Doiraviy misollar (10 ichida qo’shish va ayirish). Ular ikki qismga
bo’linadi. Har qaysi o’ynovchi 12 ta doiraviy misollardan iborat to’plam oladi, bu
misollardagi birinchi son oldingi misolning javobi bo’ladi (to’plamlarni
kartochkalarning orqasiga qarab oson ajratish mumkin). Bunda vazifa misollarni
ixtiyoriysidan boshlab, tartibi bilan yoyib chiqishdan iborat. Oxirgi misolning
javobi birinchi misolning boshlanishi bo’lishi kerak. Kim ko’p yig’adi?
Zinapoya (10 ichida qo’shish va ayirish). Zinapoyaning rasmi solingan kartochka
va misolli kartochkalar parta o’rtasiga qo’yiladi. O’ynovchilardan biri zinapoyaga
chapdan, ikkinchisi o’ngdan, to’plamdan berilgan javoblarga mos misollarni
tanlagan xhlda chiqadi va ko’tariladi. Yuqori pog’onaga birinchi chiqqan
o’ynovchi yutadi.
59
E s l a t m a : O’yin paytida kichik kartochkalarning ikkala tomoniga yozilgan
misollardan foydalanish mumkin. Misollarni bo’lishga oid tarzda tizish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |