Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti


Mazkur masalalarni o‘rganish uslubi qanday?


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#214720
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi

Mazkur masalalarni o‘rganish uslubi qanday? 

Bu  temani  o‘rganish  uchun  bag‘ishlangan  birinchi  darsda  ilgari  o‘rganilgan 

materiallarni  takrorlash  va  umumlashtirish  kerak.  Maxsus  tanlangan  mashqlarni 

bajara borib, bolalar quyidagilarni takrorlashlari kerak: 

a) bo‘lishning ko‘paytirish bilan bog‘lanishi: masalan, 63 ni 7 ga bo‘lish deb 

shunday  sonni  topishga  aytiladiki,  bu  sonni  bo‘luvchiga  ko‘paytirganda 

bo‘linuvchi hosil bo‘ladi; 

b)    bo‘lishning  komponentlari  va  natijalari  orasidagi  bog‘lanish:  agar 

bo‘luvchini  bo‘linmaga  ko‘paytirilsa,  bo‘linuvchi    hosil    bo‘ladi,    agar  

bo‘linuvchini  bo‘linmaga bo‘linsa, bo‘luvchi hosil bo‘ladi; 

v) 1 va 0 sonlari bilan bo‘lish qoidalari; 

g) bo‘lish bilan yechilmaydigan sodda masalalar

d)  yig‘indini  songa  bo‘lish  xossasi  va  jadvaldan  tashqari  bo‘lishning  shu 

xossaga asoslangan usuli

e) qoldiqli bo‘lish usuli. 

Qoldiqli  bo‘lish  usulini,  masalan  42:5=8  (2  qold.)  misolni  yechishda 

takrorlayotib,  shu  yerning  o‘zida  qoldiqli  bo‘lishning  bolalarga  bo‘linmada  nol 

hosil bo‘ladigan yangi holi tushuntiriladi. Bu bo‘linmaning yozuvida nol bo‘lgan 

hollarda yozma bo‘lishni bajarishga tayyorgarlik hisoblanadi. Bu usul bilan bunday 

tanishtirish  mumkin.  O‘quvchilarga  4  sonini  7  ga  bo‘lishdagi  bo‘linmani  va 

qoldiqni  topish  taklif  etiladi.  Buning  uchun  doirachalar,  tayoqchalar  yoki  boshqa 



42 

 

sanoq materiallaridan foydalangan ma’qul. Bolalar qo‘llariga 4 ta doiracha oladilar 



va  ularni  teng  7  ta  qismga  (hech  bo‘lmaganda  bitgadan)  ajratishga  harakat 

qiladilar. Ma’lum bo‘ladiki, hatto bittadan ajratishga ham doirachalar yetmas ekan. 

Bo‘linmaga  1  sonini  yozish  mumkinmi?  (Yo‘q.)  Nima  uchun?  (Doirachalar 

bittalab  ajratishga  yetmadi.)  Agar  doirachalar  yetmagani  uchun  bo‘linmaga  1 

sonini  yozish  mumkin  bo‘lmasa,  u  holda  bo‘linmada  nol  va  qoldikda  4  qoladi. 

14

Tekshirish bajariladi: 



1) 4<7,  2) 0-7=0,  3) 0+4=4. 

Shundan so‘ng darslikdagi shunga o‘xshash misollar yechiladi, lekin har qaysi 

misolning  yechilishini  namoyish  qilish  kerak.  Keyingi  darslarda  esa  shunga 

o‘xshash mashqlar namoyish etilmay bajariladi. 

Yangi  material  sifatida  426  :  2  ko‘rinishdagi  hollar  uchun  og‘zaki  bo‘lish 

usuli  kiritiladi.  Dastlab  o‘quvchilar  yig‘indini  songa  bo‘lish  xossasini 

takrorlaydilar va umumlashtiradilar, masalan: 

(14+7+21) : 7=42 : 7=6, (14+7+21) : 7=14 : 7+7 : 7+21:7=6 

Shunga  o‘xshash  mashqlarni  bajarishda  o‘quvchilar  bu  xossa  uch  va  undan 

ortiq qo‘shiluvchilar yig‘indisi uchun ham o‘rinli ekaniga ishonch hosil qiladilar va 

yig‘indini  songa  bo‘lishning  ikki  usulini  aytadilar  (dastlab  qo‘shiluvchilar 

yig‘indisi topiladi va hosil bo‘lgan son bo‘luvchiga bo‘linadi; har bir qo‘shiluvchi 

bo‘luvchiga  bo‘linadi  va  hosil  bo‘lgan  natijalar  qo‘shiladi).  Bir  nechta  misolga 

izoh beriladi va mustaqil yechiladi. 

Keyin  o‘quvchilar  xossaga  tayangan  holda  693:3  va  960  :2  hollar  uchun 

yechish  usulini  quyidagicha  tushuntiradilar:  693  sonini  xona  qo‘shiluvchilari 

yig‘indisi  bilan  almashtirdik,  har  bir  qo‘shiluvchini  3  soniga  bo‘ldik  va  hosil 

bo‘lgan  natijalarni  qo‘shdik  (960  sonini  800  va  160  qulay  qo‘shiluvchilar 

yig‘indisiga almashtirdik va hokazo). 

                                                 

14

  Bikbayeva  N.U,  R.I.Sidelnikova,G.A.Adambekova.  Boshlang‘ich  sinflarda 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling