Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Diniy ekstremistik oqimlarning g’arazli maqsadlari
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hizb at-tahrir al-islomiy” – (“Islom ozodlik partiyasi”)
- Tablig’chilar”
Diniy ekstremistik oqimlarning g’arazli maqsadlari.
Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsad va faoliyat uslublari quyidagilardan iborat: - aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib va siyosiylashtirilgan diniy g’oyalarni singdirish. Buning uchun aholi ichida aqidaparastlik g’oyalari va “Hizbut tahrir” guruhining ta’limotlari da’vat qilinadi, “jihod”, “shahidlik” g’oyalari targ’ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalar tarqatiladi, yashirin “hujralar” tashkil qilinib, o’qiyotganlarga mutaassib tushunchalar singdiriladi; - ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida O’zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy holat, jumladan, diniy siyosat, imomlarning faoliyati bo’yicha ig’vo ma’lumotlar tarqatiladi, shuningdek, yashirin guruhlar tuzilib, ular tomonidan aqidaparastlik ruhidagi diniy tashviqot yuritiladi, terrorchilik amaliyotlari amalga oshiriladi; - xorijda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, ular yordamida jangarilar tayyorlash. Keyingi yillarda diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, terrorchilik amaliyotida o’z-o’zini portlatish usulini qo’llash harakatlariga ayollarning ko’proq jalb qilinishi kuzatilmoqda. Mintaqamizda bir qator diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib borishga intilmoqda. 1996 yilda tashkil topgan “O’zbekiston islom harakati” guruhining maqsadi – qurol kuchi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo’yi respublikalarini birlashtiruvchi “Buyuk Islom amirligini” tiklash. Tarkibiga 1992–1993 yillarda faoliyati tugatilgan “Adolat” harakati kabi qator diniy-ekstremistik tashkilotlarning sobiq faollari kirgan, O’IH a’zolari Birlashgan tojik muxolafati (BTM) tarafida fuqarolar urushida ishtirok etdi. Nizo hal qilinishi jarayonida O’IH dala qo’mondonlari Tojikiston hukumati va BTM o’rtasida imzolagan bitim shartlarini bajarishdan bosh tortdilar va ular Tojikistonni tark etib, Afg’oniston hududiga o’tib ketdilar. Jahonning qator mamlakatlarida O’IH rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan. Chunonchi, u AQSh Davlat departamenti tomonidan tayyorlangan va Kongress tasdiqlagan xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro’yxatiga kiritilgan. Shundan kelib chiqib, tashkilotning aniqlangan barcha moliyaviy hisoblari “muzlatilgan”. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi ham o’zining 2003 yil 14 fevraldagi qarori bilan uni terrorchilik tashkiloti sifatida e’tirof etgan. Mazkur guruh “al-Qoida” va «Tolibon» harakati bilan yaqin aloqaga ega. “O’zbekiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999 yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000 yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004 yili Toshkent va Buxoroda, 2005 yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006 yillari qo’shni Qirg’iziston, 2006 yili Tojikiston hududida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan. “Hizb at-tahrir al-islomiy” – (“Islom ozodlik partiyasi”) tashkiloti demokratiya, konstitutsiya, saylovni inkor etadi, siyosiy hokimiyatni qo’lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o’rnatishni maqsad qilib belgilagan. “Hizbut-tahrir” tashkiloti asosan yashirin “xalqalar” tuzish, og’zaki va varaqa tarqatish orqali ekstremistik g’oyalarni targ’ib qiladi. Shu bilan birga, guruh terrorchi guruhlar uchun “zombilashtirilgan” jangarilar etkazib berish bilan ham shug’ullanadi. Masalan, 2006 yili Iroqda o’ldirilgan “al-Qoida”ning Iroqdagi bo’limining rahbari Abu Muso Zarqaviy ham avval “Hizbut tahrir” a’zosi bo’lgan. 2004 yili Rossiya, 2006 yili esa Qirg’izistonda qo’lga olingan “hizbchilardan” o’q otar qurol, portlovchi moddalar va o’q-dori topilgan. “Hizbut-tahrir” avvalo, islom niqobi ostida ekstremistik g’oyalar bilan yo’g’rilgan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bunda hizbchi har bir shaxsning fikrlash doirasiga qarab o’z ta’limotiga da’vat etadi. Qolaversa, jamiyatda sodir bo’layotgan u yoki bu shakldagi qiyinchiliklar, turli tabiiy ofatlardan o’z maqsadlari yo’lida foydalanib, agar islomning sahih hukmlari bo’lganda edi, bunday hodisalar ro’y bermas edi, qabilidagi fikrlar bilan g’arazli niyatlarini amalga oshirishga intiladilar. Boshqacha aytganda, ularning nazdida hujum fikrga qaratilmoqi lozim. Bu hujum fikriy kurashga, fikriy kurash, o’z navbatida, fikriy inqilobga olib borishi kerak. Fikriy inqilobning orqasidan esa siyosiy inqilob sodir bo’ladi. Mazkur vazifani ado etgan avlodning o’zi hokimiyat tepasiga keladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun tashkilot 1989 yildan boshlab “al-Va’y” (“Ong”) nomli oylik nashrini turli tillardagi tarjimasi bilan davomiy chiqarib kelmoqda. Ayni paytda, “Hizbut-tahrir” kurashni uch bosqichda olib borishni ko’zlaydi. Ulardan birinchisi “tasqif” – tushuntirish ishlari bosqichidir. Unda hali ongi to’liq shakllanmagan, fikri zaif, ta’sirga beriluvchan yoshlarni tuzoqga ilintirish, huquq-tartibot va hokimiyat idoralaridagi mas’ul shaxslarni o’z tarafiga og’dirishdek maqsadlarga erishish ko’zlanadi. Ikkinchi – “tafoul” – birgalikda harakat qilish bosqichida fikriy kurash orqali “Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi” yo’lida fikriy inqilobga etishish nazarda tutiladi. Uchinchi – “inqilob” – to’ntarish bosqichida esa, tarbiyalangan ummat orqali hokimiyatni qo’lga kiritish mo’ljallanadi. Yuqoridagilardan “Hizbut-tahrir” ham boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar kabi mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlab, hokimiyat tepasiga kelishga intilishi, yagona xalifalik davlatini qurish, uning asosiy va so’nggi maqsadi ekani ochiq-oydin ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham, “Hizbut-tahrir”ning rasmiy faoliyat ko’rsatishi deyarli barcha musulmon mamlakatlari, jumladan, arab davlatlarida rasman taqiqlangan. “Hizbut-tahrir” partiyasini qo’llab-quvvatlaydigan ulamolar islom dunyosida juda ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, uni inkor etadiganlar son-sanoqsiz. Bu partiyaning g’oyasi va dasturi hanuzgacha dunyoning birorta mamlakatida ma’qullanmagan. Uning o’zi rasmiy tashkilot sifatida tan olinmagan, balki ilk ta’sis topgan maskanidan tortib, dunyo mamlakatlarining hammasida uning faoliyati taqiqlangan. Islomda esa, ozchilikning emas, ko’pchilikning fikriga qo’shilishga buyurilgan. “Mening ummatim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi, qachonki, ular orasida qarama-qarshilikni ko’rsalaringiz, sizlar ko’pchilik tomonida bo’lingiz!”, – degan sahih hadis ham ushbu fikrga dalil bo’ladi. Respublikamizda faoliyat yuritishga intilayotgan boshqa oqimlarning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari ham yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Masalan, “jihodchilar”ning maqsadi diniy holatni payg’ambar davridagi ko’rinishga qaytarish, ya’ni, din, musulmonchilik o’sha davrda qay holatda bo’lgan bo’lsa, bugun ham shunday qolishi kerak, degan da’voda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday tuzum bugun qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini “Tolibon” harakati Afqonistonda olib borgan siyosati va uning oqibatlari ham yaqqol ko’rsatib turibdi. “Akromiylar” guruhi asoschisi – Akrom Yuldashev «jihodchilar»ning Andijondagi g’oyaviy rahnamosi Abduvali Mirzaev shogirdlaridan bo’lib, 1990-yillarda «Hizbut tahrir»ning mahalliy rahbari Abdurashid Qosimovdan saboq olgan. Keyinchalik A.Yo’ldoshev «hizbuttahrir» chilar bilan kelisha olmay, ajralib chiqqan hamda «Islom nizomi», «Izzat va sharaf sari» va «Xalifalik» nomli adabiyotlardan foydalangan holda 12 darsdan iborat «Iymonga yo’l» risolasi va harakat dasturini ishlab chiqqan. «Akromiylar» o’z saflariga jalb qilinuvchi shaxslarga ruhiy ta’sir o’tkazish va ularni g’oyaviy jihatdan birlashtirish maqsadida faoliyatlarini quyidagi asosiy davrlar (bosqichlar)ga bo’lgan holda amalga oshirishlari aniqlangan. «Sirli» yoki «Maxfiy» (o’z tarafiga munosib nomzodlar jalb qilish); «Moddiy» yoki «Iqtisodiy» (iqtisodiy yordam va ish bilan ta’minlash, topgan foydadan 1G’5 qismini jamoa uchun «baytulmol»ga ajratish); «Ma’naviy» yoki «Siyosiy» (g’oyaviy jihatdan qayta ishlov, din va siyosatni qo’shib o’rgatish); «Uzviy maydon» (tayyor bo’lgan a’zolarni «zarur» joylarga qo’yish, faoliyat doirasini kengaytirish); «Oxirat» yoki «To’ntarish» (asl va asosiy maqsad: vaziyat etilgach, mavjud tuzum o’rniga o’z hokimiyatlarini o’rnatish). Mazkur bosqichlar maxfiy, ijro muddati qat’iy belgilanmagan holda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Shu bilan birga, «Akromiylar» har bir tuzilma uchun, birinchi navbatda, moliyaviy asos yaratilishi lozimligini ta’kidlab, o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida «birodarlar» daromadining 20 foizidan tushadigan mablag’lar jamg’armasini tashkil etganlar. Jamg’armaning asosiy qismini yangi ish o’rinlarini tashkil etish va a’zolar safini kengaytirishga sarflaganlar. Hibsga olingan A.Yo’ldoshev amnistiya tufayli 1998 yil dekabrida ozodlikka chiqib, o’z izdoshlari bilan birgalikda «ashyoviy dalil» bo’lishi mumkin bo’ladigan barcha adabiyotlarini yo’qotib yuborishga erishgan. 1999 yilda A.Yo’ldoshev boshchiligida «akromiylar»ning bir qator rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilganidan so’ng, oqim faoliyatida tubdan o’zgarishlar yuz bergan. Shu davrga qadar «birodarlar»ga «Iymonga yo’l» kitobidan saboq berib kelingan bo’lsa, endilikda ushbu o’quv darsligi yo’q qilinib, darslar og’zaki ravishda, ammo ko’rsatib o’tilgan kitobning mohiyati bo’yicha olib borilgan. Yangi tahrirda tayyorlangan «Iymonga yo’l» risolasida falsafiy-mantiqiy bayon uslubi tanlangan. Bundan diniy va dunyoviy, xususan, falsafiy ilmlardan uzoq bo’lgan kishini mantiq, aqlga oid mavhum mavzular oldida oson taslim qilishdek maqsad ko’zlanadi. Shuningdek ushbu risolada imon masalasida yurtimizda azaldan an’anaviy hisoblanib kelgan hanafiy mazhabi va moturidiya ta’limotiga zid aqidalar ham ko’pligini qayd etish zarur. Buni kitobning 3-darsidagi quyidagi fikrda ham ko’rish mumkin: «Iymon komil bo’lishi uchun, tilda aytilgan narsa amalda tasdiqlanmog’i shartdir». Hanafiy mazhabi va moturidiya ta’limotiga ko’ra, imon sharti 2 ta: Allohning birligi va Muhammad alayhissalom payg’ambar ekaniga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlash. Imom Moturidiy «Imonning joyi qalbdir», deganlar. Buyuk vatandoshimiz Abu Hafs Nasafiy aytadilar: «Mo’minlardan bo’lgan gunohkorlar do’zaxda abadiy qolmaydilar. Imon Alloh taolo huzuridan kelgan narsalarga qalbdan ishonish va uni til bilan iqror qilishdir. Agar bandada shu ikki shart bo’lsa, u bemalol men mo’minman deyishi mumkin». Demak, din arkonlariga amal qilish imonning sharti emas va amalsiz odam kofir bo’lmaydi, balki faqat gunohkor bo’ladi. Imom Moturidiy ushbu fikrlarni o’z davrining adashgan firqalaridan - xorijiy, mu’tazila va hashviylarga raddiya sifatida asosli tarzda izhor qilganlar. Tarixda ana shunday adashgan firqalardan biri – xorijiylar o’z yo’llariga yurmagan, qo’zg’olonlarida ishtirok etmagan musulmonlarni «imonsiz», «kofir» hisoblab, «katta gunoh» (kabira) qilganlar imondan chiqadi va ular bilan urush (jihod) olib borish kerak, deb ta’kidlaganlar. Mazkur talqindagi «imon» ham din arkonlariga amalni o’zlaricha baholab, «kofir» deb atash hamda ommani ularga qarshi qo’yishga dastak bo’lib xizmat qiladigan g’oyalardan hisoblanadi. Shuningdek, ta’limot «birodar»larga o’zlarini yashirish maqsadida shariatda taqiqlangan ba’zi amallarni bajarishga ruxsat etadi. Akromiylar o’zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida, tadbirkorlik bilan shug’ullanganlar hamda yangi a’zolarni asosan qarindoshlar hisobiga o’zlarining savdo do’konlari, sartaroshxona, novvoyxona, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik va mebel ishlab chiqarish tsexlariga ishga jalb qilish orqali kengaytirishga harakat qilganlar. Bu oqim g’oyalarining tarqalishiga bir qator omillar ham sabab bo’lgan. Jumladan, ular ish bilan ta’minlash, moliyaviy muammolar echimi uchun «xolis» moddiy yordam ko’rsatish orqali ularning asl maqsadlaridan bexabar odamlarni o’zlariga iqtisodiy jihatdan bog’lab olishga va o’z tarafdorlariga aylantirishga harakat qilganlar. Ularning tarafdorlaridan bo’lganlar «A.Yo’ldoshev va uning atrofidagilar bizni ish, yaxshi maosh va bepul ovqatlanish bilan ta’minladilar», deb chet el axborot vositalariga intervyular berganidan bu haqiqatni anglab olish qiyin emas. Akromiylar hokimiyatni qo’lga olish bilan bog’liq rejalarini haqiqiy a’zo bo’lmaganlardan sir tutganliklari hamda yangi tarafdorlar ularni siyosatga aloqasi yo’q deb bilganlari bois singdirilayotgan fikrlarga ko’nikib boraverganliklarini ko’rsatadi. Bu yo’ldagi amaliy da’vat uslubi boshqa aqidaparastlar yondashuvidan farqli bo’lib, ommaga mafkuraviy tuzoq qo’yishga asoslanadi. Akromiylarning bu tamoyiliga ko’ra, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o’zgartirish, islom davlati qurish kabi gaplarni gapirish shart emas, balki «hayotdagi barcha muammolarning echimi Qur’on va hadisda» deb uqtirilsa bas. Bu fikrdan «to’g’ri» xulosani odamlar o’zlari chiqarib olishlariga biroz «yordamlashib yuborilsa» etarli. Akromiylar yangi a’zolarga ertayu kech mavjud tuzumning kamchiliklari, o’zlarining go’yoki siyosatdan yiroq, kichik bo’lsada, haqiqiy «birodarlar jamoasi» muhitining «go’zal» jihatlarini uqtirib borish orqali ruhiy ta’sir o’tkazishga harakat qilganlar. Barcha mutaassib aqidaparastlar qatori akromiylarning ham fojeasi shundaki, ular imon, e’tiqod, tuyg’u, tushuncha, qalb va aql, ma’naviyat bilan ma’rifat, din va falsafaning mohiyatini o’zlarining g’arazli fikrlari doirasida talqin etadilar. Kishi o’z e’tiqodi yo’lida qancha ilmga ega bo’lmasin, u avvalo niyatni pok qilsin, niyatida ezgulik, samimiylik va ixlosga joy bersin. Zero hadislarda aytiladiki: «Ishlar niyatga muvofiqdir». Ular kundalik ibodat va diniy turmush tarzida yashab kelayotganlarni haqiqiy musulmon deb hisoblamaydilar, din ahllari bilan maslahatlashish yoki ulardan ilm olishni umuman o’zlariga ep ko’rmaydilar. Vaholanki, diyorimizda azaldan islom ilmlariga chin ixlos bilan xizmat qiluvchi ulamoyu fuzalolar ko’p bo’lgan, ular hozirda ham kam emas. «Hizbut tahrir», akromiylar kabi adashgan firqalar turli tashviqotlar olib borishlariga qaramay, xalqimiz orasida e’tibor topa olgani yo’q. Chunki, Payg’ambarimiz «Mening ummatim zalolatda birlashmas», degan hikmatni bekorga aytmaganlar. O’n to’rt asrdan buyon e’tiqodida mustahkam bo’lgan xalqni noto’g’ri yo’lga boshlash samarasiz kechishi turgan gap. Din-diyonatimizga shunchalar imkoniyatlar berilib turgan bir paytda bu kabi toifalar dinga faqat zarar keltirmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Biz faqat terrorizmning tashqi ko’rinishlariga, begunoh odamlarni garovga oladigan, portlatadigan va o’ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo’lmasligini bir necha bor ta’kidlaganmiz. Hayotning o’zi shuni ko’rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi kurashish darkor. Ya’ni, islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak. “Tablig’chilar” dunyoviylikni inkor etuvchi, siyosiylashtirilgan va mutaassib diniy mafkurani tashviqot qilish va uning tarafdorlarini ko’paytirish orqali o’z ta’sirini butun dunyoga yoyishni maqsad qiladi. Markazi Bangladeshda joylashgan. Yirik filiallari Pokiston, Hindiston, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarga joylashgan. “Tablig’chilar” har yili 40 kun mobaynida uyma-uy yurib tashviqot ishlarini amalga oshiradi. Ular ilgari surayotgan g’oyalari hanafiylik mazhabiga zid bo’lib, aqidaparast guruhlarning g’oyalari singari dinda mutaasiblikni targ’ib qiladi. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling