Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o‘rni
- II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanning maqsadi
Taqrizchilar
Ergashev I.– O‘zMU Milliy g‘oya kafedrasi professori, s.f.d. Ismatova I - Toshkent shahar, Сhilonzor tumani 200 –sonli umumta’lim maktabi direktor o‘rinbosari Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o'quv - uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_-yil ____ __________dagi ____ -sonli majlis bayonnoma). O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o‘rni XX asr oxiriga kelib ikki qutbli dunyoning yemirilishi, ya’ni jahonning deyarli yarmiga hukmronlik qilib kelgan sotsializmning inqirozga yuz tutishi, uning bosh qo‘rg‘oni hisoblangan Sho‘rolar saltanatining qulashi natijasida bir qancha davlatlarning mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi yillar davomida ta’qib qilingan diniy e’tiqod erkinligiga yana imkon yaratdi. Bunga uzoq yillar tashna bo‘lgan xalqlar tushunib – tushunmay din sohasidagi hamma narsani qabul qilaverdi. Bu narsa dindan siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni ko‘zlab yurgan qator kishilar va tashkilotlarning tegirmoniga suv quydi. Avvalo mustaqil davlatlarga o‘zlarini do‘st ko‘rsatib va u erda ichki nizo janjallarni kuchaytirib so‘ngra “tinchitish” qo‘shin kiritishni hamda bu davlatlarda mustahkam o‘rnashib olishni o‘ylagan davlatlarning tashqi ta’siri ayniqsa kuchli bo‘ldi. Chunki hali tajribasiz mustaqil davlatlar o‘z oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va milliy muammolarini hal qilib olishi uchun vaqt va moddiy – ma’naviyat imkoniyat zarur edi. Bizning yurtimiz geostrategik jihatdan qulay joyda joylashganligi, moddiy resurslarga boy bo‘lganligi uchun ularning o‘qiga nishon vazifasini o‘tadi va tajriba maydoniga aylandi. II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanning maqsadi – xavfli g‘oyalar bilan qurollangan diniy ekstremistik va terroristik harskatlarning kelib chiqishi, mohiyati, kimlarga xizmat qilishi, taraqqiyotga salbiy ta’sirini tushuntirish va ularda bunday tahdidlarga nisbatan g‘oyaviy salohiyatni tarbiyalashdan iborat. Vazifalari:XX asrdagi dunyodagi o‘zgarishlar hamda ekstremizm va terrorizmning kishilik jamiyati boshiga solayotgan tahdidlari bilan tanishtirish, dunyoviy davlatning dinga munosabati, diniy aqidaparastlikning kelib chiqish sabablari, mohiyatini tushuntirish, talabalarni vatanpfrvarlik, tinchliksevarlik, har qanday yot va begona g‘oyalarga qarshi kurash ruhida tarbiyalash. - ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqimizning diniy, tarixiy, ma’naviy merosining g‘oyaviy va mafkuraviy ahamiyati, terrorizmning mohiyati, kelib chiqish sababalari, islom dinining ma’naviy merosini, ularni yoshlarni eng insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalash, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik kabi oliyjanob axloqni targ‘ib etish to‘g‘risida bilimga; - fundamentalizm, ekstremizv va terrorizmning xalqimiz ma’naviyatiga zid ekani, unga qarshi kurashni samarali vositalaridan biri sifatda ma’rifiy tadbirlarni olib borish, islomiy qadriyatlarni targ‘ib qilish zarurligini tushuntirib bera olish ko‘nikma; - ekstremizv va terrorizmning mohiyati vujudga kelishini ijtimoiy-tarixiy va g‘oyaviy ildizlarini tahlil qila olish, Inson ongi va qalbi uchun kurash asosiy masalaga aylangan vaqtda tasavvuf ahlining mohiyatni anglashga intilish tajribasini o‘rganish ijtimoiy xayotdagi ko‘r-ko‘rona taqlid, g‘aflat kabi illatlarga, mutaasiblik, ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, xalqni, millatni ichdan yemirishga yo‘naltirilgan: ekstremizm va terrorizm muammolariga alohida e’tibor qaratish zarurligi hamda diniy qadriyatlarga asoslanishining ahamiyatini asoslab berish kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling