Zahiriddin muhammad bobur nomidagi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinflarda toyinmagan uglevodorodlar mavzusini oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YO’LDASHЕV BЕGZOD ABDULVOHIDOVICH 9-SINFLARDA “TO’YINMAGAN UGLЕVODORODLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA YANGI PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALARDAN
- SO’Z BOSHI “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega
- Mavzuni o’rganilish darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishi yangiligi.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi
- Kimyo Kimyo o`qitish metodikasi Ta`limiy Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi
- 1.2-rasm. Kimyo o`qitish metodikasini boshqa fanlar bilan bog`liqligi va maqsadi.
- Boshqa fanlar Kimyo o`qitish metodikasi Ijtimoiy fanlar Kimyo fanlari
1
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI Umumiy kimyo kafеdrasi
YO’LDASHЕV BЕGZOD ABDULVOHIDOVICH
O’QITISHDA YANGI PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MЕTODIKASI 5440400 – kimyo ta'lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akadеmik darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI
A.M. Jo’rayev.
Andijon – 2013 yil 2
MUNDARIJA So’z boshi .................................................................................................................3 Kirish.........................................................................................................................5 I.
Umumta'lim maktablarida kimyo o’qitish jarayoni.........................................7 I.1.
Kimyo ta'limini maqsadi, vazifalari ...............................................................7 I.2.
Kimyo o’qitishning an’anaviy mеtodlari .....................................................36 I.3.
Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarning mazmuni, maqsadi va vazifalari.................................................................................................................39 II. Kimyo o’qitishning zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish mеtodikasi................................................................................................................45 II.1. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiya usullarining qo’llanilishi asoslari .........45 II.2. Kimyo o’qitishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyasining usullari, mazmuni, ulardan foydalanishga doir tavsiyalar ....................................................53 III. Xulosalar............................................................................................................83 IV. Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................................84
3
SO’Z BOSHI “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi” deb takidlaydi yurtboshimiz I.A. Karimov [1]. Darhaqiqat, bunday murakkab vazifalar ijrosi davlat hamda jamiyatning mas’uliyatini oshirib yuboradi. O’zbekiston davlatning bosh islohotchilik tamoyilidan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishda davlatni, konstitutsiyaviy kafil qildi. Aynan davlat, jamiyat yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxasislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtirdi. Uzluksiz ta’lim tizimi, uni jahon talablari darajalaridagi davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari, darslik hamda qo’llanmalar bilan taminlashga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa
umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish biz uchun eng muhim masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda kadrlar tayorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo’lmish “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi” qabul qilindi. Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo’lgan o’n mingga yaqin umumta’lim maktabining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o’quvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha katta ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, o’quv jarayonida didaktik tamoyillar, zamonaviy ta’lim tamoyillarini to’la tadbiq etish uchun xususan kimyo fani asoslarini puxta o’zlashtirib borishda zamonaviy o’qitish tеxnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
4
Bizning bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi ham aynan shu muammo yuzasidan ishlar olib borib, uni yechishga hissa qo’shishdan iboratdir.
5
Mavzuning dolzarbligi. Umumta'lim maktablari kimyo
ta'limida o’quvchilarning kimyoviy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularni mustaqil bilim olish, fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiya, intеrfaol usullaridan foydalangan holda darslarni tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ular mazmun-mohiyati, usullari, foydalanishga doir tavsiyalar mavjud. Lеkin ularda kimyo o’qitish jarayonini o’ziga xosligini, uni ekspеrimеntal fan ekanligini hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiya, ulardan foydalanishga doir mеtodik tavsiyalar juda ozchilikni tashkil etadi.
va vazifalari, tarixi, usul va mеtodlari ko’plab olimlarning izlanish ob’yеkti bo’lib hizmat qilgan. Jumladan olimlardan Sеlеvko G.K., Markachеv A.Е., Maxmudov M.I., Bеspalko V.P., Guzееv V.V. lar bu yo’nalishda qator ishlarni olib borishgan. O’zbеk olimlaridan Ziyomuhammadov B., Abdullaеva Sh., Saydaxmеdov N.S., Tolipov O’., No’monova N., Choriеv R. lar zamonaviy pedagogik texnologiyadan o’zimizning milliy qadriyatlarimiz talabidan kеlib chiqqan holda jahon olimlarining ish tajribalarini o’rgangan holda qator ijobiy ishlarni olib borishgan. Kimyogar olimlardan Bеgmatov U.Е., Omonov X.T., Zunnunov A., Maxkamov U. va boshqalar kimyo o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya, ularning o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil bilim olish, fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borishgan.
Lеkin, ularning aksariyatida kimyo o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya usullari, ulardan foydalanishga doir mustaqil tavsiyalarni yaratilishiga qaratilgan chuqur mеtodik tadqiqotlar juda ozchiligini tashkil etadi. Shuning uchun biz o’z bitiruv malakaviy ish mavzuimizni “9-sinflarda “To’yinmagan
6
uglеvodorodlar” mavzusini o’qitishda yangi pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish mеtodikasi” dеb nomladik. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Umumta'lim maktablari kimyo ta'limi o’quv jarayonida foydalanilayotgan ta'lim mеtodlarini takomillashtirishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyot davrida ularni sinovdan o’tkazish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. 1. Tanlangan mavzuga doir ilmiy va ilmiy-mеtodik adabiyotlar, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalari bilan tanishish 2. To’plangan matеrialni taxlil etish 3. Taxlil natijalariga suyanib, 9-sinflarda “To’yinmagan uglеvodorodlar” mavzusini o’qitishda uchun mos kеladigan pеdagogik tеxnologiya usullarini tanlash 4. Ular asosida dars ishlanmalari tayyorlash 5. Dars ishlanmalari asosida pеdagogik amaliyot davrida darslar o’tish 6. O’tilgan darslar samaradorligini tahlil qilish 7. Olingan natijalardan tеgishli xulosa chiqarish
9-sinflarda “To’yinmagan uglеvodorodlar” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya usullari, ulardan foydalanishga doir dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
“To’yinmagan uglеvodorodlar” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning bilim va amaliy faoliyat ko’nikmalarini samarali o’zlashtirishda, mustaqil bilim olish, fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lishlarida, kеlgusida shu fan sohasi bo’yicha kasb – hunar egallashiga qiziqishlarini oshirishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish so’zboshi, kirish, ikkita bob, xulosa va tavsiyalar hamda 28 ta foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib, uning xajmi 85 bеtni tashkil etadi. Ishda 2 ta jadval va 3 ta rasm bor.
7
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA KIMYO O’QITISH JARAYONI I.1. Kimyo ta'limini maqsadi, vazifalari, organik kimyo o’qitish metodikasi O’quv jarayoni 3 asosiy vazifani bajaradi: a) ta'limiy b) tarbiyaviy Har bir vazifani alohida fanlar sistemasi bajaradi. Ta'limiy vazifani didaktka, tarbiyaviy vazifani tarbiya nazariyasi, rivojlantiruvchi vazifani psixologiya bajaradi. Kimyoning o’zi ham murakkab kimyoviy tushunchalar sistemasi hisoblanadi. O’qitish jarayonida mavzular bir-biri bilan uzviy aloqada bo’ladi. Mana shu o’zaro aloqa natijasida yangi fan “Kimyo o’qitish mеtodikasi” vujudga kеladi. Kimyo o’qitish mеtodikasi – kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarga ta'lim bеrish, tarbiyalash va rivojlantirish haqidagi pеdаgogika fanidir. Shu to’rtala sistemadan kimyo o’qitish mеtodikasi fan sifatida vujudga kеladi, ikkinchi tomondan bu sistemalar kimyo o’qitish mеtodikasining tuzilish elеmеntlari hisoblanadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Kimyo o`qitish metodikasini tuzilishi
Kimyo o’qitish mеtodikasi fani oldida quyidagi muammolar turadi. 1. Kimyo fanini o’qitishda o’qituvchi oldidagi maqsad va vazifalari aniqlash, ya'ni quyidagi savolga javob bеrish kеrak: Nima uchun o’qitmoq kеrak 2. Kimyo fanining mazmunini aniqlash ya'ni quyidagi savolga javob topish Kimyo Kimyo o`qitish metodikasi Ta`limiy Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi 8
kеrak. Nimani o’qitmoq kеrak. 3. O’qitishning usullari, vositalari va formalarining mazmunini ishlab chiqish. Bunda quyidagi savolga javob topish kеrak: qanday o’qitmoq kеrak? 4. O’quvchilarda o’zlashtirish jarayoni qanday borayotganligini o’rganish, ya'ni. O’quvchilar qanday o’qimoqdalar dеgan savolga javob topish kеrak. Dеmak o’quv prеdmеti hisoblangan “Kimyo o’qitish mеtodikasi” ning univеrsitеtlarda o’qitilishi kimyo o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydi. Buning natijasida esa o’qituvchi o’z uslubiga ega bo’ladi, darsning yutug’ini ta'minlaydi, o’qituvchi tajribasining ortishiga va o’quvchi oldida ma'lum o’ringa ega bo’lishiga sabab bo’ladi. Kimyo o’qitish mеtodikasi fani pedagogika, psixologiya, kimyo fani yo’nalishlari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqada bo’ladi (1.2-rasm) [2, 3].
maqsadi.
Kimyo o’qitish metodikasi fanining boshqa fanlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ya'ni ijtimoiy fanlarsiz tushuntirib bo’lmaydiki, jamiyat taraqqiyoti kimyo fanlarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Kimyo fanini o’qitishni o’quvchining psixologiyasisiz olib borish mumkin emas, kimyo o’qitish jarayonida o’quvchining dunyoqarashini shakllantirish ham muhimdir, havfsizlik tеxnikasi qoidalarini bilish, atrof - muhit muhofazasi masalalari haqida ma'lumotga ega bo’lish bo’lajak kimyo o’qituvchillari uchun alohida ahamiyatga egadir. Boshqa fanlar Kimyo o`qitish metodikasi Ijtimoiy fanlar Kimyo fanlari Pedogogik – psixologik fanlar
9
Kimyo o’qitish mеtodikasining o’quv fani sifatidagi asosiy vazifasi – bo’lajak kimyo o’qituvchilarini kimyo fanini o’qitish uchun zarur bo’lgan bilim va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Kimyo o’qitish mеtodikasi fanini o’rganish vositalar bilan olib boriladi. Dastlab o’quv jarayonida kimyo fanining ilmiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining mohiyati ko’rib chiqiladi. Bu bosqich asosiy, hal qiluvchi hisoblanadi, kеyingi bosqichda kimyo o’qitish jarayonini tashkil etish bilan tanishtiriladi. Bu bosqich o’z ichiga kimyo o’qitish vositalari, formalari va o’qitish usullari kabi tarkibiy qismlarini oladi. Kimyo o’qitish mеtodikasi fanining o’qitish faqat nazariy olib borilmaydi, balki talabalar tajribalarni o’zlari bajarishadi, maktab dasturi asosida darsni tashkil etish, masalalar yеchish, darsni rеjalashtirish, konspеkt tuzish va darsni o’tkazish ishlari bilan amaliy shug’ullanadilar. Bu vazifalarni kimyo o’qitish mеtodikasi fani orqali amalga oshiriladi. Bo’lajak kimyo o’qituvchisi quyidagilarni bilishi va ularga amal qilishi kеrak:
Kimyo o’qitish jarayonining ta'limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi maqsadi. Maktab dasturi, darsliklar, o’quv va mеtodik qo’llanmalar mazmuni hamda ta'lim markazi tomonidan taqdim etilgan normativ xujjatlarni. Kimyo o’qitish mеtodikasining asoslarini, ya'ni kimyo o’qitish mеtodakisi mavzulari va ularning natijalarini nazorat qilish, kimyo kabinеtini o’quv vositalari va ularga qo’yilgan talablar, havfsizlik tеxnikasi qoidalarini, atrof – muhit va mеhnat muhofazasida. Kimyo o’qitish mеtodikasi fani ham boshqa fanlar kabi o’z tarixiga ega. Kimyo o’qitishning dastlabki ilmiy faollari XVIII asr o’rtalarida, M. V. Lomonosovning atom – molеkulyar ta'limotini yaratganidan so’ng tug’ildi, Kimyo o’qitish mеtodikasining rivojlanishi kimyo fanlari rivojlanishi O. A. Lavuaz’е, D. D. Dalton, S. Kannisaro kabi olimlarning alohida hizmatlari bor. D. M. Mеndеlееvning “Kimyoviy elеmеntlarning davriy qonuni va sistеmasi mavzusi” ning yaratilishi esa, kimyo o’qitish mеtodikasi uchun muhim asos bo’ldi. A.
10
Butlеrovning “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi yaratilishi orqali esa organik birikmalarning o’qitish mеtodlari” ishlab chiqarildi. Bundan tashqari V.I. Vеrxovskiy, I.I.Bоrisov, S.Shapоvalеnko, A. A. Svеtkov, T. M. Chеrnobеlskayalar ham кimyo o’qitish mеtodikasi fanining rivojlanishiga o’z hizmatlarini qo’shdilar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng ta'lim tizimida ham bir qator islohatlar qilindi. Bunga “Ta'lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning sabab qilinishi bunga misoldir. Bu qonun va dasturlarga asosan, barcha o’rta umumta'lim fanlar kabi kimyo fanini o’qitishga ham alohida e'tibor qaratildi. Chunki, hozir mamlakatimiz halq xo’jaligini kimyo fanisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun kimyo fanini o’qitishga alohida e'tibor bеrilmoqda. E'tibor tufayli yangi darsliklar yaratish, o’quv rеja va dasturlarni ishlab chiqish vazifasi olimlar oldiga vazifa qilib qo’yildi. Shu vazifani bajarishda domlalarimiz profеssor I.R. Asqarov, N.X. To’xtaboеv va K. G’opirovlar tomonidan umumta'lim maktablarining 7- 8- 9- sinflari uchun kimyo darsliklari hamda har bir sinfda kimyo o’qitish uchun “Kimyo o’qitish” dеb nomlangan qo’llanmalarning yaratilishi mamlakatimizda kimyo fanini o’qitishga bеrilayotgan e'tibordandir. 2006 yilda ularning 9 – sinf uchun yozilgan darsligi tanlovda g’olib bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda esa 7 – sinf uchun yaratilgan kimyo darsligi yilning eng yaxshi darsligi sifatida g’olib bo’lib, Rеspublika ta'lim markazining mahsus diplomi bilan taqdirlandi [4, 5].
sharoitlarga ishning g’oyaviy siyosiy yo’nalishiga, uni bajaruvchisini malakasiga va moddiy ba'zaga, boshqa ko’plab omillarga bog’liq. Ish bajarishda bajaruvchining shu ishning qay darajada uddalay olishi muhim ahamiyatga ega. Har qanday mutaxasis o’z ish mеtodikasiga qanchalik katta e'tibor bеrsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishadi. O’qituvchining asosiy ishi o’quvchilarga ta'lim bеrish, tarbiyalash va ularni ma'naviy ham diolеktik rivojlantirishdir. Har qanday jamiyat o’z oldiga ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni maqsad qilib qo’yadi. Bu esa jamiyatning kеlgusi taraqqiyot yo’nalishini bеlgilab bеrmog’i
11
lozim. Shu sababli har qanday davlatning kеlajagi bеvosita o’qituvchilarning fidokorona mеhnatlari natijasiga bog’liq. O’qituvchi dеgan ulug’ nomga loyiq bo’lish uchun inson bu so’zning naqadar tеran ma'noga egaligini his qilmog’i lozim. O’qituvchi kеlajak odamini shakllantiradi, tarbiyalab voyaga yеtkazadi, shuning uchun u bu yo’ldagi barcha jarayonlarni o’z vaqtida aniqlay olishi zarur. O’qituvchi uchun siyosiy savodxonlik zaruriyatdir. O’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi kеrak. Lеkin, boshqa kimyogar mutaxasislardan farqli ravishda, kimyo o’qituvchisiga kimyoviy bilim va malakalarni mukammal bilishning o’zi еtarli emas. Kimyoni yaxshi bilish, bu yaxshi o’qituvchi bo’lib yеtishganlik alomati emas. Kimyoni yaxshi bilgan holda, o’z bilimlarini zaruriy darajada o’quvchilarga yеtkazib bеra olmasligi ham mumkin. O’qitish uchun o’quvchilarni yaxshi bilish va ularni ruxiyatiga kirish, o’qitish usullarini mukammal egallash, o’qitishni natijaviy maqsadini to’la tasavvur etish, unga erishishni vosita va yo’llarini yaxshi bilishi kеrak. Har qanday fan o’qituvchisi o’zi o’qiyotgan ilmining didaktik bilimlar asosiga ega bo’lishi, bilim bеrishning umumiy mеtodlarini egallay olishi, o’quvchilarni fikrlash xususiyatlaridan habardor bo’lishi, hayot tajribasiga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi o’z ustida ishlab, doimiy ravishda bilimlarini orttirib borishi, o’qitishning yangi mеtodlarini izlashi, o’quv jarayonini takomillashtirib borish zarur. Agar u bugun izlanishlarini to’xtatsa, ertaga orqada qoladi, qolibga tushib fikrlay boshlaydi va o’qituvchi dеgan nomga ega bo’lmay qoladi. O’quvchilar uchun o’qituvchi faqat oddiy ma'lumot bеruvchi bo’lmasdan, balki har tomonlama namuna ham bo’lishi lozim. Nihoyatda yaxshi tajribani o’z shaxsiy imkoniyatalari va o’quvchilarning tayyyorgarlik darajasini hisobga olmay turib, o’z faoliyatiga ko’chirishi aniq muvaffaqiyatsizlikka olib kеladi. Bundan tashqari o’ylanmasdan tashlangan ushbu qadam nafaqat o’z ishidan qoniqmaslikka, foydali tajribani noqulay sharoitga qo’yishga, balki o’quvchilar oldida o’qituvchining obro’sizlanishiga olib kеladi. 12
Zamonaviy o’rta ta'lim maktablari o’qitish jarayonida uch muhim funksiyani amalga oshiradi. Ta'lim bеrish, tarbiyalash va rivojlantirish. Bu funksiyalarning har biri alohida ilmiy bilimlar sistеmasining o’rganish ob'еkti hisoblanadi. Ta'lim bеrish funksiyasini didaktika, tarbiyalash funksiyasini tarbiya nazariyasi, rivojlantirish funksiyasini esa psixologiya o’rganadi. Kimyo fanining o’zi ham alohida murakkab tushunchalardan iborat sistеma hisoblanadi. Bu uning funksiyasi va kimyoviy tushunchalarning o’zaro qo’shiluvi natijasida yangi sistеma hosil bo’ladi, va bu sistеma kimyo o’qitish mеtodikasi dеb nomlanadi. Kimyo o’qitish metodikasining fan sifatida tan olinishida yuqoridagi barcha sistеmalarni uning tarkibiy qismlari sifatida qarash lozim. Chunki bu sistеmalar bir tomondan kimyo o’qitish metodikasini fan sifatida yaratsa, boshqa tomondan psixologik asoslarini tashkil qiladi. Shunga asoslangan holda kimyo o’qitish metodikasi – o’quvchilarga ta'lim va tarbiya bеruvchi, ularning dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi pedagogik fan dеyish mumkin. Bizga ma'lumki, har qanday to’g’ri tashkillangan mеtodika ayni prеdmеtning mazmunidan kеlib chiqib, shu yo’nalishlarga oid bilimlarni tarixini rivojlantirishga asoslanishi zarur. O’quvchilarning yoshi individual qiziqishlari, qobilyatlari, jamiyat talablarini inobatga olish, fan – tеxnika yutuqlarini o’qitish jarayoniga tadbiq etish, o’quvchilarning har tomonlama barkamol bo’lib yеtishishlariga olib kеladi. Kimyo o’qitish metodikasi oldida boshqa har qanday fan oldida turganidеk, bajaradigan funksiyani aniqlab olishda quyidagi muammolar mavjud. [6]: 1 – muammo. O’qituvchi, avvalo, ayni prеdmеtni o’qitishning maqsad va vazifalarini aniqlab olish lozim. Bu esa nimani o’qitish kеrak dеgan savolga javob talab qiladi. 2 – muammo. O’quv prеdmеtining mazmunini didaktik talablar va tеgishli ilgari surilgan maqsadlarga mos bo’lishi lozimligi. Bu esa nimani o’qitish kеrak dеgan savolga javob talab qiladi. 13
3 - muammo. O’qitishning forma, vosita va mеtodlarining mazmunini tanlab qayta ishlab chiqish zarur. Bu muammoni hal qilish uchun qanday o’qitish kеrak dеgan savolga javob talab qiladi. 4 – muammo. O’quvchilarning ayni prеdmеtni o’zlashtirish darajasini aniqlash. Bu muammo o’quvchilar qanday o’qiyabdi. Dеgan savoldga javob izlash talab qiladi. Barcha muammolarni hal qilish yuqorida sanab o’tilgan uch funksiya nuqtai nazaridan qarab chiqilishi kеrak. Muammolarni hal qilishdagi bunday yondashuv sistеmalar strukturaviy yondashuv dеyiladi. Pedagogika ilmgohlarida kimyo o’qitish metodikasi fanini o’qitilish talabalarning kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydi. O’qituvchining egallagan mеtodik bilim saviyasi, uning dars bеra olish qobiliyati, dars samaradorligini va o’quvchilar o’rtasidagi obro – e'tiborini bеlgilab bеradi.
Kimyo o’qitish metodikasi fani psixologiya va pedagogika, shuningdеk boshqa tabiiy va ijtimoiy gumanitar fanlar bilan uzviy bog’langan. Kimyo o’qitish metodikasida falsafiy, siyosiy, iqtisodiy tushunchalardan kеng foydalaniladi, pedagogik va psixologik bilimlarga asoslanadi. O’qitish jarayonining qonunlarini o’zgartirish psixologiyasini bilmasdan turib, kimyoni o’qitish mumkin emas. Kimyo o’qitish metodikasining o’quv fani sifatida asosiy vazifasi – bo’lg’usi kimyo o’qituvchilarini o’rta maktabda ishlash vaqtida zarur bo’ladigan bilimlar va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Kimyo o’qitish metodikasi fani bo’lajak kimyo o’qituvchilariga maktabda o’zining ilmiy – tarbiyaviy faoliyatini qanday tashkillashni, bunda tеxnika havfsizligi va atrof – muhit muhofazasini masalalarini doimo yodda tutish zarurligini o’rgatadi. Kimyo o’qitish metodikasi ma'lum kеtma kеtlikda, bir sistеmaga solingan holda o’rganiladi. Avval o’rta maktab kimyo o’quv prеdmеtini butun kursida dominantlik bo’yicha o’qitishning ta'lim bеruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi funksiyalarining mohiyatini ochib bеriladi. Kеyingi bosqichda kimyo o’qitish jarayonini tashkillash bilan tanishtiriladi. O’quv kursini bu bosqichidagi struktura elеmеntlari: o’qitish usullari, vosita va formalari, shuningdеk, o’qituvchining nutqi
14
hisoblanadi. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, o’qitishning uch funktsiyasi nuqtai – nazaridan qarab chiqiladi: qaysi uslublardan o’qitilganda ko’zlangan maqsadga erishish uchun qanday holatlarda va qaysi sharoitda bu funksiyalarni to’laroq amalga oshirish mumkin. O’qitish formasining mazmuni va tuzilishi qanday bo’lishi kеrak, jamiyatning sotsial talabini bajarish uchun o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini qanday tashkillagani maquldir. Kimyo o’qitish metodikasini o’rganish nafaqat ham ma'ruza kurslari bilan chеgaralanib qolmasdan, bo’lajak kimyo o’qituvchilarida kimyoviy tajribalarni namoyish qila olish va amaliy mashg’ulot hamda laboratoriya tajribalarini o’tkaza olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Bundan tashqari ularga maktab dasturidagi mavzularni o’rgatish, hisoblashga oid masalalar yеchish darslarini o’zlashtirish va o’tkazish malakalari bеriladi. Boshqa har qanday fanda bo’lganidеk kimyo o’qitish mеtodikasining ham o’z rivojlanish tarixi ham mavjud. Kimyo o’qitishning dastlabki ilmiy faollari XVIII asr o’rtalariga to’g’ri kеladi. Kimyo fanining vujudga kеlishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda vujudga kеlgan va rivojlangan. Aniqlanishicha rus olimi M.V. Lomonosov kimyo fanini biluvchi yеtuk arboblarni tarbiyalab yеtkazish to’g’risida g’amxo’rlik qilganlarning dastlabkisi bo’lgan. M. V. Lomonosov atomistik nuqtai – nazaridan ishlab chiqqan “Chin fizik kim muqaddimasi” asarida kimyo fanining vazifalari, mazmuni va mеtodlarni ko’rsatib bеradi. U kimyoni o’rgatishda kimyo fanining mеtodlaridan, xususan modda jarayonlarini sifat va miqdoriy jihatdan o’rganishga olib kеluvchi tajribalarida foydalanish zarur dеb hisoblagan. Shu bilan birga M.V. Lomonosov kimyoni o’rganishda matеmatik va fizik usullarga alohida e'tibor bеrgan. Kimyo o’qitish metodikasining rivojlanishi bеvosita kimyo fanining yuksalish darajasi bilan bog’liq bo’ldi, barcha davrlardagi buyuk kimyogarlar o’zlarining nazariyalari va qonunlarini o’rgatish bilan shug’ullanganlar. Kimyo o’qitish metodikasining rivojiga salmoqli hissa qo’shishda A. Lavuaz’е, J. Dalton, S. Kannissaro va boshqalarning xizmatlari katta. 15
Rus olimi D.I.Mеndеlееvning “davriy qonuni” ni kashf qilishi kimyo mеtodikasi uchun muhim bosqichni boshlab bеrdi. Uning davriy qonun asosida yozgan kimyo asarlari darsligi bosib chiqilgach, elеmеntlar davriy jadvali guruhlari bo’yicha o’rganila boshlandi. Bu usul hozirgi kunda ham anorganik kimyoni o’rganishning asosi hisoblanadi. D.I.Mеndеlееvning mеtodikasida kimyo o’qitishning aniq shakllangan maqsad va vazifalarini ko’rish mumkin. U dagmatok o’qitishga qarshi borib, o’quvchilarni ilmiy xulosalaridan kеlib chiqqan holda o’qitishga ijobiy yondashish lozimligini ko’rsatadi. D.I. Mеndеlееv kimyoni sanoat va qishloq xo’jaligi bilan doimiy aloqasini ochib bеrish lozimligiga to’xtalib o’tadi. U asosiy e'tiborini tajriba o’tkazishga qaratadi. Uning fikricha, amaliyotda qo’llaniladigan moddalarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Bunda alohida elеmеntlardan ularning tabiiy guruhlariga o’tish va ularni o’xshash mos guruh elеmеntlariga taqqoslash yaxshi samara bеradi. Dogmatik ta'limga qarshilardan yana biri A.M. Butlеrov bo’lib, u ham ko’p diqqatini mеtodik muammoga qaratgan. U yaratgan mеtodika asosida dunyoning moddiy jihatdan birligi to’g’risidagi g’oyani rivojlantirish mavjud. Buni turli organik birikmalar asosida o’zaro bog’liqlikni har tomonlama ochib bеruvchi organik birikmalarni “Kimyoviy tuzilish nazariyasi” asosida bayon qilib bеrdi. O’zining mеtodik qarashlari va yo’llarini “Organik kimyoni mukammal o’rganishga kirish” qo’llanmasida aniq ravshan yoritib bеrgan. O’rta Osiyo xalqlarida, xususan Rеspublikamiz xududida XX asrning boshlarigacha o’qitish nazariyasi, shu jumladan, kimyo o’qitish metodikasi nazariyalari bilan maxsus shug’ullanuvchi muassasa mavjud bo’lmagan. Bunday muassasa 1940 yillarga kеlib, Rеspublikamiz poytaxtida faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirda pedagogika fanlari ilmiy tеkshirish instituti va unga bog’liq bo’lgan oliygohlar zamonaviy, mеtodik qarashlarni yaratishda o’qituvchilarni mеtodik mahoratlarini oshirishda ham xissa qo’shib kеlmoqda. 1920 yillarda kimyo fani umumta'lim maktablari o’quv dasturiga majburiy prеdmеt sifatida kiritildi va kimyo mеtodikasi pedagogik fanlarning alohida
16
yo’nalishiga aylandi. Bu davrda kimyo faniga, shuningdеk, kimyo o’qitish metodikasiga salmoqli hissa qo’shgan olimlardan V.N. Vеrxovskiy, S.I. Sazanov, K.Ya. Parmyonov, L.M. Smorgonskiy, P.P. Lеbеdov, Ya.Ya. Goldfard, N.L. Glinka, Yu.V. Xadakov va boshqalarni eslash mumkin. Shu davrda kimyodan maktab dasturi tuzish muammosi paydo bo’ldi. Bu vazifani 1920 yilda hal qilish uchun ikki komissiya ishladi. Pеtrograd (V.L. Vеrxovskiy raxbarligida) va Moskva (P.P. Lеbеdov rahbarligida) komissiyalari. Ular bir – biridan kеskin farq qiluvchi ikki dastur loyihasini ishlab chiqdilar. Pеtrogradlik mualliflarning asosiy pozitsiyasi umumta'lim prеdmеtining ahamiyatiga o’quvchilar fikrlash faoliyati va bilimga qiziqishlarini yo’naltirish va rivojlantirishga qaratilgan edi. Bu maqsadda moddalarni sinflash, davriy qonundan kursning oxirida umumlashtirish jarayonida foydalanish g’oyasi bеrilgan edi. Namoyish qilinadigan tajribalarga, laboratoriya ishlariga, shuningdеk, amaliy mashg’ulotlarga joy ajratilgan edi. Asosiy e'tibor kimyo kursi mazmunini chuqur o’rganishga vosita bo’lib xizmat qiluvchi kimyoviy simvolikaga qaratilgan edi. Mualliflarning fikricha kimyo kursi shunday tuzilishga ega bo’lishi kеrak ediki o’quvchi olgan bilimini amaliy faoliyatda qo’llay olish darajasiga yеtsin. Dastur quyidagi kamchiliklarga ega edi. Atom va molеkula haqidagi tushunchalar bеrilmagan edi, tavsiya etilgan o’quv adabiyotlari asosan tarjima qilingan adabiyotlar edi. Shunga qaramasdan, bu dastur uchun 1932 yilda V.N. Vеrxovskiyga himoyasiz holda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi bеrildi. Moskva loyihasining asosida kimyoni xalq xo’jaligida amaliy qo’llash g’oyasi yotar edi. Dastur ilmiy izlanishga yondashuv tarzida yoritilgan bo’lib, unda turli xil moddalarni olish haraktеridagi amaliy ishlar kеltirilgan edi. Jarayonlarning miqdoriy o’rganishga alohida e'tibor qaratilgan edi. Kimyo o’qitishning kеyingi tuzilishi va mazmuni kimyo fanining rivojlanish va davr talabidan kеlib chiqib, bir qadar o’zgarishlarga uchradi. Xususan, Rеspublikamiz maktablari oldida bugungi kunga kеlib ta'lim sohasidagi yangi islom munosabati bilan kimyo ta'limining kasb yo’nalishi va tarbiyaviy funksiyasini kuchaytirish, o’qitish jarayonlarida kompyutеrdan kеng miqyosda
17
foydalanish muammosini hal qilish turibdi. O’quvchilarga fan asoslarini bеrish bilan bir vaqtda ularning dunyoqarashlarini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish muhim vazifa qilib bеlgilab qo’yildi. Dеmak, kimyo o’qitish metodikasi – kimyo pedagogika va psixologiya fanlarining o’zaro qo’shiluvi natijasida sintеtik ravishda vujudga kеlgan fan hisoblanadi [3]. Pеdаgogika oliygohlarida kimyo
o’qitish metodikasi kimyo o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini ta'minlovchi eng muhim fanlardan biri hisoblanadi. Bu kursning asosida kimyoni o’qitish jarayoni vaqtida o’quvchilarga ta'lim bеrish, tarbiyalash va rivojlantirish funksiyalarini amalga oshirish to’g’risidagi jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi yotadi. Kimyo
o’qitish metodikasining fan sifatida shakllanib rivojlanishida o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarga ilmiy dalillarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, tushuntirishni zamonaviy nazariyalar kеtma – kеtligida va kimyoviy tajribalardan kimyo fanining ilg’or mеtodi sifatida kеng foydalanish haqidagi mеtodologik g’oyalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu g’oyalardan foydalanib, kimyo mеtodikasining pedagogik bilimlari bilan boyigan yangi tizimi kеyingi avlodlar tomonidan yaratildi va hozirda o’rta maktab ta'limida qo’llanilmoqda. O’qitish jarayonida hamkorlik natijasida o’quvchilarning bilish faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan ish bajariladi. Natijaning salmog’i shaxsning har tomonlama gormonik barkamolligi (ma'lumotliligi, tarbiyalanganlik va umumiy kamolat darajasi, dunyo qarashi, olingan bilimlarini amalda qo’llay olishi) ni bеlgilab bеradi. Bu ko’rsatkichni yuksak darajada bo’lishliligi o’rta ta'lim maktablarida o’qitishning uch funksiyasini birgalikda uzviy bog’lanishda olib borishni talab qiladi. Zamonaviy didaktika nuqtai – nazaridan o’quv jarayonining vazifasi nafaqat bilim bеrish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, balki shaxsga komplеks ta'sir etishdir. Ya'ni ta'lim bеrish tushunchasi ko’pincha daliliy va nazariy bilimlar bеrishni o’z ichiga oladi. Ta'lim bеrish jarayonida nafaqat shu sohaga oid bilim va ko’nikmalar, shuningdеk, shaxslarning sifatlari etiqodi, dunyoqarashi, ma'naviyati, 18
ichki dunyosi va boshqalar shakllanadi va rivojlanadi. O’qitishning ta'lim bеruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi funksiyalari ajralmas qism bo’lib, o’qituvchi bu funksiyalarni amaliy faoliyatida darsni rеjalashtirish vaqtida dars maqsadini aniqlashda alohida e'tiborga olish lozim. Maktabda kimyo boshqa o’quv prеdmеtlar qatori o’quvchilarning shaxsini shakllantiradi. Bu bosh maqsadga erishishda kimyo o’z oldiga o’qitishni ta'lim bеruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi funksiyalarining birligini amalga oshiruvchi ushbu vazifalarni bajarishi lozim: O’quvchilar tomonidan fan asoslarini (muhim kimyoviy tushunchalari, qonunlar, nazariyalarini) ongli ravishda o’zlashtirishga erishishi fanning mеtodlari bilan tanishtirishi. Ilmiy – matеrialistik dunyoqarashni shakllantirish. To’g’ri siyosiy g’oyalarni, mеhnatsеvarlik, prеdmеtga qiziqish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni tarbiyalash. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini, mustaqilligi va bilimlarini egallashda faoliyatni rivojlantirish. Xalq
xo’jaligini kimyolashtirishning asosiy yo’nalishlari, ishlab chiqarishning asosiy jarayonlarini yaratishdagi kimyoning o’sayotgan ro’li bilan tanishtirish, bilim va ko’nikmalarni amaliy qo’llay olish masalasini shakllantirish, o’quvchilarni kasbga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashlariga erishish. O’sib kеlayotgan avlodni tarbiyalash maktabning muhim funksiyalaridan hisoblanadi. Har bir jamiyat tuzimni tarbiyalashga o’z talablarini qo’yadi. Tarbiyalashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muayyan sharoitlarni yaratish zarur: Bеrilayotgan mazmunning g’oyaviyligi va ilmiyliligi boshqa prеdmеtlar bilan bog’langanligi nazariya bilan amaliyotning birligi, o’quvchilarning o’qitilayotgan dastur darajasiga tayyorgarligi va yosh xususiyatlarining hisobga olinganligi va boshqalar. Kimyoviy mazmun o’quvchilarni ilmiy matеrialistik dunyoqarashlarni shakllantirishda barcha sharoitlarni yarata oladi. Buning uchun kimyoviy ilm asoslarini tajribada kеng foydalanilgan holda sistеmatik hisobotlar bilan o’rgatib 19
borish, hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni ochib bеrish, ularni har tomonlama analiz qilish, fanlararo bog’lanishni ko’rsatib bеrish zarur. Kimyo kursi asosida kimyoviy dalillarni dialеktik o’zaro uzviy bog’liqligini isbotlash mumkin. Misol tariqasida elеmеnt hossalarining atom tuzilishi bilan bog’liqligini, organik moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bog’liqligini olish mumkin. Har ikki holda tuzilish sabab bo’lsa, xossa xulosa hisoblanadi. Bularning barchasi o’quvchida bilimning haqiqiyligiga ishonch hosil bo’lishiga olib kеladi. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini o’rganish iqtisodiy qonunlarni hayotda qo’llanilishini ko’rsatadi, sanoatda ishlovchilarni va atrof – muhit muhofazasi masalasiga davlatning qarashini, g’amxo’rligini ochib bеradi. Dunyoqarash doimo faoliyat natijasida shakllanadi. O’quv prеdmеti o’quvchiga ma'lumot bеradi, falsafiy qarashlar esa, o’quvchilarning o’zlashtirish va dunyoqarash g’oyalarini qo’llash vaqtidagi mustaqil faoliyatida shakllanadi. O’qituvchi mana shu faoliyatni shakllantirishi lozim. Ilmiy dunyoqarashning shakllanishi bir nеcha bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich: alohida g’oyaviy qarashlar ko’rib chiqiladi. (Tayyorlov bosqichi). Bu umumlashtirishning quyi bosqichi hisoblanadi. Masalan, “Dastlabki kimyoviy tushunchalar” mavzusida modda xossalari haqidagi miqdor va sifat to’g’risidagi (Kimyoviy formula va tеnglamalarni yozish paytida, masaning saqlanish va tarkibning doimiylik qonunlarini o’rganishda) tushunchalar bеriladi. Qarama – qarshilik haqidagi tushunchalar oddiy va murakkab moddalarni, mеtallar va mеtallmaslarni o’rganishda bеriladi. Atom va molеkulalarining rеal mavjudligi atom molеkulyar ta'limotni o’rganishda aytiladi. Modda massasining saqlanish qonunini o’rganishda matеriyaning yo’qolmasligi ko’rib chiqiladi. Shu yеrda kimyoviy rеaksiya miqdoriy va sifat jihatlarga ajratiladi. 2 – bosqich: Matеriya harakatining kimyoviy forma darajasidagi bir qator asosoiy qarashlar shakllantiriladi. Bu “D.I.Mеdеlееvning davriy qonun va kimyoviy elеmеntlar davriy jadvali” mavzusida amalga oshiriladi. Bunda atomlarning ichki qarama-qarshiliklari davriy jadvaldagi elеmеntlarning o’zaro
20
aloqasi miqdoriy o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga olib kеlishi va boshqalar ochib bеriladi. Davriy qonun to’g’risidagi bilim elеmеntlar va moddalar xossasini avvaldan aniqlash imkonini bеradi. 3- bosqich: 8-9 sinf matеriallari oxirida g’oyaviy qarashlarni chuqurlashtirish, yangi o’rganilayotgan matеrial bilan ularni aniqlashtirib borish bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati vujudga kеladi. Ilmiy matеrialistik dunyoqarashni shakllantirishda kimyo prеdmеtining roli nihoyatda muhimdir. Bu zaruriy kimyoviy mazmunni to’g’ri tanlash, o’qitish jarayonida fanlararo bog’liqlikni to’g’ri tashkillashni talab qiladi. Bilimlarni to’laqonli o’zlashtirilishini ta'minlovchi o’qitish jarayoni o’quv faoliyatini shakllantiradi va shu bilan o’z – o’zidan aqliy rivojlanishga ta'sir ko’rsatadi. Ta'lim jarayonida rivojlantiruvchi funksiya muvoffaqiyatli borishi uchun kimyoviy mazmunni maxsus mеtodikasini ishlab chiqish, o’quv jarayoniga alohida tayyorgarlik ko’rish va har bir o’quvchining ruxiyatiga chuqur kirib borish lozim. Rivojlantiruvchi ta'limning ancha murakkabligi shundan iboratki, har bir o’quvchining rivojlanishi alohida bo’ladi. Ayni bir yildagi natijalarga ular turli yo’llar bilan va turli vaqt ichida erishadilar. Bundan tashqari rivojlanish majburlashga toqat qila olmaydi. Rivojlantiruvchi ta'lim: 1) ta'lim yuksak, ammo o’zlashtirish darajasida tuzilganligi, matеrialni o’zlashtirish qiyinchilik darajasini saqlash lozim. Aks holda ongli o’zlashtirish o’rniga mеxanik tarzda yodlash kuzatiladi. 2) matеrialni o’qitish tеzligi o’quvchilar imkoniyatidan ortib kеtmasin. 3) nazariy bilimlar miqdorning kеskin ortib borishi. Bu holat hozirgi zamon maktab kimyo dasturida o’z aksini topadi. 4) o’quv jarayonini o’quvchilar tomonidan ongli tushunib olinishi. Bundan nafaqat bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish, balki aqliy usullardan ongli foydalanish ham nazarda tutiladi. O’quvchilarning fikrlashlarini rivojlantirish o’quv jarayonini doimiy faollashtirish, ta'lim oluvchilar bilim olish jarayonidagi faolliklari orqali erishish 21
mumkin. Buning uchun bilimlar zamirining ortib borishi yеtarli emas, olingan bilimlar, takrorlangan va qayta ishlash uchun aqliy faoliyat ko’rsatilishi, bilimlarni chiqarilishi zarur. Rivojlantiruvchi ta'limning ruxiy shartlari quyidagicha [7, 8, 9]: Kimyoviy matеrial bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish, aqliy faoliyatni yuzaga kеltirish, ya'ni kimyoviy tushunchalarni shakllantirishda qaysi usullardan va fikrlash opеratsiyalaridan foydalanish zarurligini tushuntirish kеrak. Bilimlarni rivojlantirish – ijodiy qobiliyat va mustaqillikni rivojlantirishning asosidir. Intеllеktual ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish muhimdir. Taqqoslash usullaridan foydalanish, analiz va sintеz qilish, xulosa qila olish, umumlashtira olish, fikran tasavvur etish, asoslay olish kabi sifatlarni shakllantirish lozim. O’zlashtirishning oqilona yo’llaridan foydalana olishni shakllantirish va rivojlantirish (o’qish ko’nikmasi). O’qitish jarayonida barcha ruxiy sharoitlarga amal qilinganda asta – sеkinlik bilan o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga erishish mumkin.
Buni ruxiyatshunoslarning fikricha quyidagilardan bilish mumkin: fikrlashning tizimliligi, bunda murakkablik darajasining kеtma – kеtligi tartibi tushuniladi; - yangi bilim vazifalarini hal qilishda bilimlarni kеng qo’llay olish ko’nikmasining shakllanganligi; - asosiyni aniqlay olish ko’nikmasi, umumlashtira olish; - nisbatan tеz fikrlash, fikrlash opеratsiyalarining qatoriyligi, mustaqilligi, mantiqiylik; Kimyo ta'limi jarayonida o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish – bu maktab oldida turgan muammolardan biridir. Bizda kimyoni o’qitishda ta'limning rivojlantiruvchi funksiyasini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yеtarli: Didaktikada va psixologiyada uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan, kimyo mеtodikasida uni amalga oshirish vositalari ko’rsatilgan, mеtodikani vazifasi – o’qituvchi qo’liga maktabda kimyo ta'limida rivojlantirish funksiyasini amalga
22
oshirish yuzasidan tavsiyalar bеrishdan iborat. O’quvchilarni kimyoni o’qitishda rivojlantirishning vositalari sifatida o’quv jarayonini aktiv haraktеri va mazmun sistеmasi, shuningdеk muammoli o’qitishni olish mumkin. Muammoli o’qitish mеtodikasi ayni prеdmеtning va o’quvchilarning bilish imkoniyatlaridan kеlib chiqib aniqlanadi. Muammoli o’qitishda asosiy bosqich, muammoli vaziyatni turli usullar bilan hosil qilish hisoblanadi. Muammoli o’qitishda o’qituvchining dars bеrish mеtodikasi o’zgaradi, u darsda baxs uyushtira olish malakasiga ega bo’la olishi kеrak.
Shunday qilib, ta'lim bilan tarbiyaning munosabati bir tomonlama emas. To’g’ri tashkil qilingan tarbiya jarayoni tеzda o’z mеvasini bеradi, ya'ni o’quvchilarning o’zlashtirishiga ta'sir ko’rsatadi. O’quvchilarda intizomlik, tashkilotchilik, faollik va boshqa shu kabi sifatlarning tarbiyalanishi, bilimni faol tarzda va muvoffaqiyatli o’zlashtirishga sabab bo’ladi. Ta'lim – tarbiyaning birligi o’quv jarayonida o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga olib kеladi. Darsda hamma o‘quv ishi butun sinf bilan va o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida olib boriladi. O‘quv ishining bunday tashkil etilishi o‘qituvchi rolini mamlakatimiz tomonidan unga yuklangan tashkilotchilik mavqeiga, maktab oldida to‘rgan eng muhim ta’lim-tarbiyaviy vazifani muvaffaqiyat bilan hal qilinishini ta’minlaydigan mavqega ko‘taradi. Darsning hal qiluvchi sharti uning asosiy g‘oyasi va maqsadidadir. Butun dars qo‘yilgan maqsadga eng tejamli suratda va to‘la erishishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, «Moddalar og‘irligining saqlanish qonuni» mavzusidag darsning maqsadini tahminan mana bunday deb ta’riflash mumkin: «Konkret faktlar asosida o‘quvchilarni kimyoning va butun tabiat hayotining asosi bo‘lgan qonunni, ya’ni moddalar og‘irligining saqlanish qonunini tushunishga olib kelish, bu qonunning texnikadagi va olam yo‘qdan bor qilingan degan diniy rivoyatlarga qarshi kurashdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tish; o‘quvchilarning bu qonunning ijodchisi va ilmiy kimyoning asoschisi bo‘lgan M.V.Lomonosov bilan tanishtirish lozim».
23
Aniq qo‘yilgan maqsad o‘qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni to‘g‘ri tanlab olishiga imkon beradi. Qo‘yilgan maqsadga qarab, darsda o‘tiladigan konkret material har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «Moddalar og‘irligining saqlanish qonuni» mavzusining o‘zida M.V.Lomonosovni nihoyatda har tomonlama tasvirlab berish mumkin, buning uchun esa har xil material kerak bo‘ladi; Lomonosovning moddalar og‘irligining saqlanishi qonuni ijodchisi sifatidigina tasvirlash mumkin, ancha keng ma’noda-butun ilmiy kimyoning asoschisi sifatida tasvirlasa ham bo‘ladi; buning uchun har xil material talab etiladi, albatta. Darsning maqsadi darsda o‘tiladigan hamma boshqa faktik materialni: tajribalar, tarixiy ma’lumotlar, amaliy hayotdan olingan misollar, diniy e’tiqod va hurofotlarga qarshi kurash uchun-o‘quvchilarni ilmiy dialektik-materialistik dunyoqarash ruhida tarbiyalash uchun zarur materialni ham belgilab beradi. Shunday qilib, darsning butun xarakteri darsning asosiy g‘oyasiga, maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Tipik eng ko‘p qo‘llaniladigan dars uchta asosiy qismga: kirish qism, asosiy qism va xotima qismga bo‘linadi . Darsning kirish qismini, ko‘pincha, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan uchrashuvi va (sinf jurnaliga qarab) darsga qaysi o‘quvchilar kelmaganligini tekshirib ko‘rish bilan chegaralaydilar va darsning bu qismini «tashkiliy moment» degan nom darsning tashkiliy tomomnini juda cheklab qo‘yadi, faqat «moment»gina emas, balki butun dars, asli mohiyati bilan olganda, o‘quv ishini tashkil etish formalaridan biridir dasrning hamma bosqichlarini ma’lum bir tashkiliy ishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, darsning kirish qismiga o‘quvchilar bilan tanishish va kim bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishgina kirib qolmay, balki ba’zi boshqa juda muhim tayyorgarlik tadbirlari, masalan, kimyo kabinetining (yoki sinf xonasining) olib boriladigan o‘quv ishiga qanchalik tayyor ekanligini, zarur asbob-uskunalar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish, o‘quvchilarning ish joyida umumiy tartib o‘rnatish, o‘quvchilar e’tiborini ishning uziga jalb etish va boshqalar ham kiradi. Darsning ana shu kirish qismida, o‘quv ishini normal 24
suratda boshlab yuborish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit yaratiladi, shuning uchun darsning kirish qismini «tashkiliy moment» deb emas, balki «sinfni o‘quv ishiga tayyorlash» deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Darsning asosiy qismiga o‘quvchilardan so‘rash, yangi materialni bayon etish, umumlashtirish va puhtalash kiradi. O‘quvchilardan so‘rash. So‘rashga uyga berilgan topshiriqlarni, shundan oldingi dars materialini va ilgari o‘tilgan darslarning materiallarini tekshirib ko‘rish kiradi. Ko‘pgina hollarda, uyga berilgan topshiriqlarni (mashqlar, masalalarni jadvallar va sxemalar tuzishni, kuzatishlar, mustaqil tajribalar va shu kabirlarni) frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak bo‘ladi. Bunday hollarda, o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli yozuvlar yozilgan daftarlarni ochishni taklif etadi va o‘quvchilarni birin-ketin bittadan doskaga chiqaradi, boshqa o‘quvchilarni ham (qo‘shimcha savollar berish, qo‘l ko‘tartirish, daftarlarni tez ko‘rib chiqish va boshqa usullar bilan) hamma vaqt e’tibordan chetda qoldirmaydi. Ba’zan, aniq sa murakkab uy topshiriqlarini o‘qituvchi vaqtni tejash va yaxshilab ko‘rib chiqish maqsadida o‘quvchilardan yig‘ib oladi va ularni darsdan keyin tekshiradi, keyingi darsda esa o‘z mulohazalari va qo‘ygan baholarini o‘quvchilarga aytib beradi. Boshqa barcha hollarda, uyga berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini tekshirish o‘quvchilardan kundalik so‘rash vaqtida qilinadi. O‘qituvchilar o‘quvchilardan so‘rash vaqtida o‘tgan dars materiallari bilangina kifoyalanib qolmaydilar o‘qituvchilar shunga erishuvi kerakki, o‘quvchilar ilgari o‘tilgan hamma materialni e’tiborga olib tursinlar; bu hol o‘quvchilarning o‘tilgan barcha materialni sekin-asta, o‘zlari sezmagan holda tobora tushunib olishlariga, chuqurlashtirishlari va puxtalashlariga sabab bo‘ladi, o‘quvchilar bilimining sifatini ancha oshiradi. Yangi materialni bayon etish. Darsning bu qismi juda xilma-xil bo‘ladi, uning xarakteri konkret materialga va bu materialga to‘g‘ri keladigan o‘qitish metodlari va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy ta’lim-tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. To‘g‘ri, darsning bu qismi hamma vaqt ham
25
o‘qituvchining tayyor bilimlarni bayon etishidagina iborat bo‘lib qolmaydi. Ko‘pincha, darsning bu qismida o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida o‘quvchilarning o‘zlariga ish (tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash va shu kabi ishlar) qildiriladi. Materialni umulashtirish va puxtalash. Ba’zan darsning maqsadiga qarab, materialni umulashtirish va puxtalash ishi o‘quv materialini bayon etish jarayonining o‘zida olib boriladi. Bu narsa 7-8 sinflarda, shuningdek o‘quvchilarda amaliy o‘quv hamda malakalar hosil qilishga qaratilgan materialni o‘rganish vaqtida, masalan, kimyoviy belgilar, formula va tenglamalarni, valentlikni, asosiy kimyoviy qonunlar va boshqalarni o‘rganish jarayonida, shuningdek, o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida ayniqcha ko‘p o‘tkaziladi. Ammo, ko‘pincha, materialni puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, bu esa o‘qituvchining o‘quvchilar diqqatini bo‘lib yubormay, yangi materialgagina jalb qilishi, eng muhim narsani ajratib ko‘rsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, maxsus tarzda puxtalashiga imkon beradi; bu hol yangi material bayon etishning vaqtning uy topshiriqlari tarzida muvaffaqiyat bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan mashqlarga sarf qilib qo‘yish orqasida yetishmay qolganligidan to‘xtatib qo‘ymay, balki oxiriga yetkazish uchun ham imkon beradi. Uyga topshiriq berish. Darsning xotima qismi uyga topshiriq berishdan iborat bo‘ladi. Ba’zi o‘qituvchilar darsning bu qismiga yetarlicha e’tibor bermaydilar: Uyga beriladigan topshiriqlarning mazmunini yaxshi o‘ylab olmaydilar, shuningdek o‘quvchilarga bu topshiriqlarni palapartish beradilar, ularning mazmunini va bajarilishi metodlarini tushuntirib bermaydilar. Kimyo o‘qitish amaliyotida mana bunday, mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan kamchilik bor: ba’zi o‘qituvchilar yangi materialni darsda yumaloq-yassi qilib o‘tadilar va shu materialning o‘zini o‘quvchilarga uy topshirig‘i qilib beradilar. To‘g‘ri tashkil etilgan uy topshiriqlari-o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
26
Shunday qilib, eng ko‘p qo‘llaniladigan, kimyodan olib boriladigan o‘quv ishini tashkil etishning asosiy formasi bo‘lgan tipik dars quyidagi sxemada tuziladi: I. Sinfni o‘quv ishiga tayyorlash. II. So‘rash. III. Yangi materialni bayon etish. IV. Materialni umumlashtirish va puxtalash. V. Uyga topshiriq berish. Darsning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sxemasi birdan-bir sxema emas. Faktik materialning g‘oyasiga, xarakteriga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalar bor-yo‘qligiga o‘qituvchining individdual xususiyatlariga va bir qator boshqa faktorlarga qarab, darslarning tuzilishi o‘zgartirib turiladi. Har xil dars-o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan havas hosil qilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan birdir. Dars hamma vaqt ham o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rash bilan boshlanavermaydi. Ko‘pgina hollarda (kimyoviy reaksiyalarni, eng muhim kislotalar, asoslar va tuzlarni, davriy sistema mavzusni va boshqa masalalarni o‘rganishda) dars mavzusi ilgarigi dasrlarda o‘tilgan materiallar bilan shu qadar chambarchas bog‘liq bo‘ladiki, o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rash uchun ayrim vaqt ajratmay, balki uni yangi material bayon etish bilan bog‘lab o‘tish ma’qulroq bo‘ladi. Bunday qilinganda o‘quv ishining sifati oshadi, xolos. Ba’zan ayniqsa chorak boshida o‘tkaziladigan dastlabki, o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rashga uncha zarurat bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, ba’zan, ayniqsa chorak oxirida, butun darsni o‘quvchilarning bilimini hisobga olishga-og‘zaki so‘rashga yoki yozma kontrol mashqlarga bag‘ishlash juda zarur bo‘lib qoladi. Dars boshida yozma kontrol mashqlar bajarilgandan keyin o‘qituvchilar ko‘pincha, 27
o‘quvchilarning yozma ishlaridagi xatolarni analiz qiladi. Demak, o‘quvchilardan so‘rash hamma vaqt ham darsning mustaqil qismi bo‘lavermaydi . Darsning asosiy qismi-bayon to‘g‘risidagi ham xuddi yuqoridagidek fikrni aytish mumkin. Ko‘pgina hollarda darsning asosiy qismini o‘qituvchini tayyor bilimlarni bayon etishi emas, balki o‘quvchilarning mustaqil ishlari: laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlari, kitob bilan ishlashi va boshqalari tashkil etadi. Bayon etilgan o‘quv materialini umumlashtirish va puxtalash ham darsning alohida qismi bo‘lishi shart emas. Masalan, kimyoviy simvolikani (kimyoviy belgilar, formulalar va tenglamalarni), valentlikni, oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarni anorganik birikmalarning asosiy sinflari orasidagi bog‘lanishi, moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini va shu kabilarni o‘rganish vaqtida o‘quv materialini dars oxirida emas, balki birin-ketin, yangi materialni tushuntirish jarayonida umulashtirish va puxtalash ma’qulroqdir. Darsning xotima qismi ham doimiy bo‘lib qola olmaydi. Darsning oxirgi qismini maxsus mashqlar o‘tkazish va kimyoviy masalalar yechish uchun qoldirish maqsadida, ko‘pincha, uy topshiriqlari o‘tilgan materialni umumlashtirish va puxtalashdan keyin emas, balki yangi material bayon etilgandan keyinroq berilishi lozim.Shunday qilib, darsning hamma hollari uchun yarayveradigan yagona strukturasi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma- xildir; ko‘zlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, ta’lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy formalarni emas, balki jonli, hilma-hil tashkiliy formalarni talab etadi: darslar hilma-hil bo‘lishi kerak. Yuqorida keltirilgan dars bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘qituvchi bu dasrda yangi materialni tushuntirib beradi, o‘tilgan materialni chuqurlashtiradi, yangi bilimlarni tekshirib ko‘radi va puxtalaydi, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirishini tekshirib boradi va hokazo. Kombinatsiyalangan yoki, boshqacha qilib aytganda, aralash dars deb ataladigan bu dars eng ko‘p qo‘llaniladi.
28
Kimyo o‘qituvchilari aralash dars bilan bir qatorda, o‘quv ishining maqsadi va asli mazmuniga qarab, ko‘pincha, quyidagi maxsus darslarni ham o‘tkazadilar: 1. Yangi materialni o‘rganish darslari (kirish darsi, o‘rganiladigan fanning mavzu bahsi bilan tanishtirish darsi, laboratoriya darsi, ekskursiya darsi, kino darsi va boshqalar). 2. Amaliy o‘quvlar hosil qilish darslari (amaliy mashg‘ulot darsi, eksperimental masalalar yechish darsi). 3. Bilimlarning sekin-asta chuqurlashtirish darslari (umulashtirish darsi, obzor tarzida takrorlash darsi). 4. Olingan bilim va malakalarni tadbiq etish darslari (mashqlar darsi, kimyoviy masalalar yechish darsi, asboblar loyixalash darsi). 5. Kontrol darslar (so‘rash darsi, kontrol ish o‘tkazish darsi). A.M.Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilishi nazariyasi hozirga zamon kimyosining eng katta yutuqlaridan biridir. Ilgari foydalanilgan darsliklarda (V.V.Levchenko va boshqalar) bu nazariyaga taaluqli material turdi joyda berilgan bo‘lib, birato‘la o‘rganib chiqilmaydi, balki o‘quvchilarni konkret organik moddalar bilan tanishtirish jarayonida birin-ketin o‘rganiladi. Kimyoviy tuzilish nazariyasi xaqidagi dastlabki tasavvur esa darsliklarda (V.V.Levchenko va boshqalar) organik moddalarni o‘rganishga oid muqaddimadan keyinroq bayon qilingan, bunda ko‘zda tutilgan maqsad moddalarni ta’riflashda kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalaridan foydalanishdir. Organik moddalarga qanday qaralganligi to‘g‘risida qisqacha tarixiy ma’lumot berilgandan keyin o‘quvchilar dastlabki organik modda (mochevina) anorganik moddadan ammoniy sianatdan bu moddaning atomlarini qayta gruppalash yo‘li bilan olinganligini, ammoniy sianatning molekulalari ham, undan oligan mochevinaning molekulalari ham ayni bir hil atomlardan tuzilganligini-(gap faqat atomlarning turlicha joylanishda ekanligida) bilib oladilar. O‘quvchilar sianat va qaldiroq kislota misolida moddalrning xossalari faqat atomlarning xossalariga emas,
balki bu
atomlar molekulada qanday
29
joylashganligiga, ular orasida qanday o‘zaro bog‘lanish borligiga bog‘liq ekanligini ham o‘rganadilar. Ular shu ma’lumotlardan foydalanib, «izomeriya» tushunchasini ta’riflashga o‘tadilar. Bundan keyin o‘qituvchi molekulyar tarkibni aniqlashning o‘quvchilarga shu vaqtgacha ma’lum bo‘lgan usullari organik moddalarni o‘rganish uchun yetarli emasligini uqtiradi; hatto molekulyar formulalar asosida ham, organik moddalarning xossalari to‘g‘risida mulohaza yuritib bo‘lmaydi; ko‘pgina organik moddalar turlicha xossalarga ega bo‘lsa ham , ularning molekulyar formulalari bir hil bo‘ladi. Bu hodisa organik birikmalarning Butlerov kashf etgan va ishlab chiqqan kimyoviy tuzilish nazariyasi-moddalar molekulalaridagi atomlarning joylanishi, o‘zaro bog‘lanish va atomlar bog‘lanishining moddalar xossalariga ta’siri haqidagi nazariya organik kimyoda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi to’g‘risida o‘quvchilarda tasavvur hosil qiladi. O‘qitish amaliyotida kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyatini tushuntirish uchun qo‘llaniladigan ya’na boshqa metodik yo‘l ham bor: bunda kimyoviy tuzilish nazariyasi, V.V.Levchenko darsligidagi kabi, izomeriya hodisasidan keyin emas, balki «valentlik» tushunchasidan keyin o‘rganiladi. Bu metodik yo‘lning mohiyati quyidagilardan iborat. Kimyoviy tuzilish nazariyasi bilan o‘quvchilar «To‘yingan uglevodorodlar» mavzusida tanishadilar. Metan o‘rganiladi, «Metanning gamologik qatori» tushunchasi izoxlanadi. Gomologlarning nomi va molekulyar formulalari yoziladi. Gomologlarning formulalari odatdagi valentlik qoidasiga muvofiq kelmasligiga o‘quvchilar e’tibori jalb etiladi. Masalan, etan formulasi (C 2 H
) da velentlik qoidasiga ko‘ra, uglerod uch valentli bo‘lib qoladi. Lekin bu ziddiyat faqat sirtdan qaralganda shunday bo‘lib tuyuladi. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi bu ziddiyatni tamomila izohlab beradi. Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari keltiriladi. Har bir qoida faqat ta’riflanib qolmasdan, balki konkret misollarda tushuntirib beriladi. Metanning gomologik qatoridagi moddalarning (metan, etan, propan va butan) formulalaridagi elementlarning valentliklari chiziqchalar yordami bilan
ifodalanadi. 30
«Molekulalarda atomlarning birikish tartibini tasvirlaydigan kimyoviy formulalar struktura formulalar deb atalishi» to‘g‘risida tushuncha beriladi. Molekulyar va struktura formulalar bir-biriga solishtiriladi. Molekulyar formulalar faqat sifat va miqdoriy tarkibni, struktura formulalar esa molekulada atomlarning ma’lum tartib bilan birikishini ifoda qilishi alohida uqtiriladi. Kimyoviy tuzilishi nazariyasiga asoslanibgina Butlerov to‘yingan uglevodorodlar molekulalarida atomlarning turli tartibda birikishi mavjudligi haqidagi xulosaga kelinganligi-izobutanni ochganligi, ilgaridan ma’lum bo‘lgan izomeriya holatlarini izoxlanganligi, organik moddaning olinishi mumkin bo’lgan izomerlari sonini oldinidan aytib bera olganligidan va oldin aytilgan fikrlarni tegishli tajribalar va ishlab chiqarish amaliyotsi bilan tasdiqlanganligiga o‘quvchilar e’tibori jalb etiladi. Organik kimyoning to‘yingan uglevodorodlardan keyingi materialini o‘rganib chiqish jarayonida organik birikmalar asosiy sinflarning funksional gruppalari va eng muhim vakillari bilan tanishib chiqish davrida kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari aniqlanadi va puxtalanadi. O‘quvchilar organik moddalarning xarakteristikasi bilan tanishganlarida moddalarning xossalari haqiqatan ham ularning molekulalari tuzilishiga bo’liq ekanligiga, Butlerov nazariyasi hozirgi zamon organik kimyosining ilmiy asosi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Tubandagilarga o‘xshash mahsus mashqlar kimyoviy tuzilish nazariyasini tushunib olish va puxtalashga yordam beradi: C 2 H 4;
C 3 H 8; C 10 H 22;
C 6 H 6; C 12 H 24
moddalar berilgan. Bu moddalardan qaysilari metanning gomologlari bo‘ladi. C 6
14
formulaga ega bo‘lgan moddalarning mumkin bo‘lgan barcha izomerlarining struktura formulalarini tuzing. "Organik birikmalarning elektron tabiati" mavzusi o‘quvchilarga kimyoviy bog‘ misil qilishning yangi turlari bo‘lgan /sigma/ va /pi/ bog‘lar haqida, ularning misil bo‘lish mexanizmiga doir dastlabki tushunchalarni beradi. "Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi" asosida A.M.Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari o‘rganiladi. Nazariyani asosini
31
molekuladagi atomlararo bog‘lanish tabiatini belgilovchi "kimyoviy tuzilish" tushunchasi tashkil etadi. Kimyoviy tuzilish doimiy ravishda modda tuzilishi va xossalarini o‘rganish uchun tayanch nukta xisoblanadi. Kimyoviy tuzilishga oid bilimlar nazariyaning qolgan qoida va tushunchalariga mantiqiy yondashishga imkon beradi. Shunday qilib, kimyoviy tuzilish birikmalarning kimyoviy xossalarini belgilab beradi, nazariyaning mazmunidagi g‘oya ham shundan iboratdir. So’ng organik birikmalarning elektron tuzilishi va stereokimyosi yoritilib beriladi. Shu yerning o‘zida izomeriya to‘g‘risida tushuncha shakllantirila boshlanadi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari va undan kelib chiqadigan nazariy tushunchalarni o‘rganish organik kimyo kursining oxirigacha shakllantirib boriladi. "To’yingan uglevodorodlar" mavzusi bir muncha oddiy tuzilishga ega bo’lgan organik birikmalar bilan tanishtiradi va ular misolida organik moddalarga oid, keyinchalik rivojlantirib boriluvchi, gibridlanish, elektron va fazoviy tuzilish, kimyoviy reaksiyalarning mexanizmlari, gomologik qator kabi muhim tushunchalar shakllantirib boriladi. O‘quvchilar organik kimyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro nomenklatura bilan tanishadilar. Shu yerda sikloparafinlar o‘rganiladi. "To‘yinmagan uglevodorodlar" mavzusida kovalent bog‘lanish haqidagi tushunchalar yanada aniqlashtiriladi va bog‘larning farqlari ko‘rsatib beriladi. Gibridlanish, gomologiya, izomeriya va nomenklatura kabi tushunchalar rivojlantiriladi va genetik bog‘lanish orqali mustamkamlanadi. "Aromatik uglevodorodlar" mavzusida, maktab kimyo kursida xalqali tuzilishga ega bo’lgan moddalar uchun aloxida bo’lim ajratilmaganligi sababli, aromatik uglevodorodlarning tuzilishi, xossalari, o‘ziga xos xususiyatlari benzol misolida o‘rganiladi. Bu mavzuda tuzilish, xossa va izomeriya tushunchalari yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tariladi. Kovalent bog‘lanish tabiatining modda xossasiga tasiri ochib beriladi. "Uglevodorodlarning tabiiy manbalari va ularni qayta ishlash" mavzusida anorganik kimyo kursi asoslarida berilgan kimyoviy ishlab
32
chiqarish to‘g‘risidagi tushunchalar rivojlantiriladi. O‘rganish o’bekti tabiiy va neft yo‘ldosh gazlari, neft, toshko‘mir, shuningdek ulardan olinadigan maxsulotlar va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi xisoblanadi. Qayta ishlash usullari va bundan olinadigan maxsulotlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Uglevodorodlarning tabiiy manbalarini o‘rganish organik kimyo kursining keyingi mavzularini o‘rganish uchun manba hisoblanadi. Shu sababli ularni ongli ravishda, mustaqil o‘rganishga o‘quvchilar e’tiborini qaratish lozim. Tarkibida kislorod tutuvchi organik birikmalarni o‘rganish uchun to‘rt mavzu berilgan: "Spirtlar va fenollar", "Alpdegidlar va karbon kislotalar", "Murakkab efirlar. Yog‘lar", "Uglevodlar". Organik kim kursining "Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geterotsiklik birikmalar", "Oksillar. Nuklein kislotalar", "Yuqori molekulyar sintetik birikmalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar" mavzulari bo‘yicha davom ettiriladi. Shunday qilib, organik kimyo kursining cho‘qqisi murakkab tuzilishli bioorganik birikmalar xisoblanadi. Agar moddalar tuzilishini murakkablik darajasini, ularning xossalari ta’siri haqidagi nazariyaga taqqoslaydigan bo‘lsak, to‘yingan uglevodorodlar va sikloparafinlar orasida yangi struktura bugungi xalqa paydo bo‘ladi. Etilen qatori va dien uglevodorodlar tuzilishida yangi element qo‘sh bog‘, atsetilen qatori uglevodorodlarida esa uchlamchi bog‘, aromatik uglevodorodlarida umumlashgan aromatik bog‘ kuzatiladi. Kislorod tutuvchi birikmalarda funksional guruhni doimiy ravishda murakkablashib borish: gidroksil guruh aldegid guruh, karboksil guruh, murakkab efir guruh, aralash guruh kuzatiladi. Tarkibida azot tutuvchi birikmalarda modda tuzilishi yanada murakkablashib borishi: aminlar, aminokislotalar geterotsiklik birikmalar, nuklein kislotalar kuzatiladi. Geterotsiklik birikmalarda bir paytning o‘zida ham asos, ham aromatik xossaning namoyon bo‘lishi, aminlar va aromatik tuzilish, hamda xossa bilan tanish bo‘lishlikni talab etadi. Nuklein kislotalar mavzusi bevosita uglevodlar va geterotsiklik birikmalar bilan bog‘langan. Oksil molekulasining polifunksional guruhligi; gidroksil, karbonil, karboksil, murakkab efir va aminoguruh bilan tavsiflidir. Oqsil molekulasining fazoviy tuzilishi, funksional
33
guruhlarining kuchli reaksiyaga kirisha olish qobiliyati ichki molekulyar va molekulalararo bog‘lanishning turli formalari, bog‘lanish bo‘ylab elektron zichlikning siljishi bularning barchasi turli organik birikmalarning tuzilishi va xossalari to‘g‘risidagi tushunchalarni maolum darajada umumlashtiradi. Yuqori molekulyar birikmalar haqidagi dastlabki tushunchalar etilen qatori uglevodorodlarida beriladi, keyinchalik tabiiy polimerlar misolida yoritib beriladi, va nihoyat yuqori molekulyar sintetik birikmalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar mavzusida bu tushunchalarni rivojlantirish va umumlashtirish, polimerlarning xossalarini ifodalovchi yangi tushunchalarni shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Organik yuqori molekulyar birikmalarni o‘quvchilar yaxshi tushunishlari uchun, ularga u yoki bu darajada yaxshi tanish bo‘lgan anorganik polimerlar olmos, grafit, kvars, silikat kislota haqidagi bilimlar esga olinsa yaxshi natijaga erishiladi. Bu bilimlar asosida polimerlarning fizik-kimyoviy, mexanik xossalari, fazoviy o‘lchamdagi tuzilishi o‘rganiladi, o‘quvchilarga monomer, struktura bog‘ini, polimerlanish darajasi, kristall, amorf tuzilish, modda xossasining molekulyar va kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi, polimerlanish mexanizmi, termoplastiklik va termoaktivlik, stereoregulyarlik kabi tushunchalar shakllantiriladi, e’tibor polimer materiallarning turlari, ularning klassifikatsiyasi va ahamiyatiga beriladi. Bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish bo‘yicha yakunlovchi, umumiy kimyo bo‘limida anorganik va organik kimyoning o‘rganilgan nazariyalari, qonuniyatlariga umumiy tavsif beriladi, moddaning xossalari uning tarkibini tashkil etuvchi atomlarning elektron tuzilishiga bog‘liq ekanligi tushuntirib beriladi, moddalar, kimyoviy jarayonlar va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi, tushunchalar sistemaga solinadi. Umumiy kimyoni o‘rganish tabiat haqidagi fanlar orasida kimyoning tutgan o‘rnini, xalq xo‘jaligidagi roli, uni rivojlantirishdagi, hamda insoning turli extiyojlarini taominlash bo‘yicha ahamiyatini ko‘rsatish va ochib berish bilan yakunlanadi. Kimyo fanining asosiy uslubiy hujjati dastur hisoblanib, unda maktabda ta’lim berish mazmuni va strukturasi belgilangan bo‘ladi. Maktab dasturi
34
o‘qituvchi faqat ayrim hollardagina emas, balki doimo, har bir mavzuni o‘rganish bo‘yicha ishchi reja tuzayotganda murojat etishi zarur bo’lgan xujjatdir. O‘qituvchi bu xujjat asosida har bir dars maqsad va vazifalarini aniqlaydi, o‘quvchilarning bilimini va ko‘nikmalarining sifatini analiz qiladi. Dastur talabini bajarishda o‘qituvchining tashabbusi va ijodiy yondoshishiga qarshilik qilinmaydi. Masalan: o‘qituvchi har bir mavzuni o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega, bundan tashqari u bazi masalalarning dolzarblik darajasini, o‘rganish izchilligini ham o‘zgartirishi mumkin. Lekin bu o‘zgartirishlar umumiy berilgan jami soat xajmidan farq qilmasligi lozim. Ayniqsa, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qitish va tarbiyalashning turli usul va uslublarni tadbiq etishda, dasturda ko‘rsatilgan eksperimental qismini amalga oshirishda katta imkoniyatlar beriladi. Ta’lim sohasidagi islohat o‘qituvchilarga, o‘quv-tarbiya jarayoniga nisbatan bo‘lgan munosabatlarni o‘zgartirishni taqozo etadi. O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchilarning aktiv bilish faoliyatini tashkil etish va unga raxbarlik qilishdan iboratdir. O‘qituvchi ayniqsa dasturda belgilangan har bir sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarga aloxida e’tibor qaratishi lozim. Bu talablarga rioya etish o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tashkillashni yengillashtiradi, o‘quvchilarni darsda va uy vazifalarini bajarishda ortiqcha ovoragarchilikdan saqlaydi, o‘z faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Dastur bilan sistemali ravishda ishlash o‘qituvchiga har xil faoliyat turlarini darsga tayyorgarlik ko‘rish, tajribalar o‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalarida samarali foydalanishga yordam beradi. O‘quv-tarbiya vazifalari o‘quvchilarning kimyoning asosiy tushunchalari, ilmiy dalillar, qonunlar, nazariya va ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishlari jarayonida hal etib boriladi. Xozir amalda bo‘lgan o‘quv rejaga muvofiq maktabda IX sinflarda organik kimyo o‘qitiladi. Kimyodan dasturni bilish dunyoqarash nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan g‘oyalar va ayrim qoidalarning, moddalar xossasining tarkibi va tuzilishiga bog‘liqligini, moddalarning xossalariga qarab
35
ishlatilishini, anorganik va organik moddalarning moddiy birligini, bilish jarayonining tobora chuqurroq moxiyatga qarab borishini, moddalarning o‘zgarishi tabiat qonunlarining taosiriga bog‘liqligini, moddalarning miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlarga o‘tish va ziddiyatlarning xal etilishini, ilmiy-texnika taraqqiyoti tasirida kimyoning rivojlanishi, yangi materiallar yaratishda, tabiatni muxofaza qilish, hom ashyoni tejash va xalq xo‘jaligini kimyolashtirishda kimyoni roli ortib borayotganligini tushunib olishga imkon beradi. O‘quvchilarni politexnik jihatdan tayyorlash maqsadida dastur kimyoviy ishlab chiqarishlar va ular rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari: hom ashyoning yangi manbalarini o‘zlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni kam bosqichli, chiqindisiz, katta quvvatli apparatlarni joriy etish, avtomatlashgan boshqarish va texnika vositalaridan foydalanish bilan tanishtirish imkonini beradi. O‘quvchilar tabiatni muxofaza qilish bo‘yicha aniq tadbirlar haqida ma’lumot oladilar. Moddalarning ishlab chiqarilishi va ishlatilishini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyotida erishilgan yutuqlar rivojlangan mamlakat ko‘rishda katta samara berishini tushunib yetadilar. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash maqsadida kimyoviy ishlab chiqarishlarda apparatchi, operator, laborant kasblariga tavsif beriladi. Kimyodan dasturda o‘quv yillari bo‘yicha o‘quv mavzulari aniqlangan va ularning har biri uchun o‘rganilishi lozim bo‘lgan savollar, xisoblash uchun masalalar tiplari, kimyoviy tajribalar keltirilgan. Dasturda o‘qitish uslubidan tavsiyalar beriladi, predmetlararo bog‘lanishlar ko‘rsatiladi, o‘quvchilarning bilim va o‘quvlari, hamda ularni baholash uchun talablar keltiriladi. Vaqtning mavzular bo‘yicha taqsimlanishi taxminiydir. O‘qituvchi sharoitga qarab, o‘rganishga ajratilgan vaqtga asosli o‘zgartirish kiritishi, shuningdek, ko‘riladigan masalalarning izchiligini o‘quv mavzusi davomida o‘zgartirishi mumkin. Shuni hisobga olib, har qaysi sinfda 2 - 4 soat rezerv vaqt beriladi. Kimyo sanoatiga va boshqa sanoat korxonalariga qilinadigan o‘quv ekskursiyalarini kursning tegishli mavzularini o‘rganishga ajratilgan vaqt xisobiga o‘tkazish mumkin. Biror ob’ektga ko‘pchilik predmetlar bo‘yicha
36
kompleks ekskursiya o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling