29
qator ostiga ko‘yishadi. O‘qituvchi shu ishni flanelegrafda bajaradi. Qatordagi
kvadratlar nechta? Bunday qatorlar nechta? Hamma kvadratlar nechtaligini qanday
hisoblash mumkin? (6 + 6=12.) Qo‘shishni ko‘paytirish bilan almashtiring (6-
2=12).
Yozishda bolalar birinchi o‘ringa 6 soni yozilishini, chunki qo‘shiluvchi
ekanini, undan keyin ko‘paytirish belgisi qo‘yilishini va ikkinchi o‘ringa bunday
qo‘shiluvchi nechtaligini ko‘rsatuvchi son yozilishini tushintiradilar.
Shundan keyin e’tiborni kvadratlar ustunlariga qaratadi. Har qaysi ustundagi
kvadratlar nechta? (2 ta.) Bunday ustunlar nechta? (6 ta.) Hamma kvadratlar
nechta? (2 +2 +2 +2 +2 +2=12.) Qo‘shishni ko‘paytirish bilan almashtiring (2-6 =
12). Ikkala ifodani taqqoslang: 6 • 2 va 2 • 6. Ular nimasi bilan o‘xshash? Farqi
nimada? Bu ifodalarning qiymati haqida nima deyish mumkin?
Birinchi marta bu ifodada to‘xtalmaslik kerak. Bu kirish kuzatishdir. Uning
maqsadi bola ongida faqat biror qonuniyatni belgilashdan iborat.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini uzil-kesil chiqarishga biroz
keyinroq — misol va masalalar. yechishda ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini
almashtirishdan ko‘paytma o‘zgarmasligi aniqlanishiga doir bir qator kuzatishlar
o‘tkazgandan keyingina murojaat qilish kerak.
10
Shundan keyin o‘qituvchi bo‘lishga doir bir xil boshqa ikkita masalani
yechishni taklif qiladi, bu masalalarning biri mazmuniga ko‘ra bo‘lishga, ikkinchisi
esa teng qismlarga bo‘lishga doir bo‘ladi.
Bolalar birinchi masalani o‘qishadi: «Uzunligi 12 m bo‘lgan xodani har biri 4
m dan bo‘lgan oo‘laklarga bo‘lishdi. Nechta bo‘lak hosil bo‘ldi?». O‘qituvchi
nuqtalar bilan rasm chizishni taklif qiladi. O‘quvchilar har bir metrni nuqta bilan
belgilab, daftarga 12 ta nuqta qo‘yadilar. Har bir qism necha metrga teng? 4 m dan
olgandek bo‘lamiz. 4 nuqta tagini chizamiz, ularni pastga ko‘yamiz va berk chiziq
bilan o‘rab chiqamiz. Yana 4 nuqta tagini chizamiz, ularni pastroqqa qo‘yamiz va
10
Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova. Bosh. sinflarda mat. o‘qitish metodikasi. (O‘rta
Do'stlaringiz bilan baham: