Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
O’zbekistonda davlat va din munosabatlari
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vijdon erkinligi nima
O’zbekistonda davlat va din munosabatlari.
Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat — bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o'zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo'lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Dunyoyiy davlat – bu, o'z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e'lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida teng bo'ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo'lishiga qarab, ular huquqlarining biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek, har bir fuqaroga diniy e'tiqodini ro'kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab qo'yilgan majburiyatlarni baja-rishdan bosh tortishiga ham yo'l qo'yilmaydi. Dunyoviy davlat — bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e'lon qil-gan va uni amalda ham ta'minlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlat dinning davlatga, amaldagi qonunlarga qarshi targ'ibotiga yo'l qo'ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsiz liklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi. Dunyoviy davlat — bu, o'z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o'quv dasturlari diniy fanlardan xoli bo'lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir. Ayni paytda, dunyoviy davlat — o'z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta'lim olishni ham kafolatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag' bilan ta'minlanmaydi. Dunyoviy davlat — bu, inson yaratgan qonunlar bilan boshqa riladigan davlatdir. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsada, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasi va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi. Vijdon erkinligi nima? Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim qirralaridan biridir. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948- yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18- moddasida bunday deb yozib qo'yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir». Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo'yicha Xalqaro me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro hamjamiyat qabul qilgan hujjatlarga qo'shilgan. Shuning uchun ham davlatimiz Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning 31- moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Наг bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi». Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki sening biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo'q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo'ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki dahriy (dinsiz) bo'lish har kimning shaxsiy ishidir. Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo'qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va h.k.) uchun majburiy yig'imlar to'plashning taqiqlanganligi, diniy e'tiqodlar tufayli o'zaro adovat va nafrat qo'zg'atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi Ayni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkin-ligini ta'miniash uchun zaruriyat tug'ilgandagina cheklanishi mumkin. Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. Vijdon erkinligining kafolatlari nimalardan iborat? Bu kafo-latlar ko'p qirralidir. Ular O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular: avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo'l o'yilmasligi; dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi. Sho'ro mustamlakachiligi davrida ham garchand amalda bajarilishi ta'minlanmagan bo'lsada, fuqarolar uchun Vijdon erkinligi e'lon qilingan edi. Bu erkinlik, hatto sho'ro davlati Konstitutsiyasining alohida moddasida qayd etib ham qo'yilgan edi. Amalda esa sho'ro davlati dinga qarshi muttasil kurash olib bor-di. Fuqarolar i dinga qarshi ruhda tarbiyalash siyosati yuritildi. «Din xalq uchun afyundir», — deb e'lon qilindi. Diniy tashkilotlar va din arboblarining faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi. Insoniyatga Ahmad al-Farg'oniy, Al-Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mashhur daho olimlar va shoirlarimizni, Abu Abdulloh ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy kabi ulug' muhaddislami tarbiyalab bergan islom madaniyati esa reaksion madaniyat deb qoralandi. Biroq, sho'ro davlati jamiyatda dindorlarning kamayishiga erisha olmadi. Dinlar va diniy tashkilotlar yashay berdi. Xususan, XIV asrdan beri buyuk va hayotiy ta'limot bo'lgan islom dini insonlar qalbidan tobora chuqur joy oldi. Buning sababi – islom dinining (boshqa dinlar kabi) insonlar o'rtasida ma'rifat tarqatganligida, insonlar o'rtasida xushaxloqlik odob, aql-idrok, mehr-oqibat g'oyalarini targ'ib etgariligida, odamlarni rostgo'y, diyonatli bo'lishga da'vat qilganligida edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O'zbekiston hukumati dinga va diniy tashkilotlarga, dindorlarga bo'lgan sho'rolar siyosatini butunlay inkor etdi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda vijdon erkinligi, din, diniy tashkilotlar va dindorlarga nisbatan davlat siyosati tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Xo'sh, bu tub o'zgarishlar nimalarda namoyon bo'lmoqda? Birinchidan, vijdon erkinligi masalasining, davlat bilan diniy tashkilotlar o'rtasida munosabat masalasining mustahkam huquqiy negizi yaratildi. Bu huquqiy negiz – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonundir. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda fuqarolar va diniy tashkilotlar uchun kafolatlangan huquqiy imkoniyatlar to'la ro'yobga chiqarilmoqda. Uchinchidan, O'zbekiston hukumati musulmonlarning xohish-istaklarini inobatga olib, islom dunyosining muqaddas yodgorliklarini, tarixiy obidalarni diniy tashkilotlar ixtiyoriga o'tkazdi. To'rtinchidan, yangi masjidlar ochildi, eskilari ta'mirlandi. Masjidlar davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Masjidlarning jamiyat oldidagi mas'uliyati belgilandi. Beshinchidan, din arboblari va ruhoniylar uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Diniy tashkilotlarga o'z davriy nashriarini chop etish yo'lidagi to'siqlar olib tashlandi. Diniy adabiyotlarning chop etilishi sezilarli ko'paydi. Xususan, Qur'oni karim va hadislar o'zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Musulmonlar uchu “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetalari nashr etilmoqda. Oltinchidan, hamyurtlarimiz hajga va umraga — Makka va Madina ziyoratiga, diniy farzni ado qilishga borib kelmoqdalar. Birgina misol. Agar, 1980- yillarda butun sobiq sho'ro ittifoqi bo'yicha 25-30 kishi hajga borgan bo'lsa, mustaqillik yillarida 116 minga yaqin yurtdoshlarimiz Haj safarida bo`ldilar. Bugungi kunda “Haj” ziyoratiga O`zbekistondan 7200 dan oshiq xamyurtlarimiz borishlari uchun imkoniyatlar ochildi. Mustaqillik yillarida 93 ming yurtdoshlaririmiz “Umra” ziyoratida bo`ldilar. Hozirgi paytda Umra ziyoratiga borishdagi cheklov butunlay olib tashlanib yil davomida ziyoratga borish tashkillashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasining 2017 yil 7-iyundagi ““Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” qarori bu sohadagi ishlarning davomi sifatida ko`rish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2018 yilning yanvar-aprel oylarida “Respublika Qur`on musobaqasi” o`tkazildi. Qur`on musobaqalarida yurtimizdagi 5397 nafar qorilar ishtirok etdi. Ulardan 2114 nafar ayollardir. Yettinchidan, dastlab Respublikamizda muqaddas Ramazon va Qurbon hayitlari Umumxalq bayrami sifatida dam olish kunli sifatida belgilangan bo`lsa, endilikda dam olish kunlari uzaytirildi. Sakkizinchidan, diniy tashkilotlar xalqaro aloqalarni kengaytirish imkoniga ega bo'ldilar. To'qqizinchidan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Diniy ishlar qo'mitasi tashkil etildi. Qo`mita O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 7 martdagi “Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitani tashkil etish to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, har bir shaxsning vijdon va diniy e`tiqod erkinligini huquqi, fuqorolarning dinga bo`lgan munosabatidan qat`iy nazar tengligini ta`minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkent islom universiteti negizida Xalqaro Islom Akademiyasi tashkil etildi. Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmonida O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etish belgilangan. Farmonda tegishli idoralarga fuqorolaridan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag`lari sifatida tushadigan mablag`lar “Vaqf” jamoat fondining maxsus hisob raqamiga tushadi va tegishli xayrli ishlarga, tarixiy obida va masjidlarni obod qilishga sarflanishi nazarda tutilgan. O'ninchidan, mashhur diniy arboblarning xotiralari ulug'lanmoqda, ularning tavalludiga bag'ishlangan yubileylar va anjumanlar katta tayyorgarlik bilan keng ko'lamda nishonlanmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi masjidlardan biriga uning nomini berish va uning tarkibida allomaning ilmiy merosini keng ommaga tanishtirish maqsadida muzey tashkil qilishga tavsiya berdilar. O'zbekiston – dunyoviy davlat. Demак, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari O'zbekistonda ham amal qiladi. Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o'ziga xos jihatlar ham mavjud. Davlat dindor fuqarolarning diniy e'tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat-ehtirom qilsa, dindorlar ham davlat qonunlari va siyosatini shunchalik hurmat va ehtirom qilishlari shart. Shundagi-na hech kimning hech kimdan ko'ngli qolmaydi». O'zbekiston davlati o'z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi. Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo'yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishlari lozim: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borish, millatlararo adovat uyg'otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; Diniy tashkilotlarning davlat ro'yxatidan o'tishi; Dindorlardan majburiy pul yig'imi yig'maslik va to'lovlar undirmaslik; Taqiqlangan g'oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. O'zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: Diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarini tuzish. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57- moddasida aniq ifoda qilingan. Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo'limlari tuzilishi ham taqiqlanadi; Terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko'maklashadigan, shuningdek, boshqa g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko'rsatishi; Yashirin diniy faoliyat bilan shug'ullanish; Davlat ro'yxatidan o'tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko'rsatishi; Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og'ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam bo'ladi va fuqarolar totuvligi tola qaror topadi. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling