doir sodda masalalar bir-biridan vaqt bo‘yicha ajratilgan. Ko‘paytirish va bo‘lish
masalalarda bir nechta bir xil qo‘shiluvchilarni qo‘shish va sondan teng
28
II sinfda o‘quvchilar ko‘paytirish va bo‘lish bilan tanishishni bir nechta bir xil
qo‘shiluvchini qo‘shishga doir masalalarni yechishdan boshlaydilar.
Bolalar ko‘paytirish va mazmuniga ko‘ra bo‘lish hamda qismlarga bo‘lish
bilan tanishganlaridan keyin ularning sodda masalalar bilan ishlash sohasi ancha
kengayadi. Endi bolalarga yechish uchun to‘rt amalning hammasiga doir to‘g‘ri
masalalarni ham, teskari masalalarni ham berish mumkin.
9
Qo‘paytirish va bo‘lishga doir sodda masalalar bilan ishlash qanday borishini
qaraymiz. Birinchi navbatda, ko‘paytirish va bo‘lishga doir sodda masalalar bolalar
bilan amalda yechiladi. Bolalar o‘z stollarida (partalari-da) quyidagidek
topshiriqlarni bajarishadi:
a) Partaga 2 ta doira qo‘ying. Buvdan o‘ngroqqa yana 2 ta doira qo‘ying,
chaproqqa yana 2 ta doira qo‘ying. Har qaysi gruppada nechta doira bor?
Gruppalar (to‘plamlar) nechta. Hamma doira nechta? Qanday qilib bildingiz?
(2+2+2= =6 yoki 2-3=6)
b) 10 ta kvadrat oling, ularni 2 tadan qilib yoying. Necha marta 2 tadan
kvadrat hosil bo‘ldi? Bu masalani yozma qanday yechish mumkin? (10 : 2 = 5)
v) 12 ta uchburchak oling, ularni uchtadan qilib yoying. Qanday qilib
yoyasiz? (3 ta uchburchak olib, uchta qismga bittadan qo‘yib chiqamiz. Yana 3 ta
uchburchak olib, 1 tadan qo‘yib chiqamiz va h. k.) Sizdagi qismlar nechta? Har
qaysi qismda nechtadan uchburchak bor? (4 tadan.) Bu masalani qanday yozish
mumkin? (12:3 = 4.)
O‘qituvchi yechimni doskaga yozishi mumkin bo‘lsa-da, hamma ish og‘zaki
bajariladi.
Keyingi darslarda bolalar bilan bir xil syujetli, ammo ma’lumotlari
almashtirib qo‘yilgan ikkita masala qaraladi. Buni darsning bir qismida
ko‘rsatamiz.
Bolalar 6 ta kvadratni bir qator va shuncha kvadratni bir qator qilib oldingi
9
Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: