Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bo’lish amalini o’rgatishda
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
2.3 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bo’lish amalini o’rgatishda
matematik o’yin va didaktik materiallardan foydalanish usullari Boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir, chunki bola o’yin faoliyatidan ta’lim faoliyatiga ko’chadi. Bolaning o’yin faoliyati bilan ta’lim faoliyati o’rtasidagi uzluksizlikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchisidan katta mas’uliyatni, bilim va pedagogik mahoratni talab qiladi. Bolalarning o’yin faoliyatidan ta’lim faoliyatiga o’tishda, uning bu holatga moslashuvida, ta’limning dastlabki kunlaridan boshlab matematika darslarida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda mustashil ishlarni tashkillashtirish katta ahamiyatga ega. Respublikamiz Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek, O’zbekistan Respublikasi xalq ta’limi xodimlarining oldidagi asosiy vazifalardan biri «yangicha erkin fikrlaydigan, nutqiylik va jur’atsizlik tuyg’usidan mutlaqo holi mustaqil insonni tarbiyalash»dir. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da rahbarning og’ziga qarab, uning aytganini ko’r-ko’rona bajarish illatlaridan holi bo’lgan, mustaqil firk yurituvchi, har bir masalada o’zining shaxsiy qarashiga ega bo’lgan insonni tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan. Ulug’ chex pedagog, metodist olim, boshlang’ich ta’lim bo’yicha zamonasining yirik mutaxassis I.G.Pestolotsii mustaqil ta’limda o’quvchi bilan o’qituvchining asosiy vazifasiga to’xtalib: «Mening o’quvchilarim yangilikni mendan olmaydi: ular bu yangilikni o’zlari kashf etadilar. Mening asosiy vazifam - ularni o’zlarini namoyon etishga, mustaqil g’oyalarni rivojlantirishga yordam berishdan iborat» - degan edi. Xo’sh, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, mustaqil ishlashga o’rgatanimizda qanday didaktik vazifalarni hal qilgan bo’lamiz? Buning natijasida o’quvchilarning: tafakkur doiralari kengayadi; qobiliyatlari xar tomonlama rivojlanadi; uy vazifalarini mustaqil bajarish ko’nikmalari hosil bo’ladi; matematik (sonli va harfli) ifodalarni, tenglamalarni, matnli masalalarni tahlil qilish qobiliyatlari o’sadi, bu misol va masalalarda ishlash yo’llarini mustaqil topishga harakat qiladilar. Shuning bilan birga darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardagi mustaqil ishlari o’quvchilarda o’zlari bajarayotgan ishlarga 50
qiziqishlari ortiladi, natijada murakkab hayotiy vazifalarni hal qilish uchun ongli shart – sharoit yaratiladi. 16
Boshlang’ich sinflarning matematik darslarida, matematikadan sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda va boshqa matematik tadbirlarning mazmuniga o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini kengaytirish ishiga imkon beruvchi amaliy ishlar, ularning tafakkurlarini, mustaqil fikrlarini rivojlantiruvchi ularning matematika darslariga bo’lgan qiziqishlarini oshiruvchi qiziqarli toshpiriqlar, didaktik o’yinlar kiritish katta ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchilarning pedagogik mahorat shunda namoyon bo’ladiki, o’tilayotgan mavzuning mazmuniga mos keluvchi didaktik o’yinni tanlaydi, yoki o’zi bunday didaktik o’yinlarni o’ylab topadi. Didaktik o’yinlar o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, ularda tez hisoblash ko’nikmalarini shakllantiradi, ularning kundalik hayotlarida yuzaga kelgan muammoli iqtisodiy muammoli masalalarni to’g’ri hal qilishga yordam beradi. Keyingi vaqtlarda matematika darslarida o’tilayotgan mavzuning xarakter va mazmuniga qarab mavzuni o’qituvchining an’anaviy bayon qilib berishdan qochib o’quvchilarga yangi mavzuni o’zlashtirishga yordam beruvchi oraliq yo’naltiruvchi, muammoli savollar berib, o’quvchini mustaqil fikrlashga jalb qilish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. O’quv - bilish faoliyatini rag’batlantirish va o’quv predmetiga qiziqish uyg’otishning samarali usullaridan biri bo’lgan o’yinni alohida e’tiborga olish, undan o’quvchining dars va darsdan tashqari barcha kundalik faoliyatining barcha jabhalarida unumli foydalanishni tashkil etish o’qituvchi ishining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lmog’i lozim.
16 Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling