6
Matematika kursi o’quvchilar kuchi yetadigan darajada o’quv materialini
umumlashtirishni o’rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy
jarayon va qonuniyatlarni tushunishiga, qarab chiqilayotgan hodisalar orasida
mavjud bo’lgan bog’lanishlarni tushunishni nazarda tutadi . Bu, asosan,
amallarning xossalarini, ular orasidagi mavjud bog’lanishlarni o’rganishga,
bolalarda shakllanayotgan amaliy o’quv va ko’nikmalarning asosi bo’lgan
matematik munosabatlar va bog’lanishlarga taalluqlidir .
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni
matematik tushunchalarini boyitish, matematik terminlar bo’yicha nutqlarini
o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida bo’lishga oid
misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.
Ishning ilmiy yangiligi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini bo’lish amali bilan
tanishtirishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab
chiqishdir.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati shuki, tavsiya etilgan usullar
amaliyotda mantazam qo’llansa, o’quvchilarning ijodkorlik va mustaqil fikrlash
doirasini kengaytiradi, ularda matematik bilimlar oshadi.
Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni bo’lish amali bilan tanishtirishning
ahamiyatini nazariy hamda
amaliy asoslash;
Boshlang’ich matematika kursida bo’lish amalining berilishi va
xossalaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish;
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bo’lish amaliga oid masalalar yechishga
o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish;
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bo’lish amaliga doir misollarni yechishda
va tekshirishda ko’rsatmali vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib
berish.