Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unversiteti pedagogika fakulteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#214720
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslaridabolish amalini orgatishda qoldiqli bolishdanfoydalanish metodikasi

Bo‘lishga doir masalalar 

Dasturga muvofiq qo‘shish va ayirishga doir hamda ko‘paytirish va bo‘lishga 

doir  sodda  masalalar  bir-biridan  vaqt  bo‘yicha  ajratilgan.  Ko‘paytirish  va  bo‘lish 

ikkinchi o‘quv yiliga o‘tkazilgan. 

Bolalarni  ko‘paytirish  va  bo‘lish  bilan  tanishtirishga  qadar  konkret 

masalalarda  bir  nechta  bir  xil  qo‘shiluvchilarni  qo‘shish  va  sondan  teng 

ayriluvchilarni ayirishni qarash tavsiya qilinadi. 



28 

 

II sinfda o‘quvchilar ko‘paytirish va bo‘lish bilan tanishishni bir nechta bir xil 



qo‘shiluvchini qo‘shishga doir masalalarni yechishdan boshlaydilar. 

Bolalar  ko‘paytirish  va  mazmuniga  ko‘ra  bo‘lish  hamda  qismlarga  bo‘lish 

bilan  tanishganlaridan  keyin  ularning  sodda  masalalar  bilan  ishlash  sohasi  ancha 

kengayadi.  Endi  bolalarga  yechish  uchun  to‘rt  amalning  hammasiga  doir  to‘g‘ri 

masalalarni ham, teskari masalalarni ham berish mumkin.

9

 



Qo‘paytirish va bo‘lishga doir sodda masalalar bilan ishlash qanday borishini 

qaraymiz. Birinchi navbatda, ko‘paytirish va bo‘lishga doir sodda masalalar bolalar 

bilan  amalda  yechiladi.  Bolalar  o‘z  stollarida  (partalari-da)  quyidagidek 

topshiriqlarni bajarishadi: 

a)  Partaga  2  ta  doira  qo‘ying.  Buvdan  o‘ngroqqa  yana  2  ta  doira  qo‘ying, 

chaproqqa  yana  2  ta  doira  qo‘ying.  Har  qaysi  gruppada  nechta  doira  bor? 

Gruppalar  (to‘plamlar)  nechta.  Hamma  doira  nechta?  Qanday  qilib  bildingiz? 

(2+2+2= =6 yoki 2-3=6) 

b)    10  ta  kvadrat  oling,  ularni  2  tadan  qilib  yoying.  Necha  marta  2  tadan 

kvadrat hosil bo‘ldi? Bu masalani yozma qanday yechish mumkin? (10 : 2 = 5) 

v)    12  ta  uchburchak  oling,  ularni  uchtadan  qilib  yoying.  Qanday  qilib 

yoyasiz? (3 ta uchburchak olib, uchta qismga bittadan qo‘yib chiqamiz. Yana 3 ta 

uchburchak  olib,  1  tadan  qo‘yib  chiqamiz  va  h.  k.)  Sizdagi  qismlar  nechta?  Har 

qaysi  qismda  nechtadan  uchburchak  bor?  (4  tadan.)  Bu  masalani  qanday  yozish 

mumkin? (12:3 = 4.) 

O‘qituvchi yechimni doskaga yozishi mumkin bo‘lsa-da, hamma ish og‘zaki 

bajariladi. 

Keyingi  darslarda  bolalar  bilan  bir  xil  syujetli,  ammo  ma’lumotlari 

almashtirib  qo‘yilgan  ikkita  masala  qaraladi.  Buni  darsning  bir  qismida 

ko‘rsatamiz. 

Bolalar  6  ta  kvadratni  bir  qator  va  shuncha  kvadratni  bir  qator  qilib  oldingi 

                                                 

9

  Jumaev  M.E.  va  boshq.  Boshlang‘ich  sinflarda  matematika  o‘qitish  metodikasi. 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling