37
takrorlash zarur, bolalarga qoldiqli bo‘lishda bo‘luvchiga qoldiqsiz bo‘linadigan,
bo‘linuvchiga eng yaqin bo‘lgan kichik sonni topish kerakligini yana bir marta
eslatish kerak, bunda har gal hosil qilinadigan qoldiq bo‘luvchidan kichik ekani
tekshiriladi.
Bundan keyin mashq qilish jarayonida og‘zaki hisoblashlarda va qoldikli
bo‘lishga doir misollarni og‘zaki yechishda har doim ham yechilishining
to‘rriligani tekshirishning hamma uchala qadamini bajarishni majburiy ravishda
talab qilish lozim emas, lekin har gal juda bo‘lmaganda uning birinchi qadamini
bajarish kerak (qoldiqni bo‘luvchi bilan taqqoslash). Qoldikdi bo‘lishga doir har
bir misolni yechishda bunday taqqoslashning zarurligiga bolalar o‘rgatilgan
bo‘lishlari kerak.
Tabiiyki, qoldiqli bo‘lishni o‘zlashtirish bo‘yicha ish bu bosqichda
tugallanmasligi kerak. Tegishli mashqlardan boshlang‘ich maktabni tugatguncha
muntazam foydalanish zarur. Faqat shu shart bajarilgandagina qoldiqli bo‘lishning
mustahkam va ongli ko‘nikmasini ishlab chiqish mumkin.
13
Mashqlar keltiramiz.
1. 31 : 4=6(qold. 7) O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ygan.
Misolni to‘g‘ri yeching.
2. 5 ga bo‘linganda qoldiqda 2 ni beradigan bir nechta misol ayting.
3. Qoldiqli bo‘lishga doir shunday misol o‘ylab to-pingki, unda qoldiq 5 ga
teng bo‘lsin:
P : □ = □ (qold. 5)
4. Qoldiqli bo‘lishga doir misol tuzing, bunda bo‘linuvchi 65, qoldiq 2 ga
teng bo‘lsin:
65: P = P (qold. 2) ~2
5. Qoldiqli bo‘lishga doir misol tuzing, unda bo‘linuvchi 43, bo‘linma 9 ga
teng bo‘lsin:
13
Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: