Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti
bosh. sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) — T:. «O‘qituvchi» 1996-yil
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi
bosh. sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) — T:. «O‘qituvchi» 1996-yil.
46
Shu yerning o‘zida bo‘lishni bo‘linmani bo‘luvchiga ko‘paytirish yo‘li bilan tekshirishni va ko‘paytirishni ko‘paytmani bir xonali ko‘paytuvchiga bo‘lish yordamida tekshirishni kiritish kerak. Shundan keyin bo‘linmaning oxirida nollar bo‘ladigan 3780 :6 ko‘rinishdagi hollar uchun yechish usuli kiritiladi. Tayyorgarlik davrida nolni bo‘lish (0:4) usulini takrorlash, shuningdek ko‘paytirishni sonni almashtirishda bajarishni takrorlash zarur: «1 ta o‘nlikda nechta birlik bor? 32 ta o‘nlikda-chi? 547 ta o‘nlikda-chi? 3 ta yuzlik-da-chi? 42 ta yuzlikda-chi? 724 ta yuzlikda-chi? va hokazo». Yoyib yozish va batafsil mulohaza yuritish yaxshi o‘zlashtirib olingandan keyingina qisqa yozuv va mos mulohazalarni berish kerak. Bo‘linmaning yozuvida nol o‘rtada keladigan 1535: 5 ko‘rinishdagi hollar uchun bo‘lish usullari bilan tani-shishda qoldiq bo‘lishning bo‘linmada nol hosil bo‘ladigan (4:7) ilgari kiritilgan og‘zaki usulini o‘zlashtirish talab etiladi. Bunday hollar uchun bo‘lishning yozilishi quyidagicha: _1535[5_ Tushuntirish: birinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi 15 307 15 ta yuzlik, 15 ni 5 ga bo‘lamiz, 3 hosil _35 35
0 bo‘ladi; 3 ni 5 ga ko‘paytiramiz, 15 hosil bo‘ladi, hamma yuzliklar bo‘lindi. Ikkinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi 3 ta o‘nlik: 3 ta o‘nlikni ga bo‘lamiz, 0 hosil bo‘ladi, nolni 5 ga ko‘paytiramiz, 0 hosil bo‘ladi, 0 ni 3 dan ayiramiz, 3 hosil bo‘ladi. Uchinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi 35 ta o‘nlik, 35 ni 5 ga bo‘lamiz, 7 hosil bo‘ladi, 7 ni 5 ga ko‘paytiramiz, 35 hosil bo‘ladi, bo‘linma 307. Bunday yozish va mulohaza yuritish bo‘linmaning raqam-lari tushib qolishi kabi xatoliklar haqida ogoxlanti-radi (1535:5=37). Shunga o‘xshash xatoliklar haqida ogoxlantirish, shuningdek, bo‘lishni bajarishgacha bo‘linma-dagi raqamlar
47
sonini aniqlashga yordam beradi (ularning o‘rinlarini nuqtalar bilan belgilash foydali). Noto‘g‘ri yechilgan misollarni tahlil qilish ham shu maqsadda xiz-mat qiladi: o‘quvchilarga berilgan noto‘g‘ri yechimlar ora-sidan to‘g‘ri yechimni topish taklif etiladi. Shunday qilib, bir xonali songa yozma bo‘lishni o‘rga-nishda o‘quvchilar "bo‘lish algoritmini o‘zlashtirib olishlari — to‘liqsiz bo‘linuvchilarni hosil qila olishlari, bo‘linmadagi raqamlar sonini aniqlay olishlari, har bir hisoblash operatsiyasining ma’nosini tushunishlari kerak, to‘liqsiz bo‘linuvchi bo‘linuvchiga bo‘linmadagi tegyshli raqamni topish uchun bo‘linadi; bo‘linmaning topilgan raqami bo‘luvchiga tegishli xonaning nechta birligi bo‘linganyni aniqlash uchun ko‘paytiriladi; hosil bo‘lgan sonni shu xonaning yana nechta birligini bo‘lish qolganini aniqlash uchun ayiriladi; qoldiq bilan bo‘luvchi bo‘linmaning raqami to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish maqsadida taqqoslanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling