Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti


(Pedagogik  yo‘nalishidagi  kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv  qo‘llanma  )  —  T:.  «Ilm


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/57
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#214720
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi

(Pedagogik  yo‘nalishidagi  kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv  qo‘llanma  )  —  T:.  «Ilm 

Ziyo», 2003-yil. 

 



51 

 

Bola uchun orziqib kutilgan kun kelib, u maktabga qatnay boshlaydi. Sinfda, 



maktabda  bo’layotgan  har  bir  harakat  unga  qiziqarli,  bu  harakatlardan  o’yin 

elementlarini  axtaradi,  chunki  u  hali  o’yinqaroq,  bola  o’quvchi  bo’lib  to’liq 

shakllanmagan. 

Boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarning  o’yin  faoliyatini  o’qish  faoliyatiga 

o’tkazish birdan bo’ladigan didaktik jarayon emas. Bu ikki faoliyat o’rtasiga Xitoy 

devorini  qurib  bo’lmaydi,  chunki  bolaning  o’yin  faoliyatida  o’quv  elementlari, 

o’quv faoliyatida esa o’yin elementlari mavjud. Shuning uchun oldin o’ynab, keyin 

o’qiymiz yoki oldin o’qib keyin o’ynaymiz deyish didaktik nuqtai nazardan to’g’ri 

emas,  chunki,  ayniqsa,  boshlang’ich  sinflarda  o’yin  bilan 

O



QISH 

bir-biri  bilan 

uyg’unlashgandagina, qo’yilgan vazifani muvaffaqiyatli, ijobiy hal qilish mumkin. 

Buning bilan o’qishga ya qinda  kelgan  bolaning  o’quv  faoliyatini  to’g’ri  tashkil 

qilgan bo’lamiz. 

Boshlang’ich sinf matematika materiallarini o’quvchilar ongiga singdirishda 

biror ta’limiy maqsadga bo’ysundirilgan o’yinlar - didaktik o’yinlarning ahamiyati 

juda kattadir. 

Didaktik  o’yinlar  o’quvchilarning.  darsdagi  faoliyatini  oshiradi,  uzoq  vaqt 

esda  saqlash  xotiralarini  rivojlantiradi,  matematik  amallarni tez  va  to’g’ri  ishlash 

ko’nikmalarini  shakllantiradi,  eng  muhimi  o’yin  yordamida  bajarilgan  ishlar 

o’quvchilarni  zeriktirmaydi,  ularni  charchatmaydi.  Matematik  materiallarning 

ta’limiy va tarbiyaviy xarakteriga qarab o’qituvchilar tomonidan didaktik o’yinlar 

tanlanadi yoki o’ylab topiladi. 

Darsda  yoki  darsdan  tashqari  mashg’ulotlarda  qo’llaniladigan  o’yinlarning 

har birining mazmuni, o’yin qoidalari o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan batafsil 

tushuntirilmogi kerak. 

Kuzatishlar  shu  narsani  ko’rsatadiki,  didaktik  o’yinlar  bilan  o’tkazilgan 

darslarda.  O’yin  yakuniga  ko’ra  faol  o’quvchilar  moddiy  va  ma’naviy 

rag’batlantirilishi  lozim,  aks  holda,  bundan  keyingi  shunday  mashg’ulotlarga 

ularning qiziqishlari susayadi, dars samaradorligi pasayib ketadi. 



52 

 

Masalan. O’qituvchi qo’shni parallel sinfdan shifrlangan xat kelganligini, bu 



shifrni  ochish  bilan  xat  mazmuni  ma’lum  bo’lishini  va  agar  berilgan  bir  qancha 

sonli  misollar  to’g’ri  yechilib,  javoblardagi  raqamlar  o’rniga  kerakli  mos  harflar 

qo’yilsa shifr ochilishi va xatning mazmuni kelib chiqishini aytadi. 

O’quvchilar  xatning  mazmunini  bilish  uchun  juda  qiziqadilar.  O’quvchilar 

amallarni qiziqish bilan to’g’ri va tez ishlashga harakat qiladilar, chunki ular aqalli 

bitta misol noto’g’ri yechilsa, shifr ochilmasligini biladilar. 

Bunda,  ular  misollarni  ishlash  davomida  bir-birlarini  kuzatib,  misollarning 

to’g’ri ishlanganligini nazorat qilib boradilar. 

Misollarni bunday jamoa bo’lib ish ularda bir-biriga nisbatan 

UYUSHQOQLIK

,

 

bardamlilik va hamjihatlik xususiyatlarini rivojlantiradi. Matematik mashg’ulotlar 



uchun o’yin tanlanganda, uning qanday didaktik madsadga bo’ysundirilayotganiga 

katta  e’tibor  berish  kerak,  o’yin  bolalar  uchun  faqat  ermakka,  befoyda  vaqt 

o’tkazishga aylanib qolmasligi kerak. 

O’yinda  bosh  maslahatchi  sifatida  qatnashayotgan  –o’qituvchining  o’yinni 

biror  didaktik  maqsadga  bo’ysundirishi,  uni  boshqara  olish  mahorati  ishning 

yanada  samarali bo’lishini ta’minlaydi 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling