qo’yadi». Darhaqiqat, islom olamining e’tiborli ulamolari tomonidan mo’’tabar manbalar asosida berilayotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin.
Umuman olganda, islom ilmsizlik va johillikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma’rifatni ustun qo’yish kabi ezgu fazilatlarga buyuradi. Xaqiqatda joxillik yomon illat bo’lib, johil insonlar barcha yomonliklarga xech qanday to’siqsiz kirib ketaveradilar. Jaholat inson xayotini barbod qiladi, oxiratini kuydiradi. Ma’rifat esa inson qalbiga sayqal beradi, ma’naviy, ruhiy dunyosini go’zallashtiradi, insonga shon-shuhrat keltiradi, ulug’laydi. «Ma’rifat» so’zi «bilim», «Allohni tanish» kabi hislatlarni o’ziga jamlaydi. Bunga zid ravishda ilmni diniy va dunyoviy turlarga taqsimlab, ayricha qarash inson ma’naviyatiningemirilishiga olib keladi. Bu fikr isboti uchun uzoq va yaqin o’tmishimizda misollar ko’p.
Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulugbek, Imom Buxoriy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug’ ajdodlarimiz garchi sobiq tuzum ularning di­niy ilm sohiblari bo’lganini yashirgan bo’lsa-da,ular eng avvalo islom dunyosining ardoqli olimlari, tom ma’nodagi ilm egalaridirlar. Qush ham yolg’iz qanoti bilan parvoz qila olmagani kabi, inson ham bir yoqlamalik bilan komil va to’liq bo’la olmaydi.



Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling